Insonning shaxsiy manfaati, qiziqishlari va turmush tarziga
moslab qondirilishi mumkin bo‘lgan ehtiyojlar yakka tarz
da qondiriluvchi ehtiyojlar deyiladi. Ularga ovqatlanish, kiyinish
kabilami misol qilish mumkin. Hatto ovqatlanish jarayoni birgalik
da (oilaviy yoki bir necha kishilar bilan) amalga oshirilgan taqdirda
ham, har bir kishining ovqatga bo‘lgan ehtiyoj i alohida, yakka tarzda
qondiriladi.
Odatda kishilaming turli darajalardagi guruhi (oila, jamoa,
mamlakat fuqarolari va h.k.) tomonidan birgalikda namoyon
etiluvchi ehtiyojlar birgalikda qondiriluvchi ehtiyojlar deyiladi.
Masalan, ta’lim olish binolari, kasalxonalardan, dam olish joylari-
dan bahramand bo‘lish, sport o‘yinlari va ko‘ngilochar tomoshalami
birgalikda ko‘rish, mamlakat mudofaasi va tinchligini saqlash kabilar
shular jumlasidandir.
Do'stlaringiz bilan baham: |