Shaxsiy ehtiyoj lar - kishilaming pirovard iste’moli uchun
mo‘lj allangan mahsulot va xizmatlarga bo‘lgan zarurat. Masalan, oziq-
ovqat, kiyim-kechak, uy-ro‘zg‘or buyumlari, shaxsga ko‘rsatiladigan
turli xizmatlar shaxsiy ehtiyojlami namoyon etadi.
Ishlab chiqarish ehtiyojlari - mahsulot ishlab chiqarish yoki
xizmat ko‘rsatishni amalga oshirish maqsadida ishlatiluv-
chi turli iqtisodiy resurslarga bo‘lgan zarurat. Ishlab chiqarish
ehtiyojlariga xomashyo (neft, paxta va h.k.), materiallar (po‘lat,
yog‘och, tola va h.k.), asbob-uskunalar, ish mashinalari (yuk mashi-
nasi, ekskavator, buldozer va h.k.), ishchi kuchi va boshqalami kiri-
tish mumkin.
Shuningdek, ehtiyojlami yakka tarzda va birgalikda qondiriluv-
chi ehtiyoj lar; birlamchi va ikkilamchi ehtiyoj lar; yakka, guruhiy,
hududiy, umumjamiyat ehtiyojlari kabi turlarga ajratish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |