Kadrlar tayyorlash milliy dasturi.
Uning maqadi
, tarkibiy qismlari, uzluksiz
ta`limning moxiyati. Rivojlangan davlatlarning kasb ta`limi tizimi
Tayanch so`z va atamalar
Kadrlar tayyorlash milliy dasturi, uning maqsadi, tarkibiy qismlari,
fanning maqsadi va vazifalari.
Ma`lumki, «Ta`lim to`g`risidagi Qonun» va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»
( 1997 yil 29-avgustda qabul qilingan) qabul qilingach, ta`lim tizimi tubdan isloh
qilina boshlandi. Bu muhim hujjatlarga ko`ra respublikamizda kasb-hunar
kollejlarini jadal sur`atlar bilan rivojlantirish chora tadbirlari belgilangan. Bu
birinchidan mutaxassislar tayyorlash sifatiga bog`liq bo`lsa, ikkinchi tomondan
o`quv yurtining zamonaviy texnologiyalar bilan ta`minlanganligiga bog`liq. Kasb-
hunar kolleji muhandis-pedagog hodimlari oldiga tayyorlanayotgan ishchi
kadrlarga ilmiy dunyoqarashni, mehnatga ijodiy munosabatini tarkib toptirish
ularda yuksak mehnat intizomini va madaniyatini, jamoa oldida burch his-
tuyg`ularini tarbiyalash kabi vazifalarni qo`yadi.
Milliy dasturning asosiy maqsadi: ta`lim sohasini tubdan isloh qilish, uni
o`tmishdan qolgan mafkuraviy qarashlar va sarqitlardan to`la xalos etish,
rivojlangan demokratik davlatlar darajasida, yuksak manaviy va ahloqiy talablarga
javob beruvchi yuqori malakali kadrlar tayyorlash Milliy tizimini yaratishdir.
Jamiyatda sodir bo`layotgan bugungi yangiliklar hamda iqtisodiy o`zgarishlar
ta`lim tizimiga xususan o`rta maxsus kasb-hunar ta`limiga boshqacha yondashishni
talab qiladi. Kadrlar tayyorlash milliy dasturining asosiy amalga oshirish
vazifalaridan biri ta`lim oluvchilarning tayyorgarlik sifati va ixtisosiga zaruriy
talablarni, ularning madaniy va ma`naviy-ruxiy darajalarini aniqlab beruvchi davlat
ta`lim standartlarini yaratish va tatbiq etishdir.
Kadrlar tayyorlash milliy modelining asosiy tarkibiy qismlari.
Ma`lumki, metodika bu- metod va usullar yig`indisi bo`lib, qandaydir
harakatni amalga oshirishdir. SHunday jumlalar mavjud: o`qitish metodikasi,
o`rgatish metodikasi. Bu ikki tushuncha ham amalda teng huquqli bo`lib, o`qitish
bu o`rgatuvchining faoliyati. O`qitish metodikasi- o`quv predmeti sifatida bo`lg`usi
muhandis-pedagog oldiga quyidagi vazifalarni qo`yadi. «Qanday va nimani
o`qitish kerak?», «Nima uchun aynan shunday o`qitish kerak?».
Kadrlar tayyorlash milliy dasturi, OʻzRning kadrlar tayyorlash milliy dasturi —
1997 y. 29 avg .da Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 9-sessiyasida
prezident I. A. Karimov tashabbusi bilan qabul qilingan. Dasturning maqsadi
taʼlim sohasini tubdan isloh qilish, uni oʻtmishdan qolgan mafkuraviy qoliplardan
toʻla xalos etish, yuqori malakali kadrlar tayyorlashning rivojlangan demokratik
davlatlar darajasidagi, yuksak maʼnaviy va axloqiy talablariga javob beruvchi
milliy tizimini yaratishdan iborat. K.t.m.d. OʻzRning "Taʼlim toʻgʻrisida"gi qonuni
(1997 y. avg .) qoidalariga muvofiq holda tayyorlangan boʻlib,milliy tajribaning
tahlili va jahon miqyosi taʼlim tizimidagi yutuqlar asosida tayyorlangan hamda
yuksak umumiy va kasb-hunar madaniyatiga, ijodiy va ijtimoiy faollikka, ijtimoiy-
siyosiy hayotda mustaqil ravishda moʻljalni toʻgʻri ola bilish mahoratiga ega
boʻlgan, istiqbol vazifalarini ilgari surish va hal etishga qodir kadrlarning yangi
avlodini shakllantirishga yoʻnaltirilgan. Dastur kadrlar tayyorlash milliy modelini
roʻyobga chiqarishni, har tomonlama kamol topgan, jamiyatda turmushga
moslashgan, taʼlim va kasb-hunar dasturlarini ongli ravishda tanlash va
keyinchalik puxta oʻzlashtirish uchun ijtimoiy-siyosiy, huquqiy, psixologik-
pedagogik va b. tarzdagi sharoitlarni yaratishni, jamiyat, davlat va oila oldida oʻz
javobgarligini his etadigan fuqarolarni tarbiyalashni nazarda tutadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov tashabbusi va bevosita
rahbarligida ishlab chiqilgan kadrlar tayyorlash milliy modeli qator noyob,
takrorlanmas oʻziga xos xususiyatlarga ega. U Oʻzbekistonning xalqaro
andozalardagi zamonaviy taraqqiyotini taʼminlay oladigan dadil, mustaqil fikrli,
malakali, bilimli mutaxassis, ayni paytda ezgu insoniy sifatlarga ega kadrlarni
tayyorlash maqsadini koʻzlaydi. K.t.m.d. I. Karimov tomonidan ijtimoiy ongga
kiritilgan, davlatni, jamiyatni rivojlantirishga xizmat qiladigan tamomila yangi
tushunchadir.
Dastur 5 boʻlimdan iborat: Muammolar va kadrlar tayyorlash tizimini tubdan isloh
qilish omillari; Milliy dasturning maqsadi, vazifalari va uni roʻyobga chiqarish
bosqichlari; Kadrlar tayyorlashning milliy modeli; Kadrlar tayyorlash tizimini
rivojlantirishning asosiy yoʻnalishlari; Milliy dasturni roʻyobga chiqarishga doir
tashkiliy chora-tadbirlar.
Dasturning 1-boʻlimida OʻzR davlat mustaqilligiga erishib, iqtisodiy va ijtimoiy
rivojlanishning oʻziga xos yoʻlini tanlashi kadrlar tayyorlash tizimi va mazmunini
qayta tashkil etish zarurligi, bu hol qator chora-tadbirlar koʻrishni taqozo etishni,
lekin sodir etilgan oʻzgartirishlar kadrlar tayyorlash sifatini oshirish, mamlakatni
ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish talablariga muvofiq boʻlishini taʼminlay olmagani
qayd etildi. Shuningdek, bu boʻlimda kadrlar tayyorlash tizimini tubdan isloh
qilishning muhim omillari bayon etilgan.
Dasturning 2-boʻlimida uning maqsadi, vazifalari va dasturni roʻyobga chiqarish
bosqichlari aniq ifoda etilgan. Maqsad va vazifalarni roʻyobga chiqarish 3
bosqichdan iborat boʻlib, 1-bosqichi (1997—2000 y.lar)da mavjud kadrlar
tayyorlash tizimining ijobiy salohiyatini saqlab qolish asosida ushbu tizimni isloh
qilish va
rivojlantirish uchun huquqiy
, kadrlar jihatidan, ilmiy-uslubiy, moliyaviy-
moddiy shart-sharoitlar yaratish, 2-bosqich (2001—2005 y.lar)da milliy dasturni
toʻliq roʻyobga chiqarish, mehnat bozorining rivojlanishi va real ijtimoiyiqtisodiy
sharoitlarni hisobga olgan holda unga aniqliklar kiritish, 3-bosqich (2005 va undan
keyingi yillar)da toʻplangan tajribani tahlil etish va umumlashtirish asosida,
mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish istiqbollariga muvofiq kadrlar
tayyorlash tizimini takomillashtirish va yanada rivojlantirish nazarda tutiladi.
Dasturning 3-boʻlimida kadrlar tayyorlash milliy modelining asosiy tarkibiy
qismlari shaxs, davlat va jamiyat, uzluksiz taʼlim, fan va i.ch.dan iborat ekanligi
koʻrsatilgan. Bunda shaxs — kadrlar tayyorlash tizimining bosh subʼyekti va
obʼyekti, taʼlim sohasidagi xizmatlarning isteʼmolchisi va ularni amalga
oshiruvchisi, davlat va jamiyat esa, taʼlim va kadrlar tayyorlash tizimining
faoliyatini tartibga solish va nazorat qilishni amalga oshiruvchi kadrlar tayyorlash
va ularni qabul qilib olishning kafillari sifatida bayon qilingan. Uzluksiz taʼlim esa,
malakali raqobatbardosh kadrlar tayyorlashning asosi boʻlib, u maktabgacha
taʼlim, umumiy oʻrta taʼlim, oʻrta maxsus va kasb-hunar taʼlimi (akademik litsey
va kasb-hunar kollejlari), oliy taʼlim (bakalavriat va magistratura), oliy oʻquv
yurtidan keyingi taʼlim (aspirantura, adʼyunktura, doktorantura, mustaqil
tadqiqotchilik), kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash, maktabdan
tashqari taʼlim turlarini oʻz ichiga oladi. Fan yuqori malakali mutaxassislar
tayyorlovchi hamda ulardan foydalanuvchi, ilgor pedagogik va axborot
texnologiyalarini ishlab chiquvchidir. I.ch. kadrlarga boʻlgan ehtiyojni,
shuningdek, ularning tayyorgarlik sifati va saviyasiga nisbatan qoʻyiladigan
talablarni belgilovchi asosiy buyurtmachi, kadrlar tayyorlash tizimini moliya va
moddiy-texnika jihatidan taʼminlash jarayonining qatnashchisidir.
Dasturning 4-boʻlimida kadrlar tayyorlash tizimini rivojlantirishning asosiy
yoʻnalishlari bayon qilingan. Bular taʼlimning uzluksizligini taʼminlash, pedagog
va ilmiy pedagog kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini
oshirishning zamon talablariga moslashuvchan, taʼlimning yuqori sifatli va
barqaror rivojlanishini koʻzlovchi tizimini vujudga keltirish, taʼlim jarayonini
mazmunan isloh qilish, yosh avlodni maʼnaviy-axloqiy tarbiyalashda xalqning boy
milliy madaniy-tarixiy anʼanalariga, urf-odatlari hamda umumbashariy
qadriyatlarga asoslangan samarali tashkiliy, pedagogik shakl va vositalari ishlab
chiqilib amaliyotga joriy etish, iqtidorli bolalar va isteʼdodli yoshlarni aniqlashdan
iborat. Shuningdek, uzluksiz taʼlim tizimi va kadrlar tayyorlashning davlat va
nodavlat taʼlim muassasalarini tarkibiy jihatdan oʻzgartirish qamda ularni izchil
rivojlantirishni davlat yoʻli bilan boshqarish, kasb-hunar taʼlimi sifatini nazorat
qilish tizimini shakllantirish, taʼlim tizimini moliyalashni takomillashtirish, mavjud
taʼlim muassasalarini kapital taʼmirlash va yangi taʼlim muassasalari qurish, ularni
normativ talablarga muvofiq, zamonaviy texnika va texnologiyalar darajasini
hisobga olgan holda jihozlanishini taʼminlash, taʼlim tizimining yaxlit axborot
makonini vujudga keltirish, taʼlim xizmati koʻrsatish bozorini rivojlantirish, taʼlim
sohasida ijtimoiy kafolatlarni taʼminlash hamda bu sohani davlat tomonidan
qoʻllab-quvvatlash, fan bilan taʼlim jarayoni aloqalarini, i.ch. va taʼlim tizimi
integratsiyalashuvini, taʼlim va kadrlar tayyorlashda xalqaro hamkorlikni
rivojlantirish ham taʼlim tizimini rivojlantirishning asosiy yoʻnalishlaridir.
Dasturning 5-boʻlimida milliy dasturni roʻyobga chiqarishga doir tashkiliy chora-
tadbirlar belgilangan.
Dasturdan OʻzR Prezidenti I.A.Karimovning asarlari va nutklarida taʼlim
masalalari boʻyicha qayd etilgan tamoyillarning barchasi oʻrin olgan. Dastur qabul
qilinganidan soʻng respublika butun taʼlim tizimini tubdan isloh qilishning aniq
strategik yoʻnalishiga ega boʻldi va bu borada bir qancha tadbirlar amalga oshirildi.
Xususan, respublikaning 24 maktabida umumiy oʻrta taʼlimning 23 oʻquv predmeti
mazmunini yangilash, oʻquvchilar bilimini baholashning yagona reyting tizimini
joriy etish yuzasidan tajriba-sinov ishlari oʻtkazildi. Ularning natijalari asosida
umumiy oʻrta taʼlimning barcha sohalaridan davlat taʼlim standartlari,
oʻquv
dasturlari
, yangi darsliklar ishlab chiqildi. Akademik litseylar va kasb-xunar
kollejlari tarmogʻini barpo etish hamda ularni samarali ishlashi uchun barcha
shartsharoitlar yaratish boʻyicha bir qancha ishlar amalga oshirildi. Oliy va oʻrta
maxsus taʼlim vazirligi tarkibida oʻrta maxsus, kasb-xunar taʼlimi markazi barpo
etilib, litsey va kollejlar shu markaz ixtiyoriga oʻtkazildi. 2000 y.gacha bakalavriat
yoʻnalishlari boʻyicha 251 davlat taʼlim standartlari ishlab chiqildi, dasturning
kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash yoʻnalishi boʻyicha 71
oʻqituvchining chet ellarda, 980 oʻqituvchining chet el oʻqituvchilarini jalb etish
yoʻli bilan malakasi oshirildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |