133
VI. BOLALAR ADABIYOTI RIVOJLANISH SARI
Reja:
1. Adabiy ertak va uning bolalar adabiyoti taraqqiyotiga ta’siri.
2. H.Olimjon – bolalarning ertaknavis adibi.
3. G‘.G‘ulom – bolalar shoiri va nosiri.
4. Oybekning bolalik olami.
MAVZUGA DOIR TAYANCH TUSHUNCHALAR: poeziya, proza, dramaturgiya,
matbuot, adabiy ertak, ertak qissa, avtobiografik qissa, biografik qissa, masal, ertak-
doston,tasvir, bayon, talqin, bolalarcha tafakkur
Asosan, she’riyat va hali hikoyachilik doirasida qolib kelayotgan bolalar
adabiyoti 30-yillarga kelib, xalq ijodiyotiga keng va chuqur murojaat qilishga
kirishib, o‘z janriy imkoniyatlarini
adabiy ertakning she’riy ertak,
nasriy ertak,
ertak qissa,
dramatik ertak singari xilma-xil oraliq shakllari bilan boyitish hamda
to‘ldirishga muvaffaq bo‘la boshladi. Aslida XIX asrning so‘nggi choragi va XX
asrning 10-yillarida fors-tojik shoiri Ubayd Zokoniyning “Mushuk ila sichqon”
qissasi(Xislat tarjimasi), rus adabiyoti namoyondalari I.A.Krilov, A.S.Pushkin,
L.N.Tolstoy, K.D.Ushinskiy masallari, ertaklari va hikoyalarining o‘zbek tiliga
o‘girila boshlanganligi, shuningdek, Said Rasul Aziziy va Abdulla Avloniylarning
voqeaband she’rlari, masallari hamda Hamzaning xalq rivoyati asosida yozilgan
“Bolaning yomon bo‘lmog‘iga sabab bo‘lgan onaning jazosi” she’riy ertagi,
qolaversa, Abdulla Qodiriyning 20-yillarda xalq ertagi ruhida yozilgan “Jinlar
bazmi” va Abdurauf Fitratning “Qiyomat” nasriy adabiy ertaklaridan o‘z
sarchashmasini olgan folklor sujetlari negizida bolalarbop asarlar yozish va shu
asosda realistik o‘zbek bolalar adabiyotini shakllantirish va rivojlantirish harakati
30-yillar arafasi va davomida chinakkam yangi bosqichga ko‘tarildi. Buning bir
qancha sabablari va omillari bor edi.
Birinchidan, xuddi shu yillarda o‘zbek folklorshunosligi ancha jonlangan edi,
xalq qo‘shiqlari va dostonlari qatorida ertaklarni yozib olish va nashr etishda
samarali natijalarga erishila boshlandi. Bu ishda Elbek, G‘ulom Zafariy va Shukur
Sa’dulla singari bolalar adiblari ancha faollik ko‘rsatdilar. Ayniqsa, Elbek bolalar
folklorini to‘plash yo‘lida qizg‘in izlandi, 1937- yilda o‘zi to‘plagan asarlar asosida
tartib bergan “Bolalar qo‘shig‘iI” to‘plamini nashr ettirdi.
Ikkinchidan, 30-yillarning boshlarida “Bolalarga ertak kerakmi? Sehrli-
fantastik ertaklar ular tarbiyasiga zararli emasmi?”,– degan mavzularda boshlangan
qizg‘in bahs xalq ertaklariga munosabatni yanada chuqurlashtirishga xizmat qildi.
Natijada, xalq ertaklari sujetlarini turli shakllarda ijodiy interpretatsiya qilish va shu
asosda bolalarni xalq fantaziyasi olamiga olib kirish bir muncha jonlandi. Bu hol
bolalar epik poeziyasining yuksalishi va dramaturgiyasining oyoqqa turishiga ijobiy
ta’sir ko‘rsatdi. Sirasini aytganda, bolalarga atalgan badiiy adabiyot yaratish
an’anasining dastlab, adabiy ertak shaklida Daniel Defo, Jonatan Svift, Jan de
134
Lafonten, Sharl Perro, Erix Rapse, aka-uka Yakob va Vilgelm Grimmlar, Vilgelm
Gauf, Hans Kristian Andersen, Karlo Kollodi, V. Jukovskiy, P.Yershov va
boshqalar ijodiyotida keng miqyosda namoyon bo‘lganligi va o‘zbek bolalar
adabiyoti vakillarining ular tajribalarini ijodiy o‘zlashtira boshlashlari jarayon
qiyofasini belgilay berdi. Natijada, folklor va yozma bolalar adabiyoti
munosabatlari ikki tomonlama chuqurlashishga kirishdi.
Folklor va yozma adabiyot orasidagi bilvosita aloqa esa bolalar adabiyotida
folklorizmlarning xilma-xil ko‘rinishlarini yuzaga keltirdi va bolalar adabiyotining
xalqchillashuvini, g‘oyaviy-badiiy barkamollashuvini, qiziqarliligi va tabiiy
soddaligini ta’minladi. Shu tariqa o‘zbek bolalar adabiyoti ham folklorga tayangan
holda shakllana va rivojlana bordi.
Shuni ta’kidlash joizki, o‘zbek bolalar adiblari xalq ijodiyoti namunalarini
to‘plash, nashr etish va bolalarga moslashtirish, folklordagi janriy rang-baranglik va
ifodaviy vositalardan ijodiy foydalanishda, asosan, tubandagi ikki yo‘nalishda amal
qildilar:
Do'stlaringiz bilan baham: