Chigitni plyonka ostiga ekish texnologiyasini iqtisodiy samaradorlik
ko‘rsatkichlari (2013-yil)
Qashqadaryo viloyati
Kasbi tumani
Ko‘rsatkichlar
Respub-
lika
bo‘yicha
o‘rtacha
Qashqa-
daryo
viloyati
bo‘yicha
o‘rtacha
O‘rta-
cha
«Shuhrat o‘g‘li
G‘olibjon»
fermer xo‘jaligi
Texnolo
gik
xarita
bo‘yicha
Paxta hosildorligi s/ga
28
29,3
30
35,2/33,1*
27
1s paxta tannarxi (so‘m)
78800
75600 75400 63250/
65300* x
1s paxtaning sotish bahosi
(so‘m)
82610 80700 78400
87450/84270* x
1s. ko‘rilgan foyda va zarar
(+;-)
+3810 +5100 +3000 24200/21970* х
1ga. ko‘rilgan foyda va zarar
(+; -)
-2310 -2400 -2250 801020/628010*
х
1 ishchiga to‘g‘ri kelgan
ekin
maydoni (ga)
1,25
0,83
0,76
2,81
2,17
1 ga ekin maydoniga mehnat
sarfi (kishi/soat)
1645
2088
2301
2509
784
1 s. paxta uchun mehnat
sarfi
(kishi/soat)
70
60,0
60,1
65,0
29
Mashina terim darajasi %
4,2
-
-
-
32
*xo‘jalikda paxta plyonkasiz ekilgandagi natijalar.
Yuqoridagi tahlillar natijasidan quyidagi xulosalarga kelish mum-
kin. An’anaviy intensiv texnologiyalarning iqtisodiy samaradorlik
ko‘rsatkichlari tabiiy-iqlim, demografik omillariga hamda ishlab
chiqarishni tashkil etish va boshqarishga ham bog‘liqliqdir.
Ma’lumki, fermer xo‘jaligining samaradorligi ko‘p jihatdan mah-
sulot ishlab chiqarishda sarflangan xarajatlar miqdoriga ham bog‘liq.
Fermer xo‘jaligida tannarxni hisoblab chiqish bir qator o‘ziga xos
xususiyatlarga ega. Birinchidan, dehqonchilikda ishlab chiqishning yillik
sikli, shuningdek, ishlab chiqarish va ish davri orasidagi farqlar tannarx-
ni faqat xo‘jalik yili tugagandan keyingina hisoblab chiqish imkonini
beradi. Bundan tashqari, o‘simlikchilik mahsulotlarininig salmoqli qismi
o‘z xo‘jaligida ozuqa sifatida ishlatiladi, shuning uchun avval o‘simlik-
chilik mahsulotlarining tannarxi aniqlanadi, undan keyingina
chorvachilikniki. Ikkinchidan, ko‘pgina qishloq xo‘jaligi ekinlari va
hayvonlardan birdaniga bir necha turdagi mahsulot olinadi va
421
xarajatlarni ular orasida taqsimlash zarurati kelib chiqadi. Uchinchidan,
tugallanmagan ishlab chiqarish hajmini faqat yil oxirida (1-yanvar holati
bo‘yicha) aniqlash mumkin. To‘rtinchidan, alohida turdagi mahsulot-
larning ishlab chiqarish yakunlanishi joyi umuman farqlanadi.
Tannarxni hisoblab chiqishda xarajatlarning umumiy miqdori mos
keluvchi ekinlar va hayvonlardan olinadigan mahsulotlar bo‘yicha
taqsimlanadi. Shu bilan quyidagi usullardan foydalanish mumkin:
– xarajatlarni mahsulotlarning mos keluvchi turiga to‘g‘ridan to‘g‘ri
kiritish;
– xarajatlarni alohida qishloq xo‘jalik ekinlari, hayvonlarining
mahsulotlari o‘rtasida mahsulot olinganlar uchun umumiy bo‘lgan
belgilardan biri bo‘yicha proporsional ravishda (masalan, ulardagi
mavjud to‘la qimmatga ega don, ozuqa moddasi va boshqalar);
– maxsus yo‘l bilan olingan mahsulotning alohida turiga qilingan
xarajatni baholash va ularni ma’lum nisbiy ko‘rsatkichlarda ifodalash
(masalan ozuqa kunda alohida turdagi hayvonni parvarishlash, ma’lum
texnologik guruhdagi chorva mollarini parvarishlashning umumiy
summadan foiz sifatidagi xarajatlari va boshqalar).
– rejali tartibda belgilanadigan, iqtisodiy asoslangan
koeffitsiyentlarni qo‘llash yordamida xarajatlarni taqsimlash; bunda
mahsulotlardan birining turiga 1 boshqa turlariga asosiy turdagi
koeffitsiyent orqali xarajatlar qabul qilinadi:
– pul shaklida ifodalanuvchi xarajatlarning umumiy miqdoridan
yondosh mahsulotlarga qilingan xarajatlarni istisno etish; yondosh
mahsulotlarning pulda baholash normativ (hisob-kitobli) yoki haqiqiy
xarajatdan kelib chiqib, amalga oshiriladi;
– xarajatlarni mahsulot qiymatining realizatsiya bahosiga
proporsional ravishda taqsimlash.
Dehqon va fermer xo‘jaliklarining o‘simlikchilik tarmog‘ida
tannarxni hisoblab chiqish obyekti har bir qishloq xo‘jalik ekinidan
olinadigan asosiy va yondosh qo‘shimcha mahsulotlarning har xil turi
paxta, g‘o‘za poyasi, don, don chiqindilari, somon, yog‘li ekinlar urug‘i,
kartoshka, so‘talar, (karam) piyozlar, mevalari va boshqalar. Bundan
tashqari, bu yil keyingi yilgi hosil uchun qilingan va tugallanmagan
ishlab chiqarishga kiruvchi, kelgusi davr xarajatlariga kiruvchi qishloq
xo‘jalik ishlarining tannarxi ham aniqlanadi.
