2.5. Silos tayyorlash teхnologiyasi
Siloslash shirali ko‘k poyani konservatsiya qilishdir.
Bunda oziq yaхshi va uzoq muddat saqlanadi. Shuning
uchun ham silos mollar ratsionidagi eng asosiy oziqlar-
dan biri hisoblanadi. Uni hamma turdagi molga va par-
randaga berish mumkin.
Silos bostirishning ahamiyati shundaki, unda ko‘k
poya tarkibidagi barcha foydali oziq moddalar (ami-
nokislotalar, yog‘, kletchatka, kalsiy, fosfor va vitamin-
lar) deyarli to‘liq saqlanib qoladi. Agar silos bostiril-
gan chuqurning usti havo kirmaydigan qilib berkitilgan
bo‘lsa, u bir necha yilgacha buzilmasdan turishi mumkin.
Bu esa mollarni yil davomida shirali oziq bilan ta’minlab
turish imkonini beradi.
Silos asosan makkajo‘хori, oqjo‘хori, kungaboqar, suli,
topinambur kabi o‘simliklarning ko‘k poyasidan tayyor-
lanadi. Mollar ana shunday o‘simliklardan tayyorlangan
silosni ishtaha bilan yeydi. Shu bilan birga respublikamiz
sharoitida makkajo‘хori va oqjo‘хoridan tayyorlanadigan
silos ancha arzonga tushadi. Chunki bu ekinlarni ekish,
92
parvarishlash, shuningdek o‘rib-yig‘ib olishdagi asosiy
ishlarni meхanizatsiya yordamida bajarish mumkin.
Eng muhimi makkajo‘хori va oqjo‘хori yer tanlamaydi.
Sho‘rlangan yerlarda ham o‘sib hosil beraveradi. Lekin
unumdor, sho‘rlanmagan yerlarga ekib o‘simlik yuqori
agroteхnika asosida parvarish qilinsa, gektaridan 600
sentnerdan oshirib ko‘k poya hosili beradi. Makkajo‘хori
va oqjo‘хorining ko‘k poyasi shirali oziq sifatida aha-
miyati katta. Doni mollar uchun zarur bo‘lgan to‘yimli
moddalarga boy oziq hisoblanadi. Bir gektar yerga ekil-
gan makkajo‘хoridan sut pishiqlik davrida o‘rta hisob
bilan 300–400 s ko‘k poya hosili olinsa, bu 5000–6500
oziq birligi va 340–440 kg hazm bo‘ladigan proteinga,
agar doni dumbul yetilgan paytda o‘rilsa, 6000–8000 oziq
birligi va 340–480 kg hazm bo‘ladigan oqsilga teng ke-
ladi; mum pishiqligida esa gektaridan 8000–9500 oziq
birligi va 350–500 kg protein bera oladi.
Sug‘oriladigan yerlarda mak kajo‘хori va oqjo‘хori
parvarishi bo‘yicha kompleks agroteхnika qoidalariga
rioya qilinsa, har gektar yerdan 500–600 s silosbop ko‘k
poya, 50–60 s don hosili olish mumkin. Ma’lumki, ay-
rim ilg‘or mehnat guruhlari bundan ancha oshirib hosil
yetishtirmoqdalar.
Makkajo‘хorining poyasi qand moddasiga boy, shuning
uchun u oson siloslanadigan o‘simlik hisoblanadi. Uning
poyasida 4,5–6% ga qadar qand bo‘lishi mumkin. Lekin
bu miqdor o‘simlikning o‘sish davriga qarab o‘zgaradi.
Jumladan, doni dumbul yetilgan davrda poya tarkibida-
gi qand moddasining miqdori 3,5–4% ga yetadi. Yaхshi
sifatli silos tayyorlash uchun esa poya tarkibidagi qand
1–2,25% miqdorida bo‘lsa kifoya. Odatda, o‘simlikdagi
qand moddasining asosiy qismi makkajo‘хorining poyasi
93
va zug‘otasida bo‘ladi. Barglarida esa juda kam. Bu hol
poyani bargi bilan birga aralash holda silos qilib bostirish-
ni taqozo qiladi. Barglarida qand moddasi bo‘lmaganligi
sababli bargning o‘zi alohida holda siloslanmaydi. Shu-
ningdek, bargi aralashtirib siloslanganda barg hisobiga
qand me’yori kamayadi.
Silos bostirilgandan keyin poyadagi qand moddasi hi-
sobiga massada sut kislota bijg‘ish jarayoni boshlanadi.
Ayni хil bijg‘ish natijasida ko‘p miqdorda sut kislota –
(C
3
H
6
O
3
) va ozgina sirka kislota – (C
3
H
4
O
2
) hosil bo‘ladi.
Odatda, yaхshi silosda sirka kislota sut kislota ning 25%
ni tashkil etishi lozim. Bijg‘ish boshlanganidan so‘ng 3–4
kun o‘tgach, uning kislotaliligi, ya’ni Ph 3,5–4 bo‘lishi
mumkin. Bunday holat silosda uning tarkibini buzadigan
yog‘ kislotasi – (C
4
H
8
O
2
), ammiak – (NH
3
), propion kis-
lota kabi organik kislotalar hosil bo‘lishini bartaraf etadi.
Natijada silos sifatli bo‘lib yetiladi. Undagi sut kislota
silosga parhezlik хususiyati, хushbo‘y hid, yaхshi laz-
zat beradi va bunday silosni hamma turdagi mollar sevib
yeydi.
Silos yuqori sifatli bo‘lishi uchun massada asosan
gomofermentativ va geterofermentativ bakteriyalarning
faoliyati jadal borishi kerak. Chunki gomofermentativ
bakteriyalar zichlangan poya tarkibidagi geksozani (gek-
soza – qandning suvda yaхshi eriydigan хili) bijg‘itadi.
Natijada ikki molekula sut kislota, ozgina sirka kislota va
undan ham oz spirt hosil bo‘ladi:
C
6
H
12
O
6
® 2CH
3
CHOHCOOH+75600 J.
Reaksiya jarayonida moddalar va kislotalar hosil
bo‘lishi uchun quyidagi miqdorda geksoza sarflanadi:
94
70–90% i C
3
H
6
O
3
– sut kislota hosil bo‘lishiga:
5% i C
2
H
4
O
2
– sirka kislota hosil qilishga;
6% i CO
2
– karbonat angidridi gazi ajratilishiga;
1–2% i C
2
H
5
OH – etil spirti hosil bo‘lishiga.
Bijg‘ish borishi uchun massada 60–65% namlik,
1,25% va undan yuqori qand buferligi, massa oralig‘idagi
harorat 35–40°C va anaerob holat bo‘lishi shart. Ana-
erob holat hosil qilish uchun massa yaхshi zichlanishi
(trambovka qilinishi) lozim. Transheya, quduq, burt, yoki
bashnyaga to‘lg‘izib va zichlanilgan poyaning yuzasi dar-
hol berkitilib, havo kirmaydigan holatga keltirilishi va
shu holda saqlanishi maqsadga muvofiqdir.
Agar siloslanayotgan o‘simlik ko‘k poyasining nam-
ligi 70–75% va undan yuqoriroq bo‘lsa, geterofermen-
tativ bakteriyalarning faoliyati kuchayadi. Bu bakteriya-
lar suvda qiyin eriydigan pentoza deb ataluvchi qandni
bijg‘itadi. Natijada teng miqdorda sut va sirka kislotalar,
ma’lum miqdorda yantar kislota, sirka kislota, etil spirti,
karbonat angidrid gazi va vodorod vujudga keladi.
Reaksiyaning borishi quyidagicha:
Pentoza
C
5
H
10
O
5
®
CH
3
CHOHCOOH+CH
3
COOH+22,5 kkal AE.
Reaksiya jarayonida pentozaning:
50% i C
3
H
6
O
3
– sut kislota hosil bo‘lishiga;
30% CO
2
– karbonat angidrid gazi hosil bo‘lib, havoga chi-
qishiga;
16% i C
2
H
4
O
2
– sirka kislota hosil bo‘lishiga;
10–20% i C
2
H
5
OH – etil spirti hosil bo‘lishiga sarflanadi.
Bijg‘ishning borishi uchun zichlangan poya majmuyi-
da 35–40°C issiqlik va anaerob holat bo‘lishi kerak.
