1.2. Xalqaro moliya munosabatlarining rivojlanishining tarixiy bosqichlari
Xalqaro moliya munosabatlarining shakllanish jarayoniga nafaqat alohida
davlatlarning ta’siri, balki xalqaro hamjamiyatning taraqqiy etgan yo‘llari,
davlatlarning tutgan siyosati, ularning iqtisodiyoti va boshqa omillar ta’sir etgan.
Bular qatorida xalqaro moliya institutlarining tutgan o‘rni alohida e’tiborga loyiq.
Shu Bilan birga unutmasligimiz kerakki, xalqaro moliya institutlarining siyosati
avvalambor eng kuchli va taraqqiy etgan davlatlarning siyosatini aks ettirib kelgan.
Xalqaro moliya institutlari faoliyatining boshlanishi 1944 yil iyul oyida
Amerika Qo‘shma Shtatlarining Bretton Vuds shahrida bo‘lib o‘tgan xalqaro
anjumanga borib taqaladi. Bunda Xalqaro Moliya Jamg’armasining (XMJ) va
Xalqaro Tiklanish va Taraqqiyot Banki (Jahon Banki)ning ta’sis qilinishi
to‘g’risidagi shartnomalar qabul qilindi.
Hali ikkinchi jahon urushi tugamagan va urushdan keyingi siyosiy sharoit
qiyofasi endigina Yalta konferensiyasida aniqlana boshlagan bir vaqtda bunday
anjumanga nima hojat bor edi? To Napoleon urushlari Yevropada o‘tmaguniga
qadar, Dunyo miqyosida kata uzviy bog’langan bozor va moliya tizimi hali mavjud
emas edi. To‘g’ri, Buyuk Britaniya o‘z mustamlakalaridan arzon xom ashyo olib
kelib ularga o‘zining sanoat mollarini o‘tkaza boshlagan edi. Lekin umum dunyo
18
iqtisodiyotida bu jarayonlar hali kata o‘rin egallamagan edi. O‘n sakkizinchi asrda
dunyo hali parchalanmagan, Yevropadagi alohida davlatlar o‘zaro savdo-sotiqni
amalga oshirsalarda, asosiy ta’minot hali ichki (natural) ishlab chiqarish bilan
ta’minlanar edi. Fransiya inqilobi va undan keyingi Napoleon urushlari Yevropa
miqyosidagi sharoitni keskin o‘zgartirib yubordi.
Davlatlar chegaralaridagi to‘siqlar kamaytirildi va o‘zaro savdo taraqqiy
topa boshladi. Savdoni amalga oshirish uchun Fransiyaning franklari xizmat qila
boshladi. Buyuk Britaniya bu sharoitdan foydalana olmadi. XIX asr boshlarida
Napoleonning Buyuk Britaniyaga qarshi olib borgan «kontinental blokada»
siyosati Britaniyaning mollarini Yevropa bozorlariga kirishini chekladi.
Napoleon urushlarining yakunlanishi Britaniya uchun juda katta afzalliklar
yaratdi. Endi Buyuk Britaniya o‘z ustunliklaridan foydalanib butun Yevropa
mollarini sotish va bundan kata foya olish imkoniyatiga ega bo‘ldi. Buni amalga
oshirish uchun Buyuk Britaniya iqtisodiy uslublarinigina emas, balki siyosiy va
diplomatik imkoniyatlarini ham keng qo‘llagan. Maqsad xalqaro savdo taraqqiyoti
uchun muhim bo‘lgan erkin bozorlarning shakllanishi va Buyuk Britaniya
mollariga dunyo miqyosida keng yo‘l ochib berish edi. Erkin bozorlarning taraqqiy
etishi ishonchli moliya ta’minoti bilan bog’liq edi va bu moliyani ham Buyuk
Britaniya ta’minlay boshlagan. Buyuk Britaniya siyosati oltin bilan ta’minlangan
o‘z valyutasi fund sterlingni etkazib berish bilan cheklanib qolmay, xalqaro
bozorlarda pullarning erkin «oqimi»ni ham ta’minlashga qaratilgan. Natijada
Buyuk Britaniya dunyo miqyosidagi bankirga aylangan. Londan shahri nafaqat
Buyuk Britaniya Imperiyasining moliya markazi tusiga kirgan. Buning asosini
albatta fund sterlingning keng ishonchni qozongani va oltin bilan ta’minlanganligi
amalga oshira olgan.
O‘n to‘qqizinchi asrning o‘rtalaridan to birinchi jahon urushi boshlanguniga
qadar Buyuk Britaniya xalqaro moliyalarning aylanishini ta’minlash uchun muhim
bo‘lgan standartlarni ma’lum jihatdan shakllovchi markaz amallarini bajargan.
Xalqaro moliyachilar va davlatlarning o‘zaro savdosi buning o‘ziga yarasha
afzalliklaridan foydalanganlar. Bu davrda Britaniya moliyachilari va siyosatchilari
19
o‘z o‘rinlarida, xalqaro ishlar, iqtisodiy aloqalar va moliya sohasi bo‘yicha kata
tajribalar orttirganlar.
Birinchi jahon urushining boshlanishi Buyuk Britaniyaning xalqaro moliya
bozorlaridagi mavqei pasayishining boshlanganligidan dalolat beradi. Buning
sababi, bir tarafdan fund sterlingning oltin bilan ta’minlanishining vaqtincha
to‘xtatilishi bo‘lsa, asosiysi, boshqa davlatlarning iqtisodiy jihatdan taraqqiy etib,
Britaniya bilan barobar raqobat olib bora olganligi bo‘ldi. Avvalambor, bu
imkoniyatga Amerika Qo‘shma Shtatlarining korporatsiyalari va banklari erishdi.
Birinchi jahon urushi yillarida AQSH urushayotgan davlatlar bilan savdo-
sotiqdan va ularga qarz berishdan katta daromad qilgan dunyodagi eng boy davlat
tusiga kirgan edi. XIX asrdan boshlab Lotin Amerikasiga nisbatan qo‘llangan
mashhur «Jeyms Monro g’oyasi»ga asoslangan siyosat o‘z samarasini bergan va
endi Amerika o‘z intilishlarini Indoneziya, Xitoy va boshqa Janubi-sharqiy Osiyo
davlatlari sari yo‘naltirgan edi. Natijada, AQSH korporatsiya va banklari bu davrga
kelib dunyodagi eng katta sarmoyador tusiga kirdi va sarmayalaridan katta foyda
olib, Amerikani yanada boyita boshladi.
Birinchi Jahon urushi tugagach, yigirmanchi yillarning o‘rtalarida Yevropa
davlatlari inflyatsion jarayonlarga uchradilar. Bu hol avvalambor Avstriyada
boshlandi. Keyin Germaniya va boshqa davlatlarga birin-ketin yoyilib ketdi.
Yevropa davlatlari bu jarayonlarni to‘xtatishga hapakat qilmadilar, balki gohida
o‘zaro savdo-sotiqda ma’lum afzalliklarga erishish uchun bu ularning qo‘llayotgan
maxfiy siyosatlari tusiga kirgandek edi. Natijada xalqaro savdo qisqarib ketdi va
bu o‘z navbatida ishlab chiqarishning susayishi va ishsizlikning haddan tashqari
o‘sib ketishiga olib keldi.
Amerika bu jarayonlardan chetda qola olmadi. Uning mollarini
chet davlatlarda sotilishi kamaydi. Ekspatriatsiya qilinayotgan (chet eldagi
sarmoyalardan olib kelinadigan) foyda qiymati sarmoyalar miqdoriga nisbatan
tushib ketdi. Avvalambor AQSHning ichki iqtisodiy vaziyati, moliya sohasidagi
suiiste’molchiliklar va qonunbuzarliklar natijasida Amerika qimmatli qog’ozlar
bozori markazi - Birja 1929 yilning oktyabr oyida inqirozga uchradi. Xalqaro
20
iqtisodiy inqirozni yengish uchun kuchlar birlashtirilishi va davlatlar o‘zaro
kelishilgan holda bu borada siyosat olib borishlari kerak edi. Ammo bu davrlarda
bo‘lib o‘tgan birorta ham xalqaro anjuman, ya’ni Genuyadagi 1922 yildagi
konferensiya, Vestfaliyadagi tinchlik konferensiyasi, Londondagi 1933 yilda bo‘lib
o‘tgan xalqaro iqtisodiy anjuman xalqaro iqtisodiy va moliyaviy hamkorlikka asos
sola olmadi.
Agar inqiroz boshlangan kezlari Amerika Qo‘shma Shtatlari chet el
savdosidagi barqarorlikka intilganida yoki ishonchli moliyaga muhtoj bo‘lgan
davlatlarga qarz berganida edi, xalqaro miqyosda inqirozni yengishga hissa
qo‘shgan va bu orqali o‘zining ham iqtisodiy muammolarini yengishiga sharoit
yaratgan bo‘lar edi. Ammo, u davrda Amerika Qo‘shma Shtatlarida Buyuk
Britaniya ega bo‘lgan tajriba hali yo‘q edi. Bu davlatda iqtisodiy taraqqiyot erkin
savdo va bu bilan bog’liq bo‘lgan keskin raqobat sharoitida shakllanganligi,
Amerika siyosatchilari tarafidan nafaqat davlatlararo iqtisodiy aloqalar sohasida,
hatto ichki iqtisodiy siyosatning shakllanishida ham iqtisodning boshqarilishiga
davlat aralashuvi to‘g’risida tanqidiy munosabatda bo‘lganlar.
Buning ustiga 1931 yilda olib borilgan Smut-Xauley (Smoot-Hawley tariff)
nomini olgan boj to‘lovining kiritilishi ichki bozorni importdan himoya qiluvchi
siyosatini amalga oshirdi. Boshqa davlatlar ham shunga o‘xshash choralarni ko‘ra
boshladilar. Xalqaro miqyosda bu o‘zaro savdoni 1933 yildagi 33 milliard
dollardan 13 milliard dollarga tushib ketishiga olib keldi.
Xalqaro savdoning va shunga yarasha ishlab chiqarishning pasayib ketishi
moliya sohasidagi muammolarni tezlatdi. 1931-1940 yillardagi xalqaro qarzlar
inqirozi natijasida bir qancha davlatlar, shu jumladan Xitoy, Fransiya, Yunoniston,
Germaniya, Majariston, Lotin Amerikasi davlatlarining ko‘pchiligi, Polsha,
Turkiya, Yugoslaviya va hatto Buyuk Britaniya davlatlari 80 milliard dollarga
Yaqin qarzlarini to‘lay olmaganlar.
30-yillarda Prezident Franklin Ruzvelt (Franklin Roosevelt) hukumatining
iqtisodiy inqirozni bartaraf qilish borasida olib borgan siyosati, bozor
iqtisodiyotining samarali faoliyatini ta’minlash uchun davlat muassasalarining
21
ma’lum qoidalar va qonunchilik orqali iqtisodiy harakatlarni muvofiqlashtirish
kerakligini nazariy jihatdan taraqqiy ettirishga muvaffaq bo‘ldi. Qirqinchi yillarga
borib nafaqat ichki siyosatni qamrash, balki xalqaro savdo va iqtisodiy alqalarni
shakllantirish borasida ham umumiy, davlatlararo tan olingan qoidalar qabul qilish
kerakligi tushunchalari taraqqiy etdi. vaholanki, Amerika Qo‘shma Shtatlari
iqtisodi chet el savdosi va sarmoyalar bilan uzviy bog’liq ekan, o‘z manfaatlarini
amalga oshirishda xalqaro hamjamiyatga siyosiy ta’sir o‘tkazish va bu qoidalarni
o‘rnatishda va ularga barchaning rioya qilishida dunyodagi yetakchi o‘rinni
egallashi lozimligi qabul qilindi. Shu nuqtai nazardan, AQSH va Buyuk Britaniya
o‘rtasida qirqinchi yillarning boshlarida bir qancha muzokaralar bo‘lib o‘tib, bu
muzokaralar 1944 yil, iyul oydagi Bretton Vuds shahrida bo‘lib o‘tgan xalqaro
anjumanga olib keldi.
Anjumanda 44 davlatdan kelgan 700 nafar qatnashuvchilar uch hafta
davomida urushdan keyin shakllanadigan moliya tizimini muhokama qildilar.
Anjumanga Amerika Xazinasi vakili Xarri Dekster Uayt (Narry Dexter White) va
Buyuk Britaniya vakili mashhur iqtisodchi Jon Meynard Keyns raislik qildilar.
Agar amerikadagilar anjumanni va uning natijalarini qizg’in va
hursandchilikda kutib oldilar degan fikrda bo‘lsangiz yanglishasiz. Nyu-York
shahridagi Uoll Strit ko‘chasida joylashgan qator bank va broker kompaniyalari
xalqaro savdo va moliya tizimida ma’lum monopoliyaga ega edilar va qandaydir
yangi Xalqaro Moliya Jamg’armasi ular uchun qoida o‘rnatishi va qandaydir Jahon
Banki ularga raqobatchi bo‘lishi ularni hursand qilgani yo‘q. "Uoll-Strit" lobbisi
(qarshiligi) AQSHda katta kuchga ega.
Uni yengish uchun Davlat departamenti va AQSH Hazinasi xodimlari
matbuot orqali bir qancha tushuntirish ishlarini olib borishga majbur bo‘lganlar.
"Agar xalqaro savdoda umumiy qoidalar qabul qilinmasa, davlatlar o‘zaro pul
almashganida "qotirilgan" almashuv qiymati "almashuv kurs" kelishib olinmasa,
davlatlar o‘zaro qarzlarni yoki ko‘p taraflama qarzlarni kliring (clearing) orqali
kelishilgan holda bitirmasalar, davlatlarning ichki monetar siyosatlarida pulning
qadrsizlanishi, banklar foizlari yuqori o‘rnatilishi va soliq tizimining shakllanishi
22
va taraqqiyotida ma’lum maslahat va nazorat o‘tkazadigan, xalqaro tan olingan
muassasa ta’sis qilinmasa, o‘ttizinchi yillardagi kabi buyuk inqirozlar, xalqaro
iqtisodiyotdagi tushkunlikning qaytarilishi va bundan davlatlar va korporatsiyalar
hisoblab bo‘lmas miqdorlarda ziyon va talofatlar ko‘rishi xavfi yuqori ekanligi
haqidagi maqolalar o‘sha yillarda "Chet el ishlari ro‘znomasi"da (Foreign Affairs)
chop etilgan.
Shu nuqtai nazardan, Bretton Vuds shartnomalarining maqsadi avvalambor
moliyaviy sokinlikni ta’minlash va shu orqali xalqaro
savdo taraqqiyotini qo‘llash edi. Bu maqsadlarni amalga oshirish Xalqaro
Moliya Jamg’armasiga yuklatildi. O‘n to‘qqizinchi asrning ikkinchi yarmida va
yigirmanchi asrning boshlarida asosiy xalqaro savdo qatnashuvchilarining
moliyalari oltin bilan ta’minlanar, va oltin zahiralar har bir davlatning moliyaviy
boyligini aks ettirar edi. O‘zaro pul almashtirishda ular Buyuk Britaniya paund
sterlingi standartidan foydalanar edilar. Endilikda Buyuk Britaniyaning iqtisodiy,
harbiy va moliyaviy quvvati bu mas’uliyatni bajara olmas va uning o‘rniga
Amerika Qo’shma Shtatlarining dollari xalqaro maydonda vujudga keldi.
Yigirmanchi asrda oltin standartiga munosabat o‘zgardi va turli davlatlar va
sharoitlarda moliyaning oltin bilan ta’minlanganligiga turlicha yondashildi.
Masalan, yigirmanchi yillarda Sho‘ro hukumatining "yangi iqtisodiy siyosati"ni
amalga oshirish davrida, uning "chervonets" pul birliklari oltin bilan ta’minlangan
bo‘lsa, 1933 yil iqtisodiy inqiroz va ishsizlikni yengishga intilgan AQSH Federal
Jamg’arma Tizimi oltin standartidan voz kechgan edi.
Shu bilan birga xalqaro bozorlarda aylanadigan moliya ta’minlanganligi –
uning ishonchliligi masalasi Bretton Vuds anjumanining kun tartibida ma’lum
tortishuvlar bilan amalga oshdi.
Buyuk Britaniya vakili Jon Keyns va uning tarafdorlari oltin ta’minoti
amalga oshirilgan holda, mavjud oltin zahiralarining yetishmasligi, va bu xalqaro
savdoni moliyaviy ta’minlay olmasligi sababli uning moliya oqimlarining
taraqqiyotiga to‘sqinlik qilishini sabab qilib, xalqaro moliyani oltin bilan
ta’minlanishiga qarshilik bildirdilar. Bu to‘sqinlik o‘z navbatida ishlab
23
chiqarishning tezligiga va ishsizlikning miqdoriga salbiy ta’sir o‘tkazishini
asosladilar. Bu nuqtai nazarga qarshi bo‘lganlar, avvalambor Uoll Strit
"mahallasidagilarning" intilishlarini aks ettiruvchilar edi. Ularning oltin zahiralari
nisbatan boshqalarnikidan ko‘proq bo‘lgani yoki, haqiqatdan xalqaro savdoda
ta’minlanmagan "qog’oz" pullar aylanishidan xavfsiragani sababli, ular xalqaro
pullarning oltin bilan ta’minlanishini talab qildilar.
Natijada taraflar bir qadoq oltin qiymatini 35 dollarga tenglashtirishga
kelishdilar. O‘zaro valyutalarning qiymati qotirilgan kursda, 1 foiz chegara ichida
"suzuvchanlik" huquqi bilan tasdiqlandi. Bu kursni o‘zgartirish huquqi XMJga,
agar alohida davlat o‘ta iqtisodiy qiyin ahvolga tushib qolgan holdagina qo‘llanishi
bilan berildi. SHu bilan birga iqtisodiy tushkunlikka uchragan davlatlar deyarli
avtomatik holda qiyinchiliklarini yengish uchun qarz bilan ta’minlanishlari
kelishib olindi.
Ikkinchi Jahon urushi davrida Amerika Qo‘shma SHtatlari urushayotgan
davlatlar bilan savdodan va ularga bergan qarzlardan ancha manfaat topib, urush
tugaganidan keyin, urush talofatlarini ko‘rgan davlatlarni tiklash uchun kerak
bo‘lgan mablag’larga ega yagona davlat edi. Hech qaysi boshqa davlat bunday
imkoniyatga ega emas edi. SHuning uchun AQSH dollari xalqaro pul vazifasini
bajaruvchi moliyaga aylanishi muqappap edi.
Ikkala xalqaro moliya tashkilotining ta’sis jamg’armasining asosiy qismini
AQSH to‘laganligi bu tashkilotlarda Amerika yetakchi o‘rinni egallaganligini va
ularda qabul qilinadigan qarorlarni Amerika to‘la-to‘kis nazorat qilishini belgiladi.
SHuning uchun bu tashkilotlarning birinchi rahbarlari vazifalarini AQSHning
vakillari o‘tay boshladi. Undan tashqari, cheksiz mehmondo‘stlik ko‘rsatib, ikkala
tashkilot AQSHning poytaxti Vashingtonga, (Davlat departamenti va Hazina
nazorati ostiga) joylashtirildi.
Jahon Bankining rahbari etib Amerikalik bankchi tayin etilgani bu
tashkilotga jamg’arma jalb etishda katta afzalliklar yaratdi. CHunki Uoll Stritliklar
tanimagan kimsaga ishonib pullarini qarz berishlari albatta juda mushkul hol edi.
24
Nafaqat tizimda ishlagan, uni ichidan yaxshi bilgan mutaxassislar Uoll Stritliklar
bilan yaxshi salom-alik qilganlargina ulardan etarlicha jalb qila oladilar.
Shu bilan birga, bu xalqaro tashkilotlar o‘z faoliyatlarini o‘zlari ta’sis qilgan ichki
qoidalari ta’siri tufayli tez boshlay olmadilar. Jahon bankining faoliyati XMJ
qarorlari bilan uzviy bolig’liq. Jahon Bankidan qarz olmoqchi bo‘lgan davlat
avvalambor XMJga a’zo bo‘lib, uning iqtisodiy, ba’zan siyosiy sohada ham qo‘y-
gan talablarini, shu jumladan moliya sohasini takomillashtirish, erkin bozor
taraqqiyotiga sharoit yaratish shartlarini bajarishi kerak. Urushdan talofatlar bilan
chiqqan va tiklanish uchun katta mablag’larga muhtoj bo‘lgan davlatlar bu
tashkilotlarga murojaat etishga majbur edilar. Lekin Xalqaro Moliya tashkilotlari
ularga, toki o‘rnatilgan qoidalar bajarilmagunga qadap, qarz ajratishga
shoshilmadilar va bozor islohotlarini amalga oshirishga undadilar. Talofat ko‘rgan
davlatlarning tiklanishlariga qaratilgan harakatlarning boshlanishiga asosiy sabab
bu Yevropada shakllangan (dunyo miqyosida tarqalib borgan) siyosiy ahvol -
"sovuq urushning" boshlanishi edi. Yevropaning tiklanishiga qaratilgan mashhyp
Marshal rejasi Amerikaning Yevropaga va boshqa rivojlanayotgan davlatlarga
ta’sirini kuchaytirishga va sovuq urushda g’olib bo‘lishiga qaratilgan edi.
Shu davrlarda Prezident Garri Trumen (Narry Truman) boshchilik qilgan Amerika
ma’muriyati kambag’al davlatlarga ham yordam ko‘rsatishga qaratilgan rejalarni
shakklantirishga qaratilgan harakatlarni boshlagan edi. Bu harakatlar xalqaro
moliya tizimining shakllanishida yetakchi o‘rinni egallamasada, taraqqiy etgan
davlatlarning qaramog’ida qolgan kambag’al o‘lkalar siyosatini shakllanishida
muhim omil sifatida namoyon bo‘ldi.
Marshal rejasini amalga oshirish davrida – to 50-yillarning birinchi yarmi
yakuniga qadap AQSHning banklari Yevropa davlatlariga XMJ va Jahon Bankiga
qapaganda bir necha barobar ko‘p qarz va iqtisodiy yordam ko‘rsatdi. SHu bilan
birga, XMJ harakati Yevropadagi davlatlarda bozor munosabatlarining taraqqiyoti,
moliya-bank tizimining shakllanishi ishonchli moliya siyosatlarining shakllanishi,
davlatlar orasidagi to‘siqlarning pasaytirilishiga qapatilgan edi. Bu hol nafaqat
Yevropa davlatlari orasidagi to‘siqlarning pasayishi va o‘zaro iqtisodiy
25
aloqalarning taraqqiyotiga, balki boshqa mintaqalar bilan savdoning o‘sishiga ham
olib keldi. Ya’ni, Xalqaro Moliya tashkilotlarining roli ko‘proq islohotlarni amalga
oshirish va shu yo‘l bilan moliyachi tadbirkorlar faoliyati uchun sharoit yaratib
berish bilan bog’liq. Asosiy sarmoyalarni bu tashkilotlar emas, tijorat banklar jalb
qiladilar.
Qisqa muddat ichida Yevropadagi iqtisodiy o‘sish samarasi ko‘p sohalarda,
urushdan oldingi ko‘rsatkichlardan ortib ketganligini ko‘rsatdi. Ko‘p jihatdan bu
Bretton Vuds tizimining samarasi va yutug’i edi.
O‘z navbatida bu tizim Amerika Qo‘shma Shtatlariga bir qancha afzalliklar
yaratdi. Uning banklari chet davlatlarga katta miqdorda qarz berib, ulardan foiz
shaklida foyda ola boshladilar. Amerika korporatsiyalari tiklanayotgan davlatlarga
ko‘plab eksport qilish imkonlarini yaratdi. Bu Amerika iqtisodiyotining ishlab
chiqarish tizimida nafaqat harbiy mahsulotlar miqdorini saqlashga, tinchlik davrida
kerak bo‘lgan yangi turdagi ko‘plab mahsulotlarni qarzlashtirishga va
ko‘paytirishga ham imkon yaratdi.
Urushdan keyingi davrda AQSH dollari xalqaro moliyalar bozorida yagona
ishonchli valyuta bo‘lib xizmat qildi. Yildan-yilga bu valyutaga talab ortib bordi.
Chunki iqtisodiyoti o‘sib borayotgan davlatlarga yana yangi sarmoyalar kerak edi.
Ularning mahsulotlari chet el bozorlariga sotilganida dollarda baholanib sotilar edi.
Va bu o‘sib borayotgan savdoni ta’minlash uchun yana va yana dollarlarga ehtiyoj
ortib bordi. Xalqaro iqtisodiyot o‘sishining cheklanishi go‘yo dollarning etmasligi
bilan bog’liq edi. Va AQSH bu dollarlarga bo‘lgan talabni ta’minlashga harakat
qildi va muvaffaq bo‘ldi.
Dollarda belgilangan savdoni nafaqat Amerikaga ittifoq bo‘lgan G’arb
davlatlari, "sotsialistik" ittifoqdagi davlatlar Xitoy va sobiq Sovet Ittifoqi ham
amalga oshirar va dollar jamg’armalariga ega edilar. Chet el savdosidan qozongan
dollarlarni bu davlatlar Amerika banklarida emas, Yevropadagi Fransiya va Buyuk
Britaniya banklarida saqlar edilar. Qirqinchi yillarning oxiri - elliginchi yillarning
boshlaridagi Amerika Qo‘shma Shtatarida mavjud "Sho‘rolar xavfi" shiori ostidagi
26
"Makkartizm" yoki "Jodugarlar ovi" siyosati hukm surayotgan davrda, "qizil" dav-
latlar o‘z pullarini Amerika banklarida saqlashga jur’at eta olmaganlar.
Elliginchi yillarning boshlarida Buyuk Britaniya banklari rasmiy tarzda
Amerika dollarlarini depozitga qabul qilib, bu vayutada qarz bera boshlaganlar.
Aynan shu payt "moliya jinlari" iroqdan chiqarib yuborilgan va hanuzgacha ularni
qaytarish imkoniyati ko‘zlanayotgani yo‘q. Chunki aynan shu davrdan boshlab
markaziy banklar nazoratisiz dollarda belgilangan moliya jamg’armalari
shakllanib, iqtisodiy faoliyatini boshlagan. Keyinchalik bu hol o‘sib borib, dunyo
miqyosidagi moliya nazorati muammosiga aylangan.
U davrda AQSH iqtisodiyoti xalqaro bozorlarga kerak bo‘lgan miqdorda
dollarlarni eksport qila olmasdi. Uning ishlab chiqarish tizimida ma’lum miqdorda
harbiy mahsulotlar ham hamisha o‘rin olgan. Natijada, Amerika kampoq eksport
qilib, nisbatan ko‘proq import qila boshlagan. Asosiy tushumning ko‘p qismini
chet el sarmoyalaridan keladigan daromadlar tashkil etgan.
Kerak bo‘lgan mablag’larni qozonish uchun chet eldagi dollarga muhtoj
bo‘lganlar Amerikaning "Uoll Strit" birjalarida dollarda baholangan qimmatli
qog’ozlar (BOND) chop etardilar. Amerika banklari bu "qog’ozlarning" garovini
ta’minlardilar. Shu moliya asbobi qo‘llanuvi uslubida Amerikadan milliardlab
dollarlar olib chiqilardi. Bu to‘lov balansida salbiy saldo o‘sishiga olib borgan.
To elliginchi yillarning oxiriga qadar Bretton Vuds moliya tizimi samarali
faoliyatda bo‘lgan. Lekin oltmishinchi yillarga borib, chet eldagi aylanayotgan
dollarlarning miqdori uni ta’minlay oladigan AQSHning xazinasidagi oltin
miqdoridan oshib ketgan.
Dollarlarning xalqaro moliya bozorlarida oltin bilan ta’minlanmagan
miqdorda aylanishini oldini olish Amerika to‘lov balansini ijobiy holga keltirish
bilan bog’liqligi aniq edi. Lekin buni amalga oshirish yildan-yilga qiyinlashib
bordi. Sababi oltmishinchi yillarga borib Yevropa va Yaponiyaning iqtisodiyotlari
taraqqiy topib, ular AQSH firmalariga barobar raqobat ko‘rsata boshladilar. Bu
davlatlar korporatsiyalari chiqarayotgan turli mahsulotlar (iste’molchilarni keng
miqyosda) Amerika firmalaridan chetlab, xalqaro bozorlarni o‘z mahsulotlari bilan
27
egallay boshladilar. Amerikaning salbiy to‘lov balansi kengayishiga ikkinchi sabab
- uning shu davrda olib borgan Vetnam urushi va bu bilan bog’liq bo‘lgan harbiy
xarajatlar bo‘ldi. Bu urush Amerikada inflyasion jarayonlarning o‘sishiga,
iqtisodiy qiyinchiliklar, narxlar va ishsizlik darajasining o‘sishiga olib keldi. Uning
ustiga Amerika bozorlari chet elda ishlangan avtomobillar, mashinasozlik
mahsulotlari va engil sanoat mollari bosib kelaverdi va to‘lov balansi muammosi
oshirib bordi. Chet eldagi dollar egalari dollar sotib olish kuchini yo‘qotgani sari
o‘z boyliklarining susayishini sezardilar. Buning oldini olish uchun dollarning
qotirilgan kursini, saqlab qolish kerak edi. Lekin Amerikadan oqib kelayotgan
dollarlarni sotish bilan mashg’ul chayqovchilarning bu bilan ishlari yo‘q.
Dollar kursni saqlab qolish uchun Yevropa va Yapon markaziy banklari
dollarlarni sotib olib, saqlashga kirishdilar va buning uchun ko‘plab o‘z
valyutalarini chop etdilar. Bu yo‘sinda Amerikadagi inflyasion jarayonlar Yevropa
va boshqa davlatlarga eksport qilina boshladi. Buni qarangki, dollar sohiblari uni
yostiqlari ostida saqlash o‘rniga, jamg’armalariga Amerika hazinasi chop etgan
uzoq muddatli qimmatli qog’ozlarni (BONDS) sotib olishgan va bu bilan
Amerikadagi byudjet etishmovchiligini qoplaganlar. Ya’ni vaziyat shunday
bo‘lganki, Bretton Buds yaratgan tizim AQSHga cheklanmagan miqdorda kredit
ta’minlovchi vositaga aylandi. Bu hol Yevropadagilarni hech hursand qilmadi.
1965 yili general De Gol (de Gaulle) boshchilik qilayotgan Fransiya Hukumati
Amerikaning bu imtiyozlarini keskin tanqidga oldilar. Lekin to‘lov defitsitini qop-
lashga va dollarlarini oltinga almashishga Amerikaning u sharoitda imkoniyati
cheklangan edi.
O‘z o’rnida bu hol ko‘plab Amerika banklarini chet ellarda o‘z sho‘balarini
ochishga undadi va nisbatan qisqa davr ichida xalqaro bankachilik tez taraqqiy
topa boshladi. Banklar uchun chet el sho‘balarining mavjudligi ularga FRTning
nazoratidan ma’lum erkinlik yaratar edi. Shu bilan birga chet elda banklar qo‘shma
korxonalar shaklida ochilar va mahalliy tajribaga bevosita egalik qilishga sharoit
yaratardi. Bundan tashqari bu davrda iqtisodiyoti va bankchilik tizimi taraqqiy
etgan davlatlardagina emas, balki taraqqiy etmagan iqtisodiyoti va markaziy
28
banklar tarafidan nazorat mavjud bo‘lmagan davlatlarda ham ko‘plab sho‘ba
ochish holi ro‘y bera boshladi. Bunday davlatlar offshor (Ofshore yoki Shel1
branch) deb ataldilar. Ularning afzalligi, bankchilik qoidalarining sustligi va
to‘lanadigan soliqlar miqdori bu yerlarni "soliq jannati" deb atalishiga imkon
yaratgani. Eng ko‘p bu kabi banklar Karib dengizi bo‘ylab Bagam va Kayman
orollarida o‘rin topgan. Keyinchalik bunday sharoitlarni Yevropaning kichik
davlatlari va O‘rta er dengizida (turk. Ak deniz) joylashgan orollar ham
yaratadigan bo‘lgan. Bu banklar odatda kichkinagina bo‘lib, xodimlarning
malakasi va sonining ahamiyati yo‘q, umuman hech qanday qaror qabul qilish
huquqiga ham ega bo‘lmaydilar. Ularning vazifasi faqat ta’sischi banklarning u
yoki bu hisob raqamlariga kelib tushgan moliya jamg’armalarini o‘tkazish bilan
bog’liq topshiriqlarini bajarishdir.
1966 yilda Amerika Federal Tizimi "Q" boshqaruvi (Regulation Q) nomini
olgan banklar berayotgan qarzlarga to‘lanadigan foizlarning yuqori chegarasini
cheklab qo‘yadigan qoida kiritdi. Qarz berish narxi cheklangach, jalb qilinayotgan
depozitlarga ham ularning qiymatini qoplaydigan narxda foiz to‘lana olmadi.
Shuning uchun, depozit sertifikatlarining muddati bitgach, mijozlar o‘z mab-
lag’larini banklardan olib keta boshladilar. Shundan keyin dollarda baholangan
depozit sertifikatlarni Amerika banklari Yevropada ko‘plab chop etadigan
bo‘ldilar.
Yevropa moliya bozorlaridagi dollarda belgilangan qimmatli qog’ozlar
chop etilishi taraqqiyoti, dollarlarda millionlab va milliardlab savdo va valyuta
oldi-sotdilarining hech kimga hisobot berilmaydigan qoidalarda amalga oshirilishi,
Federal jamg’arma tizimiga bo‘ysunmaydigan, lekin Amerika dollarlarida depozit-
lar qabul qilib milliardlab qarz beradigan banklar va sho‘balarning ko‘payishi,
bundan dollarlarda belgilangan foyda orttirishlar Amerikaning to‘lov balansiga,
undan dollarlarning oqib ketishiga qanday ta’sir ko‘rsatishi mumkin edi? Albatta
salbiy.
Bu holning oldini olish uchun AQSH hukumatining siyosiy imkoniyati
hamisha etarli bo‘lgan. Masalan, Buyuk Britaniya va Fransiya hukumatlari bilan
29
ularning banklari dollarda depozit qabul qilmasliklarini talab qilishlari va
talablarini bajarilishining ustidan chiqishlari mumkin edi. Boshqa masalaki mavjud
hol Amerika moliya doiralariga va ular orqali umumiqtisodiy sharoitga afzalliklar
yaratar edi.
Dollarni xalqaro moliya bozorlarining salbiy ta’siridan qutqarishga (yoki
moliya bozorlarini dollar inflyasiyasining ta’siridan himoyalashni) Xalqaro Moliya
tashkiloti urinib ko‘rgan. Bu tashkilot dollarning o‘rniga xalqaro moliya
bozorlarida aylanishi kerak bo‘lgan yangi moliyani ixtiro qilgan. Moliyaning nomi
Maxsus Egalik huquqlari MEX (Special Drawing Rights SDR) deb atalgan.
Ixtirochilarning fikricha bu moliya batamom dollarning o‘rnini egallashi kerak edi.
Lekin bir necha yillik muzokaralardan keyin etmishinchi yillarning boshlarida
faoliyat ko‘rsata boshlagan MEX, miqdoriy jihatdan dollar o‘rnini bosmagan.
Uning sun’iyligi iste’molchilarda ma’lum xavfsirash yaratgani uchun unga
bag’ishlangan umidlar oqlanmay qolgan.
Dollarlarning miqdori moliya bozorlarida mavjud talabdan oshib borishi
uning chayqovchilarining harakatlariga qo‘shimcha dalda berdi. Bu hol 1971 yilga
borib avjiga chiqib ketdi. Yevropa davlatlari hukumatlarining ulardagi mavjud
dollarlarni Amerika Xazinasi oltiniga almashtirib berilishi to‘g’risidagi talablari
kuchayib bordi. Lekin G’arb davlatlarining sardori bo‘lmish Amerikaga bosim
o‘tkazishning o‘zi bo‘lmaydi. Avgustning o‘rtasiga borib shu davrdagi AQSH
Prezidenti Richard Nikson (Richard Nixon) Amerikaning yangi iqtisodiy siyosat
olib borishini ma’lum qildi.
Amerikaning Hazina va Federal rezerv tizimi ichki moliya bozoridagi
savdoni cheklashi, Amerika dollarlari savdosini chetga chiqib ketishini, ko‘proq
Yevropa bozorlarida va offshor davlatlarida amalga oshirilishiga olib keldi.
Etmishinchi yillarning boshlariga kelib bir qancha omillar moliya bozorlaridagi
savdoni keskin o‘sib ketishiga imkon yaratdi va undadi:
1. Amerika va boshqa taraqqiy topgan davlatlar yirik banklarining ko‘plab
sho‘‘balari chet elda va markaziy banklar nazorati cheklangan offshor yerlarda
ochilishi, moliya bozorlarida oligopolistik sharoitni yuzaga keltirdi. Raqobat
30
kuchaygan sari ularning faoliyatlari, shu jumladan yuqorida aytilgan xatarlar bilan
bog’liq faoliyatlari keskin o‘sdi.
Amerika hukumati tarafidan ichki moliya bozorini ham siqish shunga olib
keldiki, Amerika banklari chet eldagi sho‘‘balaridan ko‘proq daromad oladigan
bo‘ldilar. 1970-1976 yillar davomida Amerikaning eng yirik 10 ta bankining ichki
bozorda oladigan daromadi 103,5 foizga oshdi va 817,3 mln. dollarga etdi. CHet el
sho‘‘balaridan olgan daromadlari 4,9 barobar oshib 826 mln. dollarga etdi. 1970
yildan to 1981 yilga qadar umumiy daromadlar ichida chet eldagi sho‘‘balardan
olinadigan daromadlar qismi 17,5 foizdan 48,0 foizgacha oshdi
7
.
2. Bretton Vuds shartnomasidagi oltin standartdan voz kechish bilan bog’liq
bo‘lgan chayqovchilik harakatining keskin o‘sishi.
3. Aynan shu payt birinchi neft inqirozi boshlanishi va bu sohadan
milliardlab daromad olinishiga to‘g’ri keldi. Neft sotuvidan orttirilgan (neft
dollarlar) milliardlab dollarlik mablag’lar banklar uchun kerakli jamg’arma bo‘lib,
yangi qarzlar berishgai mkon yaratdi.
4. Yevropada keng miqyosda qimmatli qog’ozlar bozori va boshqa
moliyaviy asboblar taraqqiy topa boshladi.
Yevropa dollarlari bozorining taraqqiyoti banklarga tez sur’atlarda qarz
berish imkoniyatini yaratdi. Bu xalqaro bankchilikning o‘sishiga va by banklar
berayotgan qarzlar miqdori, moliya bozorlarida aylanayotgan dollarlar miqdori
ishlab chiqarilayotgan mahsulot va xalqaro savdoning o‘sish suratlariga qaraganda
ko‘proq miqdorda o‘sishiga olib keldi.
Yetmishinchi yillarda davlatlarning iqtisodiy imkoniyatlari o‘zgarishi
natijasida xalqaro bozorlardagi kuchlar orasida sezilarli o‘zgarishlar ro‘y berdi.
Asosiy yirik iqtisodiy markazlar (YIM) bo‘lmish AQSH, Yevropa Umumiy bozor
davlatlari va Yaponiya orasida raqobat yanada kuchayib bordi. Bu raqobat ushbu
markazlarning taraqqiy etayotgan davlatlarga bo‘lgan munosabatlarida aks etdi.
Taraqqiy etayotgan davlatlarning xom-ashyo ustidagi raqobati nafaqat iqtisodiy,
balki bu markazlar orasidagi siyosiy munosabatlarga ham katta ta’sir ko‘rsatdi.
7
M,T,Haydarov Xalqaro moliya bozorlari taraqqiyoti globallashuv jarayonida. Toshkent”Fan” nashriyoti 2003
31
70-yillarga borib taraqqiy etgan davlatlar ishlab chiqarish imkoniyatlari
yuqori darajaga etishi, bu erda xom ashyo iste’moliga talab oshib borishiga sabab
bo‘ldi. Shu bilan birga YIM davlatlarining xom ashyo bilan ta’minlanganligi turli
darajada bo‘lgani ham o‘zaro munosabat va raqobatga ta’sir qildi. Masalan,
Yevropa Ittifoqi davlatlari va ayniqsa Yaponiyaga nisbatan AQSH o‘zining turli
xom ashyo zahiralariga ega. Shu jumladan, foydalanilayotgan neftning 28,5 foizini
AQSH chetdan import qilgan bo‘lsa, G’arbiy Yevropa davlatlari 97 foiz atrofida,
Yaponiya esa xanuzgacha deyarli hammasini import qiladi
8
.
1974 yilda neft narxlari to‘rt barobar oshib ketgani bu davlatlar
iqtisodiyotiga keskin ta’sir ko‘rsatdi. Neft ishlab chiqaruvchi davlatlar o‘zaro
OPEK tashkilotiga birlashganliklari umumiy siyosat yuritishga sharoit yaratdi.
Natijada shu yili sanoati rivojlangan davlatlarning OPEK a’zolariga bo‘lgan
qarzlari 60 mlrd. dollarni tashkil etdi. Qarzlar 1976 yilga borib 40 mlrd.gacha pa-
saysa ham, bu ularning to‘lov balanslariga, ichki sarmoya siyosatlariga o‘ta salbiy
ta’sir ko‘rsatdi. Bu, iqtisodiy inqiroz avj olib ketishiga olib kelib, bir qancha
davlatlarda ishlab chiqarish hajmi tushib ketdi: Yaponiyada 18% ga, Italiyada
17,5%, AQSH va Fransiyada 15%gacha
9
.
Ikkinchi Jahon urushidan keyingi yillar, ya’ni mustamlakachilik ta’siri
tugayotgan davrda, AQSH ilgari Yevropa davlatlariga qarashli bo‘lgan, taraqqiy
etayotgan davlatlardagi ko‘plab xom-ashyo bozorlarini egallashga muvaffaq
bo‘lgan. AQSH xom ashyo ishlab chiqarishda, uni transportda etkazib berish va
sotishda ilgarilab ketgan bo‘lib, shu orqali boshqa YIM davlatlariga o‘z ta’sirini
o‘tkaza olgan. 70-yillarga borib vaziyat o‘zgarishi, AQSH asosan yer yuzining
G’arbiy qismiga (Kanada, Lotin Amerikasi), Yevropa Ittifoqi - Afrikada va
Yaponiya, Avstraliya va Osiyoning Tinch Okeanii bo‘yidagi davlatlarga o‘z
ta’sirlarini o‘rnatishiga muvaffaq bo‘ldi. Shu bilan birga Yaponiya va Yevropa
davlatlari Markaziy Amerika va Yaqin Sharq davlatlarida o‘z faoliyatlarini
kengaytirishga erishdilar.
8
M,T,Haydarov Xalqaro moliya bozorlari taraqqiyoti globallashuv jarayonida. Toshkent”Fan” nashriyoti 2003
9
To’rayev U. «Chet el investitsiyalar» fanidan ma’ruzalar matni,Toshkent -2010
32
Shu bilan birga, iqtisodiy, moliyaviy va siyosiy inqirozlar taraqqiy etgan
davlatlarni yangi texnologiyalarni jalb etishga undadi. Bunga neft narxlarining
o‘zgarishi bilan bog’liq hamma ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning tarkibiy
tannarxlarining keskin o‘zgarishi majbur qilar edi. Bu muammolarni hal qilish
uchun Yangi moliyaviy sarmoyalar zarur edi.
Xalqaro aloqalardagi yana bir jarayon - o‘zaro savdodagi tovarlarning
tarkibining o‘zgarishi bo‘ldi. Ikkinchi Jahon urushidan keyingi davrda xalqaro
savdo taraqqiyoti ishlab chiqarish tezligiga nisbatan ikki barobardan ortiq o‘sdi.
Buning sababi nafaqat tovarlar ishlab chiqarilish hajmining ko‘payishida, balki
sotilayotgan mollar tarkibida, xom ashyoga nisbatan sanoat mahsulotlarining qismi
ko‘payishida bo‘ldi. Bu davr ichida qo‘llanilayotgan texnika va texnologik
uslublarning o‘zgarishi sarflanayotgan xom ashyoning miqyosi kamayishiga olib
keldi. Ya’ni ishlab chiqarishning miqdori jismonan o‘sgan bo‘lsa-da,
mahsulotlarning tannarxida xom ashyo egallagan qiymat qismi kamaydi.
Mahsulotlar asosiy qiymatini "nou-xau (know how)" atalmish, fan va texnik
yangilanishga tegishli xarajatlar egalladi. Undan tashqari kimyo sanoatining o‘sishi
ko‘p hollarda tabiiy ashyolar o‘rnini sintetik uslubda ishlab chiqarilgan
moddalarning egallashiga, ko‘p hollarda chiqindilarni qayta ishlashga, ilm-fan
yutuqlarini qo‘llovchi uslublardan foydalanish sanoat mahsulotlari narxlarining
o‘zgarishiga va xalqaro savdoda xom ashyolarga nisbatan kattaroq o‘rin
egallashiga olib keldi.
Bu muammolar yig’indisini hal etishda taraqqiy etgan davlatlarning
rahbarlari bozor iqtisodiyotini va avvalambor moliya tizimining islohotlari bilan
yengishga urindilar. 1980-yilda AQSH rahbariyatidagi Prezident Ronald Reygan
"Bozor sehrli kuchga ega" degan shior ostida islohotlar o‘tkazgan. Bunda moliya
tizimini cheklovchi bir qancha farmon va qonunlar bekor qilingan. SHu davrdagi
Buyuk Britaniya Bosh Vaziri Margaret Tetcher xonim o‘tkazgan shu kabi
islohotlar ham amalga oshirilib, moliya oqimlarini cheklovchi qonunlar bekor
qilingan edi. Moliya islohotlari banklar foizlarining yuqori darajasini cheklashni
bekor qilishi, moliya oqimlariga qo‘llaniladigan soliqlarni qisqartirish va bekor
33
qilinishi, vositachilar o‘tkazayotgan moliya operatsiyalaridan olinadigan komission
to‘lovlarini qisqartirish, keng miqyosda chet el moliya firmalariga ichki bozorlarga
kirish imkoniyatlarini qo‘llash, xususiylashtirish va bu bilan bog’liq qimmatli
qog’ozlarning taraqqiy topishini qo‘llash, banklar, qimmatli qog’ozlar va sug’urta
firmalari va boshqa moliya tashkilotlarini o‘zaro raqobatlarini qo‘llash – moliya
bozorlarini keskin taraqqiyotga boshladi. Natijada valyutalarning o‘zaro raqobati
susayib, moliya bozorlarida asosiy e’tibor sarmoyalar siyosatiga qaratilgan va
moliya oqimlarining keskin o‘sishi kuzatilgan.
Moliyaviy va iqtisodiy islohotlar AQSH iqtisodiyotining stabillanishiga o‘ta
ijobiy ta’sir ko‘rsatgan. 70-80-yillarda bu davlatda o‘rtacha inflyasiya usishi 12%
atrofida bo‘lgan bo‘lsa, 80-yillarning ikkinchi yarmida Amerika sarmoyalarining
samarasi bu ko‘rsatkichni o‘rtacha 3,5-4 foizgacha pasayishini ko‘rsatgan. 1978
yili Buyuk Britaniya va Italiya inqirozni yengish uchun Xalqaro Moliya
Jamg’armasidan katta miqdorda qarz jalb etishga majbur bo‘lgan bo‘lsa, moliya
islohotlari natijasida Buyuk Britaniyaga milliardlab qo‘shimcha paund sterlinglar
oqib kelgan. Natijada Britaniya va AQSHning moliya tashkilotlari nafaqat
sarmoyalarga bo‘lgan ichki ehtiyojlarini qoniqtirishga, balki ko‘p miqyosdagi
sarmoyalarini eksport qilishga ham muvaffaq bo‘lganlar. Mazkur hol sarmoyalarni
jalb etish raqobatida yutkazmaslik uchun boshqa davlatlarni ham shu kabi
islohotlarga majbur etgan.
Bir necha yil davomida Yaponiya, Fransiya, Kanada va boshqa taraqqiy
etgan davlatlar moliya harakatlarini cheklovchi qonun-qoidalarining islohotlarini
amalga oshirgandilar. Bu esa taraqqiy etgan davlatlarning sarmoyalarining savdosi
keskin o‘sib ketishiga olib keldi. Lekin vaziyatning 60-70-yillardan farq qiluvchi
tarafi shunda ediki, ilgari sarmoyalar taraqqiy etayotgan davlatlarga yo‘naltirilgan
bo‘lsa, endi sarmoyalarning eng katta qismi eng taraqqiy etgan davlatlar: AQSH va
boshqa YIMga yo‘naltirila boshladi.
80-yillarning oxiriga borib Amerika banklari o‘zlarining yetakchi o‘rinlarini
yo‘qota boshladilar. Amalda islohotlarni o‘tkazish boshqa davlatlar: Yaponiya va
G’arbiy Yevropadagi Fransiya, Germaniya, Italiya va Buyuk Britaniya
34
banklarining o‘sib ketishiga olib keldi. SHu bilan birga sarmoyalar eksporti
nafaqat qarz berish uslubida va to‘g’ri (bevosita) sarmoyalar uslubida, shu bilan
barobar portfel sarmoyalari uslubida ham keng miqyosda amalga oshiriladigan
bo‘ldi.
Davlatlararo bu ko‘rsatkichlar nisbatan farqli bo‘lsa-da, umuman portfel
sarmoyalarining ahamiyati, shu davrdan boshlab sezilarli o‘sib bordi. Masalan, 80-
yillar o‘rtasida Amerikaning chet el sarmoyalarining 28%ini bevosita sarmoyalar,
14% portfel sarmoyalari va 58% qarz sarmoyalari tashkil etsa, Buyuk Brita-
niyaning 14% bevosita, 18% portfel va 68% qarz sarmoyalari tashkil etgan va
Yaponiyaning 16% bevosita, 57% portfel va 27% qarz sarmoyalari tashkil etgan.
O‘z o‘rnida portfel sarmoyalarining o‘sishi muhim ahamiyatga ega bo‘ldi. Agar
ilgari sarmoyalar eksporti bilan yirik Trans Milliy Korporatsiyalar va Banklar
shug’yllangan
bo‘lsalar
moliya
tizimlarining
islohotlari,
portfel
sarmoyalariningtaraqqiyoti moliya bozorlarida o‘rta hol tashkilotlar va jismoniy
shaxslarning bemalol qatnashishlari uchun sharoit yaratdi.
Moliya erkinligi 90-yillarda o‘ta taraqqiy topdi va zamonaviy informatsion
texnologiya taraqqiyoti sharoitida virtuallashgan holda namoyon bo‘la boshladi.
Bunda davlatlar, banklar va korporatsiyalarning o‘zaro moliya savdosi moliya
bozorlarini alohida iqtisodiy salohiyatga ega sohaga aylantirishni boshladi. Bu
holni yangi iqtisod taraqqiyoti yoki sanoatlashtirishdan keyingi (postindustrial)
iqtisodi atamalar bilan belgilanish vujudga keldi.
Endilikda bu soha an’anaviy iqtisodiy sohalar harakatlari xizmatini o‘tovchi
sohadan ularga o‘z hukmini va qonun-qoidalarini o‘rnatadigan sohaga aylanib
bordi.
Zamonaviy molil munosabatlari informatsion vositalar orqali uzviy
bog’langan bo‘lib, jahon miqyosida yirik "organizm" shaklida namoyon
bo‘lmoqda. Bu hol globallanish iborasi bilan ifodalanmoqda. Mamlakatimizda
bozor munosabatlarining rivojlanishi bilan xo‘jalik yuritishning muhim tarkibiy
qismi bo‘lgan xalqaro moliya munosabatlarining ahamiyati yanada ortmoqda.
35
Do'stlaringiz bilan baham: |