Ma’lumki dehqon va fermer xo‘jaliklarida tovar pul
munosabatlarini rivojlanishida asosiy ishlab chiqarish vositalarining
422
ahamiyati beqiyosdir. Chunki ishlab chiqarishni modernizatsiyalash,
texnik va texnologik yangilash hamda ishlab chiqarishni
mexanizatsiyalash tovar mahsuloti ishlab chiqarishni ko‘paytirishga va
tushum hajmining oshishiga olib keladi. Fermer va dehqon xo‘jaliklari
faoliyati samaradorligini oshirishda innovatsion-investitsion faoliyatni
yo‘lga qo‘yish davr talabiga aylanib bormoqda.
Fermer xo‘jaligida investitsion-innovatsion faoliyatning asosiy
maqsadi investitsiyalar asosida innovatsion imkoniyatlardan
foydalanishni rivojlantirish va jadallashtirish uchun optimal shart-
sharoitlarni yaratib berish. Fermer xo‘jaliklari tarmog‘ida investitsion-
innovatsion faoliyat investitsiyalar subyekti va obyektlarining
(innovatsion-investitsion mahsulot) o‘zgarishi sohasidagi o‘zaro
munosabatlarni qamrab oladi. Investitsion majmua turli xil mulkchilik
shaklidagi integrallashgan korxonalarning birlashuvi bo‘lib, ma’lum
turdagi tovar mahsuloti ishlab chiqarishga ixtisoslashgan, investitsiyalar-
dan unumli foydalanish va to‘g‘ri taqsimlash maqsadida ishlab chiqarish
va xizmat ko‘rsatish sohalaridagi o‘zaro iqtisodiy munosabatlarda
bo‘ladi.
Dehqon va fermer xo‘jaliklari faoliyatini investitsion-innovatsion
rivojlantirishda davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashda quyidagilarga
e’tibor qaratish lozim:
• lizing faoliyatini faollashtirish, bu esa o‘z navbatida moliyaviy
mablag‘larning yetishmasligini yumshatadi, lizing to‘lovlarini
belgilangan grafik asosida va soddalashgan shartnoma va sxemalar
asosida amalga oshirish imkonini beradi, davlat va lizing
kompaniyalarning o‘zaro manfaatlarini yaqinlashtiradi va pirovard
natijada ASM tarmoqlarida tavakkalchilikni pasaytirish va iqtisodiy
samaradorlikni oshirish uchun optimal iqtisodiy va huquqiy shart-
sharoitlarini yaratib beradi;
• qishloq xo‘jaligida yer-ipoteka kreditlash tizimini rivojlantirish;
• budjet ssudalarini, investitsion soliq kreditlarini taqdim etish,
kreditlar bo‘yicha foiz stavkalarini subsidiyalash;
imtiyozli soliq to‘lovlarini joriy etish;
• qishloq xo‘jaligi texnikalari bozorini rivojlantirishning davlat
dasturlarini shakllantirish
• Ushbu takliflarning amalga oshirilishi natijasida quyidagilar
ta’minlanadi:
• qishloq xo‘jaligiga investitsiyalarni jalb etishning jozibadorligi
423
oshadi;
• ASM korxonalarida investitsion faollik oshadi;
• jami ishlab chiqarilgan mahsulot tarkibida raqobatdosh va sifatli
mahsulot ishlab chiqarish hajmi ko‘payadi;
• tarmoqda innovatsion faoliyat kuchayadi.
• qishloq xo‘jaligida takror ishlab chiqarish jarayoni
barqarorlashadi.
Investitsion-innovatsion faoliyatning tarkibiy elementlari sifatida
nafaqat investitsion davr, investitsion jarayon, investitsion muhit, balki
innovatsiyalar ham kiradi. Sanab o‘tilgan elementlar infratuzilma
tarmog‘ini resurs imkoniyati, investitsiyalar vositalar tarkibi va
maqsadidan kelib chiqqan holda baholash va investitsion-innovatsion
faoliyatning rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqish imkonini beradi.
Investitsion-innovatsion faoliyat tarkibidagi innovatsiyalar qishloq
infratuzilmasi tarmog‘ini modernizatsiya qilish, ko‘rsatiladigan
xizmatlar sifatini takomillashtirishni o‘z ichiga olib, buning natijasida
sohaning innovatsion rivojlantirishda investitsiyalarn ko‘lami ko‘payadi
va uning samaradorligi oshadi.
Agrar sohada investitsion-innovatsion faoliyatning o‘ziga xos jihati
qishloq infratuzilmasi tarmog‘ini investitsiyalashning tashkiliy-iqtisodiy
mexanizmlarining xarakteri va shaklidan iborat. Investitsiyalashning
tashkiliy-iqtisodiy mexanizm deganda, investitsiyalarni jalb qilish,
prognozlashtirish va rejalashtirish, kontrolling va kapital harakatini
tashkil etish uslublari va iqtisodiy shakllar tizimi tushuniladi. Ushbu
jarayonlarni boshqarish investitsiya bozorida tashqi va ichki
muhitlarning doimo o‘zgarishi sharoitida yuz beradi.
424
20.3.1 – chizma. Fermer va dehqon xo‘jaliklari faoliyatida innovatsion jarayonlarning asosiy yo‘nalishlari
Do'stlaringiz bilan baham: |