Jom qishlog`i — Samarqand viloyatining Nurobod rayonidagi qishloqning nomi. Bu so`z
fors tilidan olingan bo`lib, qadah, metalldan yoki sopoldan yasalgan idish demakdir. CHunki
qishloqning hamma tomoni tog` bilan o`ralgan bo`lib, xuddi jomga, ya`ni kosaga o`xshaydi. Jom
deyilishining boisi xam ana shu o`xshashlikdan kelib chiqqan.
Kattaqo`rg`on — Samarqand viloyatiga qarashli shahar. Zarafshon vodiysining tekislik
qismida, Narpay arig`ining chap sohilida, dengiz sathidan 485 metr balandlikda joylashgan.
Ko`pgina arxeologiyaga oid qazishma ishlari olib borilganligi natijasida Kattaqo`rg`onda
ko`pgina ossuariy, ya`ni ostadonlar (sopol tobutlar) topilgan. Tobutda suyaklar, dafn
marosimining urf-odatlarini tasvirlovchi rasmlar saqlanib qolgan. Kattaqo`rg`on yaqinida
qadimgi Rabinjon shahri qoldiqlari topildi. Rabinjon shahrini XII asrda Xorazm xoni talab,
vayron qilgan. Kattaqo`rg`onning eski shahar qismi XVII asrning so`ngida vujudga kelgan.
XVIII asrda katta shaharlar qatorida hisoblangan. SHahar qalin paxsa devor bilan o`rab olingan,
uning to`rtta darvozasi bo`lgan. SHahar katta bo`lganligi uchun ham Kattaqo`rg`on deb nom
olgan.
Nurota — Samarqand viloyatiga qarashli rayonlardan biri bo`lib, shu nom bilan ataluvchi
rayon markazidir. Rayon tog` bilan o`ralgan, xushtabiat, go`zal manzarali joydir. Nurota
rayonining tashkil topish tarixi haqida ba`zi bir afsonalar saqlanib qolgan. SHu afsonalarga
qaraganda, dastlab uning hududida hech kimsa yashamagan. To`rt tomoni tog` bilan o`ralgan,
suvsiz bir sahro ekan. Savdogarlarning karvon yo`li shu erdan o`tar ekan. Kunlardan bir kuni
karvondan bir chol adashib, qolib ketibdi. CHO`lning jazirama issig`iga dosh berolmay suv izlab
ko`p yo`l bosibdi. Oxiri bir baland qirga etib kelibdi. CHol qirning tepasiga chiqib atrofni
kuzatibdi. SHunda uning ko`ziga qirning yonida ko`karib turgan bir tutamgina o`t ko`rinibdi.
CHol oldin shunday yozning jazirama kunida ko`karib o`sib turgan o`tni ko`rib hayron bo`libdi.
Qirdan tushib, o`tga yaqinlashib kelgan sari u namlikni sezibdi. Keyin o`t atrofini qo`li bilan
kovlab ko`rgan ekan, ozgina kovlagandan keyin loy chiqibdi. CHol charchashni ham bilmay
kovlayveribdi. SHunda kovlagan eridan jimirlab suv chiqibdi. CHol bundan juda ham xursand
bo`lib ketibdi. U kovlab suv chiqargan joyning atrofini tosh bilan o`rab, shu erda yashay
boshlabdi. Bu erdan o`tayotgan savdogarlar shu qir atrofida to`xtab, bir-ikki kun dam olib suv
ichib, keyin ketishadigan bo`libdi. CHolning oti Nur bo`lgan ekan. Undan minnatdor bo`lgan
odamlar uni hurmat qilishib Nurota deb murojaat qilishar ekan. SHu-shu suv chiqqan joyga
«Nurota bulog`i» deb nom berilibdi. Vaqt o`tishi bilan bu joyga odamlar kelib yashay boshlabdi.
Hudud kengayibdi. Bu erga buloq nomi bilan Nurota deb nom berilibdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |