2-jadval
MDH davlatlarining joriyoperatsiyalar balansi hisobi
12
(YAIMga nisbatan %da)
2011
2012
2013
MDH
7,5
4,5
4,8
Rossiya
9,5
5,9
5,8
Rossiyadan tashqari
1,1
-0,1
1,5
Armaniston
-1,8
-6,5
-6,8
Azarbayjon
17,7
28,8
39,5
Belarus
-4,1
-6,6
-7,5
Gruziya
-15,9
-19,7
-16,6
Qozog’iston
-2,2
-6,6
-1,7
Qirg’iziston
-6,6
-6,5
-8,3
Moldova
-12,0
-9,7
-10,3
Mongoliya
7,0
-0,6
-17,1
Tojikiston
-3,0
-9,5
-8,3
Turkmaniston
15,3
16,8
23,6
Ukraina
-1,5
-4,2
-7,6
O‘zbekiston
18,8
23,8
24,6
12
www.adb.org
sayti malumotlari asosida talaba tomonidan tayyorlandi
40
Jadval ma’lumotlaridan shuni ko‘rishimiz mumkinki, MDH mamlakatalrida
joriy operatsiyalar balansining saldosi 2011 yilda YAIMga nisbatan 4,5 foizni
tashkil etgani holda 2006 yilga nisbatan bu ko‘rsatkich 40 foiz kamaygan. 2005-
2013 yillar oralig’ida MDH mamlakatlari joriy operatsiyalar balansi hisobi
tahminan uchbaravarga kamaygan. Shu o‘rinda MDH mamlakatlari
tarkibinikuzatadigan bo‘lsak, Rossiya, Azarbayjon, Turkmaniston va O‘zbekiston
mamlakatlari joriy operatsiyalar balansida ijobiy saldoga ega ekanligini
ko‘rishimiz mumkin.
Yuqoridagilardan ko‘rinib turibdiki, O‘zbekiston nafaqat MDH
mamlakatlari ichida, balki rivojlanayotgan mamlakatlar orasida ham joriy
operatsiyalar balansi ko‘rsatkichi bo‘yicha ijobiy natijalarga ega. Joriy
operatsiyalar balnsidagi ijobiy qoldiq O‘zbekistonning sof eksporter ekanligidan
dalolat beradi. Yuqoridagi tahlil natijalaridan ko‘rishimiz mumkinki, bugungi
kunda mamlakatimiz xalqaro moliya munosabatlaridagi ishtirokiga ko‘p
bo‘lmagan bo‘lsada, o‘zining munosib o‘rnini topgan.
Jahon mamlakatlari globalizatsiyadan manfaat ko‘rsa-da, uning o‘ziga xos
salbiy tomonlari ham mavjud. Ular quyidagilardan iborat:
1.
Manfaatlarning
mamlakatlar
o‘rtasida
notekis
taqsimlanishi.
Globalizatsiyaning birinchisalbiy tomoni, undan ko‘riladigan daromadning
mamlakatlar o‘rtasida va ichida teng taqsimlanmasligi hisoblanadi. Buni quyidagi
ma’lumot yaqqol tasdiqlaydi: 1980 va 1997 yillar mobaynida jahonda aholi jon
boshiga daromad oshgan bo‘lsa, 59 mamlakatda bu ko‘rsatkich pasaydi va
daromadlar tabaqalanishuvini oshirib yubordi. Tovarlar va xizmatlar eksporti 46 ta
mamlakatda 5 foizga yaqin yillik o‘sishga erishilgan bo‘lsa, 9 ta mamlakatda
mazkur ko‘rsatkich bo‘yicha 1 foizdan kamroq yillik o‘sish qayd etilgan.
Shunday holat bevosita xorijiy investitsiyalar oqimida ham kuzatilgan. 90-
yillarda bevosita xorijiy investitsiyalarning 58 foizi rivojlangan mamlakatlarga
yo‘naltirildi. Rivojlanayotgan va o‘tish iqtisodiyoti mamlakatlariga yo‘naltirilgan
umumiy investitsiyalarning 85 foizi faqatgina 20 mamlakatga joylashtirilgan
41
bo‘lsa, bu yigirmatalikning quyi o‘n oltitasi yuqoridagi to‘rttasiga nisbatan kamroq
ulushga ega bo‘ldi.
Portfelli investitsiyalar oqimida bundan-da yomonroq holat ko‘zga tashlandi.
Bu investitsiyalarning 93 foizi atigi 20 mamlakatga yo‘naltirildi, bundan quyi 13
tasi 7 tasiga nisbatan kamroq investitsiyani jalb qilgan. 9 ta mamlakat uchun
mazkur investitsiyalar oqimi salbiy ma’no kasb etgan.
Axborot va aloqa texnologiyalardan foydalanishda ham nomuvofiqliklar
ko‘zga tashlanadi. XX asrning so‘nggi o‘n yilligi yakunlarida jahon aholisining 15
foizini tashkil etuvich industrial mamlakatlardagi internetdan foydalanuvchilar soni
umumiy foydalanuvchilarning 88 foizini tashkil qilgan. Dunyo aholisining 20
foiziga Yaqinini tashkil qiluvchi Janubiy Osiyo xalqlari orasida internetdan
foydalanuvchilarning 1 foizidan kamrog’ini tashkil etgan.
2. Mamlakatlar ichida manfaatlarning notekis taqsimlanishi.
Ko‘plab mamlakatlarda daromadlarning tabaqalanishuvi oshib bormoqda.
Ish va daromadga tahdid oshmoqda, ayniqsa malakasiz ishchilarga ish va daromad
topish qiyinlashmoqda, zero, bunda korporativ restrukturizatsiya tufayli
mutaxassislar ham ishsiz qolish xavfi kuzatilmoqda.
3. Globalizatsiya tufayli xalqlar madaniyatidagi o‘ziga xos o‘zgarishlar va
ularning rivojlangan davlatlarga xizmat qilishi.
Xalqlar nafaqat o‘zlarining geografik va siyosiy tuzilishiga qarab, balki
madaniyati va milliy xarakterga ko‘ra farqlanadi. Milliy xarakter va madaniyat
jamiyat qadriyatlari tizimi orqali taraqqiy etib boradi.
4. Ojizlar ustidan kuchlilarning hukmronlik qilishi.
Globalizatsiya tufayli turli to‘siqlarga va cheklovlarga barham beriladi va bu
kuchlilarning ojizlar ustidan hukmronlik qilishiga zamin hozirlaydi. Global dunyo
borgan sari demokratik dunyo tomon odimlamoqda, deya olmaymiz. Global dunyo
borgan sari qudratli davlatlar qo‘liga o‘tmoqda. Bunda qolgan davlatlarning ahvoli
avvalari mustamlaka bo‘lgan davlatlarnikidan yomon bo‘lsa bo‘ladiki, aslo yaxshi
bo‘lmaydi. Iqtisodiy globalizatsiya ta’sirida rivojlanayotgan davlatlarning kichik
42
kompaniyalari
boy
berilmoqda.
Rivojlangan
mamlakatlarning
yirik
korporatsiyalari hamma narsaga ega bo‘lmoqda.
Jahon xo‘jaligi aloqalarida globallashuvning harakatlantiruvchi kuchi bo‘lib,
yuqori texnologik mahsulotlar ishlab chiqarish asosida xalqaro mehnat
taqsimotining guruhlanishi, xalqaro transport infratuzilmasining rivojlanishi,
mikroelektronikaning mislsiz ravishda rivojlanishi xizmat qilmoqda. Internetning
yaratilishi bilan tovar va xizmatlarning xalqaro harakati, ishchi kuchi migratsiyasi,
kapitalning transmilliy miqyosidagi oqimi, texnologiyalar almashuvi jadal sur’atlar
bilan rivojlanmoqda. Milliy xo‘jalikda eksportga bo‘lgan qiziqish kuchayib,
mamlakatning makroiqtisodiy barqarorligi tashqi iqtisodiy omillarga uzviy
bog’lanib qoldi. Globallashuvning muhim ko‘rinishi sifatida xalqaro iqtisodiy
munosabatlarda savdo rejimlarining erkinlashtirilishi va yumshatilishini o‘sib
borishi, deb qaralmoqda. Savdo rejimlari dastlab tovar bozorida, so‘ngra xizmatlar,
kapital va qimmatbaho qog’ozlar bozorlarida, va nihoyat, ishchi kuchi bozorida
davlatlararo erkin muomalasi ro‘y bermoqda.
Xo‘jalik faoliyatining jahon miqyosida kengayishi va kuchayishi tabiiy
muhit va resurslar holatiga salbiy ta’sir etmoqda. Natijada, atrof-muhitni
himoyalash va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish masalalari jahon
hamjamiyati tomonidan hamkorlikda hal etilishi lozim bo‘lgan muammolarga
aylanib bormoqda.
Iqtisodiy o‘sish bilan bir qatorda insoniyat uchun muhim omil bo‘lgan ekologiyani
saqlash, tabiiy muvozanatni ta’minlash kabi bir-biriga teskari global masalalarni
hal etish zaruriyati tug’ilmoqda. Rivojlanayotgan mamlakatlardagi nochorlik,
ochlik, qashshoqlik, turli kasalliklar, shu jumladan, OITS, uyushgan jinoyatchilik,
xalqaro terrorchilik (1999 yil 16 fevral O‘zbekistonda, 2001 yil 11 sentyabr AQSH
da va boshqalar), narkobiznes kabi illatlarning jahon miqyosida kuchayib
borayotganligi jahon hamjamiyatining o‘zaro hamkorlikda chora-tadbirlar ishlab
chiqish va ularni amalga oshirishga majbur etmoqda.
43
Jahon tarqqiyotining bunday sharoitida iqtisodiyot, shu jumladan, valyuta
va moliya-kredit siyosatini hamkorlikda ishlab chiqish va amalga oshirish muhim
ahamiyatga ega.
Shu nuqtai nazardan kelib chiqib, jahon iqtisodiyotini tartibga soluvchi
xalqaro tashkilot va muasassalar, jumladan, Birlashgan Millatlar Tashkiloti
(BMT), BST, Xalqaro Valyuta Fondi (XVF), Jahon banki guruhi (JB), Yevropa
tiklanish va taraqqiyot banki (ETTB), Yevropa Ittifoqi (ET), Xalqaro Mehnat
Tashkiloti (XMT), Osiyo taraqqiyot banki (OTB) va boshqalarning zimmasiga
yangi vazifalar yuklamoqda.
Ushbu tashkilotlarning talablari va yagona standartlari texnologiya, atrof-
muhitni himoyalash, moliya institutlari faoliyati, buxgalteriya hisobi, audit, milliy
hisoblar tizimi va boshqa sohalarga keng joriy etilmoqda. Xalqaro yirik tashkilotlar
yordamida makroiqtisodiy siyosatning bir-biriga mos mezonlari joriy etilmoqda,
valyuta kredit, soliq, tashqi iqtisodiy siyosat, bandlik sohalaridagi talablarni bir
xilligi va yagonaligi tatbiq etilmoqda.
O‘tish davrini boshdan kechirayotgan mamlakatlarning jahon bozoriga
integratsiyalashuvi uzoq muddatli jarayon hisoblanadi. Ba’zi milliy bozorlarning
ochiq ba’zilarining qattiq tartibga solinadigan bo‘lgan hozirgi holati bilan,
globallashuvning asosiy tamoyillaridan bo‘lgan erkinlashuv, bir-biriga
nomuvofiq bo‘lgan ko‘rinishni hosil qilmoqda.
Xalqaro tovarlar, xizmatlar va kapitallar almashinuvining erkinlashish
an’anasi kengayayotgan bir paytda, har bir davlat eksport va importni tartibga
solishning ma’lum usullarini saqlab qolmoqdalar. Ularning asosiy maqsadi —
tarkibiy qayta qurish va inqiroz davrining qiyinchiliklarini engib o‘tish, milliy
xavfsizlikni ta’minlash — takror ishlab chiqarish uzluksizligini ta’minlovchi
(energetika, transport, aloqa va h.k) va mamlakat mudofaa qobiliyati kabi
strategik sohalarni moliyaviy ta’minlash, savdo sheriklardan munosib imtiyozlar
olish, shuningdek byudjet tushumlarini oshirishdan iborat bo‘lmoqda. Amaldagi
bunday proteksionizm fiskal muammolarni hal etishdan ko‘ra, ko‘proq tarkibiy
siyosat o‘tkazish vositasi hisoblanadi.
44
Har bir davlatning yillar davomida shakllangan o‘z tarixiy, iqtisodiy,
ijtimoiy-madaniy rivojlanish xususiyatlari mavjud bo‘lib, boshqa mamlakatlarning
tajribalarini ko‘r-ko‘rona ko‘chirib olish, yoki xalqaro tashkilotlar tomonidan
tavsiya etiladigan, iqtisodiy rivojlanishning hamma uchun umumiy retseptlarini
qo‘llash, samarasiz va iqtisodiy vaziyatni izdan chiqarishi mumkin.
Mamlakatimizda bozor munosabatlarining rivojlanishi bilan xo‘jalik yuritishning
muhim tarkibiy qismi bo‘lgan xalqaro moliya munosabatlarining ahamiyati yanada
ortmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |