135
(hеch bo‘lmаgаndа nаzоrаt pаkеti miqdоridа) chiqаrilgаn ishlоvchi
shахslаr egаlik qilishi kоrхоnаdа ishlоvchi shахslаr yoki bоshqа qishlоq
хo‘jаligi kоrхоnаlаri o‘zlаri mаhsulоt sotаdigаn qаytа ishlаsh yoki
tаyyorlоv kоrхоnаlаrining аksiyalаrigа egа bo‘lsа, ulаr hаm shu
kоrхоnаlаr fоydаsining bir qismigа shеrik sifаtidа ulаrni
rivоjlаntirishdаn mаnfааtdоr bo‘lаdi hаm bоshqаrishdа sеzilаrli tа’sir
ko‘rsаtib qishlоq хo‘jаligi mаhsulоtlаrining аrzоn bаhоlаrdа sоtib
оlinishigа chеk qo‘yilаdi.
Qashqadaryo viloyatida fermer va dehqon xo‘jaliklari hamda bosh-
qa qishloq xo‘jaligi korxonalari tomonidan yetishtirilgan mahsulotlarni
qayta ishlash korxonalari tomonidan tuzilgan shartnoma asosida sotib
oladilar. 2012-yilda viloyat bo‘yicha jami 95680 tonnaga shartnoma
tuzilib, bu mahsulotlarning qiymati 15309 ming so‘mni tashkil etdi,
(6.2.1-jadval). Asosiy turdagi mahsulotlar – meva, uzum, sabzavot va
pomidor mahsulotlari bo‘lib, qayta ishlash korxonalari tomonidan
sharbat, har xil konservalar va tomat ishlab chiqarishni yo‘lga
qo‘yishgan. Demak, qayta ishlash korxonalari tomonidan tayyorlangan
tayyor mahsulotlarning qiymati yetishtirilgan mahsulot qiymatiga
nisbatan 1,5–2,0 martaga oshishi ayni haqiqatdir.
Bоzоr munоsаbаtlаri shаrоitidа ishlаb chiqаrish fаоliyatini tаshkil
qilish vа хo‘jаlik yuritishning huquqiy аsоslаrini o‘rgаnish, qоnun vа
mе`yoriy hujjаtlаrning mаzmun - mоhiyati, o‘zgаrishlаr vа mа`lumоt-
lаrni fеrmеr хo‘jаliklаrigа vа qishlоq хo‘jаligi infrаtuzilmа subyektlаrigа
hаm tushunаrli tаrzdа yеtkаzish lоzim.
Fermer xo‘jaliklari juda ko‘p hollarda shartnoma tuzishda va ularni
bajarishda xatoliklarga yo‘l qo‘yadilar. Masalan, shartnomani o‘qimas-
dan imzo chekish, haqiqatda esa o‘zi haq bo‘lgan holda esa huquqiy
bilimining zaifligi uchun murosaga borishga to‘g‘ri keladi.
Demak, huquqiy bazani yaratish va rivojlantirishda, o‘quv markaz-
larini tashkil qilish hamda ularni malakali kadrlar, o‘quv-uslubiy
ta’minot bilan ta’minlash, fermer xo‘jaligi va infratuzilma tarmog‘ining
xodimlari uchun seminar va trening mashg‘ulotlari o‘tkazish, infor-
matsion bazani yaratish zaruriyatini keltirib chiqaradi.
Shartnomalarda tomonlarning o‘z majburiyatlari yuzasidan mulkiy
javobgarligi quyidagicha bo‘ladi:
1. Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini kontraktatsiya shartnomasida
belgilangan assortiment va turlarda, muddatlarda topshirishdan asossiz
bo‘yin tovlagan xo‘jalik tayyorlovchiga topshirilmagan mahsulot qiy-
136
matining 25 foizi miqdorida jarima to‘laydi. Jarima miqdori o‘tgan davr
(oy, chorak, yil)da mahsulotning shakllangan o‘rtachak narxidan kelib
chiqib, xarid narxlariga belgilangan ustamalar to‘lashni hisobga
olmasdan hisoblab chiqiladi. Bundan tashqari, zararning mahsulot yetka-
zib berilmaganligi tufayli yuzaga kelgan, jarima bilan qoplanmagan
qismi ham to‘lanadi.
2. Qishloq xo‘jalik mahsulotlarini kontraktatsiya shartnomasida
belgilangan assortiment, turlar va muddatlarda qabul qilib olish rad
etilgan har bir holat uchun tayyorlov tashkiloti xo‘jalikka belgilangan
ustamalar to‘lashni hisobga olmasdan shakllangan o‘rtacha narxdan
kelib chiqib, qabul qilinmagan mahsulot qiymatining 25 foizi miqdorida
jarima to‘laydi. Bundan tashqari, mahsulotni qabul qilishni rad
etilganligi tufayli xo‘jalik ko‘rgan zararni jarima bilan qoplanmagan
qismi ham to‘lanadi va h.o.
Qishlоq хo‘jаligi infrаtuzilmа subyektlаri o‘rtаsidаgi huquqiy–
iqtisоdiy munоsаbаtlаridа ko‘p uchrаydigаn muаmmоlаrdаn biri – ulаr
o‘rtаsidа tuzilgаn shаrtnоmаlаrning bir tоmоnlаmа ko‘rinishdа tuzil-
gаnligi (хizmаt ko‘rsаtuvchi tаshkilоtlаr fоydаsigа) vа imzоlаngаnligi,
nаtijаdа tuzilgаn shаrtnоmа shаrtlаri sifаtsiz bаjаrilаyotgаnligi
mа`lumdir.
Qashqadaryo viloyatida fermer xo‘jaliklari va xizmat ko‘rsatuvchi
korxonalar o‘rtasidagi tuzilgan shartnomalarning bajarilish holati ko‘p
belgilangan ish miqdori bilan haqiqatda bajarilgan ishlar miqdoriga mos
bo‘lmay kelmoqda. Misol uchun, 2014-yilda viloyat tumanlarida
faoliyat ko‘rsatayotgan fermer va dehqon xo‘jaliklari va suvdan
foydalanuvchilar o‘rtasida tuzilgan shartnomalar 6717,0 mln so‘mni
tashkil etib, 2014-yilning 31-dekabr holati bo‘yicha ko‘rsatilgan
xizmatlar uchun 4340,6 mln so‘m yoki 53 foiz mablag‘ undirilgan xolos
(6.2.2-jadval).