gan bo‘lib, u davlat tomonidan himoya qilinadi. Dehqon va fermer
231
xo‘jaliklarining mol-mulki ularning a’zolariga umumiy birgalikdagi
mulk asosida qarashli bo‘ladi. Shu bilan birga xo‘jalik a’zolari o‘zaro
kelishib, umumiy ulushli mulk tashkil etishlari ham qonuniy jihatdan
mumkin. Dehqon va fermer xo‘jaliklarining mol-mulki xususiy mulk
bo‘lganligi uchun mol-mulkka egalik qilish, undan foydalanish va uni
tasarruf etish xo‘jalik a’zolari tomonidan o‘zaro kelishuv asosida amalga
oshiriladi. Bunda yuridik va jismoniy shaxslar bilan o‘zaro munosabat-
larda shu xo‘jalik nomidan xo‘jalik boshlig‘i ish yuritadi.
Agar fermer xo‘jaligi a’zosi xo‘jalik tarkibidan boshqa fermer
xo‘jaligi tuzish maqsadida chiqish niyatini bildirsa, u holda fermer
xo‘jaligi mol-mulkidagi o‘ziga tegishli ulushini naturada yoki ulush
miqdoriga teng bo‘lgan qiymatda olishi mumkin.
Dehqon xo‘jaligining pul mablag‘larini hosil qilish manbalari
quyidagilardan iborat:
• dehqon xo‘jaligi a’zolarining pul va moddiy mablag‘laridan;
• qimmatli qog‘ozlardan kelgan daromadlardan;
• kreditlardan;
• korxonalar, birlashmalar, tashkilotlar va fuqarolarning xayriya va
o‘zga badallari, ehsonlaridan;
• qonunlarda ta’qiqlanmagan o‘zga manbalardan.
Dehqon, fermer xo‘jaliklari ana shu manbalar hisobida olgan pul
mablag‘larini saqlash va pul operatsiyalarini yuritish uchun bank
bo‘linmalaridan schotlar ochish hamda bu mablag‘larni erkin tasarruf
qilish huquqiga ega. Bu hisob-kitob schotlaridagi pul mablag‘lari faqat
dehqon va fermer xo‘jaligining roziligiga binoan yoki sud qaroriga ko‘ra
chegirilishi mumkin.
Hisob-kitob schotidagi mablag‘lar naqd pulsiz tartibda ham, naqd
pul berish yo‘li bilan ham ishlatiladi.
Dehqon va fermer xo‘jaliklarining mol-mulklaridan unumli
foydalanish yo‘nalishlari quyidagilardan iborat bo‘ladi:
• mavjud texnika vositalaridan intensiv foydalanish;
• bino-inshootlarini o‘z vaqtida ta’mirlab borish;
• texnika vositalari yuk ko‘tarish qobiliyatidan maksimal foyda-
lanish;
• ot-arava transportidan foydalanish.
Ko‘p mutaxassislar fikri va xorijiy davlatlar tajribasiga ko‘ra,
vujudga kelgan holatni bartaraf etishning eng qulay yo‘li turli shakllarda
tashkil etiladigan ijara hisoblanadi. Buning mohiyati shundan iboratki,
232
ortiqcha texnika vositasi bo‘lgan, yoki mexanizatsiya ishlarini bajarishga
ixtisoslashgan korxonalar turli muddatlarga, qisqa va uzoq muddatlarga
o‘z vositasini dehqon, fermer xo‘jaliklariga ijaraga beradi.
Fermerchilik rivojlangan ko‘pgina xorijiy davlatlarda texnika
vositalaridan birgalikda foydalanish usuli ham rivojlangan. Buni
mohiyati shundan iboratki, bir necha fermer xo‘jaligi o‘zlarining texnika
vositalarini birlashtirib, zarurat bo‘lganda undan foydalanadilar. Bu
usulning afzalligi shundan iboratki, bitta fermer xo‘jaligi uchun texnika
sotib olish og‘ir bo‘lganda ko‘pchilik fermerlar birgalashib bu texnikani
sotib olishi mumkin. Texnika vositalaridan tug‘ri foydalanish uchun
javobgar shaxs belgilanadi. Xarajatlar bajarilgan ishga muvofiq
mutanosib tarzda taqsimlanadi.
Dehqon va fermer xo‘jaliklari ixtiyoriy ravishda mahsulot yetish-
tirish, xarid qilish, uni qayta ishlash va sotish, moddiy-texnika ta’minoti,
qurilish, texnikaviy, suv xo‘jaligi, veterinariya, agrokimyo, maslahat
berish yo‘nalishidagi va boshqa xil xizmat ko‘rsatish bo‘yicha
kooperativlarga, jamiyatlarga, ittifoqlarga, uyushmalarga va boshqa
birlashmalarga birlashish, kirish huquqiga ega bo‘lib, bunda o‘z mol-
mulklari bilan ulushli asosda ishtirok etadilar.
Fеrmеr хo‘jаliklаrining mоl-mulklаridаn sаmаrаli fоydаlаnish
yo‘llаrigа quyidagilarni kiritish mumkin:
– mаvjud tехnikа vоsitаlаridаn intеnsiv fоydаlаnish;
– binо-inshооtlаrni o‘z vaqtidа tа’mirlаb bоrish;
– tехnikа vоsitаlаrining yuk ko‘tаrish qоbiliyatidаn mаksimаl
fоydаlаnish;
– оt-аrаva trаnspоrtidаn fоydаlаnish va bоshqаlаr kirаdi.
Fеrmеr o‘z mоl-mulkidаn, yеr-rеsurslаri, suv va mоddiy
rеsurslаridаn qоnundа o‘rnаtilgаn tаrtib bo‘yichа fоydаlаnаdi.
Fеrmеr хo‘jаligining mоddiy-tехnikа rеsurslаri hisоblаngаn yеr,
mаshinа-trаktоr, kоmbаynlаr, kimyoviy vоsitаlаr, yonilg‘ilаr, yеm-
хаshаklаr, urug‘liklаr va bоshqа vоsitаlаrning qiymаt hоlidаgi ko‘rinishi
fеrmеr хo‘jаligining fоndlаrini tаshkil etаdi.
Do'stlaringiz bilan baham: