Yer solig‘i – yerdan foydalanganlik uchun yer uchastkasining sifatiga,
joylashgan manziliga va suv bilan ta’minlanganlik darajasiga qarab, uning
kadastr bahosini inobatga olgan holda dehqon va fermer xo‘jaliklari
tomonidan davlatga to‘lanadigan ijara haqi.
Yerlarning irrigatsion-meliorativ holati – suv bilan ta’minlanish va
sug‘orish tarmoqlari tizimi, yerosti suvlari sathining joylashuvi va tuproqning
sho‘rlanish darajasidan kelib chiqib sug‘oriladigan yerlarning holatini
ifodalovchi ko‘rsatkich.
Do'stlaringiz bilan baham: |