6 Adabiyot II qism 2017. p65


Oyoq ildi – to‘xtadi. 1 4 0 1 4 1 XXXII



Download 1,46 Mb.
Pdf ko'rish
bet77/92
Sana14.07.2021
Hajmi1,46 Mb.
#118601
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   92
Bog'liq
adabiyot 2qism 6 uzb

Oyoq ildi – to‘xtadi.


1 4 0


1 4 1
XXXII
Polvonlar qo‘l berib ko‘rishdi.
Tilovberdi polvon jelaklari o‘ngirini ketiga surdi. Yenglarini
xiyol tortdi. Barmoqlarini tili bilan ho‘lladi. O‘ynab-o‘ynab
Abray polvonga qarab bora berdi.
Abray polvon ko‘zlari qarshisida mardona o‘ynayotgan bar-
moqlar orasida hech nimani ko‘rolmadi. Ko‘zlari pirpiradi. Ke-
yiniga tisarildi.
Tilovberdi polvon Abray polvon ko‘zlariga tikildi: Abray
polvon ko‘zlari hayiqdi! Ana endi hamlaga o‘tsa bo‘ladi!
Tilovberdi polvon o‘ng qo‘li bilan Abrayning yoqasidan ush-
ladi. Ichidan chil berdi. Shiddat bilan ketiga surdi.
Abray polvon ketiga seltanglab-seltanglab bordi. Kimningdir
fonusiga qoqilib ketdi. Odamlar ustiga chalqancha tushdi.
Tilovberdi polvon yiqitdim deya qo‘llarini ko‘tardi.
Nasim polvon qabatidagilardan tashvishli ovozda so‘radi:
– Nima bo‘ldi-a, nima bo‘ldi?
Nasim polvonning ovozi juda xasta bo‘ldi, faqat ko‘zi ojiz-
larga xos ovoz bo‘ldi.
Xo‘jasoatliklar Tilovberdi polvonni olqishlab qichqirdi:
– Halo-o-ol!
– Tilovberdi polvonning haqi berilsin!
– Xayriyat, odamlar ustiga tushdi, agar shu zarb bilan yerga
tushganda, ichagi uzilardi!
Tilovberdi polvon bakovul qoshiga cho‘kkaladi.
Bo‘ri polvon yuzlarida quvonch ifodasi ko‘rinmadi. Vag‘ir-
vag‘ir qilayotgan hamqishloqlariga amirona qo‘l siltadi.
– Xaloyiq, jim! – dedi. – Ko‘p javramang, jim bo‘ling! Xa-
loyiq, davradagi Bo‘ri polvon so‘zim: Tilovberdi polvon Abray
polvonni yiqitolmadi!
Qoni tez xo‘jasoatliklar bidillab ketdi:
– E, qo‘ying-e, polvon bova, chalqayramon
1
 tashladi-yu!

Chalqayramon – chalqancha.


1 4 2
– Bundan ziyod qanday yiqitib bo‘ladi?!
– Xaloyiq, so‘zlab bo‘ldingizmi? – dedi Bo‘ri polvon. –
Qaytarib aytaman, Tilovberdi polvonning yiqitgani bekor!
– Nimaga bekor bo‘lar ekan?
– Chunki u odamlar ustiga yiqitdi! – dedi Bo‘ri polvon.
– Sizga baribir emasmi qayerga yiqitgani?!
– Yo‘q! Polvon polvonni osmonning ko‘kiga otsayam bekor!
Polvonmisan – yerning ustiga yiqit! Qani, boshqatdan olishinglar!
Tilovberdi polvon otasiga o‘qraydi. Qobog‘ini uydi. Tag‘in
davra aylandi.
Bo‘ri polvon bildi, o‘g‘li undan norozi bo‘ldi.
«Oh, qaniydi, o‘g‘li hozir yiqitgan bo‘lsa! O‘g‘li buni bil-
maydi-da! Bilmagani yaxshi...»
XXXVI
Tilovberdi polvon g‘olibona yurishda davom etdi. O‘ng oyo-
g‘ini lapanglatib-lapanglatib olg‘a tashladi. Ba’zan haddan ziyod
olg‘a tashlab yubordi. Shunda gavdasi orqada qolib-qolib ketdi.
Abray polvon sezdi! Ammo Tilovberdi oyog‘iga atayin qara-
madi! Ko‘zlariga tik boqib bora berdi! Bor diqqat-e’tibori esa
oyog‘ida bo‘ldi. Bo‘lajak vaziyat to‘lishib kelajak sayin ko‘zlari
yanada besaranjom boqdi, bejo boqdi.
Xo‘jasoatliklar Tilovberdi polvon beparvoligi oqibatida ro‘y
berayotgan nozik vaziyatni ko‘rib turdi. Ammo Tilovberdi
polvonni ogoh qilishga jur’at etolmadi. Ehtimol, ko‘zlari tik
boqayotgan Abray polvon bu vaziyatni payqamayotgandir?
Bordi-yu, ovoz bersalar, Abray polvon bilib qolmaydimi?
Xo‘jasoatliklar ana shu tashvishda miq etmay o‘tirdi.
Qaltis vaziyat bo‘ldi!
Davra nafasini yutdi.
Tevarak suv sepganday jimjit bo‘ldi.
Faqat Tilovberdi polvon bilan Abray polvon nafasi eshitildi.
Polvonlar bir-birini ruhan arbadi
1
.


Download 1,46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   92




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish