O‘zbеkiston rеspublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi b. M. Tojiboyеv



Download 3,55 Mb.
Pdf ko'rish
bet49/153
Sana11.07.2021
Hajmi3,55 Mb.
#115493
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   153
Bog'liq
qishloq xojalik chorva mollarini oziqlantirish

2.2. Ko‘kat o‘tlar
Bahor, yoz va kuz fasllarida chorva mollarining asosiy 
ozig‘i  ko‘k  o‘t  hisoblanadi.  Yaylovda  boqilayotgan  mol 
tabiiy  ko‘kat  o‘tlarni  o‘zi  o‘tlab  yeydi.  Bog‘lab  asralgan 
mollarga  esa  tabiiy  o‘tlar  ham,  madaniy  oziqbop  o‘tlar 
ham o‘rib yediriladi. Ko‘kat o‘tlarning tarkibida suv ko‘p 
bo‘lishiga  qaramay,  oziqlik  qimmati  jihatdan  katta  aha-
miyati  bor.  Kimyoviy  tahlillarning  ko‘rsatishicha,  ko‘kat 
o‘tning  quruq  moddasida  20–25%  protein,  10–16%  klet-
chatka, 4–5% yog‘, 35–50% azotsiz ekstraktiv moddalar, 
9–12%  mineral  moddalar  bo‘ladi.  Mineral  elementlar-
dan  fosfor,  kaliy,  kalsiy,  magniy  eng  ko‘p  qismini  tash-
kil etadi. Ko‘kat o‘tning proteini biologik jihatdan yuqori 
sifatlidir.  Vitaminlardan  eng  ko‘pini  karotin  tashkil  qila-
di. U har 1 kg ko‘k o‘t tarkibida 100–1500 mg ga qadar 
bo‘lishi  mumkin.  Organik  moddalar  molning  hazm  qi-
lish  a’zolarida  oson  parchalanadi  va  tez  hazm  bo‘la  ola-
di. Oziq moddalarini hazm qilish uchun mol vujudi ko‘p 
ener giya  sarf  qilmaydi.  Qoramol  me’dasi  ko‘kat  o‘tning 
1  kg  quruq  moddasini  hazm  qilishga  1  kg  konsentrat 
yemni hazm qilishga qaraganda 1,5 marta kam oshqozon 
shirasi  sarf  qiladi.  Shuningdek,  1  kg  pichanni  hazm  qi-
lishga  sarf  bo‘ladigan  fermentga  qaraganda  esa  3  bara-
var  kam  energiya  sarflaydi.  Yaхshi  sifatli  ko‘k  o‘tning 
organik  birikmalarini  qoramol  75–85%,  ot  va  cho‘chqa 


84
60–70%  o‘zlashtiradi.  Ko‘k  o‘tlar  mayin,  yumshoq,  ser-
suv bo‘lganligi sababli hamma turdagi mol yaхshi yeydi, 
uni qoramol bir sutkada 70 kg, ot 50 kg, cho‘chqa 12  kg, 
qo‘y 10 kg iste’mol qilishi mumkin. Ko‘kat o‘t bilan bo-
qilgan  molning  tanasida  ko‘p  miqdorda  yog‘,  oqsil,  mi-
neral moddalar, vitaminlar to‘planadi. Mahsuldorlik ortadi, 
mahsulot  sifati  yaхshilanadi.  Fiziologlarning  aniqla shiga 
ko‘ra, yildagi bir fasl davomida ko‘k o‘tga to‘yg‘izib bo-
qib kelingan molning tanasida bir yil davomida yetadigan 
miqdorda oziq moddalar zaхirasi to‘planadi.
Ko‘k o‘tning oziqlik qimmati ko‘p jihatdan o‘sim likning 
o‘sish davriga bog‘liq. Odatda, u shonalash, poyaga kirish, 
g‘unchalash  davrlarida  oziq  moddalarga  boy.  Gullash, 
don  tugish  davrlariga  o‘tishi  bilan  o‘simlik  ulg‘ayib  – 
dag‘allashadi.  Unda  kletchatka  miqdori  ortadi.  Bu  hol 
hazm  bo‘ladigan  oziq  moddalar  miqdorining  kamayishiga 
sabab  bo‘ladi.  Masalan,  ko‘k  o‘tning  1  kg  quruq  moddasi 
tarkibida quyidagi miqdorda oziq moddalar bor (g):
Protein
Kletchatka
Karotin
Shonalash davri
180
230
512
G‘unchalash 
davri
120
240
260
Gullash davri
100
290
218
O‘simlikning  yeyilishi  ham  uning  mayin  yoki 
dag‘alligiga,  ya’ni  o‘sish  davrining  o‘zgarishiga  bog‘liq. 
Mollar  yaylov  sharoitida  boqilganda  shonalash  davriga 
kirgan  ko‘kat  o‘tni  90%,  g‘unchalagan  davrida  70–80%, 
gullaganda 50–60%, doni pishganda esa 10–20% iste’mol 
qiladi.
Qadim  zamonlardan  buyon  tabiiy  o‘tloqlar  pichan 
uchun  o‘rilgan.  Ko‘p  yillik  madaniy  o‘tlar  esa  pichan 


85
qilib  quritish  maqsadida  sepib  kelinadi.  Ana  shu  sa-
babli  ham  o‘simlik  bo‘yiga  o‘sib,  tarkibidagi  suv  miq-
dori xiyla kamaygandan so‘ng o‘rish odat tusiga kirgan. 
Ma’lumki,  pichan  qilish  uchun  ko‘kat  o‘tni  shonalash 
davrida  o‘rish  yaramaydi,  chunki  bu  davrda  o‘simlik 
poyasining  namligi  80–85%  bo‘ladi.  Bunday  namlik 
juda  yuqori  hisoblanib,  uning  sifatini  yo‘qotmay  quritib 
olish  ancha  mashaqqatlidir.  Ammo  muddatini  kechik-
tirib  o‘rish  ham  to‘g‘ri  kelmaydi.  O‘simlik  ulg‘aygan 
sari  dag‘allashib  kletchatkasi    ortadi.  Hazm  bo‘ladigan 
oziq  moddalar  miqdori  kamayib  ketadi.  Pichan  uchun 
mo‘ljallangan  o‘simliklar  gullash  fazasida  o‘rilganda 
ham  har  1  g  paykaldan  oziq  moddalar  keyingi  davrlari-
dagiga  qaraganda  30–35%  ko‘p  olinishi  mumkin.  Tajri-
balarning  ko‘rsatishicha,  beda  paykalini  har  1  ga  dan 
olingan oziq birligi va oziq moddalar miqdori 3 o‘rimda 
o‘rtacha quyidagicha bo‘lgan (s/ga):
Poya otganda G‘unchalaganda Gulga kirganda
Quruq modda
73,4
82,5
92,2
Xom protein
14,5
14,2
14,1
Kletchatka
12,9
17,0
22,0
Oziq birligi
80,7
82,5
81,0
Hazm 
bo‘ladigan 
protein
13,2
12,1
10,9
Chorvachilik  uchun  tabiiy  o‘tloq  va  pichanzorlar ning 
ahamiyati  katta.  O‘zbekiston,  Turkmaniston  va  Janubiy 
Qozog‘istonda  chorva  mollari  butun  yil  davomida  tabiiy 
yaylovlarda yuradi. Bir qancha janubiy va sharqiy hudud-
larda  7–8,  qoratuproqli  bo‘lmagan  mintaqalarda  5–6  oy 
tabiiy  o‘tloqlardan  foydalaniladi.  1994-yil  ma’lumoti 


86
bo‘yicha  respublikamizda  jami  qishloq  хo‘jalik  yerla-
rining  7,7%  ni  oziqbop  ekinlar  tashkil  etadi.  Oziqbop 
madaniy  o‘simliklardan  sebarga,  esparset,  shabdar,  ber-
sim, raygras, perko, sudanut, beda ekilib kelinmoqda. Ayni 
o‘simliklarning  hosildorligini  oshirish,  oziq  zaхiralarini 
to‘plash  chorvachilikni  rivojlantirishning  asosiy  omillari-
dandir.

Download 3,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   153




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish