9–LABORATORIYA MASHG’ULOTI
Havo tarkibidagi mikroorganizmlarni aniqlash va ularni bir-biridan
ajratib olish.
Kerakli jihozlar: Petri idishlari, probirkada sterillangan GPA yoki GPJ oziq
muhitlari, termostat, Volьfgyugelь kamerasi.
Nazariy tushuncha: Havo mikroflorasi. Tuproqdan ko’tariladigan chang o’zi
bilan birga mikroorganizmlarni ham havoga tarqatib, havoni ifloslaydi. Xavoning
quruq bo’lishi va ulьtrabinafsha nurlarning ta’siri havodagi mikroorganizmlarning
hayoti uchun xavflidir.
Havodagi mikroorganizmlar soni yil fasllariga qarab o’zgarib turadi. Bu
mikroorganizmlar qish faslida oz, yozda ko’p, kuzda va bahorda o’rtacha bo’ladi.
Havoning yuqori qatlamlariga ko’tarilgan sari mikroorganizmlar soni kamaya boradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |