Axborot infratuzilmasi,iqtisodiy faoiiyat uchun zarur bo'lgan axborotiar, xabarlar
va ma'lumotlarni tolplovchi, umumlashtimvclii vositalar sotish bilan shug'ullanuvchi
kompaniyalar, firmalar, maslahat idoralari, davlat muassasalari
Respublikamizda bozor munosabatlarini shakllantirish va rivojlantirishga xizmat
qiluvchi infratuzilmaning asosiy bo'g'inlari — turli muassasalar, tashkilotlar va korxonalar
majmuasi yaratildi. Avvalambor, ishlab chiqarishga xizmat qiluvchi trans port, aloqa, suv va
energetika ta'minoti, yo'l va ombor xo'jaligi tuzilmalari yaratildi. Bozor munosabatlarini
shakllantirishda birjalar aiohida o'ringa ega. Iqtisodiy islohotlarning dastlabki
bosqichidayoq „ Respublika ko'chmas mulk birjasi", ,,Tovar xom-ashyo birjasi", ,,Toshkent
fond birjasi" tashkil etildi. Bu tarmoq yanada rivojlantirildi. 1991—2000-yillarda xo'jalik
yurituvchi subyektlar uchun xizmat qiluvchi 58 ta tovarlar va xomashyo birjalari, 24 ta
biznes inkubator, 496 ta auditorlik va konsalting firmalari, ko'plab savdo uylari, auksionlar,
tijoratchilik idoralari, reklama firmalari, savdo-sotiq va ularni nazorat qiluvchi davlat
muassasalari tashkil etildi.
Bozor munosabatlarini rivojlantirishda axborot infratuzilmasi aiohida ahamiyatga
ega. Shu boisdan iqtisodiy faoliyat uchun zarur bo'lgan axborotlar, xabarlar va
ma'lumotlarni to'plovchi, umumlashtiruvchi vositalar, firmalar vujudga keladi.
Xo'jalik yurituvchi subyektlarning moliya-kredit munosabatlariga xizmat qiluvchi
infratuzilma — yangi bank tizimi, o'z-o'zini kreditlash idoralari, sugэurta kompaniyalari,
moliya kompaniyalari, soliq undirish idoralari, pul jamg'armalari yaratildi.
Bozor iqtisodiyotiga xizmat qiluvchi bank-moliya tizimi yaratildi. Mustaqillikning
dastlabki yilida respublikamizda atigi 6 tabank faoliyat ko'rsatganbo'lsa, 2002-yilda
ularning soni 40 taga yetdi. Shundan 2 tasi davlat, 17 tasi xususiy, 4 tasi xorijiy sarmoya
ishtirokidagi, qolganlari aksiyadorlik-tijorat banklaridir. Banklarning 17 tasi dunyodagi eng
nufuzli banklar bilan korrespondentlik aloqalari o'rnatgan. Viloyat, shahar va tumanlarda
mijozlarga xizmat ko'rsatadigan minibanklar ochildi. 2002-yilda ularning soni 530 taga
yetdi. Respublika iqtisodiyotini rivojlantirishga yo'naltirilgan kredit qo'yilmalari qo'yish va
chet el sarmoyalarini jalb qilishda banklar faol qatnashmoqdalar. Tijorat banklarining
iqtisodiyotning real sektoriga kreditlar berish imkoniyati ortib bormoqda. 2001- yilda tijorat
banklarining kredit qo'yilmalari hajmi 2205,8 mlrd so'mni tashkil etdi. Tijorat banklari
tomonidan faqat kichik va o'rta biznes subyektlari uchun ajratilgan kreditlar hajmi 2002-
yilda 265 milliard so'mni tashkil etdi. Tijorat banklarining moliya bozoridagi ishtiroki
yildan yilga mustahkamlanib bormoqda.
( Word Converter - Unregistered )
http://www.word-converter.net
Respublikamizda tadbirkorlar va aholini ehtimoli bo'lgan turli zararlardan himoya
qiluvchi sug'urta bozori vujudga keldi. Davlat ishtirokida bozor munosabatlariga xizmat
qiluvchi ,,Kafolat", ,,Agrosug'urta", ,,O'zbekinvest" kabi uchta yirik sug'urta kompaniyasi
tashkil etildi. Ko'plab xususiy sug'urta kompaniyalari, shuningdek, xorijiy mamlakatlar
bilan hamkorlikda ishlaydigan qo'shma sug'urta kompaniyalari ham vujudga keldi.
2002-yilda sug'urta kompaniyalarining soni 28 taga yetdi, ular moliya bozorida
mamlakatimiz fuqarolari va tashkilotlariga 150 turdan ortiq yo'nalish bo'yicha sug'urta
xizmati ko'rsatmoqdalar. ,,Sug4urta faoliyati to'g'risida"gi Qonunning qabul qilinishi
(2002), Prezident farmoni bilan 2002- yil 1- fevralidan boshlab sug'urta tashkilotlarining 3
yil muddatga daromad solig'idan ozod qilinishi mamlakatimizda sug'urta bozorini yanada
erkinlashtirish va rivojlantirishga xizmat qilmoqda.
Bozor iqtisodiyotiga o'tish sharoitida ish bilan bandlik masalasi jiddiy muammoga
aylanadi. Negaki, iqtisodiy tizim o'zgarayotgan paytda malakasiz kishilargagina emas,
ma'lum ixtisosga ega bo'lgan xodimlarga ham talab cheklanadi, ishsizlar toifasi kengayadi.
Bunday sharoitda ishsizlar sonining ko'payishiga yo'l qo'ymaslik tadbirlari ko'rildi.
Respublika ,,Mehnat birjasi" va joylardagi 225 dan ortiq mehnat birjasini o'z ichiga oluvchi
katta tarmoq barpo etildi. Har bir tumanda mehnat birjasi tashkil etildi. Ishsizlarni ro'yxatga
olish, ularni kasbini o'zgartirish mexanizmi yaratiidi, ishsizlik bo'yicha nafaqa to'lash yo'lga
qo'yildi. Yangi ish o'rinlarini tashkil etisliga e'tibor berildi. 1993- yilda Respublikada
tadbirkorlikni rivojlantirish hisobiga 185,1 ming yangi ish o'rinlah tashkil etilgan bo'lsa,
1998-yilda bu ko'rsatkich 345,9 mingni tashkil etdi yoki 1,8 marta ko'p yangi ish o'rinlari
yaratiidi. 2000-yilda faqat kichik va o'rta biznes rivoji hisobiga 192,5 mingta, 2001-yilda
esa 372 mingta, 2002-yilda 370 mingta yangi ish o'rinlari yaratiidi.
Iqtisodiy islohotlarning birinchi bosqichidayoq, narxlar erkinlashtirildi. Bu jarayon
ijtimoiy larzalarsiz o'tdi. Negaki, davlat turli kompensatsiya jamg'armalari tuzdi, bolalar
uchun nafaqalar joriy etdi, eng kam ish haqi, pensiya, nafaqalar va sti pendiyalar muntazam
suratda oshirib borildi.
Narxni erkinlashtirish iqtisodiyotda raqobatchilik muhitini vujudga keltirish bilan
bevosita bog’liq. 1992-yil avgust oyida O'zbekiston Respublikasining ,,Monopol faoliyatni
cheklash to'g'risida" gi Qonuni kuchga kiritildi. Bu qonun asosida raqobatchilikni
rivojlantirishga qaratilgan bir qator normativ hujjatlar ishlab chiqildi va anialga osliirildi.
Moliya vazirligi tizimida tuzilgan Antimonopol va narx-navo siyosatini o'tkazish bosh
boshqarmasi monopol mavqeyidagi korxonalarni belgilab, ularning mahsulotlari bo'yicha
narxlarni va rentabellikni tartibga solib turibdi.
Xulosa qilib aytganda, O'zbekistonda bozor iqtisodiyotiga o'tishning o'ziga xos yo'li
ishlab chiqildi va unga amal qilinmoqda. Bozor munosabatlarini shakllantiruvchi va unga
xizmat qiluvchi huquqiy negizlar hamda bozor infratuzilmasi yaratiidi.
12- §. Davlat muikini xususiylashtirish. Ko'p ukladli iqtisodiyot va mulkdorlar
tabaqasining shakllanishi
Bozor iqtisodiyoti, avvalo, turli xil mulk shakllariga, ko'p ukladli iqtisodiyotga
asoslanadi. Shu boisdan O'zbekistonda mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va
xususiylashtirish, mulkdorlar tabaqasini shakllantirish iqtisodiy islohotlarda birinchi o'rinda
turdi.
( Word Converter - Unregistered )
http://www.word-converter.net
O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida iqtisodiyot xilma-xil mulk
shakllaridan iborat bo'lishi, har bir shaxs mulkdor bo'lishga haqli ekanligi, iqtisodiy
faoliyat, tadbirkorlik va mehnat qilish erkinligi, barcha mulk shakllarining teng huquqli
ekanligi belgilab qo'yilgan. Xususiy mulk boshqa mulk shakllari kabi daxlsiz va davlat
tomonidan himoya qilinadi.
O'zbekistonda xususiylashtirish qandaydir kishilar manfaatiga bo'ysundirilmadi,
chek (vaucher) asosida xususiylashtirishga yo'l qo'yilmadi. Davlat muikini sotish orqali
xususiy lashtirish yo'li tutildi. Shu bilan birga, xususiylashtirish chog'ida imtiyozlar tizimi
yaratildi. Xususiylashtirilayotgan korxona mehnat jamoasining xodimlariga aksiyalarni
imtiyozli shartlar bilan sotib olish imkoniyati berildi. Eskirgan asosiy fondlar, ijtimoiy
infratuzilma obyektlari yangi mulkdorga tekinga topshirildi. Qishloq xo'jaligi davlat
xo'jaliklarining mol-mulki, fermalar, bog'lar va uzumzorlar imtiyozli shartlar asosida
xususiylashtirildi.
Xususiylashtirishga davlat boshchilik qildi. Bu jarayonni tashkil etish va rahbarlik
qilish uchun 1992-yil fevralda Davlat mulkini boshqarish va xususiylashtirish davlat
qo'mitasi tuzildi, 1994-yilda uning funksiyalari kengaytirilib, Davlat mulkini boshqarish va
tadbirkorlikni qo'llab-quvvatlash davlat qo'mitasi sifatida qayta tashkil etildi.
Mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish 1991-yil 18-noyabrda
qabul qilingan mulkni ,,Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish to'g'risida" gi,
,,Davlat uy-joy" fondini xususiy lashtirish to'g'risidagi (1993-yil 7-tnay) qonunlar va 20 dan
ortiq maxsus davlat dasturlari asosida amalga oshirildi.
Xususiylashtirish savdo, xizmat ko'rsatish va mahalliy sanoat korxonalarini, uy-joy
fondini, qishloq xo'jalik mahsulotlarini tayyorlovchi xo'jaliklarni davlat tasairufidan
chiqarishdan boshlandi. Bu kichik xususiylashtirish deb nofn oldi.
1993—1994-yillarda davlat ixtiyorida bo'дgan bir milliondan ortiq kvartira yoki
davlat uy-joy fondining 95 foizdan ortiqrog'i fuqarolarning xususiy mulki bo'lib qoldi.
Bunda har 3 kvartiraning bittasi egalariga imtiyozli shartlar bilan bepul berildi. Urush
faxriylari, o'qituvchilar, tibbiyot xodimlari, ilmiy xodimlar va ijodiy ziyolilarga kvartiralar
bepul berildi. 2002-yilga qadar Respublika uy-joy fondining 98 foizga yaqini
xususiylashtirildi.
1994-yil 21-yanvarda e'lon qilingan ,,Iqtisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirish
chora-tadbirlari to'g'risida" gi va 1994-yil 16-martda e'lon qilingan ,,Mulkni davlat
tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish jarayonini yanada rivojlantirish-ning ustuvor
yo'nalishlari to'g'risida" gi Prezident farmonlari xususiylashtirish jarayonida yangi turtki
bo'ldi.
1992—1994-yillarda 54 mingga yaqin savdo, xizmat ko'r satish, avtomobil
transporti, qurilish, qishloq xo'jalik korxona va obyektlari davlat tasarrufidan chiqarildi.
Shularning 18,4 ming tasi xususiy mulkka, 26,1 mingtasi aksiyadorlik, 8,7 mingtasi jamoa,
661 tasi ijara korxonalariga aylandi. Qishloq xo'jaligida bog'larning yarmi, uzumzorlarning
40 foizi xususiy foydalanish uchun berildi. 14 mingdan ortiqroq fermer xo'jaliklari tashkil
topdi, ularga 193 ming gektar yer ajratib berildi. Xususiy tadbirkor subyektlarining soni
300 mingga yetdi, ularning 250 mingtasini patent asosida yakka tartibdagi mehnat faoliyati
bilan shug'ullanadigan kishilar tashkil etdi. 1994-yilda mamlakat yalpi ichki mahsulotining
deyarli yarmi iqtisodiyotning davlatga qarashli bo'lmagan sektorida ishlab chiqildi, bu
sektorda 4 millionga yaqin kishi ish bilan band bo'ldi.
( Word Converter - Unregistered )
http://www.word-converter.net
Respublika
xalq
xo'jaligini,
Lining
tar-moqlarini
boshqarishning
ma'muriy-buyruqbozlik tizimini tugatish, boshqaruvni bozor munosabatlariga moslashtirish
maqsadida institutsional (muassasalar sohasida) o"zgarishlar amalga oshirildi.
Mustabid sovet tuzumidan meros bo'lib qolgan markaziy iqtisodiy organlar —
Davlat reja qo'mitasi, Davlat ta'minot qo'mitasi, Davlat narxlar qo'mitasi, Davlat agrosanoat
qo'mitasi, iqtisodiyot tarmoqlarini boshqaruvchi boshqa vazirliklar, qo'mitalar, ularning
ma'rnuriy apparatlari tugatildi.
Makroiqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi qoshida narxlarni nazorat qilish
bo'yicha maxsus boshqarma, Davlat mulkini boshqarish va tadbirkorlikni
qo'llab-quvvatlash davlat qo'mitasi, Davlat soliq qo'mitasi, Davlat bojxona qo'mitasi,
Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi kabi yangi boshqaruv organlari tuzildi.
Ittifoq parchalanib ketgach, O'zbekiston hududida joylash-gan ittifoq va ittifoqdosh
respublikalar bo'ysunividagi korxonalar respublikamizning to'la mulki bo'ldi. Endi ularai
bozor iqtisodiyotiga moslab boshqarishni tashkil etish zarur edi. Iqti sodiy islohotlar
davomida respublikadagi bu yirik korxonalar o’z faoliyat sohalariga qarab ixtiyoriy
ravishda davlat tarmoq uyushmalariga, konseriilarga, korporatsiyalarga, xolding
kompaniyalariga aylantirildi. Noishlab chiqarish tarmoqlarini boshqarish qayta tuzilib
milliy kompaniyalar tashkil etildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |