Demak, Tog‘ay Murod qahramonlari bilan bizni qalban yaqinlashtirayotgan narsa – xalqimizga xos bo‘lgan soddalik, samimiylik, to‘g‘rilik, ochiq ko‘ngil- lik xislatlaridir. Millatning bu bebaho fazilatlari «Yulduzlar mangu yonadi»
qissasida ortiqcha jimjimaga o‘ralmay, alohida bo‘rttirilmay, ata-
yin ta’kidlanmay aks ettiriladi. Surxondaryoning olis qishloqla-
rida yashaydigan oddiy insonlar uchun OR, NOMUS, G‘URUR,
UYAT, ANDISHA, KAMTARLIK, HALOLLIK, MARDLIK
1 4 6
! singari hislar alohida qahramonlik belgisi emas. Bu hislar har bir
kishining tabiiy yo‘ldoshi bo‘lishi lozimligini qissaning ko‘plab
ta’sirchan voqealaridan bilib olamiz.
Eslang, bu asar 1976-yilda yozilgandi.