XULOSA
Bitiruv malakaviy ishining natijalariga asoslangan holda quyidagi
xulosalarni shakllantirdik:
1. Bitiruv malakaviy ishini bajarish jarayonida amlaga oshirilgan tahlil
natijalaridan ma’lum bo‘ldiki, Germaniya, Fransiya va Italiya davlatlarida xalqaro
zahiralarning 50foizdan ortiq qismi oltin zahiralariga to‘g’rikelayotganligi, AQSH
xalqaro zahiralarining umumiy hajmida oltinnisezilarli darajada yuqori salmoqni
egallab
turganligi
oltindan
hamon
xalqaro
zahira
puli
sifatida
foydalanilayotganligidan dalolat beradi.
2. O‘zbekiston Respublikasi milliy valyuta tizimining barqarorligini
ta’minlashda prinsipial ahamiyatga ega bo‘lgan muammolar saqlanib qolmoqda.
Ulardan asosiylari quyidagilardan iborat:
- milliy valyutaning qadrsizlanish jarayonining davom etayotganligi;
- xalqaro hisob-kitob shakllaridan O‘zbekiston hududida foydalanish tartibini
belgilaydigan alohida me’yoriy hujjat mavjud emasligi.
3.
Xalqaro
globallashuvning
xalqaro
iqtisodiy
munosabatlarni
rivojlantirishdagi muhim ahamiyati shundaki, globallashuv mamlakatlarni
makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlash, soliq yukini kamaytirish va soliq
stavkalarini unifikatsiyalash, davlat qarzini qisqartirish va inflyasiyani jilovlash
orqali xalqaro raqobatbardoshlikni rag’batlantirishga xizmat qiladi. SHuningdek,
so‘nggi yillarda globallashuvning natijasi sifatida xalqaro savdo operatsiyalarining
oqimi va ishchi kuchi migratsiyasi sezilarlidarajada kuchaydi.
Ayni vaqtda, fikrimizcha, xalqaro globallashuvning asosiy salbiy jihatlari
sifatida quyidagilarni ajratib ko‘rsatish mumkin:
- manfaatlarning mamlakatlar o‘rtasida notekis taqsimlanishi;
-manfaatlarning mamlakatlar ichida notekis taqsimlanishi;
- globallashuv tufayli xalqaro madaniyatdagi o‘zgarishlar va ularning rivojlangan
davlatlarga xizmat qilishi.
65
4. Xalqaro globallashuvning xalqaro valyuta munosabatlariga ta’sirining
tahlili shuni ko‘rsatdiki, birinchidan, globallashuv tovarlar va kapitallarning
xalqaro miqyosdagi harakatiga va bahosiga ta’sir etish orqalikapitallar va
tovarlarning bahosiga tasir etadi; ikkinchidan, globallashuv ish haqi va baholarni
mavjud mexanizmini o‘zgartirish yo‘li bilan mamlakatdagi inflyasiya darajasiga
ta’sir qiladi; uchinchidan, xalqaro ishchi kuchi migratsiyasi hajmining oshishi
mahalliy mehnat bozoridagitalab va taklifga ta’sir qiladi. Ishchi kuchi migratsiyasi
ish haqini oshirish zaruriyatini yuzaga keltiradi, aksincha,ishchi kuchi kirimi sodir
bo‘lgan davlatlarda ish haqini pasaytirishga nisbatan bosim kuchayadi;
to‘rtinchidan, globallashuv Markaziy bank qarorlarining moliya bozorlariga va
makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarga ta’siri borasidagi noaniqliklarni oshiradi. Masalan,
globallashuv
jarayonlarining
chuqurlashishi
natijasida
xalqaro
valyuta
bozorlaridagi operatsiyalar hajmi oshadi; beshinchidan, globallashuv Markaziy
bankning valyuta siyosati strategiyasiga ta’sir qiladi. Iqtisodiy nou-xaularning
tezlikbilan yoyilishi Markaziy bank iqtisodchilari tomonidan amalga oshiriladigan
iqtisodiy tahlil usullarining o‘zgarishiga olib keladi; oltinchidan, globallashuv
aktivlar bozorida spekulyativ operatsiyalar hajmini oshishiga olib keladi.
5. To‘lov balansining joriy operatsiyalar bo‘limi bo‘yicha konvertatsiyaning
joriy etilishi va tashqi savdoning erkinlashtirilishi oqibatida xalqaro raqobatni
kuchayishi malakat korxonalarini narxlarning jahon bozoridagi kon’yunkturaviy
o‘zgarishlariga moslashish imkonini beradi. Xalqaro savdodagi raqobatni
kuchayishida joriyoperatsiyalar bo‘yicha to‘liq konvertirlashni ta’minlash borasida
hal qiluvchi dalil bo‘lsa ham, fikrimizcha, milliy iqtisodiyotni erkinlashtirishning
hozirgi bosqichida ushbu holat muayyan risklar bilan bog’liqdir.
Bitiruv malakaviy ishi jarayonida aniqlangan muammolarni hal qilish va
respublikamizda xalqaro moliya munosabatlarini takomillashtirish maqsadida
quyidagi ilmiy-amaliy takliflarni ishlab chiqdik:
1. Respublikamizda mavjud bo‘lgan xalqaro moliya munosabatlariga doir
bo‘lgan o‘quv qo‘llanma va darsliklaridagi xalqaro moliya tushunchasiga berilgan
ta’riflarni qayta ko‘rib chiqish.
66
2.To‘lov balansini muvozanatlashtirishning asosiy yo‘nalishlari, bizning
fikrimizcha quyidagilardan iborat:
- eksport-import operatsiyalari o‘rtasidagi barqaror ijobiy qoldiqni
ta’minlash;
- xalqaro kreditlar va investitsiyalar bo‘yicha valyutalar tushumi bilan
to‘lovi o‘rtasidagi farq summasini keskin tebranishiga yo‘l qo‘ymaslik lozim.
3. Fikrimizcha, O‘zbekiston Respublikasida valyuta kursi rejimini tanlashda
asosiy e’tibor eksport tushumi va import to‘lovlari o‘rtasidagi ijobiy saldoning
barqarorligini ta’minlashga qaratilishi lozim.
Buning sababi shundaki, hozirgi davrda respublikamiz mamlakat eksport
tushumining umumiy hajmida xom Ashe resurslarining eksportidan olingan
tushum sezilarli darajada yuqori salmoqni egallaydi. Xom ashyo resurslarining
jahon baxosining o‘zgarishi natijasida ulardan olinadigan eksport tushumi
kamayadi va shuning asosida tashqi savdo aylanmasining nobarqarorligi yuzaga
keladi.
Mazkur ishda umuman xalqaro iqtisodiy munosabatlar turli darajasida
xalqaro moliya munosabatlarining mohiyati, vazifasi va ahamiyati ko‘rib chiqildi,
shuningdek O‘zbekiston Respublikasining aloqalari tahlil etildi.
Hozirgi paytda hukumatning muhim qarorlarini ingliz tiliga tarjima qilish
amalga oshirilmoqda. Biroq bizningcha, salohiyatli investorlarni ayrim tarmoqlar,
respublika mintaqalaridagi investitsiya imkoniyatlari to‘g’risida har tomonlama
xabardor qilib borishga, shuningdek ushbu ma’lumotlarni elchixonalar orqali
tarkatishga jiddiy e’tibor karatish lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |