www.ziyouz.com kutubxonasi
24
taxta qoplama tomon yaqinroq surib keldi va chol shu bilan og‘irlikni o‘z gavdasidai qaynqqa
ko‘chirdi. «Qo‘limdan uncha-muncha ish keladigan bo‘lib qolib-di,— deb o‘yladi u.— Hozircha men
baliqni uddalayman. Buning ustiga u xo‘rakni yutib yuborganidan beri hali hech narsa totimaganini
ham unutish kerak emas, o‘zi kattakon bo‘lsa, unga juda ko‘p oziq kerak. Menku, butun boshli bir
tunetsni yeb oldima. Ertaga makrelni yeyman.— Chol makrelni dorado deb atardi.— Ehtimol, uni
tozalayotganimda, bir bo‘lakchasini yeb olarman. Makrelni yeyish tunetsni yeyishdan og‘irroq. Ammo
dunyoda osonlik bilan bitadigan ishning o‘zi yo‘q».
— Ahvollaring qalay endi, baliq?— baland ovoz bilan so‘radi u.
— Men o‘zimni juda yaxshi his qilyapman. So‘l qo‘limning og‘rig‘i pasaydi, oziq ham butun bir
kechayu, yaia bir kunga yetadi. Mayli, baliq, qayiqni tortaver.
Chol o‘zini, aytganiday, juda yaxshi his qilayotgani yo‘q edi. Chunki yelkasiga arqon berayotgan
azob endi shunchaki og‘riqdan o‘tib, zirq-zirq lo‘qillashga aylan-gan, bu esa cholni xavotirga
solayotgan edi. «Bundan battarroq narsalarni ham ko‘rganmiz,— deb yupatardi u o‘zini.— Bir qo‘lim
sal-pal shikastlangan, ikkinchisi bo‘lsa, endi tomiri tortishayotgani yo‘q. Oyoqlarim bardam. Oziq-
poziq masalasida ham men baliqqa qaraganda o‘zimni poshsho deb his qilsam bo‘ladi».
Qorong‘i tushdi, sentyabr oyida tun doimo birdan, quyosh botishi bilanoq kiradi. U, tuzdan yeyilib
ketgan taxtalarga yonboshlab yotar va bor kuchi bilan dam olishga harakat qilardi. Osmonda ilk
yulduzlar ko‘rindi. U Rajul yulduzining nomini bilmasada, ammo unga ko‘zi tushishi bilanoq tezda
barcha qolganlarn ham chiqishini va shunda, bu olis hamrohlar yaia o‘ziga esh bo‘lishini tushundi.
— Baliq ham menga oshna,— dedi u.— Men bunday baliqni hech qachon ko‘rgan emasman,
shundaylari bo‘lishini eshitmaganman ham. Ammo men uni gumdon qili-shim kerak. Yaxshiyamki,
yulduzlarni ham gumdon qilishga zarurat yo‘q!
«Tasavvur qilib ko‘rgin-a, odam uzun kun oyni bo‘g‘izlashga harakat qilib yursa! Oy bo‘lsa, undan
qochib ketadi. Bu ham mayli-ya, agar odamga har kuni quyoshni ovlashga to‘g‘ri kelib qolganda, nima
bo‘lardi? Yo‘q, nima desang ham bizning toleimiz bor», deb o‘yladi u.
Keyin u totinib olishga imkoni bo‘lmagan katta baliqqa achinib ketdi. Ammo bu qayg‘urish, uning
baliqni o‘ldirish haqidagi qat’iy qaroriga hech qanday monelik qilmas edi. Qanchadan-qancha
odamlarni to‘ydiradi u! Biroq kishilar u bilan qorin qappaytirishga arzisharmikin? Yo‘q, albatta.
Dunyoda hech kim uni og‘ziga olishga loyiq emas; axir, unga bir qarang, o‘zini qanday tutyapti,
qanday sharofat ko‘rsatyapti.
«Men juda ko‘p narsalarni tushunmayman,— deb o‘yladi u.—Ammo bizga quyosh, oy va
yulduzlarni o‘ldirishga to‘g‘ri kelmaganligi qanday yaxshi. Dengizdan bor yo‘q rizqi ro‘zimizni
qoqishtirib olayotganimiz va yana o‘z birodarlarimizni o‘ldirayotganimiz ham yetib ortadi.
Endi men eshkaklardan bo‘ladigan tormoz haqida o‘ylab ko‘rishim zarur. Buning ham yaxshi, ham
yomon tomoni bor. Men ancha-muncha kalavadan ayrilib qolishim mumkin, keyin, baliq siltanib qolsa,
tamom, uni ham qo‘ldan chiqarib qo‘yaman, tormoz bo‘lsa, qayiqni tez harakat qilishdan mahrum qilib
qo‘yadi! Qayiqning yen-gilligi esa ham baliqning, ham o‘zimning azob-uqubatlarimni oshiradi, ammo
bu uqubatdan xalos bo‘lishimning garovi ham shunda. Axir, bu baliq, agar istaguday bo‘lsa, bundan
ham tez suzishi mumkin. Hay, nima bo‘lsa bo‘lar, hozir, hidlanib qolmasdan burun makrelni tozalab
qo‘yish va picha totinish kerak. Quvvat bo‘ladi.
Endi yana biror soat dam olaman, keyin agar baliq o‘zini tinch tutadigan bo‘lsa, quyruq tomonga
o‘tib, lozim bo‘lgan ishlarni qilaman va eshkaklar to‘g‘risida bir fikrga kelaman. Ungacha baliqning
o‘zini qanday tutishini quzatib boraman. Eshkak bilan bo‘ladigan hangoma yaxshi o‘ylab topildi, biroq
hozir bo‘lsa-bo‘lmasa ishga qat’iy kirishish kerak. Baliq hali kuchga to‘liq. Men qarmoq baliq
lunjining xuddi o‘zginasida sanchilib turganini, og‘zi esa mahkam qisib olin-ganini payqagan edim.
Qarmoqning unga berayotgan azobini azob dsmasa ham bo‘ladi. Uni ko‘proq ochlik va o‘zi nimaligini
aniq bilib yetmaydigan xavf-xatar sezgisi qiynaydi. Hordiq olaver-chi, chol. Senga navbag kelguncha,
baliq zaxmat tortaversin».
Ernest Xeminguey. Chol va dengiz (qissa)
Do'stlaringiz bilan baham: |