NAZORAT SAVOLLARI
1. To‘plamli xalqaro jo‘natmalari bu nima?
2. To‘plamli xalqaro pochta jo‘natmalarini jo‘natishda 103-A-
shakldagi ro‘yxatlar kim tomonidan tayyorlanadi?
3. To‘plamli xalqaro pochta jo‘natmalarini jo‘natish shartlari
qanday?
3.11 Xalqaro pochta jo‘natmalarini qayta
yuborish va qaytarish
Xalqaro pochta jo‘natmalarini qayta yuborish jo‘natuvchilar yoki
oluvchilarning arizalariga ko‘ra amalga oshiriladi.
O‘zbekiston Respublikasi ichida posilkalarni qayta yuborish
uchun oluvchilardan ichki tariflarga ko‘ra haq undiriladi.
O‘zbekiston Respublikasi hududida qayta yuboriladigan xalqaro
pochta jo‘natmalari ichki pochta jo‘natmalari uchun ko‘zda tutilgan
tartibda, belgilangan joyning yangi pochta aloqasi obyektiga
to‘g‘ridan-to‘g‘ri yuboriladi. Posilkalar dastlabki pochta aloqasi
obyektiga kelgan qoplarda jo‘natiladi.
Posilkalarni horijga qayta yuborish uchun oluvchilardan
O‘zbekiston Respublikasidan jo‘natilayotgan xalqaro posilkani jo‘natish
uchun haq undiriladi.
Horijga qayta yuborish lozim bo‘lgan pochta jo‘natmalari ular
qabul qilib olingan xalqaro pochta almashuvi joylariga yuboriladi.
Bojli posilka yoki mayda paket respublika hududida, lekin o‘z
viloyati (Qoraqalpog‘iston Respublikasi)dan tashqariga qayta yuborilgan
hollarda qayta yuborishni amalga oshiruvchi pochta aloqasi hududiy
tashkiloti yoki pochta aloqasi obyekti (pochta aloqa bog‘lamasi,
pochtamt) posilka yoki mayda paket nazoratdan o‘tkazilgan xalqaro
pochta almashuvi joyiga qayta yuborganlik to‘g‘risida bildirishnoma
jo‘natadi, unda pochta jo‘natmasining jo‘natish va yalpi raqamlari, uni
173
jo‘natish joyi va mo‘ljallangan manzili, oluvchining nomi, pochta
jo‘natmasi qaerga va qachon qayta yuborilishini, qayta yuborish
sabablarini, bojxona boji summasini ko‘rsatadi. Bildirishnomaga
pochta aloqasi hududiy tashkiloti yoki pochta aloqasi obyekti (pochta
aloqa bog‘lamasi, pochtamt) rahbari (o‘rinbosari) imzo qo‘yadi va
taqvim tamg‘a izi bilan tasdiqlanadi.
Qiymati e’lon qilingan xalqaro xatlar va mayda paketlar yopiq
buyumlar ichida qayta yuborilib, 16-shakldagi yukxatda xatni
jo‘natuvchi mamlakat va punktining nomi, jo‘natish va yalpi raqami
yozib qo‘yiladi, qiymati e’lon qilingan xatlarni, shuningdek bojli
mayda paketlarni yozishda esa e’lon qilingan qiymat summasi va
bojxona boji summasi so‘mlarda qo‘shib qo‘yiladi. Xalqaro buyurtmali
jo‘natmalar 11-shakldagi reestrda uni jo‘natuvchi mamlakat va
jo‘natish raqami ko‘rsatilib, alohida yig‘imlarda qayta jo‘natiladi.
Horijdan olingan, berilmagan pochta jo‘natmalari belgilangan
saqlash muddati o‘tgandan so‘ng xalqaro pochta almashuvi joyiga
jo‘natiladi. Oluvchi topilmaganligi yoki vafot etgani, olishdan bosh
tortishi va shu kabi sabablarga ko‘ra qaytariladigan xat-xabarlar
jo‘natiluvchi xalqaro xat-xabarlar uchun ko‘zda tutilgan tartibda
jo‘natiladi.
Xorijdan qaytarilishi yoki qayta jo‘natilishi kerak bo‘lgan har bir
xalqaro pochta jo‘natmasiga, posilkalardan tashqari, CN 15 yorliq
qo‘shib qo‘yiladi.
Posilka qaytarilganda yoki qayta jo‘natilganda 19-shakldagi
yorliq posilka solingan qopga biriktirilgan birkaning manzil tomoniga
yopishtirib qo‘yiladi.
Ma’lumotnoma yoki yorliqqa yozilgan pochta jo‘natmasining
qaytarilishi to‘g‘risidagi ma’lumotlar pochta aloqasi hududiy tashkiloti
yoki pochta aloqasi obyekti (pochta aloqa bog‘lamasi, pochtamt)
rahbari (o‘rinbosari)ning imzosi bilan albatta tasdiqlanadi va taqvim
tamg‘a izi tushiriladi. O‘rovlarda topshirilmaganlik sabablari
to‘g‘risidagi belgilarni qo‘yishga ruxsat etilmaydi.
Oluvchilarga topshirishning imkoni bo‘lmagan (manzilda
yashamaydi, olishdan voz kechish vafot etganligi sababli, manzil to‘liq
emas va h.o.) bojli va bojsiz mayda paketlar va posilkalar darhol
bojxona nazoratidan o‘tgan joydagi xalqaro pochta almashuvi joylariga
yuboriladi. Posilkalar yuborilgan qoplar ochilmaydi.
174
Xalqaro pochta almashuvi joyida topshirilmagan posilkalar
joylangan qop ochiladi va CP 71 blankalari bo‘yicha jo‘natuvchining
ko‘rsatmasiga muvofiq posilkani nima qilish kerakligi aniqlanadi.
Oluvchiga posilka berilmay qolgan holda blankada «Jo‘natuvchini
xabardor qilish» to‘g‘risidagi belgi bor bo‘lganda reklamatsiyalar
bo‘limiga topshirilmaganlik sababini ko‘rsatib va CP 71 blankasini
ilova qilib, so‘rov jo‘natiladi. Reklamatsiya bo‘limidan ko‘rsatma
olinguncha posilkalar ta’minlangan tartibda saqlanadi.
Blankalarda jo‘natuvchining xabardor qilish to‘g‘risidagi belgi
mavjud bo‘lgan, bojxona idoralari tomonidan o‘tkazilmagan
posilkalarga ham xuddi shunday ishlov beriladi.
Agar blankada jo‘natuvchining ko‘rsatmasi bilan bir vaqtda bir-
biriga zid bir necha belgi mavjud bo‘lsa, u holda bunday posilkalar
jo‘natilgan joyiga oldindan so‘rov yuborilmasdan qaytariladi.
Jo‘natishdan oldin posilkali qop sinchiklab ko‘zdan kechiriladi va
nazorat qiluvchi shaxs ishtirokida tortiladi, natijalar to‘g‘risida 19-
shakldagi yorliqqa belgi qo‘yiladi. Bundan tashqari qop yorlig‘ida
dastlabki manzil o‘chirib tashlanadi va «V» harfi, almashuv joyining
nomi va posilkani qaytarish sababi ko‘rsatiladi. Belgi nazorat qiluvchi
shaxs tomonidan imzolanadi. Qop yorlig‘ining orqa tomonida posilkani
saqlash, qayta yuborish va hakazolar uchun ustiga qo‘shib hisoblangan
to‘lov summasi ko‘rsatiladi.
Posilkaning o‘rovi (blanka)da ko‘rsatilgan oluvchining familiyasi
va ko‘rsatilgan hujjatdagi familiya bir-biridan farq qilish oqibatida
oluvchiga posilka topshirilmagan hollarda manzilidagi pochta aloqasi
obyekti birinchi navbatda jo‘natiluvchi pochta bilan tobeligiga qarab
pochta aloqasi hududiy tashkilotiga so‘rov yo‘llaydi, u esa o‘z
navbatida birinchi jo‘natiluvchi pochta bilan reklamatsiya bo‘limiga
topshirilmagan posilkani nima qilish kerakligi to‘g‘risida xat-so‘rov
jo‘natadi. So‘rovda quyidagilar ko‘rsatiladi: jo‘natish raqami, posilkani
almashuv joyi tomonidan berilgan yalpi (tartib) raqami, uni jo‘natgan
mamlakatning to‘liq nomi, aniq manzili, oluvchi va jo‘natuvchining
familiyasi, ismi, sharifi.
Qaytarilayotgan posilka solingan qopni ko‘zdan kechirishda
o‘rovi shikastlangani yoki og‘irlikda farq mavjudligi aniqlansa, u holda
joylanmani tekshirish uchun qop ochiladi, bu haqda dalolatnoma
tuziladi. Joylanmada yetishmovchilik bo‘lsa, darhol tekshiruv
o‘tkaziladi.
175
Do'stlaringiz bilan baham: |