Microsoft Word Pochta aloqalari doc



Download 1,11 Mb.
Pdf ko'rish
bet101/123
Sana14.07.2021
Hajmi1,11 Mb.
#119215
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   123
Bog'liq
pochta xizmati texnologik jarayonlari kasb-hunar kollejlari uchun oquv qollanma (1)

NAZORAT SAVOLLARI 
 
1. Oluvchilarga topshirishning imkoni bo‘lmagan xalqaro pochta 
jo‘natmalari qaysi holatlarda jo‘natuvchiga qaytariladi? 
2. Xalqaro pochta jo‘natmalari qaytarilganda yoki qayta 
jo‘natilganda qaysi shakldagi yorliqlar rasmiylashtiriladi? 
3. Xalqaro pochta jo‘natmalari pochta aloqasi obyektlarida saqlash 
muddatlarini aytib bering. 
 


 
176
4-bob. POCHTANI QABUL QILISH 
VA TEKSHIRISH. ICHKI POCHTA JO‘NATMALARI,  
PUL O‘TKAZMALARINI QAYTA JO‘NATISH VA 
QAYTARISH. TARQATILMAGAN POCHTA JO‘NATMALARI, 
TO‘LANMAGAN PUL O‘TKAZMALARi 
 
4.1 Pochtani tekshirishda aniqlangan shikastlanish  
va xatoliklarni rasmiylashtirish 
 
Pochta aloqasi obyektiga eltib berilgan pochta jo‘natmalari 
kuzatuvchidan qabul qilib olish va jo‘natish vazifasi yuklatilgan 
lavozimdagi shaxslar tomonidan qabul qilinadi. Pochta jo‘natmalarini 
qabul qilib oluvchi aloqa xodimlari quyidagilarni:  
16-shakldagi umumiy yukxatda maxsus nazorat o‘tkazilganligi 
to‘g‘risidagi belgi – maxsus nazorat tamg‘asining izi borligini 
tekshirishi. 16-shakldagi umumiy yukxatlarda maxsus nazorat 
o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi belgi yo‘q bo‘lgan hollarda, barcha pochta 
jo‘natmalari umumiy tartibda qabul qilinadi, pochta aloqasi obyektining 
rahbari nomiga esa 30-shakldagi xabarnoma yoziladi; 
16-shakldagi yukxatlar bo‘yicha hukumatga oid, xalqaro va 
sug‘urtali qoplar, konteynerlar, eng kam ish haqining besh barobaridan 
ko‘p bo‘lgan qiymati e’lon qilingan posilkalarni nomma-nom 
tekshirishi. Qolgan pochta jo‘natmalarini sanab qabul qilinadi, keyin 
nomma-nom tekshiriladi; 
eltib berilgan pochta jo‘natmalari va berk buyumlarning tashqi 
holatini sinchiklab ko‘zdan kechirishi (o‘rovlar, muhrlar, tamg‘alar, 
bog‘lovlar, tasmalarning butligini), ularning joylanishi va yo‘nalishi 
to‘g‘riligini tekshirishi kerak. 
Shundan keyin 24-shakldagi yo‘nalish yukxati yoki 16-shakldagi 
yukxatga pochta jo‘natmalarni qabul qilish va tekshirishda ishtirok etgan 
aloqa xodimlari imzo qo‘yadilar, taqvim tamg‘a izi tushiriladi, qabul 
qilingan pochta jo‘natmalarni soni va qabul qilingan vaqti ko‘rsatiladi. 
Posilkalarni saralash va ularga ishlov berishda uzluksiz uzatish 
mexanizatsiyalashgan vositalar bilan jihozlangan pochta aloqasi hududiy 
tashkilotlari yoki pochta aloqasi obyektlarida rahbarlarning 
farmoyishlari bo‘yicha pochta jo‘natmalarning muhrlarini butligi, 
berkitilishi va ularni pochta aloqasi hududiy tashkilotlari yoki pochta 
aloqasi obyektlarida ishning keyingi bosqichlarda ishlov berish uchun 


 
177
yo‘naltirilishi to‘g‘riligini tekshirib, nomma-nom tekshirmasdan sanab 
qabul qilishni belgilashi mumkin. 
Ushbu pochta aloqasi hududiy tashkilotlari yoki ushbu pochta 
obyektiga yo‘llangan sug‘urtali va xalqaro qoplar, konteynerlar ikki 
aloqa xodimi ishtirokida ochilishi shart, shtatida bir xodim bo‘lgan 
(pochtalyonlarni hisobga olmaganda) aloqa bo‘limlari bundan mustasno. 
Joylanma sanab chiqiladi va 16-shakldagi ichki yukxat bo‘yicha 
nomma-nom tekshiriladi, pochta jo‘natmalarining tashqi holati tekshi-
riladi. Berk buyumlarni ochuvchi aloqa xodimlari 16-shakldagi yukxatga 
imzo qo‘yadilar.  
Qopdagi joylanma olingandan so‘ng unda pochta jo‘natmalari 
qolib ketmasligi uchun sinchiklab ko‘zdan kechiriladi. Shu maqsadda 
qoplar ochilgan joy ham ko‘zdan kechiriladi. 
Hukumatga oid va aviapochtali qoplar birinchi navbatda ochiladi 
va ulardagi pochta jo‘natmalari darhol keyingi ishlov berish uchun 
jo‘natiladi. 
Pochta buyumlarini ochishda faqat ipning bitta o‘rami qirqiladi, 
bunda tamg‘a yoki muhrning shikastlanishiga yo‘l qo‘yilmaydi. 
Qulflovchi qurilmadan foydalanib berkitilgan qop istalgan yassi 
metall buyum (plastina, pichoq) bilan pochta aloqasi obyekti nomining 
izi tushirilgan tamg‘ani gorizontal qismi bo‘yicha ko‘tarish va singuncha 
burash yo‘li bilan ochiladi. Shundan so‘ng qopqoqdagi tirqish orqali 
o‘tgan simning tugmasi bo‘shatiladi. Qopni ochishda siquvchi qurilmani 
buzish va simni qirqish man etiladi. 
Tranzit va qayta yo‘llanuvchi berk buyumlar hamda jo‘natmalar 
yigindilari ochilmaydi.  
Qiymati e’lon qilingan tranzit xatlar va qiymati e’lon qilingan 
banderollar, shuningdek tranzit posilkalar blankalariga taqvim tamg‘a izi 
tushirilmaydi. 
Tekshiruvdan keyin keluvchi va tranzit pochta jo‘natmalari, ular 
qabul qilingan 16-shakldagi yukxatlarda tilxat orqali, keyingi ishlov 
beriladigan ish joylariga yo‘llanadi. Mahalliy sharoitga va kelayotgan 
qiymati e’lon qilingan xatlar, qiymati e’lon qilingan banderollar, mayda 
paketlar, yozma xat-xabarli qoplar va posilkalarning soniga bog‘liq 
holda uzatish, ushbu obyektda nomma-nom yozish bilan tuziladigan 16-
shaklagi yukxatlar bo‘yicha amalga oshirilishi mumkin. 
Agar pochta yo‘nalishi bo‘yicha pochtani kuzatuvchi aloqa xodimi 
pochta aloqasi hududiy tashkiloti yoki pochta aloqasi obyektiga 


 
178
joylanmasi olinishi mumkin bo‘lgan belgilarga ega posilkani topshir-
moqchi bo‘lsa: o‘rovi shikastlangani, muhri ancha sinib ketgan yoki 
noaniq bo‘lgan, bog‘lovlari uzilgan, bog‘lovi juda cho‘zilib ketgan 
(echib olish mumkin), noto‘g‘ri berkitilgan yoki og‘irligi kamligi yaqqol 
ko‘rinib turgan va 51-shakldagi dalolatnoma bo‘yicha nuqsonli deb 
rasmiylashtirilmagan bo‘lsa, bunday posilka pochta aloqasi hududiy 
tashkiloti yoki pochta aloqasi obyekti tomonidan qabul qilinmaydi, lekin 
albatta og‘irligi o‘lchab ko‘riladi. 16-shakldagi yukxatda va 24-
shakldagi yo‘nalish yukxatida nusxa ko‘chiruvchi qog‘oz orqali pochta 
jo‘natmalarini qabul qiluvchi va topshiruvchi aloqa xodimi tomonidan 
taxminan quyidagi mazmundagi belgi yoziladi: «2010 yil 15 yanvardagi 
Urganchdan Toshkentga yuborilgan bog‘lovi uzilgan, og‘irligi 9 kg 500 
g bo‘lgan 26-sonli posilka qabul qilinmadi» imzolari qo‘yiladi. Xuddi 
shunday belgi blankada ham yoziladi. Bu yozuv posilkani qabul 
qilmagan pochta aloqasi hududiy tashkiloti yoki pochta aloqasi 
obyektining taqvim tamg‘a izi bilan tasdiqlanadi. Bunday posilka uni 
yo‘nalishga bergan pochta aloqasi obyektiga qaytariladi. 
Olingan pochtani tekshirishda pochta jo‘natmalarini qabul qilish, 
unga ishlov berish, jo‘natish tartibi buzilganligi yoki o‘rovining 
nobutunligi aniqlansa, 30-shakldagi xabarnoma yoki 51-shakldagi 
dalolatnoma tuziladi.  
30-shakldagi xabarnomalar quyidagi hollarda tuziladi: 
a) 16-shakldagi umumiy yukxatlarda maxsus nazorat 
o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi belgilar yoki maxsus nazorat tamg‘asining 
izi yo‘q bo‘lganda; 
b) pochta jo‘natmalari va buyumlari noto‘g‘ri jo‘natilganda hamda 
belgilangan rejadan tashqari jo‘natilganda, shuningdek ularni 
jo‘natishning belgilangan muddatlari qo‘pol ravishda buzilganda; 
v) tranzit pochta aloqasi obyektlari va pochta aloqasi obyektlarida 
manzillangan joyning pochta jo‘natmalarini ro‘yxatga olinadigan 
hujjatlariga yozilmagan pochta jo‘natmalari, pul o‘tkazmalari yoki 
jo‘natmalar yig‘indilar, hukumatga oid, xalqaro, sug‘urtali qoplar, 
yozma xat-xabarli qoplar, konteynerlar, pochta idish (tara)lari solingan 
qoplarni qabul qilganda; 
g) ro‘yxatga olingan pochta jo‘natmalari, pul o‘tkazmalari va 
buyumlarni, 11-shakldagi reestrlar va 16-shakldagi yukxatlarni taqvim 
tamg‘a izisiz, imzolarsiz, izohlarsiz qilingan tuzatishlar bilan qabul 
qilganda; 


 
179
d) pochta jo‘natmasi olinganligi va pul o‘tkazmasi to‘langanligi 
to‘g‘risidagi noto‘g‘ri rasmiylashtirilgan bildirishnoma qabul 
qilinganda; 
e) pochta jo‘natmasi uchun tarif to‘lovi noto‘g‘ri olingani 
aniqlanganda; 
j) PO‘NQMda pul o‘tkazmasi operatsiyalari bo‘yicha hisobotni 
olishda pul o‘tkazmalarining raqamlari 5-shakldagi daftarlar va 103-
shakldagi ro‘yxat ma’lumotlariga to‘g‘ri kelmaganda; 
z) qabul qilingan va to‘langan pul o‘tkazmalari bo‘yicha ma’lu-
motlarni PO‘NQMga o‘z vaqtida berilganda yoki noto‘g‘ri ma’lumotlar 
(disket yoki boshqa axbort tashuvchilar) topshirilganda. Bunda 30-
shakldagi xabarnomada pochta aloqasi hududiy tashkiloti yoki pochta 
aloqasi obyektining nomi, ma’lumotlar (disket yoki boshqa axborot 
tashuvchilar) raqami, sanasi va shikastlanish turi ko‘rsatiladi.  
Moddiy javobgarlikka olib kelmaydigan holatlarda 30-shakldagi 
xabarnoma tuziladi.  
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 

Download 1,11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   123




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish