Namangan muhandislik pedagogika instituti


 Innovatsiyalarni moliyalashtirish manbalari va shakllari



Download 5,69 Mb.
Pdf ko'rish
bet137/223
Sana14.07.2021
Hajmi5,69 Mb.
#119196
1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   ...   223
Bog'liq
innovatsion menejment

 
13.1. Innovatsiyalarni moliyalashtirish manbalari va shakllari 
 
 Innovatsion faoliyatning mufaqqiyati ko’proq darajada uni tashkil qilish shakllari va 
moliyaviy qo’llab quvvatlash usullari bilan belgilanadi . Yangi  ilmiy ishlamalar va 
texnologiyalar davlat milliy kuchining asosiy tashkil qiluvchilari bo’lganlari sari rivojlangan 
davlatlar innovatsiyalarni qo’llab quvvatlash va riaojlantirishning turli tuman 
imkoniyatlarini topadilar. Bunda innovatsion faoliyatni moliyatirishning turli tuman usullari 
va innovatsiyalarni vositali qo’llab quvvatlash bo’yicha tadbirlarning rang barangligi 
kengayadi. 
Rivojlangan mamlakatlar innovatsion faoliyat uchun moliyaviy resurslarni ham 
davlatning va ham hususiy manbalardan to’playdilar: /arbiy Yevropaning kopgina 
mamlakatlari va A+SH uchun molmyaviy resurslarni ITTKI uchun davlat va hususiy kapital 
o’rtasida teng taqsimlanishi xosdir.  
 Ma’lumki, ilmiy salohiyat birinchi navbatda fanlarning fundamenti tadqiqotlarni  
rivojlantirishga investitsiyalarning hajmi , hamda patentlar va litsenziyalarning soni, jahon 
ilmiy adabiyotiga ulush va boshqalar bilan belgilanadi. Yetakchi sanoati rivojlangan 
mamlakatlarda ITI ga xarajatlar YaIM ning 3% yaqinini tashkil qiladilar. Masalan, 1998 – 
yilda AQSH da tadqiqot ishlab chiqishlarini moliyalashtirishning umumiy hajmi 200 mlrd 
dollarda yaqinini, «katta yettilik» ning qolgan mamlakatlarning 2000 mlrd dollardan 
kamroqni tashkil qilgan  
 SHuni eslash qiziqki, sobiq SSSR da 1980 –yillarning oxirida ITTK I ga xarajatlar 
milliy daromadning 5,5% ni tahkil qilganlar. Xususiy, davlat va xorijiy sarmoyalar 
hamkorligining turli tuman shakllari kengayishida davom etmoqda. 
Faqat moliyalashtirishning rivojlangan tizimi asosida innovatsion faoliyat rivojlanishi 
mumkin. Bozor turidagi iqtisodiyotda mustaqil korxonalar, sanoat kompaniyalari, moliya 
sanoat guruxlari, kichik innovatsion bines, investitsion va innovatsion fondlar, mahalliy 
boshqaruv idoralari, xususiy shaxslar va h. k. moliyalashtirish sub’ektlari bo’ladilar. 
Ularning barchalari u yoki bu shaklda qayta ishlab chiqarish jaayonida ishtirok etadilar 
va innovatsion faoliyatni rivojlanishida bevosita ishtirok etadilar. Moliyalashtirishning 
tashkil qilish tamoyillari moliyalashtirishning manbalarining ko’pligi, tizimning alohida 
elemlntlarining egiluvchanligi va dinamikligiga qaratishni va innovatsionlarni ularni 
innovatsion faoliyatdan moliyaviy qaytarilishni o’sishini ta’minlovchi tijoratlantirilishi bilan 
samarali tadbiq etilishi kerak.  
Buning uchun ikkita asosiy shartga amal qilish zarar: davlatning innovatsion, ilmiy – 
texnik va sanoat siyosatini faollashtirish va tadbirkorlarni faol investitsion rivojlanishga 
o’tishga tayyorligi.  
146


  
 
Innovatsion faoliyatni moliyalashtirish tizimi mulkchilik 
turi,                  
markazlashtirilganlik darajasi, ham mulk egalarining darajasi va moliyalashtirish shakllari 
bilan farqlanuvchi shvkllar va manbalarning murakkab birikib ketishidan iboratdir.  
Mulkchilik turlariga ko’ra moliyalashtirish manbalari quyidagilarga bo’linadi:  
-  davlat investittsion resurslari (byudjet mabla-lari, byutjetdan tashqari fondlar , davlat 
tomonidan qarz olish , aktsiyalar paketlari ,davlat tasarrufidagi mulk ): 
- tijorat va notijorat xarateriga ega xo’jalik yurituvchi sub’ektlar, hamda shaxs 
tashkilotlar jismoniy shakllarining investiitsion, shu jumladan moliyaviy resurslari.  
Bu jamoaviy sarmoyadorlar, shu jumladan sug’urta kompaniyalari, investitsion fondlar 
va kompaniyalar, nodavlat nafaqa fondlarining investitsion resurslari. Korxonalarning 
shaxsiy mablag’lari, hamda tijorat banklari, boshqa kredit tashkilotlari va hukumat 
tomonida maxsus vakil qilingan investitsion banklarning kredit resurslari ham shunga 
kiritiladi.  
Davlat darajasida quyidagilar moliyalashtirish manbalari bo’ladilar 
- byudjetlar va byudjetdan tashqari fondlarning shaxsiy mablag’lari: 
- davlat kredit bank va sug’urta tizimlarining « jalb qilingan » mablag’lar:  
- davlatning tashqi (xalqaro qarz olish ) va ichki qarzi (davlat obligatsiyali , qarzli va 
boshqa ziyonlari )ko’rinshidagi qarz mablag’lari : 
Korxona darajasiga quyidagilar moliyalashtirish manbalari bo’ladilar  
1. SHaxsiy mablag’lar fryda, amartizatsion ajratmalaaar, sug’urtali to’lovlar, nomoddiy 
aktivlarning  jalb qilinmagan  ortiqchalari,  asosiy  va aylanma  mablag’lar va h.k.; 
2. Jalb qilingan mablag’lar, aktsiyalarni sotishdan  olingan  mablag’lar, hamda  
badallar,  maqsadli tushumlar va boshqalar; 
3. Xar xil asosdagi  byudjet, bank  va tijorat kreditlari  ko’rinishdagi  qarz  mablag’lari. 
Byudjetdan  mablag’ ajratilishi innovatsion faoliyatning  har xil  shakllarining  muhim  
moliyaviy  manbalari bo’ladilar, ular  hisobidan maqsadli  majmuaviy dasturlar, davlatning  
ustuvor loyihalari bajariladi. 
Davlat  inovatsion siyosatini  amalga  oshirishning  moliyaviy  mexanizmi  butun 
innovatsion davrani  resursli  ta’minlash tizimidan  iborat. 
Bir qator mualliflar tomonidan  taklif  qilinayotgan  moliyaviy  mexanizmi 
kontseptsiyasi, birinchidan,  innovatsion  dasturlarni loyihalarni  to’g’ridan to’g’ri  davlat  
byudjetidan  moliyalashtirishni  ayrim  ilmiy tashkilotlari  moliyaviy qo’llab-quvvatlanishi 
bilan birlashtirishga maqsadli  qaratilganligi, ikkinchidan, moliyalashtirish  manbalarining 
kqpligi  bilan  ta’riflanadi. Bunda  byudjetdan  mablag’lar  ajratish bilan  bir qatorda  
byudjetdan  tashqari  manbalar, shu jumladan moliya-sanoat guruhlari, tijorat banklari, 
birlashmalar, tashkilotlar va boshqa  xo’jalik yurituvchi  sub’ektlar  ishtirok etadilar. 
Bunday  mexanizm doirasida davlat innovatsion siyosatining asosiy  qurollaridan  biri 
sifatida  davlat  byurtmasini  rolini  kuchaytirish  alohida ahamiyat kasb etadi.  Davlat  
investitsion  va ilmiy-texnik dasturlari davlat tomonidan  maqsadli moliyalashtirishning 
ob’ekti bo’lishlari kerak. Tanlov bo’yicha  tanlab olingan loyihalar ularning asosiy  
majmuini  tashkil  qiladilar. 
Bozor iqtisodiyotiga o’tish  sharoitlarida  investitsion va  moliyaviy  resurslarni  qidirib 
topish  muammosida sarmoyalar  va innovatsiyalarning  bozorlari  hal qiluvchi  rolni  
o’ynashlari kerak.  Yangiliklar  bozorini  ilmiy tashkilotlar, OO’Yu, innovatsion  biznes  
korxonalari, ilmiy  xodimlarning har xil uyushmalari, sanoat firmalarining ilmiy  
bo’linmalari, novatorlar shakllantiriladi. 
Bozor talabi- ishlab  chiqarishni o’sishi- innovatsmyaga  talab  zanjirchasini  
muvaffaqiyatli  faoliyat yuritishi to’laqonli  innovatsion  bozorni  vujudga  kelishining 
147


  
 
muhim  sharti  bo’ladi.  SHuning  bilan birga qisqa  muddatlarda  innovatsion  bozorning, 
hammadan  avval aqliy mulkni  himoyalash va infratuzilmani shakllantirish qismidagi 
tashkiliy-huquqiy bazasini  yaratishni yakunlash zarur. 
Innovatsion bozorni  samarali  faoliyat  yuritish raqobat  muhitini  ta’minlash va 
fandagi yakka hokimlikka faol qarshilik ko’rsatishini  ko’zda  tutadi. 
Kichik  inovatsion  biznesni  vujudga  kelishiga muhim  rolь  ajratiladi, u innovatsion 
sohada haqiqiy  raqobatni  yaratilishi tufayli ITICH ni jadallashuvi omili bo’ladi. Bundan 
tashqari, kichik innovatsion korxonalarni  rivojlanishi samarali  ilmiy-texnik xodimlardan 
samarali foydalanishga,  hamda yakunlangan ishlab chiqarishlarni  tijoratlashtirish, ijara, 
lizing va boshqa  bozor qurollari hisobiga  ilmiy-ishlab  chiqarish infratuzilmasidan  
to’liqroh  foydalanishga yordam beradi.  
Bozor munosabatlarini rivojlanishi bilan  xatarli (venchurli) sarmoyalar  fondlarini 
innovatsion  tadbirkorlikning  adekvat  o’ziga  xosligi sifatida  yaratish uchun  haqiqiy  
sharoitlar  vujudga  keladi.  Bu yerda  innovatsion  fondlar asosiy  rolni o’ynashlari kerak, 
ular  1989 yildan boshlab  katta davlat  qo’llab-quvvatlanishida yachratiladilar. 
Jahon amaliyotida  asosiy sarmoyalardagi  investitsiyalarni  moliyalashtirish uchun 
qarz mablag’lari, ayniqsa bank  kreditlari keng qo’llaniladilar. Jahonning  rivojlangan  
mamlakatlarida  bank  kreditlarining sarmoyalar kiritish larni moliyalashtirish manbalari 
sifatidagi  ulushi  20,40% ni tashkil qiladilar, shuning  bilan bir  vaqtda  Rossiyada u  6-8% 
dan oshmaydi. 1998 yilda  jahon  iqtisodiyoti  va  xalqaro munosabatlar instituti tomonidan  
so’ralgan  3 mingta korxonalardan  faqat  16,5% ishlab  chiqarishni qaytadan  jihozlashga, 
5,3%-ishlab  chiqarishni  zamonaviylashtirishga, faqat  1,8%-  korxonalar ITTKT, 
litsenziyalar va nou-xaularni  xarid qilishga  kreditlar  olganlar. 
2015 yildagi  sanoatdagi  kapital  kiritmalarni  moliyalashtirish manbalarining tuzilishi  
13.1-jadvalda berilgan. 
13.1-jadval 
2015 yilda  sanoatdagi  kapital kiritmalarni  moliyalashtirish manbalarining tuzilishi 
 
№ Manbalar 
Yakuniga 
nisbatan %da 
1. SHaxsiy 
mablag’lar 
77,0 
 Ulardan: 
 
2.  Korxona ixtiyorida  qoluvchi  foydali jamg’armalar  fondi 
16,2 
3.  Amortizatsiya  va shaxsiy  mablag’larning boshqa  manbalari 
60,8 
4.  Jalb  qilingan mablag’lar 
23,0 
 Ulardan: 
 
5  Banklar  kreditlari 
7,0 
6.  Boshqa  tashkilotlarning  qarz mablag’lari   
3,1 
7.  Byudjet  mablag’lar   
5,0 
8.  Byudjetdan tashqari  fondlar  mablag’lari 
1,8 
9.  Boshqa jalb qilingan mablag’lar 
6,1 
 Jami 
100,0 
 
Jadvaldan ko’rinishicha, bank  kreditlari va  boshqa  tashkilotlarning qarz 
 
mablag’larining  ulushi  10,1% ni tashkil  qiladi. Ilmiy-texnik sohada kredit  resurslari 
ITTKI ni moliyalashtirishning umumiy  hajmida 79 ni qiladilar, shuning bilan bir vaqtda  
148


  
 
byudjetdan tashqari  fondlar  mablag’lari  va boshqa jalb qilingan  mablag’lar 20%dan 
ko’proq  tashkil qiladilar. Tijorat banklaritomonidan  ishlab chiqarish innovatsiyalarga  
yo’naltirilgan  investitsiyalarning ulushi  2%dan  oshmaydi. Bunga sababa bank  krizisi, 
kreditlarning yuqori  qiymati, banklarda  manfaatdorlikni  yo’qligidadir. 
Investitsiyalarni  moliyalashtirishning eng keng tarqalgan shakllaridan biri  aktsiyalar  
va obligatsiyalarni bosib chiqarish yo’li bilan moliyaviy resurslarni  olish, ya’ni  ulushli  
yoki  qarzli  turdagi  emissiya (bosib chiqarish)dir. 
Innovatsion  jarayonlarni  takomillashishi va rivojlanishida  infratuzilmalarga 
birlashgan moliya-sanoat  guruhlari, konsortsiumlar, strategik alьyanslar hamda  loyihaviy  
moliyalashtirish va  venchurli  biznes  alohida  rolь qynashi kerak. 
 Innovatsion  loyihalarning samaradorligini oshirish uchun  yirik kompaniyalar  
innovatsion axborotlarni  kelib  tushishining ko’pgina  vositali  kanallaridan foydalanadilar, 
norasmiy  tashkilotlarga keng  murojaat  qiladilar. Ammo juda ko’p hollarda tadbirkorlar  
moliyaviy  xavfsizlikni  radikal  yangiliklarning  noaniqligi  va tavakkalchi innovatorlarni  
mustaqilligidan afzal ko’radilar. 
Loyihaviy moliyalashtirish va innovatsion fondlar, ixtisoslashtirilgan moliya 
kompaniyalari, xalqaro  moliyaviy tashkilotlar, sug’urta va lizing kompaniyalari yangilik 
kiritishlar institutsional tuzilmasining  muhim  shakli  yuo’ladilar. Ammo  tijoart banklari, 
shu jumladan ixtisoslashgan  investitsion va innovatsion  banklar kerditlarning  asosiy  
manbalari  bo’ladilar. 
O’sishning innovatsion omillarini  safarbar qilishda  venchurli  biznesga  alohida  rolь  
ajratiladi, u  iinovatsiyalarni  amalga oshirish shakli sifatida  sarmoyalarni  safarbar  qilish 
usullari, manbalarni tuzilishi va  moliyaviy  mablag’larni taqdim etish shartlari  bo’yicha 
ancha farqlanadi. Venchurli  biznes  printsipial  yangiliklarni ishlab chiqishga qaratilgan  va  
qoidaga  ko’ra, pioner (birinchi) sohalardagi  yuqori ishga doir faollik bilan bog’langan. 
Microsoft  va boshqa kabi yirik firmalar  o’zlarining qudratlari  uchun xuddi venchurli  
biznesga qarzdordirlar. Kaliforniyadagi Silikon  vodiysida yuqori  texnologiyalarni ishlab 
chiqilishi  va tatbiq etilishi  birinchilarning  misoli bo’lib  xizmat qilishi mumkin. 
Fan va texnologiyalarning  yorib  o’tuvchi yo’nalishlaridagi  yaqqol  o’ziga  jalb  
qilishlik bunday kompaniyalarning moliyaviy barqarorligini  oshirish  bo’yicha  tashkiliy  
harakatlarni talab qilgan. Mamlakatli xususiyatlar venchurli biznesni  rivojlanishining  
ikkita  tendentsiyalarida namoyon  bo’lganlar: uni Yaponiya, G’arbiy Yevropa 
mamlakatlarida  inkorellyatsiyalanganligi  (o’z  tarkibga qo’shib  olganligi  va AQSHda 
institutlashtirilgangigi (qandaydir yangi ijtimoiy  institutni  ta’sis etganligi)da. 1980 yillarda  
OO’Yu,  kakdemik fan, davlat  va xayr-ehson fondlari, lizing  va sug’urta kompaniyalari 
bilan bog’liq  venchurli va  innovatsion fondlar rivojlana boshlaganlar. Ammo  AQSH 
venchurli sarmoyasining  90 %ga yaqini  2-3 yangi  firmalarning birlashmasi tomonidan  
taqdim  etilgan. Bu fan, texnika va  biznesning  mashhur “avangard turi”dagi  korxonani  
tashkil  qilishga  qodir vakillarini jalb  qilishga  imkon bergan. Ammo  bularning  barchasi 
tadqiqotli  va venchurli  loyihalardan moliyaviy qaytarilishni oshishiga  yordam  
berolmagan. Birgalikdagi davlat,  institutsional va korporativ harakatlar talab qilingan. 
Keyingi o’n yillar ichida  sanoati rivojlangan mamolakatlarda  investitsiyalarni 
moliyalashtirishning yangi shakli-loyihali moliyalashtirish tez  rivojlana boshlagan. 
Dastavval investitsiyaon  loyihalarni  bank tomonidan  uzoq  muddatli  kreditlash  deb  
tushunilgan  loyihaviy  moliyalashtirish bugun kqpgina  turli  tumanliklarga ega. 
Jahon  amaliyotida  qabul  qilingan  innovatsion  faoliyatni  moliyalashtirishning  
asosiy  tashkiliy  shakllari 13.2-jadvalda berilgan. 
149


  
 
13.2-jadval 
Innovatsion faoliyatni  moliyalashtirishning  tashkiliy  shakllari 
 
SHakl Ehtimol 
bo’lgan 
sarmoyadorlar 
Qarz 
mablag’larini 
oluvchilar 
SHaklardan 
foydalanishning 
afzalliklari 
Bizning 
mamlakatimiz 
sharoitida shakldan  
foydalanishning 
murakkabligi 
Difitsitli  
moliyalashtirish 
Xorijiy davlatlar 
hukumatlari. 
Xalqaro moliyaviy 
institutlar. 
O’zbekiston  
Respublikasining  
korxonalari va  
tashkilotlari 
Hukumat Innovatsiyalarni 
davlat  tomonidan  
tartibga  solinishi va
nazorat qilinishi 
Moliyalashtirishning  
nomaqsadiy xarakteri 
tashqi va  ichki  
davlat  qarzlarini  
o’sishi. Byudjetning  
xarajat qismini 
ko’paytirish 
Aktsiyadorlik 
(korporativ) 
moliyalashtirish 
Tijorat banklari, 
instituttsional  
sarmoyadorlar 
Korporatsiyala
r, korxonalar 
Korporatsiya 
(korxonalarda 
investitsiyalardan 
foydalanishning 
variant belgisi) 
Nomoddiy xarakteri 
haqiqiy  loyihalarp 
bozorida emas, balki 
faqat qimmatbaho 
qog’ozlar bozorida  
ishlash. Sarmoyador 
xatarining  yuqori 
darajasi 
Loyihani 
moliyalashtirish 
Hukumatlar, 
xalqaro moliyaviy 
institutlar. Tijorat  
banklari. 
Mamlakat  
korxonalari. 
Xorijiy 
sarmoyadorlar 
instutsional 
sarmoyadorlar 
Investitsion 
loyiha. 
Innovatsion 
loyiha 
Moliyalashtirishnin
g maqsadli 
xarakteri. 
Xatarlarni  
taqsimlanishi. 
Davlat-ishtirokchi 
moliyaviy 
muassasalarning  
kafolati. 
Nazoratning  yuqori 
darajasi 
Investitsiyaon 
muhitga bog’iqlik, 
kredit xaratlarining 
yuqori  darajasi. 
Beqaror qonunchilik 
va  soliq tartibi. 
 

Download 5,69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   ...   223




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish