Avliyo xo‘ja Doniyor qabristoni. Samarqand shahridagi yana bir
ziyorat qilinadigan joylardan biri hisoblanadi. Bu qabriston Samarqand
shahrining shimoliy qismida Afrosiyob tepaligi o‘rtasidan oqib o‘tadigan
Siyob ariqining chap qirg‘og‘ida joylashgan. Bu yerda xo‘ja Doniyor yoki
bibliyo avliyosi Danil jasadining bir qismi (ayrim man’balarga ko‘ra oyoq
qismi, boshqa man’balarda ko‘rsatishicha – qo‘l qismi) sohibqiron Amir
Temur buyrug‘iga binoan XV asrda Iroqning Mosul shahridan keltirilib
ko‘miladi. XX asr boshlariga kelib xo‘ja Doniyor qabri ustiga mavzoley
quriladi.
Hozirgi
kunda
bu
maskanga
dunyoning
ko‘pgina
mamlakatlaridan ziyoratchi sayyohlar kelib ketishadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |