3. Tasnif a‟zolari (guruhlari) bir-birini inkor etishi lozim. Masalan,
undoshlar til oldi, til o‗rta, til orqa, bo‗g‗iz, jarangli, jarangsiz turlardan iborat
deyilgan tasnifda a‘zolarning ayrimlari boshqalarini inkor eta olmaydi. Ya‘ni
jarangli undosh til oldi undoshi bilan zidlana olmaydi, til oldi va til o‗rta
undoshlari bir-birini inkor etish xossasiga ega.
4. Tasnifda sakrash bo„lmasligi lozim. Agar «kesim sodda kesim, murakkab
fe‘l kesim, murakkab ot kesimga bo‗linadi» tasnifini amalga oshirsak, xatoga yo‗l
qo‗ygan bo‗lamiz. Chunki dastlab kesimni sodda va murakkabga, so‗ngra fe‘l va ot
kesimga bo‗lish to‗g‗ri va izchil tasnifni beradi.
Tasnifning bo‗lishdan farqi shundaki, bo‗lishda a‘zolar guruhlanishi shart
emas. Masalan, «lablanmagan unlilar [i], [e], [a] dir» deyish tasnif emas, balki
bo‗lishdir. Tasnif xarakteriga ega bo‗lish uchun i yoki a guruh (sinf) bo‗lib, o‗z
navbatida, yana bo‗linib ketishi lozim edi. Unlilarni lablangan va lablanmagan
unliga bo‗lish tasnif bo‗lib, lablanmagan yoki lablangan unlini bo‗lish oddiy
bo‗lish bo‗lsa-da, tasnif maqomida emas.
Tasnif dixotomik, politomik yoki dixopolitomik bo‗lishi mumkin.
Dixotomik tasnifda birliklar ikki guruhga ajratiladi: «fonemalar unli va
undoshga ajraladi» kabi. Politomik tasnifda guruh soni ikkidan ortiq bo‗ladi:
«Grammatik qo‗shimcha lug‗aviy shakl hosil qiluvchi, sintaktik shakl hosil
qiluvchi va lug‗aviy sintaktik shakl hosil qiluvchiga bo‗linadi» yoki «fe‘llar nutq
fe‘llari, ruhiy-holat fe‘llari va h.k.» kabi.
Dixopolitomik tasnifda tasniflanuvchi butunlik dastlabki bosqichda ikkiga,
keyingi bosqichda ikkidan ortiq sinfga ajraladi. Masalan (14-jadval):
2-jadval
14
Fonema
Unli
Undosh
Yuqori tor
O‗rta keng Quyi keng
Lab
Til
Bo‗g‗iz
kabi.
Tasnif asosini tanlash muhim. Chunki biror tizimni turli asosda tasnif qilish har
xil natija beradi. Masalan, undosh fonemani ovoz va shovqinning ishtirokiga ko‗ra
jarangli va jarangsizga, hosil bo‗lish o‗rniga ko‗ra lab, til, bo‗g‗iz undoshiga
ajratish mumkin.
Lisoniy tasnif tasniflanayotgan birliklarning ichki, substansial belgilariga ko‗ra
yoki muhim bo‗lmagan zohiriy xossasiga asoslangan bo‗lishi mumkin. Shu
boisdan tabiiy yoki yordamchi tasnif farqlanadi. Tabiiy tasnifda lisoniy birlikning
ichki, barqaror belgilariga asoslaniladi. Yuqorida tabiiy tasnifga misollar keltirildi.
Yordamchi tasnifda birlikning ontologik bo‗lmagan xossasini bildiruvchi
belgilariga tayaniladi. Masalan, «so‗zlarning bo‗g‗in sonlariga ko‗ra tasnifi (bir
bo‗g‗inli, ikki bo‗g‗inli va ko‗p bo‗g‗inli so‗zlar)», «unlilarning tilning gorizontal
holatiga ko‗ra tasnifi» va h.
Tasnif izchilligi – substansial yondashuvning asosiy talablaridan biridir.
So'zlarning tasnifini berishda leksemaning serqirraligi mohiyati hamma
vaqt diqqat markazida bo'lishi kerak. Leksemaning har bir qirrasi bir
tasnifni yuzaga keltiradi. Chunonchi:
1.Bo'g'in soniga ko'ra: bir bo'g'inli, ko'p bo'g'inli.
2.Fonemalar miqdoriga ko'ra: bir fonemali, ikki fonemali, uch
fonemali...
3.Fonemalarni ifodalovchi harflarning tartibiga ko'ra.
4.Tub-yasamaligiga ko'ra:tub va yasama.
5.Yasalish tipiga ko'ra: diaxronik va sinxronik.
6.Tuzilishiga ko'ra: sodda, qo'shma, juft, takroriy.
7.Shakl va ma'no munosabatiga ko'ra: ma'nodosh, shakldosh, qarama-
qarshi ma'noli so'zlar va paronimlar.
15
8.Qo'llanishiga ko'ra: aktiv va passiv.
9.Onomasiologik - nominatsion xususiyatlariga ko'ra; antroponim,
toponim, zoonim...
10.Vazifaviy - uslubiy xususiyatlariga ko'ra: kitobiy, rasmiy, so'zlashuv.
11.Lug'at tarkibidagi qatlamiga ko'ra: o‘z va o'zlashgan qatlam,
chegaralangan va chegaralanmagan qatlam.
12.Emotsional - ekspressiv jihatiga ko'ra: emotsional - ekspressiv
bo'yoqdor va bo'yoqsiz so'zlar.
13.So'zning ifodalaydigan kategorial umumiy ma'nosiga ko'ra: narsa, buyum,
shaxs, mavjudotlarni atovchi so'zlar; belgi, xususiyat, munosabat
ifodalovchi so'zlar; harakat-holat ma'nosini bildiruvchi so'zlar; o'rin-payt,
tarz-tus ma'nosini ifodalovchi so'zlar va h.k.
Demak, so'zlarga berilgan xilma-xil tasnifning mavjudligi ularning
serqirraligidan dalolat beradi. Har xil tasnifning har biri o'z o'rnida ahamiyatlidir.
So'z va uni tasniflash asoslari tilshunos I.Madrahimov tomonidan o'rganilib,
uning ma'noviy, sintaktik, morfologik guruhlanishi asoslab berilgan
[ 10 ]
.
Do'stlaringiz bilan baham: |