3
K I R I SH
Mavzuning dolzarbligi. Ma’lumki, geografiya eng qadimgi fanlardan
hisoblanadi. Bu fanga miloddan avvalgi III-asrda Eratosfen tomonidan asos
solingan. Eratosfen davridan to hozirgi vaqtgacha geografiya turli rivojlanish
bosqichlarini bosib o’tdi. Eratosfen davri geografiyasi tasviriy geografiya deb
ataladi. Geografiya fani paydo bo’lganidan boshlab, hozirgi kungacha rivojlanish
tarixi turli bosqichlarga bo’linadi. Ana shu bosqichlardan biri – buyuk geografik
kashfiyotlar deb ataladi. Bu davr XV-asr oxiridan XVII asr boshlarigacha bo’lgan
davrni o’z ichiga oladi.
Shubhasiz, har qanday kashfiyot, yangilik va u yangi nomni keltirib chiqaradi.
Buyuk geografik kashfiyotlar davrida ulkan materiklar, qit’alar orollar, dengizlar,
ko’llar, daryolar va boshqa ko’plab geografik obyektlar kashf etilgan. Kashfiyot
tushunchasi ayrim hududlarga nisbatan nisbiy tushuncha hisoblanadi yoki
kashfiyotchi sayyohlar qadim zamonlardan buyon mahalliy aholi yashab
kelayotgan yerlarni o’zlari uchun kashf etishadi.
Ma’lumki, buyuk geografik kashfiyotlar davrida kemasozlik rivojlangan
qudratli dengiz mamlakatlari - Angliya, Ispaniya, Portugaliya, Gollandiya
Fransiya ko’plab yerlarni kashf etishgan. Bu davr avvalo yevropaliklarning
Hindustonga dengiz yo’lini ochishga urinishlari bilan boshlangan. Bundan tashqari
yevropaliklarga Afrikaning shimoliy qismi haqida ma’lumotlar bo’lgani holda,
materik ichkarisi, janubiy va sharqiy qirg’oqlari haqida hyech qanday ma’lumotlar
bo’lmagan. Afrikaning janubidan aylanib o’tishni portugallar boshlab bergan.
Buyuk geografik kashfiyotlar Yevropadagi geografiya fanining rivojlanishiga
katta ta’sir ko’rsatdi. 1567 yilda Lyudovik Gvichchardinining “Niderlandiya
ta’rifi” kitobi chop etildi. Uni birinchi iqtisodiy geografik qo’llanma deb atash
mumkin. Yevropa uyg’onish davrida Niderlandiya kartografiya fanining
rivojlanish markazi bo’ldi. XVII asrda Gerard Kremer (Merkator) va Abraxam
Orteliy Buyuk geografik kashfiyotlar natijalarini umumlashtirib, atlas yaratdilar.
Yan Vermeyer geografik kartalar chizdi. 1544 yilda Sebast’yan Myunster
“Kosmografiya” asarini chop qildi. Kitobda noma’lum joylarning afsonaviy
4
tasvirlarini hisobga olmaganda, geografik bilimlarning umumlashtirilishi va fan
tizimining yaratilishidagi ilk qadamlardan biri deb atash mumkin.
Har qanday fanning o’z nomi, bu atama qanday ma’noni anglatishi, bu nom
birinchi marta qayerda paydo bo’lganligining o’zi ham bir tomondan geografik
ikkinchi tomondan toponimika ekanligini ko’rsatadi. Geografik nomlar haqidagi
fan bo’lgan toponimika sayyoramizning aniq hududining tuzilishi va
xususiyatini o’rgatish bilan shug’ullanadigan geologiya, geomorfologiya,
biogeografiya fanlari bilan ham chambarchas bog’liq.
Zero, geologiya Yerning ichki hususiyatlarini qazilma boyliklarini
aniqlashda tayin bir nom bilan ataluvchi hudud bilan ish ko’rganligi uchun
toponimika qonun qoidalaridan foydalanadi, demak geologiya, geomorfologiya va
toponimikaning manfaatlarida mushtaraklik bor.
Agar geologik qidiruv ishlari aniq nom bilan ataladigan joy bilan bog’liqligi
e’tiborga olinmagan taqdirda ham, bu fanlarda qo’llaniladigan hodisa va
jarayonlar ular o’rganilgan joy nomidan olinganligi uchun bu fanlarni toponimika
va geografik atamashunoslik bilan aloqa desak bo’ladi. Al’p o’tlog’i, al’p
burmalanishi, vulkan, ford kabi atamalar aslida toponimlardir.
Toponimlarni o’rganishning eng muhim amaliy ahamiyatlardan biri
kartografiya uchun nomlarni xaritada tasvirlash deyish mumkin. Chunki
geografik obyektlarning nomlari xaritalar mazmuning asosini tashkil etadigan
nomlar, avvalo xaritalar yozuvi, sifatida mujassamlashadi. Bularni amalda bajarish
uchun xaritalarni tuzish bilan bog’liq dalada va labaratoriyada nomlarni
aniqlashga qaratilgan bir qancha ishlarni bajarish talab etiladi.
Nomning joyda qanday atalishi, uning qaysi tildan olinganligi, qanday
ma’noni anglatishi, talaffuzi va yozuvdagi imlosi juda muhim hisoblanadi. Ana
shunday bir qancha murakkab ishlarni o’z ichiga olgan va joyning aniq
xususiyatlari haqida ma’lumot berilsa geografiyaning jozibadorligi
ta’minlanadi. Ushbu jarayon toponimika qonun qoidalari asosida amalga
oshiriladi. Sababi xaritada nomdan foydalanish maqsadini ko’zlaydi. Nomlarni
aniqlash kartografik amaliyotida qo’llash bilan shug’ullanadigan toponimikaning
5
maxsus tarmog’i - kartografik toponimika deyiladi. Ushbu misol toponimika
geografiya fanlari bilan uzviy bog’liq ekanligini isbotlaydi. Boshqacha
aytganda, u geografiyaning bir tarmog’i sifatida amalda qo’llanilganini
bildiradi.
Ishning maqsadi. Bitiruv malakaviy ishda Buyuk geografik kashfiyotlar
davrida toponimika sohasida qilingan ishlar, dengizchi sayyohlarning toponimika
va geografiya fanlariga qo’shgan hissalari aniq misollar yordamida ochib berish va
umumta’lim maktablarda geografiya fanlarini o’qitishda joy nomlarini kelib
chiqish sabablarini sharhlashda maktab o’qituvchilariga ko’maklashishiga
qaratilgan.
Ishning amaliy ahamiyati shundan iboratki, undan turli soha mutaxassislari,
jumladan kollej va akademik lisey o’quvchilari, o’rta umumta’lim maktab
o’qituvchi va geografiya fani o’qituvchilari hamda barcha qiziquvchilar
foydalanishlari mumkin.
Bitiruv malakaviy ishda dengizchi sayyoh olimlarning geografiya va
toponimika oid qimmatli fikrlari, kartograflar, toponomistlar hamda geografik
nomlar yordamida turli xil lug’at, ma’lumotnoma tuzuvchilar, uchun qo’llanma
bo’lib xizmat qilishi mumkin.
Ishning tarkibiy tuzilishi va hajmi. Bitiruv malakaviy ishi kirish, uch bob,
xulosa va adabiyotlar ruyxatidan iborat.
Do'stlaringiz bilan baham: