Qizil va qora indd


XXII 1830-yilda shunday yo‘l tutar edilar



Download 3,11 Mb.
Pdf ko'rish
bet26/106
Sana13.07.2021
Hajmi3,11 Mb.
#117514
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   106
Bog'liq
Qizil va qora

XXII

1830-yilda shunday yo‘l tutar edilar

So‘z insonga dilidagi fikrni yashirmoq uchun 

ato etilgan.

Hazrat Malagrida.

Jyulen Verrerga borishi bilanoq de Renal xonimga nisbatan 

adolatsizlik qilganidan o‘zini-o‘zi yozg‘ira boshladi. «Agar xonimning 

bardoshi chidamay, janob de Renal bilan o‘sha mojaroni oxirigacha 

yetkaza olmaganida, men uni bemaza bir ayol deb o‘ylagan va undan 

nafratlangan bo‘lardim. U ana shu mushkul ahvoldan haqiqiy diplo-

mat kabi qutulib chiqdi, kaminaning bo‘lsa, buni qarangki, mag‘lub 

bo‘lgan dushmanimga rahmi kelib o‘tiribdi. Bunda qandaydir 

meshchanlarga xos razolat bor; mening izzat-nafsim aziyat chekdi, 

chunki janob de Renal ham erkak zotidan. Kamina ham mansub 

bo‘lish sharafiga erishgan buyuk hamkorlik deydilar buning otini; 

xo‘p ahmoqman-da o‘zim ham».

Janob Shelan ishdan bo‘shatilgach, qavmga tegishli uyini tark 

etishga majbur bo‘lganida mahalliy liberallardan ko‘pgina hurmatli 

va badavlat odamlar unga o‘z uylaridan boshpana berishni taklif 

qildilar. Biroq chol barcha takliflarni rad etdi. U ijaraga olgan ikki 

xonada hozir kitoblari ayqash-uyqash bo‘lib yotardi. Jyulen butun 

Verrerga ruhoniy odamning qanday bo‘lishi lozimligini bir ko‘rsatib 

qo‘ymoq uchun otasinikiga borib, o‘ntadan ko‘proq qarag‘ay taxta 

oldi-da, ularni katta ko‘chaning u boshidan-bu boshigacha yelkasi-

da ko‘tarib keldi. So‘ngra ilgarigi oshnalarining biridan asboblarni 



154

olib, javon yasadi va janob Shelanning barcha kitoblarini unga terib 

qo‘ydi. 

– Men bo‘lsam bu dunyoning ishlari seni butunlay o‘z domiga 

tortib ketdimikin, deb qo‘rquvdim, – dedi quvonib ketganidan 

ko‘ziga yosh olib keksa kyure. – Ana endi o‘sha aybingni yuvding 

– men faxriy qorovul mundirini kiyib paradga chiqqaningni aytyap-

man. Sen, bo‘tam, o‘shanda o‘zingga anchagina dushman orttirib 

oluvding.

Janob de Renal Jyulenga o‘zining shahardagi uyida yashashni 

buyurdi. Bo‘lib o‘tgan gaplardan hech kimning xabari yo‘q edi. 

Shaharga kelganining uchinchi kuni o‘z xonasida o‘tirgan Jyulen 

kimsan – prefekt yordamchisi janob de Mojironning xuddi o‘zlarini 

qabul qilish sharafiga muyassar bo‘ldi. Jyulen nihoyat bu janobning 

tashrif buyurishidan asosiy maqsadini anglab olguniga qadar butun 

ikki soat davomida odamlar orasidagi qabohat, davlat mablag‘i 

tasarrufida bo‘lgan kishilarning nopokligi va shu tufayli bechora 

Fransiyaning naqadar xavf-xatar ostida qolayotgani va hokazo, va 

hokazolar to‘g‘risidagi tumtaroq shikoyatlar, bo‘lar-bo‘lmas gaplarni 

eshitib o‘tirishga majbur bo‘ldi. Ular zinapoyaga chiqishib, deyarli 

quvg‘inga uchragan boyaqish tarbiyachi biror baxti chopgan depar-

tamentning bo‘lajak prefektini obro‘siga yarasha izzat-ikrom bilan 

kuzatayotganida bu muhtaram zot daf’atan Jyulenning ishlariga 

qiziqib, uning pul xususidagi beqiyos kamsuqumligi va hokazo, va 

hokazo fazilatlarini ko‘klarga ko‘tarib maqtay boshladi. Nihoyat, 

janob de Mojiron otalarcha bir mehribonlik bilan yigitning yelkasi-

dan quchdi-da, unga janob de Renalning uyini tark etib, o‘zga bir 

amaldorning bolalariga tarbiyachi bo‘lib ishga o‘tishni taklif etdi. 

O‘sha amaldor, qirol Filipp kabi, falakdan unga farzand ato etgani 

bilan bir qatorda, bu farzandlarning janob Jyulen bilan qo‘shni bo‘lib 

dunyoga kelganidan benihoyat minnatdor emish. «Tarbiyachiga u 

yerda naqdgina sakkiz yuz frankdan haq to‘lashadi, boz ustiga oy 

sari emas, – bu g‘irt sharmandalik-ku axir, – derdi janob de Moji-

ron, – balki yilning har choragida, o‘shanda ham oldindan sanab 

berishadi».

Shundan so‘ng gapirish navbati, nihoyat, bir yarim soatdan 

bu yon loaqal bir og‘iz so‘z aytolmay siqilib o‘tirgan Jyulenga keldi. 

Uning javobi chindan ham g‘oyatda dabdabali, eng muhimi esa 

yepiskopning maktubiday uzundan-uzoq bo‘ldi. Bu javobda istagan 



155

narsani taxmin qilishga imkoniyat berildi-yu, ijobiy ma’nodagi bi-

ronta ham so‘z aytilmadi. Undan janob de Renalga nisbatan beqiyos 

hurmatni ham, Verrer jamiyatini juda qadrlashni ham, muhtaram 

prefekt yordamchisi janoblarining o‘zlaridan benihoya minnatdor-

likni ham uqish mumkin edi. O‘zidan ham munofiqroq odamga duch 

kelib qolganidan chinakamiga hayratga tushgan prefekt yordam-

chisining undan aniqroq javob olishga bo‘lgan barcha urinishlari 

behuda ketdi. Mashq qilish imkoniyati tug‘ilib qolganidan boshi 

osmonga yetgan Jyulen endi biroz boshqacharoq so‘zlar bilan, lekin 

o‘sha-o‘sha ma’noda javob qaytarishda davom etardi. O‘tmishda 

palatadagi endigina boshlanay deb turgan to‘s-to‘polonning oldini 

olib, majlisni tinchgina tugatmoqchi bo‘lgan bironta ham suxandon 

ministr bir vaqtning o‘zida shunchalik ko‘p gapirmagan va shun-

chalik oz narsani aytmagan edi. Janob Mojironning ortidan eshik 

yopilishi bilanoq Jyulen xuddi telba odamdek qahqaha urib kula 

boshladi. So‘ngra munofiqlik ilhomi bekor ketmasligi uchun u ho-

zirgi taklifni batafsil bayon qilib va ojizona maslahat so‘rab janob 

de Renalga to‘qqiz sahifadan iborat xat yozdi... «Lekin bu muttaham 

menga ish taklif qilgan odamning nomini aytmay ketdi. Chamasi, bu 

mening Verrerga surgun qilinishimni o‘zining imzosiz maktubining 

natijasi deb o‘ylayotgan janob Valeno bo‘lsa kerak».

Xatni jo‘natgach, u kuzning ochiq kunlaridan birida, azonlab ilva-

sin to‘la maysazorga chiqib qolgan ovchi kabi mamnun bo‘lib, janob 

Shelandan maslahat so‘rash niyatida uydan chiqdi. Biroq u mehribon 

kyurening uyiga yetmasdanoq, barcha himmatlarini shu bugunga 

atab qo‘ygan taqdir unga janob Valenoning o‘zini duchor qildi. Jyulen 

shu zahoti unga juda boshi qotib qolganini aytdi: mana u – nochor 

bir yigit dilida ilohiyotga mayl his etib, o‘z hayotini Tangri belgilab 

bergan shu vazifaga bag‘ishlamoqchi edi, ammo bu foniy dunyoda 

insonning mayli hamma narsani ham hal qilavermas ekan. Bu dunyo 

halol mehnat qilmoq va o‘z ulamo hamkasabalariga munosib bo‘lmoq 

uchun o‘qimoq darkor ekan: Bezanson seminariyasida ikki yil tahsil 

ko‘rish lozim bo‘lib, bunga anchagina mablag‘ talab qilinarkan. Bun-

dan esa pul yig‘ish zarur va, hatto, bemalol aytish mumkinki, zarurgina 

emas, balkim muqaddas burch bu, degan xulosa chiqarkan. Bu ishni 

esa oy sari sarflanib ketadigan olti yuz frankdan ko‘ra, aytaylik, yil-

ning har choragida naqdina olinadigan sakkiz yuz frank bilan amalga 

oshirish osonroq bo‘larkan. Boshqa jihatdan olganda esa, yaratgan 



156

Parvardigor uni navqiron Renallarga duch qilib, bolalarga nisbatan 

qalbida shunchalar mehr-muhabbat uyg‘otgan ekan, bu bilan shu 

norasidalarni tark etmaslik, boshqa joyga ishga o‘tmaslik lozimligini 

bashorat qilmayotganmikin?..

Jyulen hozirgi kunda Imperiya davridagi keskin harakatlar o‘rnini 

egallagan bunday suxandonlik bobida shu qadar kamolotga erishgan 

ediki, oxiri bu safsata sotishdan o‘zining ham ko‘ngli aynib ketdi.

Yigit uyga qaytdi. U yerda uni janob Valenoning bashang livreya 

kiygan malayi kutib turgan ekan. U bugungi tushki ziyofatga taklifno-

ma topshirish uchun Jyulenni butun shahar bo‘ylab qidiribdi.

Jyulen bu janobning uyida ilgari hech qachon bo‘lmagan edi: 

bundan atigi bir necha kun ilgari yigit, uni qanday qilib yaxshilab 

kaltaklasam, ammo shu bilan birga axloq tuzatish politsiyasining 

qo‘liga tushmasam, deya orzu qilib yurgandi. Garchi ziyofat soat 

birga belgilangan bo‘lsa-da, Jyulen hurmat yuzasidan yetimxona 

direktori janoblarining kabinetiga soat o‘n ikki yarimda kirib bor-

ishni lozim topdi. U xonaga qadam bosganida janob direktorni bir 

talay ish papkalarini oldiga yozib, stol yonida savlat to‘kib o‘tirgan 

holda ko‘rdi. Uning uzun qilib o‘stirgan qop-qora chakka soqollari, 

patila-patila sochlari, ensasiga qo‘ndirib olgan fasi, og‘zidagi ulkan 

trubka, yo‘rmado‘zi tufli, ko‘kragini u yoqdan-bu yoqqa kesib o‘tgan 

yo‘g‘on oltin zanjirlar, – xullas, ayollarni jigaridan urish bobida o‘zi-

ni ofatijon erkak deb hisoblaydigan provinsial korchalonning butun 

bu dabdabasi Jyulenning hurmatini qozonish o‘rniga, aksincha, 

uning bu janobni boplab kaltaklash haqidagi orzusini kuchaytirib 

yubordi.

U o‘zini Valeno xonimga lutfan tanishtirishlarini iltimos qildi, 

ammo beka bu paytda pardoz-andoz bilan band bo‘lib, uni qabul qila 

olmas ekan. Buning evaziga u janob direktorning o‘zlari qanday ki-

yinishlarini tomosha qilish sharafiga muyassar bo‘ldi. Shundan so‘ng 

ular Valeno xonimning bo‘lmasiga o‘tishdi, uy bekasi ko‘zlarida yosh 

bilan Jyulenga o‘z bolalarini tanishtirdi. Verrerning eng mo‘tabar 

ayollaridan bo‘lmish bu xonim bugungi tantana munosabati bilan 

erkaklarnikidek qo‘pol yuziga upa-elikni rosa chaplab tashlagandi. 

U bolalarini tanishtirar ekan, butun onalik zavq-shavqini namoyish 

etishni lozim topdi.

Jyulen de Renal xonimni esladi. Uncha-muncha narsaga ishona-

vermaslik odati bo‘yicha, Jyulen ularni beixtiyor taqqoslash natijasi-



157

da paydo bo‘lgan paytlarni istisno qilganda, xotiralarga berilishni 

yoqtirmasdi. Biroq hozir ma’shuqasiga uning mehri juda tovlanib 

ketdi. Direktorning uyidagi narsalarni ko‘rgach, uning avzoyi battar 

o‘zgarib ketdi, uni butun uyni aylanib chiqishga majbur etishgandi. 

Bu yerdagi anjomlarning bari ajoyib, hozirgina magazindan keltiril-

gandek yap-yangi edi. Unga darhol har bir jihozning bahosini aytib 

turishdi. Ammo Jyulenga bu narsalarning bari qandaydir jirkanch 

tuyular, hamma anjomlardan o‘g‘rilik pulinig hidi kelib turar va uy-

dagi barcha odamlar, hatto xizmatkorlar ham, oldindanoq o‘zlarini 

nafratdan olib qochayotgandek ko‘rinardi.

Soliq yig‘uvchi, o‘lpon inspektori, jandarma ofitseri va yana ik-

ki-uch amaldor xotinlari bilan tashrif buyurishdi. Ularning ortidan 

bir necha boyon liberallar kirib kelishdi. Shundan so‘ng hammani 

dasturxonga taklif qilishdi. Jyulenning kayfiyati nihoyatda buzilgan 

edi, bu ham yetmagandek shu payt u ana shu yemakxonaning shun-

doq yonginasida, devor ortida baxtsiz yetimlar o‘tirgani, Jyulenga 

ko‘z-ko‘z qilib, uni hayratga solishmoqchi bo‘lishgan manovi didsiz 

as’asa-yu dabdabaning barini sotib olish uchun pulni ehtimol o‘sha 

boyaqishlarning rizq-ro‘zidan urib qolinganligini o‘ylab ketdi.

«Ular hozir och o‘tirgan bo‘lishsa kerak», deya xayolidan o‘tkazdi 

u va tomog‘iga bir narsa tiqilib qolgandek bo‘ldi: shu tobda u biror 

tishlam ovqatni yutish u yoqda tursin, gapirishga ham deyarli majoli 

qolmagandi. Biroq oradan chorak soatcha vaqt o‘tgach, u o‘zini bundan 

ham battar his etdi. Uzoqdan vaqti-vaqti bilan ko‘chada aytiladigan 

behayo qo‘shiq elas-elas eshitila boshladi: uni yetimxona bandilaridan 

biri aytmoqda edi. Janob Valeno o‘zining olifta kiyingan malaylaridan 

biriga tikilib qaragan edi, u darhol g‘oyib bo‘ldi, bir lahzadan so‘ng 

qo‘shiq eshitilmay qoldi. Xuddi shu payt boshqa bir malay Jyulenning 

oldidagi yashil qadahga reynveyn quygan edi, Valeno xonim darhol 

unga bu vinoning har shishasi, yo‘l xarajatini hшsobga olmaganda, 

ularga to‘qqiz frankdan tushayotganini xabar qildi. Jyulen yashil qa-

dahni qo‘liga oldi-da, janob Valenoga qarab dedi: 

– Mana, o‘sha iflos qo‘shiqni ham aytmay qo‘yishdi.

– Aytib ham ko‘rishsin-chi, jin ursin, – dedi javoban g‘olibona 

ohangda direktor. – Men bu yalangoyoqlarga ovozini o‘chirishni 

buyurdim.

Bunisi endi Jyulen uchun juda ortiqcha edi: u bu doira odamlari-

ning muomala uslubini o‘zlashtirib olgandi, biroq his-tuyg‘u bobida 



158

hali ulardan juda yiroq edi. U tez-tez riyokorlik niqobini yuziga tortib 

turish odatiga qaramay, ko‘zidan bir tomchi yosh yumalaganini his 

etdi.


U yashil qadah bilan yuzini pana qildi, ammo Reyn vinosidan 

bir ho‘plam ichishga majoli yetmadi. «Qo‘shiq aytishni taqiqlasa-ya, 

– deya takrorlardi u o‘zicha. – Yo Parvardigor! Sen hali chidab o‘tirib-

sanmi shunga?»

Baxtiga, uning ko‘ngli bemavrid buzilganini hech kim sezmadi. 

Soliq yig‘uvchi qirolni madh etuvchi qo‘shiq boshlab yubordi. Hamma 

naqoratga jo‘r bo‘la boshlagach, Jyulenning vijdoni tilga kirdi. «Mana 

u – sen erishmog‘ing mumkin bo‘lgan sassiq farovonlik. Lekin sen 

bunday turmushdan faqat mana shunday sharoitda va xuddi ana shu 

odamlar bilangina lazzatlanishing mumkin. Ehtimol, yigirma ming 

frank to‘lanadigan ishga o‘rnashib ham olarsan, lekin sen yeganing 

oldingda, yemaganing orqangda bo‘lib, kayf-safoda yashashing uchun 

bir bechora bandiga qo‘shiq aytishni taqiqlamog‘ing lozim bo‘ladi: sen 

u bechoraning rizq-ro‘zidan urib qolasan-da, ziyofatlar berasan, sen 

kayf qilib o‘tirganingda esa, u yanada baxtsizroq bo‘ladi. O, Napoleon! 

Odamlar obro‘-e’tiborni jang-u jadallarda qozonadigan sening vaqting 

qanday ajoyib edi-ya! Ammo yo‘qsilni azob-uqubatga solib, razolat 

bilan yuqori ko‘tarilish...»

Sirasini aytsam, Jyulenning monologida namoyon bo‘lgan zaiflik 

mening unga bo‘lgan hurmatimga putur yetkazdi. Shu turishda 

u katta bir mamlakatning hayot tarzini tubdan o‘zgartirmoqchi 

bo‘lgan, ammo shu bilan birga, vijdonimga sira ham zaxm etma-

sa, deydigan o‘sha sariq qo‘lqopli fitnachilarga munosib safdosh  

bo‘lardi.

Daf’atan Jyulen yana o‘z roliga qaytishga majbur bo‘ldi. Uni bu 

sernazokat mehmonxonaga bir og‘iz ham so‘z aytmay, orzu-xayollarga 

berilib o‘tirish uchun chaqirishmagan edi-ku axir.

Shu kunda Bezanson va Uzes akademiyalarining muxbir a’zosi, 

sobiq gul-gazlama fabrikanti stolning narigi yog‘idan turib, sizning 

Injilni o‘rganish bobida erishgan ajoyib muvaffaqiyatlaringiz haqidagi 

gaplar rostmi, deya so‘rab qoldi.

Bir zumda hamma jim bo‘ldi-qo‘ydi. Ikki akademiyaning alloma 

a’zosining qo‘lida qayoqdandir lotin tilida chop etilgan Injil paydo 

bo‘ldi. Jyulen uning savoliga javob berib ulgurmasdanoq u odam 

tusmollab, kitobning bir sahifasini ochdi-da, ko‘zi tushgan birinchi lo-



159

tin jumlasini o‘qidi. Jyulen jumlaning davomini yoddan ayta boshladi. 

Xotirasi unga pand bermadi va barcha mehmonlar bu mo‘jizani odatda 

ziyofat oxirida namoyon bo‘ladigan bir jo‘shqinlik bilan olqishlay ket-

dilar. Jyulen xonimlarning pardoz-andoz qilingan chehralariga ko‘z 

yugurtirdi, ulardan ba’zilari ko‘hlikkina edilar. U xushovoz, sarnaqsh 

soliq yig‘uvchining xotiniga qaradi.

– Men, to‘g‘risi, lotin tilida shu qadar uzoq gapirib, xonimlarni 

toliqtirib qo‘yayotganimdan xijolat chekyapman, – dedi u o‘sha 

ayolning ko‘zlariga tikilib. – Agar janob Ryubino (ikki akademiyaning 

a’zosi) lotin tilidagi istagan bir jumlani lutfan o‘qib bersalar, men uni 

yoddan davom ettirib o‘tirmay, darhol fransuz tiliga tarjima qilib 

berishga urinib ko‘rardim.

Bu ikkinchi sinovda ham u katta muvaffaqiyat qozondi.

Mehmonlar ordsida bir necha badavlat liberallar ham bor edi, – 

biroq bu baxtiyor oila boshliqlari o‘z bolalari uchun stipendiya olishni 

umid qilib yurishar va shu sababli Xudodan kelgan vahiyga bo‘ysunib, 

birdan hukumat tarafdori bo‘lib qolishgandi. Ammo bu nozik siyosiy 

nayrangga qaramay janob de Renal ularni o‘z uyida qabul qilishni 

istamasdi. Jyulenni orqavoratdangina biladigan va uni faqat qirolni 

kutib olish kuni ot o‘ynatib ketayotganida bir martagina ko‘rgan bu 

mehribon odamlar endi uning otashin muxlisi bo‘lib chiqishdi. «O‘zlari 

hech baloni tushunmaydigan Injil tilini eshitish bu ahmoqlarning 

qachon joniga tegarkin?» – deya o‘ylardi Jyulen. Biroq buning aksi 

bo‘lib chiqdi – bu til o‘zining g‘aroyibligi bilan ularni zavqlantirardi: 

mehmonlar xaxolab kulishmoqda edi. Biroq bu maynabozchilik Jyu-

lenning joniga tegdi.

Soat oltiga zang urishi bilanoq u vazminlik bilan o‘rnidan turdi-da, 

ertaga janob Shelanga darsni aytib bermoq uchun Ligorioning ilohi-

yotga doir yangi kitobidan butun bir bobni yod olmog‘i lozimligini 

aytdi.

– Zero mening kasbi korim, – deya yoqimli jilmayib qo‘shimcha 



qildi u, – birovlardan dars so‘rash bilan birga o‘zimning ham darslarni 

aytib bermog‘imdan iboratdir.

Barcha mehmonlar qoyil qolishib, xandon tashlab kulishdi: bu 

toifa o‘tkir so‘z Verrerda juda qadrlanardi. Jyulen tik turgani uchun 

kiborlar jamiyatining barcha qoidalariga xilof ravishda, hamma 

o‘rnidan turdi. – haqiqiy qobiliyatning qudrati shunaqa bo‘ladi. 

Valeno xonim uni yana chorak soat tutib qoldi: Jyulen albatta 



160

bolalar katexizisni

19

 yoddan qanday o‘qishlarini eshitib ko‘rmog‘i 



lozim edi; bolalar juda ham qo‘pol xatolarga yo‘l qo‘yishardi, biroq 

buni undan bo‘lak hech kim sezmasdi. U esa bolalarga ular yo‘l 

qo‘yayotgan xatolarni ko‘rsatib berishni lozim topmadi. «Qanday 

jaholat – diniy aqoidning eng asosiy joylarini bilishmasa-ya», deya 

o‘yladi u. Nihoyat, Jyulen ta’zim qilib chiqib ketmoqchi bo‘ldi-yu, 

biroq tishni-tishga qo‘yib Lafontenning yana bir masalini tinglashiga 

to‘g‘ri keldi.

– Bu juda axloqsiz muallif, – dedi Jyulen Valeno xonimga qarab. – 

Messir Jan Shuare haqidagi mashhur masalida u dunyodagi barcha 

mustahiq narsalar ustidan kuladi. Hamma jiddiy sharhlovchilar uni 

keskin qoralashmoqda.

Chiqib ketishdan oldin Jyulenni yana to‘rt-besh joyga ziyofatga 

taklif qilishdi. «Bu yigit departamentimizning iftixori-ku, axir!» – 

deyishardi baravariga kayflari ancha oshib qolgan mehmonlar. Ular 

hatto, Jyulen Parijga borib, o‘z ma’lumotini tugatmog‘i uchun unga 

jamoat mablag‘idan alohida qaror bilan ma’lum miqdorda pul ajratib 

berish kerak, deyishgacha borib yetishdi.

O‘ylamay aytilgan bu taklif yemakxonada har maqomga solib 

muhokama qilinar ekan, Jyulen darvozadan o‘tib, ko‘chaga chiqishga 

ulgurdi. «Voy ablahlar, obbo ablahlar-ey», – musaffo havodan huzur 

qilib nafas olarkan, uch-to‘rt marta takrorladi u.

Shu daqiqada u – janob de Renalning uyida unga aytiladigan bar-

cha nazokatli shirin gaplar zamirida yotgan nafratomuz tabassumlar 

va kibr-havoga anchaga dovur ko‘nika olmay yurgan Jyulen o‘zini 

haqiqiy zodagondek his etardi. Endi yigit bu ikki xonadon o‘rtasi-

dagi ulkan farqni yaqqol tasavvur qila boshladi. «Xo‘p, hatto qo‘shiq 

aytishlari man etiladigan o‘sha badbaxt bandilarning rizq-ro‘zidan 

urib qolinadigan pullarni unutdik ham deylik, – deya muhokama 

yuritardi u yo‘l-yo‘lakay. – Mehmonlarni ziyofat qila turib, ularga har 

bir shisha vinoning narxini aytish janob de Renalning xayoliga ham 

kelmagan bo‘lardi. Manovi Valeno bo‘lsa, nuqul o‘zining boyligini 

pesh qilgani-pesh qilgan, agar u o‘z uyi, o‘z chorbog‘i va hokazolari 

to‘g‘risida gapirayotgan paytda yonida xotini bo‘lsa, bu janob albatta: 

«Sening uying, sening chorbog‘ing», deyishni lozim ko‘radilar. 

19

 Katexizis – xristianlarda diniy aqidalar savol-javob tarzida qisqacha bayon 



qilingan kitob (tarj.).


161

Bu xonim chamasi shaxsiy mulk tuyg‘usidan shu qadar lazzatla-

nardiki, hatto ziyofat ustida ham g‘avgo ko‘tarishga uyalmadi, bitta 

qadahni sindirib qo‘yib, do‘jnasining sonini buzgan malayni rosa 

qarg‘adi. O‘sha malay ham haqini qo‘ymay, xonimga o‘taketgan sur-

betlik bilan javob qildi.

«Rosa topishgan ekanlar o‘ziyam! O‘g‘irlaydigan pullarining 

yarmini berishgan taqdirda ham ular bilan bir uyda yashashga rozi 

bo‘lmasdim. Bir kun emas-bir kun ularga bo‘lgan nafratimni yashira 

olmay, albatta o‘zimni sezdirib qo‘ygan bo‘lardim». 

Lekin shunga qaramay, de Renal xonimning nasihatiga amal qilib u 

har qalay yana bir necha marta shunday ziyofatlarga borishga majbur 

bo‘ldi. Jyulen mashhur bo‘lib ketdi: faxriy qorovul mundirini kiygani 

uchun uni afv etishdi yoki uning xuddi ana shu ehtiyotsizligi, balkim, 

hozir muvaffaqiyat qozonishiga sabab bo‘lgandir. Tez orada butun 

Verrer faqat kimning ustun kelishi va bu alloma yigitni kim o‘z tarafiga 

og‘dirib olishi haqida gapira boshladi – xo‘sh, janob de Renalmi yoki 

yetimxona direktorimi? Bu janoblar janob Maslon bilan birgalikda 

triumvirat tashkil etib, ko‘p yillardan buyon shaharda o‘z hukmlarini 

o‘tkazib kelishardi. Merga hasad qilishardi, liberallar undan hasrat 

qilishsa arzirdi, lekin u har qalay dvoryanin edi va hukmdor bo‘lish 

peshonasiga yozilgandi, ammo Valenoning otasi esa o‘g‘ilchasiga 

hatto olti yuz livr renta ham qoldirmagandi. Shu boisdan ham bir 

vaqtlar uning xom olma rangidagi kiyim-boshini ko‘rib rahmi kelib 

yurgan odamlar endi janob Valenoning normand otlari, oltin zanjirlari, 

Parijda tikilgan kostyumlari, xullas, uning hozirgi shon-shavkatiga 

o‘lgudek hasad qilmay ilojlari yo‘q edi.

O‘zi uchun yangi bo‘lgan bu odamlar girdobida Jyulen bitta halol 

odamni uchratgandek bo‘ldi: bu tevarak-atrofdagilari yakobinchi 

deb hisoblaydigan Gro ismli bir matematik edi. Faqat o‘zining naf-

ratini qo‘zg‘atadigan gaplarnigina ovoz chiqarib aytishga ont ichgan 

Jyulen janob Gro oldida bu qoidaga amal qilishdan cho‘chirdi. Ver-

jidan unga bolalarning yozma ishlari solingan qalin-qalin paketlar 

yuborib turishardi. Jyulenga o‘z otasi bilan tez-tez ko‘rishib turishni 

maslahat ko‘rishganidan u bu mushkul zaruratga ham bo‘ysunishga 

majbur bo‘ldi. Xullas, U

 

shu zaylda durustgina obro‘ qozona boshladi, 



lekin bir kuni ertalab u kimningdir nozik qo‘llari ko‘ziga tekkanidan 

uyg‘onib ketdi.




162

Bu – de Renal xonim edi, u shaharga kelgan va zinapoyadan yu-

gurganicha pastda o‘zlarining sevimli ermaklari – qo‘lga o‘rgangan 

quyon bilan ovora bo‘lib qolgan bolalaridan bir daqiqa oldin yuqori 

ko‘tarilgandi. Bu ajoyib daqiqa, afsuski, juda oz davom etdi: bolalar 

quyonni o‘z do‘stlariga ko‘rsatish uchun oshiqib, xonaga yugurib 

kirishlari bilanoq, de Renal xonim g‘oyib bo‘ldi. Jyulen ularning 

barini, hatto quyonni ham quvonch bilan qarshi oldi. U yana o‘z 

oilasiga tushib qolgandek bo‘ldi, yigit bu bolalarni qanchalik yaxshi 

ko‘rishini, ular bilan naqadar mehri tovlanib gaplashayotganini yaq-

qol his etib turardi. Ularning qo‘ng‘iroqdek tovushi ham, bolalarcha 

xatti-harakatlarida sezilib turgan samimiylik va olijanoblik ham uni 

hayratga solmoqda edi; Jyulen Verrerda o‘tkazgan shu kunlar ichida 

o‘zi shohid bo‘lgan dag‘al muomala, jirkanch ishlar va fikr-mulo-

hazalardan xotirasini tozalashga ehtiyoj sezardi. U yerdagi odamlar 

har bir ishda va har doim qoqilib ketishdan qo‘rqishar, boylik bilan 

qashshoqlik o‘rtasida tinimsiz kurash ketardi. U peshingi ziyofatga 

borgan xonadonlarda qovurdoqni shu qadar muhokama qilib keti-

shardiki, Jyulenning mezbonlar uchun nomusi kelar va nafratdan 

og‘zidagi ovqat tomog‘iga tiqilib qolardi.

– Yo‘q, siz asilzodalar chindan ham faxrlansangiz arzir ekan, – 

derdi u de Renal xonimga. So‘ngra u tishini-tishiga qo‘yib ishtirok 

etishga majbur bo‘lgan barcha ziyofatlarni tasvirlab berdi.

– Bu deyman, azizim, juda mashhur bo‘lib ketibsiz-ku! – Shunday 

deya ayol har gal Jyulenni kutayotganida yuziga upa-elik chaplab 

oladigan Valeno xonimni tasavvur qildi-da, xalolab kula boshladi. – 

Menimcha, u sizning yuragingizdan urmoqchi bo‘lsa kerak.

Nonushta nihoyatda jonli o‘tdi. Bolalar ularni noqulay ahvolga 

solib qo‘yishlari lozimdek tuyulardi, biroq ular qaytanga shodlikka 

shodlik qo‘shib yuborishdi. Bechoralar Jyulenni yana ko‘rishayotgani-

dan xursandliklarini qanday izhor qilishlarini bilolman qolishgandi. 

Xizmatkorlar, turgan gap, ularga allaqachon janob Valenoning bo-

lalarini o‘qitishga rozi bo‘lishi uchun Jyulenga ortiqcha ikki yuz frank 

taklif qilishayotganini aytib bo‘lishgandi.

Nonushta ustida o‘sha og‘ir kasallikdan so‘ng hali ham yuziga qon 

yugurmagan kichkina Stanislav-Ksavye daf’atan opasidan o‘zining 

kumush idishlari bilan manovi kumush krujkasi necha pul turishini 

so‘rab qoldi.

– Nega kerak bo‘lib qoldi bu senga?



163

– Men ularni sotaman-da, biznikida yashayversa laqillab qolmasli-

gi uchun pulini janob Jyulenga beraman.

Jyulen ko‘zlariga yosh olib uni o‘pa ketdi. De Renal xonim yig‘lab 

yubordi, Jyulen esa bolani tnzzasiga o‘tqazib, «laqillab qoldi», deyish 

yaxshi emasligini, faqat malaylargina shunday gapirishlarini tu-

shuntira boshladi. Uning bu izohlarini de Renal xonim huzur qilib 

eshitayotganini ko‘rgach, Jyulen «laqillab qoldi» degan ma’noga to‘g‘ri 

keladigan har xil kulgili misollar to‘qib chiqara boshladi.

– Tushundim, – dedi Stanislav. – Masaldagi qarg‘ayam laqillab 

qolgan: u og‘zidagi pishloqni tushirib yuborgan, tulki uni olib ketgan, 

chunki tulki xushomadgo‘y bo‘lgan-da.

Shodlikdan o‘zini yo‘qotib qo‘ygan de Renal xonim o‘qtin-o‘qtin 

o‘rnidan turib bolalarini o‘pa boshlar, buning uchun esa u har gal 

Jyulenga tayanishi lozim edi.

Shu payt birdan eshik lang ochilib, xonaga janob de Renal kirib 

keldi. Uning badqovoq va norozi basharasi o‘zi kirib kelgan zahoti 

so‘ngan shod-xurramlikning butunlay teskarisi edi. De Renal xonim-

ning rangi oqarib ketdi: u hozir, shu turishda hech narsani inkor qila 

olmasligini sezardi. Jyulen darhol e’tiborni o‘ziga jalb etib, janob 

merga baland ovoz bilan Stanislav sotmoqchi bo‘lgan krujka haqida 

hikoya qila boshladi. «Pul» degan so‘zni eshitgach, janob de Renal 

avvaliga shunchaki odati bo‘yicha qovog‘ini solib oldi. «Mening ol-

dimda pul haqida gap ochishsa, – derdi u, – bu doim hamyonimdan 

biror narsani sug‘urib olishga muqaddima bo‘ladi».

Biroq bu gal gap faqat pul emasdi, uning shubha-gumonlari 

kuchayib ketdi. Xotini va bolalarining u yo‘g‘ida gul-gul ochilib o‘ti-

rishlari u kabi manmanlikka berilgan odamga sira ham yoqmasdi, 

albatta. Xotipi o‘quvchilariga notanish iboralarni tushuntirayotgan 

Jyulenning qanday ajoyib misollar to‘qib chiqarayotgani haqida unga 

faxr bilan hikoya qila boshladi.

– Ha-ha, – dedi janob de Renal javoban, – u shunday qilib bo-

lalarni mendan bezdiradi-da, – ular uchun menga nisbatan yuz karra 

yoqimliroq bo‘lish unga hech gap emas: chunki men bolalarning 

ko‘zida faqat boshliqman xolos. Ha,

 

bizda hamma narsa, go‘yo atay-



lab qilganday, qonuniy hukumatni xunuk ko‘rsatishga qaratilyapti. 

Bechora Fransiya!

Biroq erining bunday noroziligining tafsilotlarini surishtirib o‘ti-

rishga de Renal xonimning hushi yo‘q edi. Uning dilida butun o‘n ikki 




164

soat vaqtni Jyulen bilan birga o‘tkazish umidi uchqunladi. U shaharda 

anchagina narsa xarid qilmog‘i lozim edi. Shu boisdan u, tushlikni 

qovoqxonada qilamiz, deb turib oldi. Eri qanchalik e’tiroz bildirma-

sin, qancha jahl qilmasin, xonim o‘z gapida qattiq turaverdi. Bolalar 

hozirgi ayollar benihoya zavq bilan talaffuz etadigan «qovoqxona» 

so‘zini eshitiboq boshlari osmonga yetdi.

Janob de Renal xotini kirgan birinchi attorlik do‘konidayoq uni 

tark etdi: u ba’zi bir odamlar bilan uchrashmog‘i lozim edi. Uyga ja-

nob mer ertalabkidan ham battarroq qovog‘ini solib qaytdi:

:

u butun 


shahar uning o‘zi bilan Jyulen haqida gapirayotganiga ishonch hosil 

qilgan edi. Aslida bironta ham kimsa uning izzat nafsiga tegadigan 

mishmishlar haqida og‘iz ham ochmagandi. Janob merning qulog‘iga 

yetgan barcha gaplar hammani qiziqtirib qolgan savol: Jyulen olti yuz 

frank maosh bilan unikida qoladimi yoki sakkiz yuz frank to‘lamoq-

chi bo‘layotgan yetimxona direktori janoblarinikiga ketadimi, degan 

masalaga taalluqli edi.

Bu direktor de Renalni ko‘chada ko‘rib qolganida uni juda sovuq 

qarshi oldi. Bu anchayin ustalik bilan ishlatilgan nayrang edi: provin-

siyada o‘ylamay qilingan ishlar, ko‘zga tashlanadigan xatti-harakatlar 

shu qadar kam uchraydiki, keyinchalik ularni rosa avra-astarini 

ag‘darib, har maqomga solib muhokama qilishadi.

Janob Valeno Parijdan to‘rt-besh yuz chaqirim beriroqda mut-

taham deb atashadigan odamlar sirasidan edi, o‘zi shunaqa bir toifa 

– tabiatan surbet va dog‘uli odamlar bo‘ladi. 1815-yildan boshlab 

u erishgan muvaffaqiyatlari ajoyib fazilatlarining kamol topishiga 

imkon berdi. U, aytish mumkinki, janob de Renalning soyasida butun 

Verrerga o‘z hukmini o‘tkazib kelardi, biroq rahbariga qaraganda 

ancha g‘ayratliroq bo‘lgan va hech qanday qing‘ir ishdan hazar 

qilmaydigan bu odam har ishga tumshug‘ini tiqardi, doim yugu-

rib-yelardi, kimgadir xat yozardi, kim bilandir gaplashardi, hech 

qanday haqoratni pisand qilmasdi. U shu yo‘sinda, hech narsaga 

da’vo qilmay yurib, aloha cherkov boshliqlari ko‘zida o‘z merining 

obro‘sini ancha tushirib qo‘ydi. Janob Valeno shunday yo‘l tutardi: 

u mahalliy do‘kondorlarga murojaat qilib: «Orangizdan ikki nafar 

g‘irt ahmoqni tanlab bering», – derdi, sud ahlidan: «Menga ikkita eng 

nodon odamni ko‘rsating», deya o‘tinardi, tabiblardan esa: «Menga 

hech narsadan qaytmaydigan ikkita qallobni tavsiya eting», – deya 

iltimos qilardi. Shu yo‘sinda har bir kasbdan eng qabih odamlarni 



165

to‘plab olgach, janob Valeno ularga: «Keling, birga hukmronlik qi-

lamiz», – deb taklif qildi.

Bu to‘daning qiliqlari janob de Renalning ensasini qotirardi. 

Valenonnig razilona tabiati har qanday haqoratga, hatto anavi ab-

batcha Maslonning jamoat oldida bergan dashnomlariga ham dosh 

beraverardi.

Biroq ana shu farog‘at ichra janob Valeno istagan odam uning 

yuziga solishga haqli bo‘lgan, – buni u juda yaxshi tushunardi, – 

achchiq haqiqatlardan o‘zini ba’zi-ba’zida har qalay himoya qilib 

qo‘yishga majbur edi. U janob Apper tashrif buyurganidan so‘ng 

hadiksirab, oyog‘i kuygan tovuqday yugurib qoldi. U uch marta 

Bezansonga borib keldi, har bir pochta bilan u dasta-dasta xatlar 

yuborardi, ba’zi narsalarni esa uyiga qosh qorayganda keladigan 

allaqandan noma’lum nusxalar olib ketishardi. U o‘shanda keksa 

kyure Shelanni vazifasidan bo‘shattirishga erishib, kattagina xatoga 

yo‘l qo‘ydi shekilli. Zero, uning shu qasosidan so‘ng kiborlar jami-

yatidan bo‘lgan ko‘pgina xudojo‘y xonimlar Valenoni g‘irt ablahga 

chiqarib qo‘ydilar. Bundan tashqari, unga ko‘rsatilgan bu yordam 

uni katta vikariy de Friler janoblariga butunlay qaram qilib qo‘ydi; 

Valeno endi undan g‘alati topshiriqlar ola boshladi. Vasvasaga uchib, 

imzosiz maktub yozganida uning ishlari ana shu ahvolda edi. Puning 

ustiga xotini Jyulenni albatta bolalariga tarbiyachi qilib olmoqchi 

ekanini aytib qoldi: janob Valenoning shuhratparast tabiatiga bu 

fikr moydek yoqib tushdi.

Janob Valeno ishning bu ketishida o‘zining sobiq safdoshi janob de 

Renal bilan ochiqchasiga gaplashib olishdan qochib qutulolmasligini 

tushunardi. Turgan gap, janob de Renal unga haqoratli gaplar ayta-

di. Bu narsa janob Valenoni uncha bezovta qilmasdi, biroq janob de 

Renal Bezansonga va, hatto, Parijga xat yozishi mumkin. Qarabsanki, 

Verrerga kutilmaganda biror ministrning jiyanchasi keladi-da, undan 

yetimxonani tortib oladi. Shundan so‘ng janob Valeno liberallar bilan 

yaqinlashsam yomon bo‘lmasdi, deb o‘ylab qoldi, shu boisdan ham 

ularning ba’zilari Jyulen hammani qoyil qoldirgan o‘sha ziyofatga 

taklif etilgandilar. Ular so‘zsiz merga qarshi kurashda janob Valenoga 

kuchli tayanch bo‘lishlari mumkin edi. Xo‘sh, saylov bo‘lib qolsa-chi, 

yetimxonani qo‘lida saqlab qolish va nomaqbul odam uchun ovoz 

berish – bir-biriga mutlaqo zid narsalar ekanligi o‘z-o‘zidan ma’lum-ku 

axir. Bu murakkab siyosatni juda yaxshi tushunadigan de Renal xonim 



166

Jyulenning qo‘ltigidan tutganicha bir do‘kondan ikkinchi do‘konga 

o‘tib borar ekan, bularning barini unga batafsil tushuntirib berdi, ular 

gapga berilib ketib, o‘zlari ham sezmagan holda Sadoqat xiyoboniga 

borib qolishdi va u yerda bir necha soat vaqtni xuddi Verjidagi kabi 

deyarli huzur-halovatda o‘tkazishdi.

Bu orada sobiq boshlig‘i bilan uzil-kesil gaplashib olishdan qo-

chib yurgan janob Valeno uni uchratib qolganida juda gerdaydi. Bu 

nayrang unga juda asqotdi-yu, biroq janob merning busiz ham rasvo 

kayfiyati battar buzildi.

Manmanlik va razilona xasislik orasidagi bu kurash natijasida 

janob de Renal tushib qolgan ahvoldan ham ayanchliroq holatni 

tasavvur qilish amrimahol edi. Buning ustiga ilgari hech qachon o‘z 

bolalarini hozir qovoqxonaga kirib borgan paytdagidek quvnoq va 

mamnun holda ko‘rmagan edi. O‘z ruhiy holatiga butunlay teskari 

bu kayfiyat uning zardasini qaynatib yubordi.

– Men, aftidan, oilada ortiqchaga o‘xshayman, – dedi u tovushini 

mahobatliroq qilishga urinib.

Bunga javoban xotini tovushini pasaytirib, yana Jyulenni jo‘natib 

yuborish zarurligi haqida gap ochdi. Yigit bilan o‘tkazgan shu baxtli 

soatlar xonimning bundan ikki hafta muqaddam o‘ylab qo‘ygan reja-

sini amalga oshirmoq uchun zarur bo‘lgan qat’iyat va ishonchini mus-

tahkamlagan edi. Bechora mer, boshqa tashvishlarining ustiga-ustak, 

yana bir narsadan garang bo‘lib qolgandi: shaharda uning qurumsoq-

ligi ustidan ochiq-oydin kulib yurishgani unga yaxshi ma’lum edi. 

Hamma o‘g‘rilar qatori qo‘li juda ochiq bo‘lgan janob Valeno avliyo 

Iosif jamoasi, Bibi Maryam kongregatsiyasi, Muqaddas Marosim 

uyushmasi va hokazo, va hokazo jamoalar foydasiga so‘nggi marta 

xayr-ehson yig‘ish paytida o‘zini juda olihimmat qilib ko‘rsatgandi.

Janob de Renalning ismi sharifi esa bir necha bor rohiblar tomoni-

dan bergan ionasining hajmiga qarab ustalik bilan tuzilgan Verrer va 

uning atrofida yashovchi dvoryanlar ro‘yxatining eng oxirida tilga 

olingandi. U, daromadim bo‘lmasa nima qilay, deb o‘zini oqlashga 

urindi-yu, biroq behuda ovora bo‘ldi. Hazrat ruhoniylar bunaqa nar-

salar xususida hazilni yomon ko‘radilar.



167


Download 3,11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   106




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish