XXV
Seminariya
Uch yuz o‘ttiz olti tushki ovqat – 83 santim-
dan, uch yuz o‘ttiz olti kechki ovqat – 38 santim-
dan, unvoniga yarasha lozim bo‘lgan odamlarga
shokolad. Xo‘sh, shu ishda qancha pul ishlasa
bo‘ladi?
Bezansonlik Valeno.
Darvozadagi tilla suvi yugurtirilgan but uzoqdan ko‘rinib tu-
rardi; u o‘sha darvozaga asta yaqinlashib bordi, uning oyoqlari
mayishib-mayishib ketmoqda edi. «Mana u, yer yuzidagi jahannam,
men u yerdan qaytib chiqmasam kerak endi!» Nihoyat, u qo‘ng‘iroq
chalishga jur’at etdi. Qo‘ng‘iroq ovozi xuddi odam yashamaydigan
binodagi kabi uzoq aks sado berib jarangladi. Oradan o‘n daqiqacha
o‘tgach, darvoza oldiga boshdan-oyoq qora kiyim kiygan rangpar bir
190
odam keldi. Jyulen uning yuziga bir ko‘z tashladi-yu, darhol yerga
qaradi. Bu darbonning basharasi juda g‘alati edi. Uning ko‘kimtir
ukki ko‘zlarining qorachig‘i xuddi mushuknikiga o‘xshab kengayib
turardi; kiprik qoqmay turishi esa, uning rahm-shafqat nimaligini
bilmasligidan dalolat berardi; ingichka lablari so‘yloq tishlari us-
tida yarim doira bo‘lib ochilgan edi. Lekin, shu bilan birga, uning
basharasida hech qanday illat sezilmasdi, to‘g‘rirog‘i, unda butunlay
hissizlik aks etgandiki, xuddi ana shu narsa odatda yosh yigitlarni
juda qo‘rqitib yuboradi. Jyulen bu xudojo‘y odamga nazar tashla-
ganida uning xo‘mraygan basharasidan payqagan yagona tuyg‘u – bu
dorilbaqoda nafi tegishi mumkin bo‘lgan narsalardan bo‘lak barcha
narsalarga nisbatan cheksiz nafrat edi.
Yigit o‘zini o‘zi majbur qilib, haligi odamga qaradi; yuragi had-
dan tashqari gupillab urayotganidan uning tili arang kalimaga keldi;
u tovushi titrab, seminariya direktori janob Pirarni ko‘rmoqchi
ekanligini aytdi. Haligi odam «churq» etib og‘iz ochmay, ortimdan
yuring, degandek ishora qildi. Ular yog‘och panjarali keng zinapo-
yadan ikkinchi qavatga ko‘tarilishdi. Pog‘onalari mutlaqo qiyshayib,
devorning qarshi tomoniga og‘ib qolgan zinapoya xuddi hozir qulab
tushadigandek edi. Ular tepasida oddiy yog‘ochdan yasalgan va qora
bo‘yoqqa bo‘yalgan ulkan qabriston xochi osig‘liq kichkina eshik
oldida to‘xtashdi; eshik qiyinchilik bilan ochildi, darbon Jyulenni
devorlari ohak bilan oqlangan pastak bir xonaga olib kirdi. Devorlar-
da vaqt o‘tishi bilan qorayib ketgan ikkita katta kartina osig‘liq edi.
Shu yerda Jyulenni yolg‘iz qoldirishdi; u qo‘rqqanidan taxta bo‘lib
qolgandi, yuragi gupillab urar, yig‘lagisi kelardi, biroq yig‘lashga
yuragi dov bermasdi. Butun binoda og‘ir bir sukunat cho‘kkandi.
Unga bir kecha-yu bir kunduz bo‘lib tuyulgan chorak soatdan so‘ng
darbonning mudhish basharasi xonaning narigi tomonidagi eshik-
da paydo bo‘ldi; u indamay Jyulenga ortidan yurishni ishora qildi.
Jyulen boshqa xonaga o‘tdi; bu xona birinchisidan kattaroq bo‘lib,
u ham deyarli qop-qorong‘i edi. Devorlar ham xuddi o‘shanday
oqlangan edi-yu, biroq ularga hech nima osilmagandi. Jyulen ichkari
kira turib, faqat burchakka, eshik yoniga qo‘yilgan yog‘och karavot,
bir juft to‘qima stul va qora qarag‘ay taxtasidan yasalib, ustiga hech
nima qoplanmagan bitta kichkina kresloni ko‘rdi xolos. Xonaning
narigi chetida, oynasi sarg‘ayib ketgan, tokchasiga iflos gultuvaklar
qo‘yilgan kichkina deraza oldidagi stol yonida u egniga eski jubba
191
kiygan bir odamning o‘tirganini ko‘rdi, u odam nimadandir juda
darg‘azabdek ko‘rinardi: u oldida turgan dastadan kichik-kichik
qog‘oz parchalarini olib, ikki-uch so‘z yozardi-da, so‘ng ularni stol
ustiga terib qo‘yardi. U Jyulenga e’tibor bermadi. Yigit esa xona
o‘rtasida, eshikni yopib chiqib ketgan darbon qayerda qoldirgan
bo‘lsa, o‘sha yerda qimir etmay turardi.
Shu zaylda o‘n daqiqacha vaqt o‘tdi; eski jubbali odam esa
hamon yozardi. Jyulen shu qadar hayajonlangan va qo‘rqib ketgan
ediki, oyog‘ida arang turardi; nazarida hozir qulab tushadigandek
edi. Bironta faylasuf, ehtimol: «Go‘zallik shaydosi bo‘lgan yurakka
xunuk narsa shunday ta’sir qilar», deyishi mumkin edi. Balki u
yanglishardi ham.
Stol yonida o‘tirgan odam boshini ko‘tardi. Jyulen bo‘ni darrov sez-
madi, ammo u hatto buni sezganidan keyin ham go‘yo o‘ziga tikilgan
dahshatli nigohdan karaxt bo‘lib qolgandek, qimir etmay turaverdi.
Jyulenning xira tortgan ko‘zlari bu odaminig qizil dog‘ bosgan uzun-
choq yuzini arang ilg‘ab oldi; bu dog‘lar uning murdanikidek qonsiz
peshonasidagina yo‘q edi. Qizil dog‘li yonoqlar bilan oppoq peshona
orasida chaqnab turgan kichkina-kichkina qora ko‘zlar har qanday
botir odamning ham yuragiga g‘ulg‘ula solishi mumkin edi. Qalin va
silliq tim qora sochlar bu ulkan peshonaning ikki chetiga yopishib
turardi.
– Buyoqqa keling, gapimni eshityapsizmi yoki yo‘qmi? – dedi
nihoyat haligi odam betoqat bo‘lib.
Oyog‘ida arang turgan Jyulen xiyol oldinga yurdi-da, yiqilay-yiqilay
deganicha, dokadek oqarib, yog‘ochdan yasalgan, bo‘yalmagan va
ustiga parcha-parcha qog‘ozlar terilgan kichkina stolchadan uch
qadam berida to‘xtadi.
– Yaqinroq keling! – dedi jubba kiygan odam.
Jyulen, xuddi tayanish uchun biron narsa izlayotgandek, qo‘llarini
oldinga cho‘zib yana bir qadam olg‘a yurdi.
– Ismingiz?
– Jyulen Sorel.
– Siz ancha kechikib keldingiz, – dedi o‘sha odam yana dahshatli
nigohini unga qadar ekan.
Jyulen bu nigohga ortiq dosh bera olmadi: u go‘yo biron narsani
ushlab qolmoqchi bo‘lgandek qo‘llarini oldinga cho‘zdi-da, gurs etib
polga quladi.
192
O‘sha odam qo‘ng‘iroq chaldi, Jyulen butunlay hushidan ketmagan
edi, lekin na biron narsani ko‘rardi, na oyoq-qo‘lini qimirlata olardi.
Biroq u yaqinlashib kelayotgan qadam tovushini eshitdi.
Uni ko‘tarib yog‘ochdan yasalgan, bo‘yalmagan boyagi kichkina
kresloga o‘tqazib qo‘yishdi. U dahshatli odamning darbonga aytgan
gapini eshitdi:
– Uning tutqanog‘i bor shekilli. Shunisi yetmay turuvdi!
Jyulen nihoyat ko‘zlarini ochganida qizil yuzli odam joyida hamon
yozib o‘tirgan edi, darbon g‘oyib bo‘lgandi.
«Bardosh bermog‘im kerak, – dedi o‘ziga-o‘zi navqiron qahra-
monimiz, – eng muhimi esa hozirgi ahvolimni sezdirmasligim lozim
(uning ko‘ngli qattiq aynimoqda edi). Agar menga biron narsa bo‘lsa,
Xudo bilsin, ular men to‘g‘rimda nima deb o‘ylaydilar». Nihoyat, haligi
odam yozishdan to‘xtadi-da, Jyulenga ko‘z qirini tashladi.
– Savollarimga javob bera olasizmi?
– Ha, taqsir, – dedi arang Jyulen.
– A! Xursandman.
Qora odam o‘rnidan xiyol turib, qarag‘ay taxtadan yasalgan stoli-
ning tortmasini g‘iyqillatib ochdi-da, nimanidir qidirib, uni sabrsizlik
bilan titkilay boshladi. Aloha u allaqanday xatni topib, sekin joyiga
o‘tirdi va yana, go‘yo Jyulenning bor jonini olmoqchi bo‘layotgandek,
unga tikildi.
– Sizni menga janob Shelan tavsiya qilgan, u butun yeparxiyada
23
eng yaxshi qavm ruhoniysi edi. Chin saxovatpesha bu odam mening
o‘ttiz yillik do‘stim bo‘ladi.
– Demak, men janob Pirar bilan suhbatlashish sharafiga muyassar
bo‘libman-a? – dedi Jyulen eshitilar-eshitilmas.
– Shunaqaga o‘xshaydi, – dedi cho‘rt kesib seminariya direktori,
unga norozi bo‘lib qarar ekan.
Uning mitti ko‘zlari yanada kuchliroq chaqnadi va lablarining
cheti o‘z-o‘zidan lipillab ucha boshladi. Shu turishda o‘ljasini yeyishga
hozirlangan yo‘lbarsning og‘ziga juda o‘xshab ketardi.
– Shelan qisqagina yozibdi, – dedi u xuddi o‘zi bilan o‘zi gaplasha-
yotgandek. – Intelligenti paisa
24
. Bizning zamonamizda har qanday
xat ham nihoyatda uzun bo‘ladi.
23
Yeparxiya – ma’muriy cherkov okrugi (tarj.).
24
Tushunadigan odamga oz gap ham yetadi (lot.).
193
U ovozini chiqarib o‘qiy boshladi: «Sizning huzuringizga qavmi-
mizdan bo‘lgan Jyulen Sorelni yuboryapman, men uni deyarli yigirma
yil muqaddam cho‘qintirgan edim: u badavlat duradgorning o‘g‘li,
biroq otasi unga sariq chaqa ham bermayapti. Jyulen Tangri yo‘lida
sidqidildan xizmat qilmoqchi. Xudo unga zehn va xotiradan bergan,
aqli ham joyida. Lekin uning bu intilishi uzoqqa borarmikin? Yurak-
danmikin u?»
– Yurakdanmikin? – takrorladi abbat Pirar hayron bo‘lib va Jyulen-
ga qarab qo‘ydi: ammo endi abbatning nigohi boyagidan xiyol yum-
shagan edi. – Yurakdanmikin? – deya tovushini pasaytirib takrorladi
u yana va xatning davomini o‘qiy boshladi:
«Sizdan Jyulen Sorel uchun stipendiya belgilashni iltimos qilaman,
u shunga munosib, zero kerak bo‘lgan barcha imtihonlarni topshirish
qo‘lidan keladi. Unga uluhiyatdan, Bossyue, Arno va Flerining ajoyib
ko‘hna uluhiyatidan biroz saboq berdim. Magaram bunday stipendi-
at Sizga to‘g‘ri kelmasa, uni menga qaytarib yuboring. Sizga yaxshi
ma’lum bo‘lgan yetimxona direktori uni sakkiz yuz frank maosh bilan
bolalariga tarbiyachi qilib olmoqchi. Xudoga ming qatla shukrkim,
ahvoli ruhiyam joyida. Boshimga tushgan og‘ir kulfatga asta-sekin
ko‘nikib boryapman».
Abbat Pirar imzoga yetgach, biroz to‘xtab turdi-da, so‘ngra: «She-
lan», deya xo‘rsinib qo‘ydi.
– Ahvoli ruhiyasi joyida ekan, – dedi u. – Uning saxovati bu muko-
fotga munosibdur. Yaratgan Parvardigor vaqti-soati kelganida menga
ham shunday osoyishtalik ato etarmikin?! – U nigohini ko‘kka tikdi
va cho‘qinib qo‘ydi. Jyulen bu muqaddas ishorani ko‘rgach, mazkur
mahfilga kirgan daqiqadan boshlab bosgan dahshatli vahimaning
asta-sekin tarqala boshlaganini his etdi.
– Bu yerda ruhoniylik unvoniga erishmoqni orzu qilib yurgan
uch yuz yigirma bir nafar talabam bor, – dedi nihoyat abbat Pirar
jiddiy ohangda, ammo mayinroq ovoz bilan. – Ulardan faqat yetti yoki
sakkiztasigina abbat Shelanga o‘xshagan odamlar tomonidan tavsi-
ya qilingan, shunday qilib siz uch yuz yigirma bir talabaning ichida
to‘qqizinchi bo‘lasiz. Biroq mening xayrixohligim rahmdillikdan ham,
talabni susaytirishdan ham iborat emas, aksincha, bag‘oyat qunt bilan
o‘qimog‘ingiz va illatlaringizni tuzatmog‘ingiz lozim bo‘ladi. Borib
eshikni qulflab keling.
194
Jyulen bir amallab butun xonani kesib o‘tdi. Eshik oldida u shahar
chekkasidagi yam-yashil bog‘larga qaragan kichkinagina derazaga
ko‘zi tushdi. U daraxtlarga nazar tashlagan edi, xuddi eski do‘stlarini
ko‘rib qolgandek, ancha yengil tortdi.
– Loguerisme linguam latinam (Lotin tilida gaplasha olasizmi)?
– deya so‘radi abbat Pirar, u stol yoniga qaytgach.
– Ita, pater optime (Ha, padari buzrukvorim), – dedi javoban
Jyulen asta-sekin o‘ziga kelar ekan. Aslida esa abbat Pirar ana shu
yarim soat ichida unga dunyodagi barcha kishilar ichida «buzrukvor»
deyishga sira arzimaydiganday tuyulgan edi.
Suhbat lotin tilida davom etdi. Abbatning ko‘z-qarashi asta-sekin
yumshay boshladi; Jyulen borgan sayin dadillashib borardi. «Agar
yolg‘ondakam taqvo meni shu qadar dovdiratib qo‘ysa, – deya o‘yladi
u, – o‘zim ham g‘irt latta ekanman-da! Aslida bu odam ham janob
Maslonga o‘xshash muttaham bo‘lsa kerak», – Jyulen deyarli hamma
pulini etigining qo‘njiga yashirib qo‘yganidan o‘zicha xursand bo‘lib
qo‘ydi.
Abbat Pirar Jyulenni uluhiyatdan imtihon qildi va uning bilimi
naqadar kengligini ko‘rib, hayron qoldi. Muqaddas diniy kitoblar
xususida yigitdan batafsil so‘ray boshlaganida uning hayrati yanada
oshdi. Biroq navbat qisasul anbiyoga kelganida u Jyulenning avliyo
Vasiliy va hokazolar to‘g‘risida tasavvurga ega bo‘lish uyoqda tursin,
hatto bu ismlarni umuman eshitmaganligiga ishonch hosil qildi.
«Mana, protestantlikka bo‘lgan moyillik o‘zini ko‘rsatdi-qo‘ydi,
– deya xayolidan o‘tkazdi Pirar, – bu halokatli moyillik uchun men
Shelanni doim koyib kelardim. Muqaddas diniy kitoblar xususida
chuqur, juda chuqur bilim beribdi u!» (Jyulen hozirgina unga, garchi
undan bu haqda so‘ramagan bo‘lsa-da, «Borliq kitobi», «Besh kitob» va
hokazolar yozilishining taxminiy davri haqida ba’zi bir mulohazalarni
bayon qilib bergan edi.)
«Xo‘sh, muqaddas kitoblar haqida tinimsiz muhokama yuri-
tishning oqibati nima bo‘lishi mumkin? – deya o‘ylardi abbat Pirar.
– Nima bo‘lardi, o‘zicha izohlashga, ya’ni ashaddiy protestantizmga
olib boradi bu. Va bu anchayin xavfli bilimlar bilan bir qatorda qissasul
anbiyodan hech nima bilmaslik! Holbuki bu narsa ushbu fikr-mulo-
hazalarni ma’lum darajada muvozanatga solgan bo‘lur edi».
Biroq Jyulenga papaning diniy hokimiyati xususida savol
berib, undan ko‘hna Gall cherkovining nizomlari haqida eshitish-
195
ni kutgan seminariya direktori yigitning janob de Mestr kitobini
deyarli boshdan-oyoq yoddan aytib berganini ko‘rib, yoqasini
ushladi.
«Bu Shelan tushmagur juda g‘alati odam-da o‘zi, – deya xayolidan
o‘tkazdi abbat Pirar, – chol bu kitobni yigitchaga, uni jiddiy qabul
qilma, deb bermagandir axir?»
Yigitning janob de Mestr ta’limotiga chindan ham ishonish yoki
ishonmasligini bilib olish niyatida abbat unga behuda savollar
berardi.
Jyulen unga kitob bo‘yicha javob qaytarardi. Shu daqiqadan e’tibo-
ran u ancha dadillashib, o‘zini butunlay bosib oldi. Uzoq imtihondan
so‘ng, uning nazarida, abbat Pirar xo‘jako‘rsingagina qovog‘ini solib
turgandek tuyuldi. Chindan ham, mana, o‘n besh yildan buyon qoidaga
muvofiq seminarist-talabalariga nisbatan qattiqqo‘l bo‘lmaganida,
seminariya direktori mantiq uchun ham Jyulenning yuz-ko‘zidan o‘pib
olgan bo‘lardi – yigit uning barcha savollariga g‘oyatda aniq, puxta va
ravshan javob bergan edi.
«Naqadar jasur va sog‘lom aql! – deya o‘yladi u. – Biroq corpus
debile (jismi zaifroq ekan)».
– Tez-tez shunaqa yiqilib turasizmi? – deya fransuzchalab so‘radi
u polga ishora qilib.
– Umrimda birinchi marta shunday bo‘lishim, – dedi javoban Jyu-
len va yosh boladek qizarib qo‘shimcha qildi: – Darbonning basharasi
meni juda qo‘rqitib yubordi.
Abbat Pirar xiyol iljayib qo‘ydi.
– Foniy dunyoning behuda dabdabasi ana shunga olib keladi. Siz,
soxta tabassum jilvalannb turgan basharalarga o‘rganib qolgansiz
chog‘i. Haqiqat shafqatsiz bo‘ladi, taqsirim. Biroq bizning dorilfa-
nodagi qismatimiz ham shunday shafqatsiz emasmi aslida? Siz ushbu
ojizlik – tashqi ko‘rinishning bekorchi chiroyiga o‘ta ta’sirchanlik ongi-
ngizni zaharlab qo‘ymasin uchun o‘zingizni juda ehtiyot qilmog‘ingiz
darkor.
– Agar sizni, – deya davom etdi abbat Pirar yana mamnuniyat bilan
lotin tiliga o‘tar ekan, – agar sizni menga abbat Shelandek bir odam
tavsiya qilmaganida, men siz bilan, chamasi, o‘zingiz o‘rganib qolgan
o‘sha besar dunyoviy tilda so‘zlashgan bo‘lardim. Siz iltimos qilgan
to‘la stipendiya bu, aytishim mumkinki, deyarli iloji yo‘q narsa. Biroq
abbat Shelan ellik olti yil davomida havoriylardek qilgan mehnati
196
evaziga seminariyada bitta-yu bitta stipendnyaga ega bo‘la olmasa,
o‘ta adolatsizlik bo‘lur edi.
Shundan so‘ng abbat Pirar o‘zining rizoligisiz hech qanday maxfiy
jamiyat yoki uyushmaga a’zo bo‘lib kirmaslikni maslahat berdi.
– Shunday qilmaslikka so‘z beraman! – deya xitob qildi Jyulen
halol odamga xos sidqidillik bilan.
Ana shunda seminariya direktori birinchi bor jilmayib qo‘ydi.
– Mazkur ibora bu yerda mutlaqo o‘rinsiz, – dedi u. – Zero u foniy
dunyo kishilarini ko‘p o‘rinlarda yanglishmoqqa, ba’zan esa jinoyatga
boshlaydigan lafzni eslatadi.
Avliyo Piy Beshinchining Unam erclesiam aqoidi o‘n yettinchi
paragrafiga binoan siz menga so‘zsiz itoat etmog‘ingiz darkor. Men
sizning diniy boshlig‘ingiz bo‘laman. Mazkur mahfilda, bo‘tam, eshit-
moq – itoat etmoq demakdir. Qancha pulingiz bor?
«Mana, indallosiga ham yetib keldik, – deya dilidan o‘tkazdi Jyu-
len. – Xuddi shuning uchun ham men birpasda «bo‘tam»ga aylanib
qoldim».
– O‘ttiz besh frank, taqsirim.
– Barcha sarf-xarajatlaringizni qunt bilan yozib boring: keyincha-
lik bu haqda menga hisobot bermog‘ingiz lozim bo‘ladi.
Bu og‘ir suhbat uch soat davom etdi. So‘ngra Jyulen borib darbonni
chaqirib keldi.
– Jyulen Sorelni bir yuz uchinchi hujraga joylashtiring, – dedi
unga abbat Pirar.
U Jyulenga alohida xona bermoqda edi, – bu esa katta iltifot hi-
soblanardi.
– Uning narsalarini ham ola keting, – deya qo‘shimcha qildi se-
minariya direktori.
Jyulen pastga qarab, yaxdoni oyog‘i ostida yotganini ko‘rdi, u uch
soat davomida uni ko‘rib turgan, biroq tanimagan edi.
Ular bir yuz uchinchi raqamli hujraga borishdi. Bu binoning yuqori
qavatiga joylashgan katalakdekkina hujra edi. Jyulen uning derazasi
qal’a devoriga qaraganini ko‘rdi. Devorning ortida esa Du daryosining
narigi sohilida joylashgan go‘zal vodiy ko‘zga tashlanardi.
«Qandan ajoyib manzara», deya xitob qildi Jyulen, biroq garchi
o‘ziga-o‘zi murojaat qilayotgan bo‘lsa-da, yigit so‘zlarning ma’nisiga
uncha tushunmadi. Jyulen Bezansonga qadam qo‘ygan shu qisqa vaqt
ichida olgan shuncha kuchli taassurotlar uning butunlay sillasini
197
quritgan edi. U deraza yonida turgan yolg‘iz yog‘och kursiga o‘tirdi
va darhol qattiq uxlab qoldi. U kechki ovqatga zang urishganlarini,
uyqu oldidan ibodat qilishga qo‘ng‘iroq chalinganini eshitmadi; uni
unutib qo‘yishgandi.
Quyoshning ilk nurlari uni ertalab barvaqt uyg‘otib yubordi, u
ko‘zini ochib, polda yotganipi ko‘rdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |