Davlat tili haqida


O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV



Download 331,94 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/3
Sana13.07.2021
Hajmi331,94 Kb.
#118151
1   2   3
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV 

Toshkent sh., 

1995-yil 21-dekabr, 

167-I-son 

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING QONUNI 

Davlat tili haqida 

(yangi tahriri) 

O‘zbekiston  Respublikasi  Oliy  Majlisining  1995-yil  21-dekabrdagi  168-I-

sonli  qarorining 

2-bandiga 

muvofiq  mazkur  Qonunning 

9

 va 


10-moddalari

 2005-


yilning 1-sentabridan e’tiboran kuchga kiradi. 

1-modda. 

O‘zbekiston Respublikasining davlat tili o‘zbek tilidir. 



2-modda. 

O‘zbek tiliga davlat tili maqomining berilishi respublika hududida yashovchi 

millat va elatlarning o‘z ona tilini qo‘llashdan iborat konstitutsiyaviy huquqlariga 

monelik qilmaydi. 



3-modda. 

O‘zbek tilining O‘zbekiston Respublikasi hududida davlat tili sifatida amal 

qilishining  huquqiy  asoslari  ushbu  Qonun  va  boshqa  qonunlar  bilan  belgilab 

beriladi. 

Tilning Qoraqalpog‘iston Respublikasida amal qilishiga bog‘liq masalalar, 

shuningdek Qoraqalpog‘iston Respublikasining qonun hujjatlari bilan belgilanadi. 

Ushbu Qonun tillarning turmushda, shaxslararo muomalada hamda diniy va 

ibodat bilan bog‘liq udumlarni ado etishda qo‘llanishini tartibga solmaydi. 

Fuqarolar  millatlararo  muomala  tilini  o‘z  xohishlariga  ko‘ra  tanlash 

huquqiga egadirlar. 



4-modda. 


O‘zbekiston Respublikasida davlat tilini o‘rganish uchun barcha fuqarolarga 

shart-sharoit hamda uning hududida yashovchi millatlar va elatlarning tillariga izzat-

hurmat  bilan  munosabatda  bo‘lish  ta’minlanadi,  bu  tillarni  rivojlantirish  uchun 

shart-sharoit yaratiladi. 

Fuqarolarga davlat tilini o‘qitish bepul amalga oshiriladi. 

5-modda. 

Oldingi

 tahrirga qarang. 

O‘zbekiston  Respublikasida  davlat  tilida  faoliyat  ko‘rsatadigan,  milliy 

guruhlar zich  yashaydigan joylarda esa  — ularning tillarida faoliyat ko‘rsatadigan 

maktabgacha ta’lim tashkilotlarini tashkil etish ta’minlanadi. 



(5-modda O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-653-

sonli 

Qonuni 

tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2020-

y., 03/20/653/1592-son) 

6-modda. 

O‘zbekiston  Respublikasida  yashovchi  shaxslarga  ta’lim  olish  tilini  erkin 

tanlash huquqi beriladi. 

O‘zbekiston  Respublikasi  davlat  tilida,  shuningdek  boshqa  tillarda  ham 

umumiy, hunar-texnika, o‘rta maxsus va oliy ma’lumot olishni ta’minlaydi. 

7-modda. 

Davlat tili rasmiy amal qiladigan doiralarda o‘zbek adabiy tilining amaldagi 

ilmiy qoidalari va normalariga rioya etiladi. 

Davlat  o‘zbek  tilining  boyitilishi  va  takomillashtirilishini  ta’minlaydi,  shu 

jumladan unga hamma e’tirof qilgan ilmiy-texnikaviy va ijtimoiy-siyosiy atamalarni 

joriy etish hisobiga ta’minlaydi. 



Oldingi

 tahrirga qarang. 

Yangi  ilmiy  asoslangan  atamalar  jamoatchilik  muhokamasidan  keyin  va 

Oliy Majlis palatalari tegishli qo‘mitalarining roziligi bilan o‘zbek tiliga joriy etiladi. 

(7-moddaning  uchinchi  qismi  O‘zbekiston  Respublikasining  2004-yil  3-

dekabrdagi 714-II-son 

Qonuni 

tahririda — O‘R QHT, 2004-y., 51-son, 514-modda) 

8-modda. 

O‘zbekiston  Respublikasining  qonunlari,  davlat  hokimiyati  va  boshqaruv 

organlarining  boshqa  hujjatlari  davlat  tilida  qabul  qilinadi  va  e’lon  etiladi.  Bu 

hujjatlarning tarjimalari boshqa tillarda ham e’lon qilinadi. 

Mahalliy hokimiyat va boshqaruv organlarining hujjatlari davlat tilida qabul 

qilinadi  va  e’lon  etiladi.  Muayyan  millat  vakillari  zich  yashaydigan  joylarda 

mahalliy  hokimiyat  va  boshqaruv  organlarining  hujjatlari  respublika  davlat  tilida 

hamda mazkur millat tilida qabul qilinadi va e’lon etiladi. 



9-modda. 

Davlat  hokimiyati  va  boshqaruv  organlarida  ish  davlat  tilida  yuritiladi  va 

zaruriyatga qarab boshqa tillarga tarjima qilinishi ta’minlanadi. 

O‘zbekistonda o‘tkaziladigan xalqaro anjumanlarda davlat tili, shuningdek 

qatnashchilarning o‘zlari tanlagan tillar anjumanning ish tili hisoblanadi. 




Download 331,94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish