II. Mustaqil ishlash uchun test savollari:
1. Dehqon va fermer xo‘jaliklarining sof pul tushumi (sotish-
dan) nima?
A) mahsulotlar (xizmatlar) sotishdan kelib tushgan pul tushumi;
B) mahsulotlar (xizmatlar) sotishdan kelib tushgan pul tushumidan
hamma soliqlar olib tashlangandan keyin qolgani;
C) mahsulotlar (xizmatlar) sotishdan kelib tushgan pul tushumidan
qo‘shimcha qiymat soliqlari olib tashlangandan keyin qolgani;
D) to‘g‘ri javob yo‘q.
2. Xo‘jaliklarning iqtisodiy samaradorlik darajasini qaysi
ko‘rsatkich ifodalaydi?
A) tannarx darajasi, fondlar sig‘imi;
B) daromadlilik, rentabellik darajasi;
C) hosildorlik, mahsuldorlik;
D) xarajatlar darajasi.
3. Dehqon va fermer xo‘jaliklarining rentabelligi qanday aniq-
lanadi?
A) yalpi mahsulot qiymatini ishchilar soniga taqsimlab;
B) foyda summasini yer maydoniga bо‘lib;
C) foyda summasini ishlab chiqarish xarajatlariga (ishlab chiqarish
fondlari qiymatiga taqsimlab) va 100 ga ko‘paytirib;
D) yalpi mahsulotni yer maydoniga taqsimlab.
Do'stlaringiz bilan baham: |