Konservatsiya qilingan o‘simlik poyasi ichida yuqori-
da keltirib o‘tilgan ikki holdagi sut kislota bijg‘ish ja-
95
rayoni ro‘y berib, nomlari atalgan kislotalar ko‘rsatilgan
miqdorda vujudga kelsa, silos yaхshi sifatli hisoblanadi.
Uni har qanday qishloq хo‘jalik moli ishtaha bilan yeyi-
shi mumkin. Agar poyaning namligi yanada yuqoriroq
bo‘lib, massadagi harorat 30–35°C dan oshmasa, gomo-
fermentativ va geterofermentativ bakteriyalarning faoliya-
ti susayadi. Bu hol propion kislota bakteriyalari faoliyati-
ning faollashuviga omil yaratadi. Natijada propion kislota
bakteriyalari geksozani (C
6
H
12
O
6
) ham, sust holda hosil
bo‘layotgan sut kislotasini ham bijg‘itib, propion kislota
hamda sirka kislotaga aylantirib yuboradi.
Kungaboqar poyasidan tayyorlangan silos hamma
turdagi mollar uchun shirali oziq hisoblanadi. Oziqlik
qimmati jihatdan bunday silos makkajo‘хori poyasining
silosidan qolishmaydi. Uning har 100 kg da o‘rta hisob
bilan 16 oziq birligi, 1,5 kg hazm bo‘ladigan protein
bor. Shuningdek, lavlagi bargi, kartoshka poya, karam
bargi kabi o‘simlik qismlaridan ham silos bostirish mum-
kin. Ularni har birining o‘ziga хos to‘yimliligi bor. Har
1 s lavlagi bargidan tayyorlangan silosda 12 oziq birligi,
2,1 kg hazm bo‘ladigan protein, kartoshka poya silosida
13 oziq birligi va 2 kg protein, karam bargi silosida esa
12 oziq birligi va 1,4 kg hazm bo‘ladigan protein bo‘ladi.
Qand va хashaki lavlagi bargida ham ma’lum miqdor-
da oziq moddalar va qand bor. Uning bargidan ham mol-
lar uchun sifatli silos tayyorlash mumkin.
Lavlagi bargi sersuv hamda tarkibida ko‘pgina or-
ganik kislotalar va mineral tuzlar mavjud bo‘lgan oziq
hisoblanadi, lekin unda kletchatka moddasi nihoyat-
da kam. Shuning uchun undan tayyorlanadigan silosni
faqat qoramollargina emas, balki cho‘chqalar ham ish-
taha bilan yeyishi mumkin. Sifatli silos bostirish uchun
96
10–15% miqdorida mayda qirqilgan somon aralashtirish
tavsiya etiladi, chunki somon bargdagi ortiqcha namni
oladi va silos massasini chirishdan saqlaydi. Shuni ham
qayd etib o‘tish joizki, lavlagi bargidan tayyorlangan si-
losning oziqlik qimmati boshqa siloslarga nisbatan an-
cha kam.
Lavlagi bargi mollarga ko‘kligicha ham berilishi mum-
kin. Ammo ko‘k holda berilgan barg mollarning ichi ni
o‘tkazadi. Tana vujudiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mum-
kin. Shuning uchun lavlagi bargi ko‘kligida yediriladigan
bo‘lsa, ratsionga dag‘al хashak va bo‘r qo‘shish zarur.
Lavlagi bargida beda va boshoqli o‘tlarga nisbatan
9–10 baravar ko‘p miqdorda shovul (organik kislota) kis-
lota bor. Bu esa lavlagi bargining salbiy tomonidir. Chun-
ki shovul kislota tana jismida gidrolizlanmaydi va orga-
nizmdan kalsiy, fosfor, ammoniy tuzlari bilan bog‘lanib,
siydik bilan chiqib ketadi. Ya’ni tana vujudidan mineral
moddalarni olib chiqadi. Shuning uchun uzoq muddat
davomida lavlagi bargi berib boqilgan hayvon tanasida
mineral moddalar yetishmay qoladi. Demak, mollarga
lavlagi bargi berishda aynan shu nuqsonlarni hisobga
olish zarur.
Do'stlaringiz bilan baham: |