KIRISH
Bitiruv malakaviy ishi mavzusining dolzarbligi. Jahon iqtisodiyoti
globallashuvi,
mamlakatlarning
o’zaro
integratsiyalashuvi
va
xalqaro
ixtisoslashuvning kuchayishi har bir milliy iqtisodiyot oldiga ishlab chiqarish
samaradorligini oshirish, mahsulot tannarxini pasaytirish va jahon bozorida
munosib o’rin egallash vazifasini qo’ymoqda. Yurtboshimiz Islom Karimov
ta’kidlaganidek, “Bugungi kunda dunyoning turli mintaqalarida shiddat bilan sodir
bo’layotgan jarayonlar va birinchi navbatda, qarama-qarshiliklarning kuchayib
borayotgani, jahon bozorlaridagi vaziyatning tez o’zgarayotgani, hali-beri davom
etayotgan jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi va uning oqibatlari, dunyoning
ko’plab davlatlarida investitsiya faolligining susayishi va o’sish sur’atlarining
pasayishi mamlakatimiz iqtisodiyotiga ham o’zining salbiy ta’sirini o’tkazmasdan
qolmaydi, albatta”
1
. Shu boisdan, mamlakatimizda moliya sektorini
barqarorlashtirishga qaratilgan iqtisodiy islohotlarni izchillik bilan amalga oshirish
dolzarb masalalardan hisoblanadi.
O‘zbekiston mustaqil taraqqiyotning 23 yillik davri mobaynida bozor
munosabatlariga o‘tishi, uning mustaqil davlat sifatida jahon ko‘lamiga kirib
kelishi mamlakat taraqqiyotida tashqi iqtisodiy aloqalarning rolini ancha
kuchaytirdi. Mamlakatimizda bozor munosabatlarining rivojlanishi bilan xo‘jalik
yuritishning muhim tarkibiy qismi bo‘lgan xalqaro moliya munosabatlarining
ahamiyati yanada ortmoqda. Xalqaro moliya munosabatlarining o‘ziga xos
xususiyati, uning nafaqat jahon xo‘jaligi muammolarini, balki milliy xo‘jalik
muammolarini ham o‘zida mujassam etganligidadir.
Bu
borada
prezidentimiz
ta’kidlaganlaridek
“Jahon
bozoridagi
kon’yunkturaning beqarorligiga qaramasdan, 2013-yilda eksport hajmining o‘sishi
10,9 foizdan iborat bo‘ldi. Tashqi savdo faoliyatidagi ijobiy saldo 1 milliard 300
million dollarni tashkil etdi. 2013-yilda qimmatbaho metallar narxining keskin
1
Karimov I.A. 2015 yilda iqtisodiyotimizda tub tarkibiy o’zgarishlarni amalga oshirish, modernizatsiya va diversifikatsiya
jarayonlarini izchil davom ettirish hisobidan xususiy mulk va xususiy tadbirkorlikka keng yo’l ochib berish – ustuvor
vazifamizdir. – T.: “O’zbekiston”, 2015. 71 b.
6
pasayganiga qaramasdan, mamlakatimiz oltin-valyuta zaxirasi o‘tgan yil davomida
2 foizga ko‘paydi. So‘nggi yillarda eksport tarkibida raqobatdosh tayyor
mahsulotlar ulushi barqaror sur’atlar bilan o‘sib borayotgani yaqqol ko‘zga
tashlanmoqda. 2013-yilda umumiy eksport hajmining 72 foizdan ortig‘i tayyor
tovarlar hissasiga to‘g‘ri kelgani iqtisodiyotimiz diversifikatsiya qilinayotganining
yaqqol dalolati, desam, xato bo‘lmaydi.”
2
Hozirgi davrning dolzarb masalalaridan biri bu xalqaro moliya
munosabatlarini tashkil etish va ayniqsa, iqtisodiy, tashkiliy va huquqiy asoslarini
takomillashtirish bo‘yicha ilmiy asoslangan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan
iborat.
Do'stlaringiz bilan baham: |