4 7
!
MUHAMMADSHARIF GULXANIY
(XVIII asr oxiri – XIX asrning boshlari)
Muhammadsharif Gulxaniy XVIII asr oxiri – XIX asrning
20-yillarida Qo‘qonda yashab ijod qilgan mashhur masalnavis
adib va hassos shoirdir. Jo‘shqin fe’lligi
va olovqalbligi tufayli
o‘ziga Gulxaniy taxallusini tanlagan. Keyinchalik she’rlarida
Jur’at taxallusini ham qo‘llagan.
Bizgacha uning o‘zbek va tojik tillaridagi 12 g‘aza-
li, Qo‘qon xoni Amir Umarxonga bag‘ishlangan 1 qa-
sidasi va «Zarbulmasal» asari yetib kelgan.
Gulxaniyning hayoti, asosan, Qo‘qon va Namanganda kech-
gan. U tirikchilik vajidan hammomda o‘t yoquvchi ham bo‘lgan,
Qo‘qon xoni Amir Olimxon navkarlari safida xizmat ham qilgan
(1801–1810-yillar). Mustaqil mutolaa yo‘li bilan mumtoz ada-
biyotni o‘qib o‘rgangan. Olimxon vafotidan keyin taxtga o‘tirgan
Amir Umarxon (shoir Amiriy) Gulxaniyni
saroy shoirlari davra-
siga jalb etgan. U ko‘proq oddiy insonlarga manzur bo‘ladigan
she’rlar, hajviy asarlar bitgan.
Gulxaniy o‘zbek va tojik tillarida yaratgan «Barmog‘im»,
«Ey, to‘ti», «Lola ko‘ksidek bag‘rim...» singari g‘azallarda lirik
qahramonning ruhiy kechinmalari ta’sirli ifoda etilgan. Uning
«Bideh» (bergil, ber menga) radifli g‘azalida o‘zining navkarlik
davridagi og‘ir hayoti tasvirlanadi. Mazkur asarda muallif katta
ijtimoiy masalalarni – o‘z davrining harbiy tartibi,
rasm-rusum-
lari, navkarlar hayotini ta’sirli misralarda bayon etgan. G‘azal-
4 8
ning lirik qahramoni obrazi umumlashma obraz darajasiga
ko‘tarilgan.
Gulxaniy o‘zining noyob iste’dodi, xalq hayotini kuzatish orqa-
li orttirgan tajribasi, turmushga haqqoniy
qaray bilishi tufayli
xalqchil ijodkor sifatida adabiyotimiz tarixidan munosib o‘rin
egallagan. Uning ijodiy merosi hajman katta bo‘lmasa-da,
XIX asr o‘zbek milliy adabiyoti rivojiga samarali ta’sir ko‘rsatgan.
«ZARBULMASAL»
O‘z davri voqeligini badiiy ifoda etgan tanqidiy-hajviy yo‘na-
lishdagi «Zarbulmasal» asari Gulxaniyga katta shuhrat keltirdi.
Unda hayotning dolzarb muammolari, turli odamlar o‘rtasidagi
munosabatlar, xalq turmush tarzi va udumlari haqida majoziy
uslubda so‘z yuritiladi. Insonga xos xususiyatlar boshqa jonli va
jonsiz narsalarga ko‘chirib tasvirlangan
asarlar majoziy asar
deyiladi. Gulxaniy ham, qizim, senga aytaman, kelinim, sen
eshit, qabilida qushlar misolida o‘z davri voqeligi manzaralarini
tasvirlaydi.
Toj-u taxt talashlari, urushlar natijasida yurt vayron,
xalq xarob bo‘lgan. O‘sha davrda Buxoro va Qo‘qon xonliklari
o‘zaro urushib yurganlari uchun ham asarda Buxoro go‘yoki
vayronalarga boy muzofot sifatida tasvirlanadi. Qo‘qon ham
undan obod emas edi. Adib aytmoqchi,
xonning atrofini Bo-
yo‘g‘li, Yapaloqqush, Ko‘rqush, Kordon, Kulonkir sulton kabi
yomon amaldorlar o‘rab olgan. «Holo, bu turg‘onlaring navola
1
do‘stlari,
piyola hariflari
2
, taom yemakka hozir, maslahatga aqli
qosir
3
». Bu ketishda mamlakat vayronaga,
shoh uning ustidagi
Boyo‘g‘liga aylanib qolishi hech gap emas. Gulxaniyning yirt-
qich va aksar tunda ov qiladigan qushlarni o‘z asariga qahramon
qilib olishida nozik ishora mavjud. Shuning uchun Ko‘rqush
tilidan quyidagicha nasihat qilinadi: «Ulug‘ni borgohinda
4
1
Do'stlaringiz bilan baham: