144
• qishlоq va suv хo‘jаligi vazirligini tаqsimоtchilik vazifаlаridаn
оzоd qilish hаmdа qishlоq хo‘jаligi tаrmоqlаrigа rаhbаrlik qilishning
mа’muriy-buyruqbоzlik usullаridаn vоz kеchishini nаzаrdа tutib, uning
аsоsiy vazifаlаri bеlgilаb bеrildi.
Shаrtnоmа ijrоsini tа’minlаsh va ulаr yuzаsidаn mаnsаbdоr shахs-
lаrning jаvоbgаrligi:
• bоshqа tаrаfgа yеtkаzilgаn zаrаrni to‘lаydi;
• хo‘jаlikkа mаhsulоt yеtkаzib bеrish uchun bеrilgаn bo‘nаk pulini
qаytаrаdi;
• qоnun hujjаtlаridа va shаrtnоmаdа nаzаrdа tutilgаn jаrimа
to‘lаydi.
6.4. Rivоjlangan davlatlardagi shartnоmaviy munоsabatlar
Bugungi kunda qishloq va suv xo‘jaligida shartnomaviy munosa-
batlarni tartibga solish borasida yetarli darajadagi huquqiy va me’yoriy
asoslar yaratilgan bo‘lib, ushbu hujjatlar jumlasiga O‘zbekiston
Respublikasining «Fuqarolik kodeksi», «Fermer xo‘jaligi to‘g‘risidagi
qonuni», «Xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatining shartnomaviy
huquqiy bazasi to‘g‘risida»gi qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar
Mahkamasining 2003-yil 4-sentabrdagi 383-sonli «Qishloq xo‘jaligi
ishlab chiqarishida shartnomaviy munosabatlarni takomillashtirish va
majburiyatlar bajarilishi uchun tomonlarning javobgarligini oshirishning
chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori kabi ko‘plab qonun va qonun osti
hujjatlarini kiritish mumkin.
Agrar tarmoqda shartnoma munosabatlarini tashkil etish O‘zbe-
kiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 4-sentabr 2003-yildagi
«Qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishida shartnomaviy munosabatlarni
takomillashtirish va majburiyatlar bajarilishi uchun tomonlarning
javobgarligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi 383-sonli qarori-
ning 1-ilovasida keltirilgan «Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtiruv-
chilar bilan tayyorlov, xizmat ko‘rsatish tashkilotlari o‘rtasida shartno-
malar tuzish, ularni ro‘yxatdan o‘tkazish, bajarish, shuningdek ularning
bajarilishi monitoringini olib borish tartibi to‘g‘risida»gi Nizom asosida
olib boriladi. Mazkur Nizomda sharnomalarga oid umumiy qoidalar,
shartnoma tuzish tartiblari, shartnomani ro‘yxatdan o‘tkazish, tomonlar-
ning huquq va majburiyatlari, baho belgilash va hisob-kitoblar, shartno-
ma shartlarini bajarish, shartnoma shartlarini bajarish monitoringini olib
borish kabi holatlar bayon etilgan.
145
Ayni paytda shartnoma tomonlar o‘rtasida ixtiyoriy ravishda o‘z
manfaatlari, maqsadlarini ro‘yobga chiqarishni ko‘zlab tuziladigan
huquqiy hujjat bo‘lib, mohiyati jihatidan tomonlarning teng huquqliligi-
ni, erkinligini, shartnoma shartlari oldidagi mas’uliyat va majburiyat-
larini o‘zida aks ettiradi. Ammo tahlillarimizning ko‘rsatishicha, suvdan
foydalanish yuzasidan qishloq xo‘jaligi korxonalari va SIU lar o‘rtasida
shartnomalar tuzish jarayonida tomonlarning erkinligi masalasida bir
qator nisbiyliklar mavjud. Masalan, boshqa sohalarda va boshqa
sharoitlarda mahsulot sotish yoki xizmatlardan foydalanish borasida
shartnomalar tuzishda tomonlar o‘rtasida tanlash imkoniyati mavjud
bo‘lib, bu ularning iqtisodiy erkinligini ta’minlaydi. Lekin fermer yoki
dehqon xo‘jaligida bunday imkoniyat yo‘q, chunki ularga xizmat
ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan SIU lar soni ko‘p bo‘lishi mumkin emas.
Viloyatimizda SIU larni tashkil etish tamoyillariga e’tibor
qaratadigan bo‘lsak, “geografik tamoyil” aniq fermer yoki dehqon
xo‘jaligi uchun faqatgina bitta SIU xizmat ko‘rsatishi mumkinligiga olib
keladi. Aniq fermer xo‘jaligi dalasiga suv yetkazib beradigan irrigatsiya
tarmog‘i yagona bo‘lib, ayni paytda bitta irrigatsiya tarmog‘i ikkita SIU
ga tegishli bo‘lishi ham mumkin emas. Bu holat fermer xo‘jaligining
dalasiga ekinlarni sug‘orish uchun suv yetkazib berish borasidagi
shartnomalarning tuzilishi, amal qilishi va iqtisodiy mohiyatini bir qadar
o‘zgartiradi. Demak, bu vaziyatlarda bozor sharoitida shakllanadigan
shartnoma munosabatlariga xos bo‘lgan umumiy tamoyillarga tayanish
qiyinlashadi.
Mazkur muammoning yaqqol kuzatiladigan va SIU lar faoliyatiga
salbiy ta’sir etishining sabablaridan biri oqibatida bugungi kunda fermer
xo‘jaliklari aksariyat hollarda SIU lar tomonidan ko‘rsatilgan xizmatlar
uchun haq to‘lamasdan yoki to‘lovlarni kechiktirib kelayotganligidir.
Natijada SIU lar faoliyatini samarali yo‘lga qo‘yish imkoniyatlarining
pasayishi kuzatiladi. Masalan, Qashqadaryo viloyatida 2014-yilning 1-
yanvar holatiga ko‘ra 148 ta SIU faoliyat ko‘rsatayotgan bo‘lib, ular to-
monidan 457,7 ming gektar maydonda suv ta’minotini va inshootlarning
texnik holatini hamda yerlarning meliorativ holatini yaxshilash bo‘yicha
ishlar olib borildi.
Qashqadaryo viloyati hududida faoliyat yuritayotgan SIUlarning
2004–2014-yillardagi holati, ularning xizmat ko‘rsatayotgan yer may-
donlari, SIUga a’zolar soni, ko‘rsatilayotgan xizmatlar natijalari
to‘g‘risidagi ma’lumotlarni quyidagi jadvalda aks ettiramiz (6.4.1-
jadval).