Shohi Zinda ansambli. Shohi Zinda ansambli Samarqand shahridagi
eng muhim sajdagoh maskanlaridan biri bo‘lib, temuriylar avlodi dafn
etilgan majmuadir. Bu qadimgi qabriston Samarqand shahrining shimoliy-
sharqiy qismida ya’ni eski shaharning Afrosiyob tepaligida joylashgan.
Majmuaning markaziy qismida Qusam ibn-Abbos qabri joylashgan. U
Samarqandda islom dinini targ‘ibot va tashviqot qilganligi uchun avliyo
darajasiga ko‘tarilgan shaxsdir.
Shohi Zinda arxitektura ansambli XIV-XV asrlarda qurilgan nodir,
kamdan-kam uchraydigan qurilish inshooti bo‘lib hisoblanadi va
ziyoratchi sayyohlarni o‘ziga jalb qiluvchi muhim maskanlardan
hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |