Дарс мавзуси: Сайёҳлик хизмати туристик маҳсулотнинг қисми


Mavzu 9.  O‘zbekistonning ziyoratchilik ekskursiya maskanlari



Download 0,88 Mb.
Pdf ko'rish
bet43/78
Sana09.07.2021
Hajmi0,88 Mb.
#113923
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   78
Bog'liq
ekskursiya ishini tashkil qilish

Mavzu 9.  O‘zbekistonning ziyoratchilik ekskursiya maskanlari 

Reja: 

1.  Ziyoratchilik turizmining rivojlanishi 

2.  Mamlakatimiz viloyatlarida joylashgan ziyoratgohlar 

 

1.  Ziyoratchilik turizmining rivojlanishi 



 

Jahon  iqtisodiyotining  globallashuv  jarayonida  xalqaro  turizm  sohasi 

tobora jadal sur’atlar bilan rivojlanmoqda. Ayniqsa, xalqaro turizm sohasi 

rivojlangan  mamlakatlar  iqtisodiyotida  eng  yuqori  serdaromadli  va 

dinamik  holatda  o‘sib  borayotgan  tarmoqlardan  biriga  aylanib  bormoqda. 

Jahon  turistik  tashkiloti  (JTT)  ma’lumotlariga  ko‘ra,  turizm  sohasiga 

butunjahon  investitsiya  kapitallari  umumiy  miqdorining  qariyib  7  foizi, 

butun  iste’mol  harajatlarining  11  foizi,  butunjahon  soliq  tushumining  5 

foizdan  ko‘prog‘i,  xalqaro  xizmat  ko‘rsatish  va  servis  tarmoqlarining 

uchdan bir qismi to‘g‘ri keladi.  

Halqaro  turizm  sohasi  jahon  xo‘jaligining  transport,  aloqa,  savdo-

sotiq,  qurilish  industriyasi,  qishloq  xo‘jaligi,  iste’mol  mollari  ishlab 

chiqaruvchi  sanoat  tarmoqlari  (yengil  va  oziq-ovqat  sanoati  korxonalari) 

bilan  chambarchas  holda  rivojlanib  bormoqda  va  jahon  iqtisodiyotida 

ijtimoiy  hamda  iqtisodiy  taraqqiyotning  katalizatori  sifatida  namoyon 

bo‘lmoqda. 

Hozirgi kunda xalqaro turizmning eng muhim tarmoqlaridan biri diniy 

ya’ni  ziyoratchilik  turizmi  bo‘lib  hisoblanadi.  Ziyoratchilik  turizmning 

shakllanish  tarixi  uzoq  o‘tmishga  borib  taqaladi.  Ya’ni  uning  ilk  bor 

vujudga  kelishi  antik  davriga  to‘g‘ri  keladi.  Ziyoratchilik  turizmning 

asosiy paydo bo‘lgan maskanlari qadimgi greklar va rimliklar vatani bo‘lib 

hisoblanadi.  Qadimda  greklar  va  rimliklar  ibodatxonalar  va  cherkovlar 

qurib,  ularda  sig‘inishganlar.  Ziyoratchilarning  sayyohat  qilishidan  asosiy 



 

53 


mahsadi  aziz  avliyo  joylarga  qadam  ranjida  qilishi,  sig‘inish  chog‘ida 

ruhiy 


jihatdan 

yengillashishi,   

ko‘ngillarning  poklanishi,  og‘ir 

kasalliklardan  xolos  bo‘lmoqligi,  qilib  quygan  gunoh  ishlarini  ollohdan 

so‘rab kechirishlarini, safar chog‘ida safdoshlari bilan ma’naviy yaqinlikda 

bo‘lishni  orzu-umid  qilishadilar.  Ziyoratchi  sayyohlar  safarga  chiqishida 

o‘z  orzu  umidlariga  erishish,  yaratganga  shukronlar  aytib  uning  izzat 

hurmatini bajo keltirishni o‘z ko‘ngillaridan o‘tkazadilar. 

Hozirgi kunga kelib dunyoda ziyoratchilik sayyohligining 10 dan ortiq 

yirik  markazlari  mavjud  bo‘lib,  ular  yer  sharining  deyarli  hamma 

qit’alarida joylashgandir.  

Musulmon  olamida  ziyorat  qilish  makonlari  ham  anchagina. 

Jumladan,  Markaziy  Osiyoda,  qolaversa  jonajon  O‘zbekistonimizda  ham 

aziz avliyolar yashab, dafn etilgan qadamjolar, ziyorat maskanlari beqiyos 

ko‘p.  Ular  qatoriga  Janubiy  Qozog‘iston  viloyati,  Turkiston  shahridagi 

Axmad  Yassaviy  maqbarasi;  Toshkent  viloyati  Zangiota  tumanidagi 

Zangiota majmuasi; Toshkent shahridagi Shayx Xivanda Taxur maqbarasi, 

Qaldirg‘och-biya  maqbarasi,  Yunusxon  maqbarasi;  Hazrati  Imom 

majmuasi;  Abubakr  Muhammad  Kaffal  Shashi  maqbarasi;  Shayx 

Zayniddin  bobo  maqbarasi;  Samarqand  viloyati  Payariq  tumani  Hartang 

qishlog‘idagi  Imom  Al-Buxoriy  majmuasi;  Oqdaryo  tumani  Dahbed 

qo‘rg‘onidagi  Maxtumi  A’zam  maqbarasi;  Samarqand  shahridagi  Shohi 

Zinda,  Amir  Temur,  Ruhobod,  Xo‘ja  Doniyor,  Motrudiy,  Murod  avliyo, 

Xo‘ja Axror Vali, Oq saroy, Cho‘ponota maqbaralari; Buxoro shahridagi–

Ismoil  Samoniy,  Chashmai  Ayub,  Sadriddin  Buharzi,  Bohovuddin 

Naqshbandiy, Buyon Kulixon, Chor Bakr maqbaralari; Xorazm viloyatida 

Uch avliyo, Said Allovuddin maqbarasi; Qashqadaryo viloyatida–Jahongir, 

Dorus  Saodat,  Dorut  Tilovat  majmuasi,  Ko‘k  gumbaz  masjidi; 

Surxondaryo  viloyatida  -  Hakim  at-Termiziy  majmuasi;  Sulton  Saodat 

ibodatxona  yodgorligi,  Fayoztepa  ibodatxonasi;  Jizzax  viloyatida–Sadr 

Vaxs  avliyo  (Avliyoota)  majmuasi;  Farg‘ona  viloyatida  Daxmon  Shaxon 

go‘rxonasi,  Mozorixon  maqbarasi  kabilar  ziyoratchi  sayyohlarni  o‘ziga 

jalb qilib keladigan maskanlar bo‘lib hisoblanadi. 

 


Download 0,88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   78




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish