Klar Mitchel
(1874-1948)
258
bo‗lganligini va xudo dunyo uchun qanday rejalar tuzganligini aniq
biladi‖
58
deb eslaydi. U xolasi haqida yana shunday deydi: ―xolam
mantiqiy qiyinchiliklarni yaxshi ko‗rishdan qutula olmagandi. U doim
mantiqiy tuzilishga qaytib, men qiziqadigan moliyaviy faktlarni
keltirardi‖
59
.
Iqtisodiy nazariyalar tarixini o‗rganishda u ma‘lum bir
nazariyachilar so‗zlariga qiziqmadi. Lekin ba‘zi muammolarga
boshqalar emas, aynan shu nazariyachilar qarshi chiqdi. Nega ular
ma‘lum mulklarni hech qanday savolsiz qabul qildi va nega ularning
zamondoshlari ular muhim, deb bilgan fikrlar va xulosalarni qabul qildi.
Iqtisodiyot nazariyasi tarixida Mitchelning ishlari relativ pozitsiyaning
eng yaxshisini namoyish qildi. U iqtisodiy nazariyani kengroq
tushuntirdi va davr muammolariga o‗z munosabatni bildirdi. Bu
munosabat ham uning biznesdagi ishini aniq ko‗rsatib berdi. U abstrakt
mulkchilikda hech qanday davrlar nazariyasi topilmaganligini rad etdi
va natijalar xulosa qilindi.
U shuningdek, ortodoksal nazariyaning gedonistik psixologik
taxminlariga e‘tiroz bildirdi, lekin Veblenning instikt nazariyalarini ham
qabul qilmadi. U ijtimoiy fanlar rivojlanishini inson harakatlarini
yaxshiroq tushuntirishi orqali tasdiqladi. Ularning tushuntirishi xatti-
harakatlarni o‗rganuvchilar psixologiyasida amaliy o‗rin egalladi va
ularning yo‗llaridagi turli xil bo‗limlarning ishlariga ko‗ra u inson xatti-
harakatini o‗rganishda ko‗proq umumiy yondashishni qo‗llab-
quvvatladi.
Mitchel Veblenning moliyaviy va sanoat xizmatlari o‗rtasidagi
farqni biznes davrlarini o‗rganishda uning yondashishini umumiy yo‗l
ko‗rsatuvchi sifatida qabul qildi. Iqtisodiy harakatlardagi o‗zgarishlar
biznesga qarshi harakati orqali foydaning qiymati o‗zgarishining keng
miqdorini tashkil qiladi. Chunki biznes to‗g‗risidagi fikrlarda ishonch va
mavhumlik mavjud, biznes odamlarining investitsiya fikrlari doim
kelajakka ham optimistik, ham pessimistik qarash natijasida paydo
bo‗ladi. Iqtisodiy harakatlardagi o‗zgarishlar iqtisodiyotdagi pul bilan
58
O„sha manbaa., p. 410.
59
O„sha manbaa.
259
bog‗liq tizimlar rivoji sifatida qabul qilinadi. Shu sababli ortodoksal
nazariya bilan uning me‘yoriy, o‗zgarmas va muvozanat tushuncha
asoslari mos kelmaydi. Mitchel biznes davrining yana bir boshqa
modelini chizishga harakat qilmadi. U biznes davri mobaynida nimalar
sodir bo‗lganligini tushuntirish o‗rniga bu davrni tasvirlovchi tahlillarni
berishga harakat qildi. Chunki har bir davr noyob, umumiy nazariya
rivojlanishi mumkinligi chegaralangan; hali barcha davrlar aniq
o‗xshashlikka ega emas, chunki tushkunlik yangidan boshlash,
rivojlanish va krizisning turli xil davrlari davomida barcha iqtisodiy
kuchlarning o‗zaro ta‘sirini ko‗rsatib bergan edi.
Mitcheldan oldingi olimlar bu davrni o‗zining yaratilishiga sabab
bo‗lgan jarayon sifatida ko‗rgan bo‗lishiga qaramay, u birinchi bo‗lib bu
tushunchaga mukammal shakl berdi va bu bilan keng amaliy
ma‘lumotlarni himoya qildi. Uning bu davrni tushuntirishi qarama-
qarshiliklardagi foydalar bosqichining o‗zgarishi asosida bo‗ldi.
Mitchelning tahlillari natijalari matematik qiziqishlardan xoli bo‗lgan va
ma‘lum ma‘noda Marshallnikiga o‗xshardi. Marshalning mikroiqtisodiy
tahlillarida murakkab nazariy tub ma‘no yo‗qolgan, lekin ba‘zi
o‗lchovlari hali ham mavjud, Mitchel nazariy ishlarining o‗lchami yo‗q,
deb atagan. Keynesdan keyingi iqtisodchilar bu xatoni tushunishgan.
Mitchel biznes davrlarini iqtisodiyotning qolgan davrlaridan alohida
ko‗rib chiqish mumkin emasligiga ishonardi, u tizimning bo‗laklari
asosida tizim yaratilishi, har bir bosqich keyingi bosqich davrida
rivojlanishi, har bir avlodning iqtisodchilari yoshliklarida o‗rgangan
biznes davrlari nazariyasi qayta taqsimlanishi sababini ko‗rib chiqadi
60
.
1920-yilda 45 yoshini qarshilagan Mitchel Iqtisodiy tadqiqotlar
milliy buyurosini tashkil etdi. Bu shaxsiy foyda keltirmaydigan tuzilma
Qo‗shma Shtatlardagi iqtisodiy tadqiqotlarni mablag‗ bilan ta‘minlashda
juda muhim hisoblangan. Uning eng muhim yutug‗i, u miliy daromadni
va biznes davri tadqiqotlari o‗lchovlarini o‗z ichiga oldi, shuningdek, u
iqtisodiyotning deyarli barcha yo‗nalishlaridagi tadqiqotlarga homiylik
qildi. Quyida biz uning talabalaridan biri Simon Kuznetsning ishlarida
Mitchelning ba‘zi bevosita ta‘sirlarini ko‗rib chiqamiz, misol uchun,
iqtisodchilarning ishlaridagi ba‘zi bilvosita ta‘sirlar abstrakt deduktiv
modelni namoyish qilishga qaraganda iqtisodiy harakatlarni baholashga
ko‗proq moyillik borligini bildiradi.
60
W C. Mitchell, Business Cycles (New York: Burt Franklin, 1913), p. 583.
260
Do'stlaringiz bilan baham: |