O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent moliya instituti



Download 4,73 Mb.
Pdf ko'rish
bet185/247
Sana16.07.2021
Hajmi4,73 Mb.
#120893
1   ...   181   182   183   184   185   186   187   188   ...   247
Bog'liq
iqtisodiy talimotlar tarixi

Kommonsning iqtisodiy g„oyalari 
Kommons  ortodoksal  iqtisodiy  nazariyani  mustaqil  tanqid  qilgan 
bo‗lsada, Veblen va Mitchellning tanqidi bilan bir vaqtga to‗g‗ri kelgan. 
Uning  ijtimoiy  muammolarga  yondashuvi  neoklassik  nazariyaning  tor, 
statik,  deduktiv  yondashuvini  rad  etdi.  Kommons  tahlilga  barcha 
ijtimoiy  fanlar  va  qonunni  kiritishga  harakat  qildi.  U  jamiyat  va 
iqtisodiyotni rivojlanuvchi va o‗zgaruvchan deb qarab, raqobat, bozorlar 
va 
gedonistik 
ishtirokchilar 
to‗g‗risidagi 
deduktiv 
ortodoksal 
yondashuvga  qarshi  chiqdi.  Nihoyat,  Kommons  ―laissez-faire‖ 
siyosatiga  (ya‘ni  davlat  aralashuvi  cheklangan  siyosatga)  asoslangan 


263 
 
iqtisodiyotda  uyg‗unlik  borligi  to‗g‗risidagi  taxminlarni  uning  empirik 
kuzatuvlariga to‗g‗ri kelmasligini bayon etdi. 
Kommonsning  amerika  kapitalizmi  tanqidining  boshlang‗ich 
nuqtasi  ortodoksal  narx  nazariyasining  boshlang‗ich  nuqtasiga  to‗g‗ri 
kelgan,  ammo  tadqiqotlar  umuman  bir-biriga  o‗xshamas  edi.  Uning 
fikricha, ortodoksal narx nazariyasining ifodasi va bayoni real voqelikka 
to‗g‗ri  kelmaydi.  Mazkur  nazariya  ratsional  odamlar  harakatini  raqobat 
bozorlarida mexanik tarzda bo‗lishini ta‘kidlagan. Kommons esa raqobat 
bozorlarida  gedonistik  insonlar  emas,  balki  iqtisodiyotning  turli 
qismlarini  ayirboshlash  munosabatlari  birlashtirib  turadi,  degan  fikrni 
ilgari surdi. Ortodoksal iqtisodiy nazariya alohida vaziyatlardagi narx va 
ayirboshlash  mohiyatnini  tushuntirishi  mumkin,  masalan,  yuqori 
darajada  tashkil  etilgan  birjada  yoki  qimmatli  qog‗ozlar  bozorida, 
chunki  bu  bozorlarda  haqiqatdan  ham  ayirboshlash  bor,  lekin 
ayirboshlash  munosabatlari  mavjud  emas.  Bu  bozorlarda  sotuvchi  va 
oluvchi o‗rtasida mutlaq anonimlik mavjud bo‗lib, odatda, bozorlardagi 
bitimlarga  madaniy,  sotsiologik,  psixologik  kuchlar,  urf-odatlar  ta‘sir 
etmaydi.  Bitimlar  Kommonsning  nazariy  tuzilmasida  asosiy  element 
o‗rnini egalladi.  
―Haqiqatda  bitimlar  iqtisodiyot,  fizika,  psixologiya,  axloqnoma, 
qonunshunoslik  va  siyosatning  tutashuv  joyi  bo‗lib  xizmat  qiladi. 
Alohida  olingan  bitim  –  barchasini  o‗z  ichiga  jamlaydigan  kuzatuv 
birligi,  chunki  uning  ichida  alohida  kishilarning  xohshi,  muqobil 
variantlar  orasidagi  tanlovi,  mehnat  va  tabiiy  resurslar  cheklangan 
sharoitda  turli  majburiyatlar  yoki  ularning  aksi,  davlat  arboblari  yoki 
biznes  konsernlar,  kasaba  uyushmalari  tomonidan  uyushtirilgan  inson 
huquqlari,  erkinliklari  himoyasi,  ya‘ni  cheklangan  resurslar  dunyosida 
bir odamning harakati mamlakatdagi siyosiy, biznes, mehnat, oilaviy va 
boshqa  jamoa  harakatlariga  to‗g‗ri  kelishi  yoki  to‗g‗ri  kelmasligi 
mumkin ‖.
62
 
Kommons  iqtisodiyotdagi  savdo  bitimlarining  3  xil  turini  ajratib 
ko‗rsatadi.  ―Boylikka  egalik  qilish  huquqini  boshqalarga  o‗tkazish 
ixtiyoriy  kelishuv  asosida  amalga  oshiriladi‖
63
.  Huquqiy  tenglik  bu 
iqtisodiy  tenglik,  degani  emas.  Birinchi  turi,  Ortodoksal  nazariyaning 
predmeti  bo‗lib,  ishlab  chiqarish  omillari  bozorida  narxni  aniqlovchi 
savdo bitimlari to‗g‗risidagi nazariyalar hisoblanadi, amalda bu nazariya 
                                                             
62
 John R. Commons, Legal Foundations of Capitalism (New York: Macmillan, 1924), p. 5. 
63
 
John R. Commons, Institutional Economics (New York: Macmillan, 1934), p. 68. 
  


264 
 
noodatiy xususiyatlarga ega bo‗lgan raqobatli bozorlarga talluqli bo‗ladi, 
bunday  bozorlarda  majburlash,  ishontirish,  urf-odatlar  mavjud  bo‗lib, 
bozor  hukumronligi  va  taklif  qonuni  kabilar  tan  olinmaydi.  Savdo 
shartnomalarining  ikkinchi  turi  boshqariladigan  shartnomalar  hisob-
lanadi. Bunda huquqiy va iqtisodiy buyruqlar yuqori turuvchi boshliqlar 
tomonidan  beriladi.  ―Bu  munosabat  brigadir  va  ishchi,  menejer  va 
xizmatchi,  xo‗jayin  va  xizmatkor,  qul  va  qullar  o‗rtasidagi  munosabat-
lardan iborat‖
64
. Boshqariladigan shartnomalar ishtirokida boylik yarati-
ladi.  Kommonsning  fikricha,  savdo  shartnomalarining  3  turi  bajarila-
digan  operatsiyalarni  normalashtirish  hisoblanadi.  U  quydagilarni  o‗z 
ichiga oladi: ―Qo‗shma karxona a‘zolari o‗rtasida tomonlarning foyda va 
zararlarni taqsimlash borasidagi kelishuvlarni normalashtirish vakolatiga 
ega  bo‗lgan  bir  necha  ishtirokchilarning  kelishuvlari‖
65
.  Kommons 
shundan so‗ng institut, degan tushunchaga tarif berdi: 
Britaniya  va  Amerika  amaliyotida  rivojlangan  Konsernlar  ushbu 
uch  turdagi  savdo  shartnomalarini  umumlashganligini  isbotlovchi 
iqtisodiy tadqiqot natijasi hisoblanadi. Institut oila, korporatsiya, kasaba 
uyushmasidan  tortib  to  davlatgacha  bo‗lgan  tushunchalarni  o‗z  ichiga 
oladi.  ―Guruh‖  bu  borada  passiv  tushuncha,  ―rivojlanayotgan  kon-
sernlar‖ aktiv tushuncha hisoblanadi
66
.  
Muassasa  bu  jamoalarning  individual  harakatini  nazorat  qilish, 
erkinlashtirish  va  kengaytirish  borasidagi  birgalikdagi  harakatlari 
hisoblanadi.  Iqtisodiy  munosabatlardagi  asosiy  muammo  shundan 
iboratki,  men  qancha  ko‗p  olsam  senga  shuncha  kam  qoladi  va  bu 
borada  albatta  kelishish  zarur.  Bu  muammolar  ko‗pchilik  savdo 
shartnomalarida  uchramaydi,  chunki  o‗tgan  vaqt  davomida  orttirilgan 
tajribalar,  qabul  qilingan  qonunlar,  an‘analar  va  urf-odatlar  natijasida 
bunday  muammolar  tartibga  solingan.  Kommons  bu  elementlarni 
muammolarni yechishdagi dastak sifatida qaragan. 
Kommons  o‗zining  ushbu  yondashuvi  orqali  Amerika  kapita-
lizmini tahlil qildi. 
Neoklassik  nazariyaga  ko‗ra  resurslar  cheklanganligi  sababli 
vujudga  keladigan  muammolarni  tahlil  jarayonida  ijtimoiy,  psixologik 
va  madaniy  elementlarni  hisobga  olmagan  holda  raqobatli  bozorda  hal 
qilish  mumkin.  Uning  ta‘kidlashicha,  bu  muammolarning  ko‗pchiligi 
davlat aralashuvidagi iqtisodiyotga qaraganda raqobatli bozor sharoitida 
                                                             
64
 
O„sha manba„ p. 64. 
  
65
 
O„sha manba., pp. 67-68. 
  
66
O„sha manba., p. 69.
   


265 
 
yaxshiroq hal qilinadi. Jamoalarning asosiy yo‗nalishlari ijtimoiy fanlar, 
tarix va huquqiy masalalarga qaratilishi kerak. 
Kommons shuningdek, boshqarib bo‗lmaydigan iqtisodiyot noxush 
ijtimoiy  vaziyatlarni  keltirib  chiqaradi,  kapitalizm  hukumat  aralashuvi 
bilan  o‗zgarishi  kerak.  Pul  –  kredit  siyosati,  depressiyani  oldini  olish 
uchun  mehnatni  qonunchilik  asosida  tashkillashtirish,  kommunal 
xizmatlarni  tartibga  solish,  monopoliya  amaliyotini  oldini  olish  va 
boshqa ijtimoiy islohotlar qilish taklifi bilan chiqdi. Garchi u ortodoksal 
nazariyaga  deyarli  ta‘sir  ko‗rsatmasa  ham  Amerika  kapitalizmi 
tuzilmasini tashkillashtirishda ta‘sir ko‗rsatib, uni tatbiq etishga yordam 
berdi. 

Download 4,73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   181   182   183   184   185   186   187   188   ...   247




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish