10.4. Yerga mulkchilik munosabatlarini takomillashtirish masalasi
Iqtisodiyotni isloh qilishning dastlabki bosqichida asosiy boyligimiz
bo‘lgan yerga munosabatni o‘zgartirish asosiy yetakchi yo‘nalish bo‘ldi.
Qishloq xo‘jaligida yerga doir qabul qilingan farmonlar, «Yer kodeksi»
233
qishloq xo‘jaligida yer munosabatlarini qanday tashkil etish, yerga
qanday munosabatda bo‘lish zarurligini ko‘rsatib berdi. Konstitutsiyada
yer xususiy mulk qilib sotilishi mumkin emasligi, balki uni uzoq
muddatga ijara shartlari bilan topshirilish mumkinligi yozib qo‘yildi.
Qishloq xo‘jaligida bozor munosabatlarining rivojlanishiga,
dehqonning yerga egalik hissini qayta tiklashga, yerga meros qilib
qoldirilish huquqi bilan umrbod foydalanish uchun berib qo‘yish orqali
erishildi. Eng muhimi kishloq xo‘jaligi yuritishning har bir dehqonga
manfaatdorlik bilan erkin mehnat qilish, o‘z mehnatining natijalarini
mustaqil tasarruf etish imkonini beradigan vositani yaratishdan iborat
edi. Dehqon o‘z mehnatining mevalari, yerdan olingan samaraning
o‘ziga qarashli ekanligini, tekshirilayotan mahsulotning chinakam
xo‘jayni ekanini ko‘rgandagina o‘zini yerning haqiqiy egasi deb
chinakamiga his qiladi degan xulosaga keldik. O‘zbekiston
Respublikasida dehqonchilikning boshqalardan farq qiladigan xususiyati
shundan iboratki, u sug‘oriladigan yerlarda olib boriladi. Bu yelarda
qudratli irrigatsiya tarmog‘i xizmat qiladi. Barcha haydaladigan
yelarning to‘rtdan uch qismidan ko‘prog‘i sug‘oriladigan yerlardir. Shu
sababli qishloq xo‘jaligini rivojlantirish istiqbollari sug‘oriladigan
dehqonchilikni rivojlantirish, irrigatsiya va melioratsiya tarmoqlarini
ko‘rish va ishlab turganlarini qayta qurish, bu tarmoqlar kimning mulki
bo‘ladi, degan masalani hal qilish bevosita bog‘liqdir. Yerning
meliorativ holatiga e’tiborni hech qachon susaytirmaslik kerak.
Respublikamizda 4,3 mln gektar sug‘oriladigan yer bo‘lib, shularning 50
(foizdan ko‘prog‘i yaxshi meliorativ holatda, qolgan yerlar esa
yaxshilashni va melioratsiya ishlarni olib borishni talab etadi. Buning
uchun 1998-yildan boshlab 25 ming gektar yangi yerlarni o‘zlashtirish,
50 ming gektar yerda qayta o‘zlashtirish ishlarini olib borish hamda 26
ming gektar yerda kollektor drenaj tarmog‘ini ko‘rish mo‘ljallangan.
Agar 1990-yilda bir gektar sug‘oriladigan yangi yerni o‘zlashtirsh
uchun 6,5 ming rubl va ilgaridan sug‘orilib kelingan bir gektar yerni
qayta o‘zlashtirish uchun 5000 rubl talab qilingan bo‘lsa, hozirgi vaqtda
xarajatlar taxminan 15–20 barobar oshib ketdi. Ma’lumki birorta ham
fermer irrigatsiya va melioratsiya ishlarini mustaqil amalga oshira
olmaydi. Faqat davlatgina melioratsiya tarmog‘ini loyihalashga,
qurishga, yerlarning sho‘r bosishi, botqoqlikning oldini olish
masalalarini hal qilishga qodir. Bundan tegishli xulosa chiqarish hozirgi
vaqtda davlat melioratsiya, irrigatsiya yerlarning unumdorligini oshirish
234
dasturlarining hammasini bajarishni o‘z zimmasiga oldi va shu tariqa
davlatga qarashli bo‘lmagan xo‘jaliklarga juda katta madad va yordam
ko‘rsatdi.
Agrar sohada amalga oshirilayotgan mulkiy-tarkibiy islohotlarda
birinchi navbatda mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylash-
tirish, turli mulk shakllariga, eng avvalo xususiy mulkchilikka asoslan-
gan xo‘jalik yuritish shakllarini joriy etishga muhim e’tibor qaratildi.
Iqtisodiy islohotlarning dastlabki bosqichlaridanoq zarar ko‘rib
ishlayotgan shirkat xo‘jaliklarini bosqichma-bosqich tugatib, fermer
xo‘jaliklariga aylantirish borasida yirik tarkibiy islohotlar amalga
oshirildi.
Butun agrar siyosatning muhim masalasi – bu yerga mulkchilik
munosabatlaridir. Yer-o‘lkamizning eng asosiy boyligi. Shu sababli
Respublikamizning kelajagi, O‘zbekiston xalqining ertangi kuni ko‘p
jihatdan yerdan foydalanish munosabatlarining qanday tashkil etilishiga
bog‘liq bo‘ladi.
Mamlakatimiz Prezidenti I.A.Karimov tomonidan davlatning
ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish dasturlari ishlab chiqilib, dasturda bozor
munosabatlari asosida qishloq xo‘jaligi tarmog‘ini rivojlantirish orqali
yuqori pirovard natijaga erishish mumkinligi ko‘zda tutilgan va bu
jarayonlar agrar tarmoqda o‘z samarasini bermoqda. Ayniqsa qishloq
xo‘jaligidagi mulkchilik munosabatlari, mahsulot ishlab chiqarish,
iqtisodiy munosabatlarning keskin o‘zgarishi sababli dehqonning ishlab
chiqarishga va mulkka egalik hissi yanada ortib bormoqda. Respublika
agrar sohasida xo‘jalik yuritishning turli shakllari orasida fermer va
dehqon xo‘jaliklari istiqbolli deb tan olindi. Ular to‘g‘risida hukumat
tomonidan huquqiy asos yaratildi. Lekin ishlab chiqarish jarayonida
faoliyat ko‘rsatayotgan subyektlar orasidan fermer xo‘jaliklari o‘zining
bir qancha afzallik tomonlarini ko‘rsatdi. Bu esa bozor munosabatlarida
qishloq xo‘jalik mahsulotlarini yetishtirishni ko‘paytirish va uning
samaradorligini oshirishdagi afzalliklari bilan bugungi istiqboli yo‘na-
lishimizga mos kelishini inobatga olib O‘zbekiston Respublikasi
Prezidentining 2003-yil 24-martdagi «Qishloq xo‘jaligida islohotlarni
chuqurlashtirishning asosiy yo‘nalishlari to‘g‘risida»gi PF-3226-son
Farmonida fermer xo‘jaliklarini rivojlantirish ustuvor yo‘nalish qilib
belgilandi va fermer xo‘jaliklarini rivojlantirish konsepsiyasi ishlab
chiqildi.
Qashqadaryo viloyati respublikamizning janubiy o‘lkalaridan
235
bo‘lib, viloyatning tabiiy-iqlim sharoiti, joylashgan o‘rni va mahsulot
ishlab chiqarishida o‘ziga xos bo‘lgan xususiyatga egadir. Viloyatda
qishloq xo‘jaligida turli mulk shakllarining mahsulot ishlab
chiqarishdagi ulushi keskin o‘zgarishini ayrim ma’lumotlar asosida
ta’riflash maqsadga muvofiqdir.
Viloyatda qishloq xo‘jalik mahsulotlari ishlab chiqarish asosan
fermer xo‘jaliklari, dehqon xo‘jaliklari va qisman shirkat xo‘jaliklari
hissasiga to‘g‘ri keladi. Bu xo‘jalik yuritish shakllaridan fermer xo‘jaligi
qishloq xo‘jalik mahsulotlari ishlab chiqarishdagi ulushini katta qismini
ishlab chiqaruvchi sifatida yetakchilik qiladi. Jumladan, viloyatda 2013-
yilda fermer xo‘jaliklarida 422669 tonna paxta xomashyosi ishlab
chiqarilgan bo‘lib, bu ko‘rsatkich 2014-yilda 421461 tonnani tashkil
qilgan. 2012–2014-yillarda jami ishlab chiqarilgan paxta xomashyo-
sining 100 foizi fermer xo‘jaliklari hissasiga to‘g‘ri keladi. Bundan
tashqari asosiy qishloq xo‘jalik mahsulotlari turlaridan biri g‘alla,
viloyatda 2012-yilda 863535 tonna ishlab chiqarilgan bo‘lib, bundan
7454 tonnasi shirkat xo‘jaliklarida, 734005 tonnasi fermer xo‘jaliklarida
va qolgan 127192 tonnasi dehqon xo‘jaliklari tomonidan ishlab
chiqarilgan. 2013-yilda esa 911200 tonna g‘alla yetishtirilgan bo‘lib,
shundan 6099 tonnasi shirkat xo‘jaliklarida, 783540 tonnasi fermer
xo‘jaliklarida va qolgan 121561 tonnasi esa dehqon xo‘jaliklari
tomonidan yetishtirib berilgan. Shuningdek, 2014-yilda ham 911200
tonna boshoqli don mahsulotlari yetishtirilib, shundan 4317 tonnasi
shirkat xo‘jaliklarida, 781670 tonnasi fermer xo‘jaliklarida va qolgan
125213 tonnasi dehqon xo‘jaliklarida yetishtirib berilgan.
Viloyat fermer xo‘jaligining nafaqat paxta va g‘alla mahsulotlari
ishlab chiqarishda, balki boshqa qishloq xo‘jalik mahsulotlari ishlab
chiqarishdagi salmog‘i ham ortib bormoqda. Jumladan, viloyatda 2014-
yilda jami 205757 tonna go‘sht yetishtirilib, shundan 3592 tonnasi
shirkat xo‘jaliklarida, 2572 tonnasi fermer xo‘jaliklarida va 186750
tonna go‘sht dehqon xo‘jaliklarida ishlab chiqarilgan. Sut yetishtirishda
2014-yilda shirkat xo‘jaliklarining ulushi 0,6 foizni, fermer
xo‘jaliklarining ulushi 2,0 foizni, dehqon xo‘jaliklarining ulushi esa 97,4
foizni tashkil etgan. Viloyatda boshqa chorvachilik mahsulotlarining
ishlab chiqarish hajmi ham yildan yilga ortib bormoqda. Tahlillar
natijasi shuni ko‘rsatadiki, viloyatimizda o‘simlikchilik va chorvachilik
mahsulotlarining asosiy qismi fermer va dehqon xo‘jaliklari hissasiga
to‘g‘ri kelmoqda.
236
Viloyatda 2014-yilda barcha toifadagi xo‘jaliklarda don mahsulot-
lari ishlab chiqarish 2012-yilga nisbatan 105,5 foizga oshgan, biroq
paxta xomashyosini yetishtirish hajmi esa 99,4 foizga yoki 0,6 foizga
kamayganligini ko‘rish mumkin. Turli mulkchilikka asoslangan
xo‘jaliklarda mahsulot yetishtirish hajmi fermer xo‘jaliklarida paxta 100
foizni, don ekinlari esa 85-86 foizni tashkil etib, boshqa mahsulotlarni
yetishtiruvchi dehqon xo‘adliklarining ulushi yildan yilga oshib
borayotganligini 10.4.1-jadval ma’lumotlari tahlilidan ko‘rish mumkin.
Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, mahalliy hokimiyatning fermer va
dehqon xo‘jaliklarini qo‘llab-quvvatlashi va mamlakatimizda olib
borilayotgan agrar islohotlarning natijasi desak, xato bo‘lmaydi.
237
Do'stlaringiz bilan baham: |