Dehqon fermer xujaligi iqtisodiyoti. Dehkan farming economy


Sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash Davlat



Download 4,52 Mb.
Pdf ko'rish
bet207/387
Sana14.07.2021
Hajmi4,52 Mb.
#118535
1   ...   203   204   205   206   207   208   209   210   ...   387
Bog'liq
Dehqon fermer xujaligi iqtisodiyoti

Sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash Davlat 

dasturi doirasida viloyatda 2012-yilda meliorativ obyektlarni qurish va 

rekonstruksiya qilish bo‘yicha 13 ta loyiha asosida 194 km uzunlikda 

yangi zovur qurish va rekonstruksiya qilish ishlari amalga oshirildi. 

Qashqadaryo viloyatida «Sug‘oriladigan yerlarning meliorativ 

holatini yaxshilash» Davlat dasturi bo‘yicha meliorativ obyektlarni 

qurish va rekonstruksiya qilish hamda tizimli ta’mirlash-tiklash ishlari 

2012-yilning 30 noyabr holati bo‘yicha 743,7 km uzunlikda zovur 

qurish, rekonstruksiya qilish hamda zovurlarni tozalash ishlari amalga 

oshirilib, 14255,78 mln so‘m mablag‘ o‘zlashtirildi hamda 11400 gektar 

maydonning meliorativ holati barqarorlanishiga erishildi. 

Mamlakatimizda qishloq xo‘jaligini modernizatsiya qilish orqali 

tarmoqni rivojlantirishning istiqbolli yo‘nalishlari O‘zbekiston 

Respublikasi Prezidenti tomonidan ishlab chiqilgan Mamlakatimizda 



 

260


demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini 

rivojlantirish konsepsiyasida bayon etilgan. Ushbu konsepsiyada bel-

gilab berilgan ustivor vazifalardan kelib chiqib, O‘zbekiston respublikasi 

Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan dasturda 

2011–2015-yillar mobaynida sug‘oriladigan yerlarning meliorativ 

holatini yaxshilash jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan meliorativ 

inshootlar qurish, ularni rekonstruksiya qilish va ta’mirlash, tomchilatib 

sug‘orish tizimini yo‘lga qo‘yish va melioratsiya texnikalarini xarid 

qilish bo‘yicha qariyib 500 million dollarga teng bo‘lgan loyihalar 

hisobidan 1,4 million gektar yer maydonining meliorativ holatini 

yaxshilash kabi strategik ahamiyatga ega bo‘lgan muhim prognoz 

vazifalari belgilangan. 

Davlat budjeti hisobidan ajratilgan mablag‘lar, asosan, yillik smeta 

asosida bevosita suv xo‘jaligi tizimi ma’muriy-boshqaruv organini 

saqlab turish, yirik suv inshootlarini ekspluatatsiya va rekonstruksiya 

qilishga va xo‘jaliklararo irrigatsiya tarmoqlari tizimini ta’mirlashga, 

yirik suv yetkazib beruvchi mashina-magistral kanallarni ekspluatatsiya 

qilish hamda ta’mirlashga, yuqori quvvatli nasos stansiyalarini saqlab 

turish va ularning energetik resurslariga talabini qondirish maqsadlariga 

yo‘naltirildi. 

 Binobarin, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 19-

apreldagi «2013–2017-yillar davrida sug‘oriladigan yerlarning meliora-

tiv holatini yanada yaxshilash va suv resurslaridan oqilona foydalanish 

chora-tadbirlari to‘g‘risida» 1958-sonli Qaroriga ko‘ra quyidagi 

vazifalar belgilab berildi: 

9

  2013–2017-yillar davrida sug‘oriladigan yerlarning meliorativ 



holatini yaxshilash va suv resurslaridan oqilona foydalanishni ta’minlash 

bo‘yicha chora-tadbirlar kompleksi; 

9

  Jamg‘arma mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladigan 2013–



2017-yillar davrida sug‘oriladigan yerlarning meliorativ yaxshilash 

bo‘yicha ishlarning prognoz parametrlari;  

9

  Davlat budjetidan markazlashgan investitsiyalar hisobiga 



moliyalashtiriladigan 2013–2017-yillar davrida irrigatsiya obyektlarini 

qurish va rekonstruksiya qilish prognoz parametrlari; 

9

  suv iste’molchilari va fermer xo‘jaliklari uyushmalarining 



mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladigan 2013–2017-yillar davrida 

sug‘orish tarmoqlarini ta’mirlash va tiklash prognoz parametrlari; 

9

  qishloq xo‘jaligi tovar ishlab chiqaruvchilarining kredit 




 

261


mablag‘lari va o‘z mablag‘lari hisobidan 2013–2017-yillar davrida 

tomchilatib sug‘orish tizimini joriy etishning prognoz parametrlari. 

Shuningdek:  

 

qurilayotgan korxonalar birlashgan direksiyalarining vazifalari 



kengaytirilib, ularning zimmasiga tumanlararo va xo‘jaliklararo 

kollektorlar hamda boshqa melioratsiya obyektlarini ta’mirlash va 

tiklash bo‘yicha buyurtmachi vazifasi qo‘shimcha yuklandi; 

 

2013-yil 1-maydan boshlab bog‘dorchilik, uzumchilik va poliz 



mahsulotlarini yetishtirish uchun yer ajratishda qishloq xo‘jaligi tovar 

ishlab chiqaruvchilari tomonidan tomchilatib sug‘orish tizimini joriy 

etish bo‘yicha investitsion majburiyat olinishi belgilab qo‘yildi. 


Download 4,52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   203   204   205   206   207   208   209   210   ...   387




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish