tarkibiy qismiga aylanishi lozim. Uchrashuvga taklif qilinganlar chiqishi
murakkab metodik usuldir va agar u gid tomonidan boshqarib borilmasa,
30
Ovoz yozish tasmalarini eshitish- bu metodik usulni gidlar o‘z
tajribalarida tez-tez qo‘llaydilar. Mashhur yozuvchi, shoir, bastakorlar
hayoti va ijodiga bag‘ishlangan adabiyot va sanat mavzusidagi
ekskursiyalarda, ular yashab, ijod qilgan joylar tomosha qilinayotganda
asarlaridan parchalar qo‘yib eshitiladi. Lekin bu ham uzoq davom
etmasligi va mantiqiy davomiylikni buzmasligi kerak.
Rituallardan foydalanish metodida sayyohlar urush bo‘lib o‘tgan
joylarni , qabristonlarni, muqaddas olovni ziyorat qilganlarida bir daqiqa
sukut saqlab, u yerga gullar qo‘yadilar, motamsaro kuylar eshitadilar,
posbonlar harakatini kuzatadilar, halok bo‘lganlarni xotirlaydilar.
Bu ritual o‘zining tarbiyaviy ahamiyatiga ega bo‘lishi uchun gid guruh
bilan oldindan tushuntirish ishlarini olib borishi kerak. Gid sayyohlarga bu
marosimning muhimligini ishontirsagina uni o‘tkazish mumkin.
Tadqiqot metodidan gidlar bolalar, yoshlar guruhi bilan ishlaganda
foydalanadilar. Bu yerda guruh bilan kichik tadqiqot ishlarini olib
borishiga to‘g‘ri keladi, natijada esa gid aytganlari tasdiqlanishi kerak.
Masalan, botanika bog‘ida daraxt halqalarini sanab chiqish orqali uning
yoshini aniqlash. Daryodagi suv oqimi tezligini oddiy cho‘p bilan
hisoblash.
Yemelyanov o‘z kitobida tadqiqot usuliga quyidagi misolni keltiradi:
Armanlarning yodgorligi hisoblanmish Zvartnots cherkovida tadqiqot
usulidan foydalanish mumkin. U yerda joylashgan quduqlar chuqurligini
yoqilgan qog‘ozni tashlash orqali bilish mumkin. Yorug‘likda quduqning
devorlari ham ko‘rinadi.
Ishlab chiqarish korxonalarida tashkil etilgan ekskursiyada ham
bolalar korxonada malum vaqt mobaynida necha turdagi mahsulot ishlab
chiqilayotganini kuzatadilar.Bu usul sayyohlarni faolroq bo‘lishga undaydi
va shu bilan ekskursiya qiziqarliroq o‘tadi.
Savol-javob metodik usuli bu auditoriya etiborini jalb qilish
maqsadidagi maxsus notiqlik (oratorlik) metodidir. Gid nutqi ham rasmiy
chiqishlar tarkibiga kiradi va o‘zining maxsus xususiyatlariga ega. Har bir
notiqlik nutqi eshituvchilarga chiqish mavzusini anglashga, o‘rganishga
qiziqish uyg‘otishi kerak. Ekskursiya mazmuni qiziqarli bo‘lsagina u
eshitiladi. Ammo notiqlik sanati qanchalik qiziqarli bo‘lmasin baribir
odamning eshitish qobiliyati asta-sekin pasayadi. Buni gid ham juda
yaxshi biladi. “Zaiflashgan etibor” bilan kurashish uning asosiy
vazifasidir. Gid diqqat etiborni saqlab qolish yo‘llarini mohir notiq sifatida
bilishi kerak. Diqqat e’tiborni aktivlashtirish yo‘llaridan biri bu savol-
javob usulidir.
31
Gid auditoriyaga mavzu bo‘yicha savol beradi, bir ozdan so‘ng o‘zi
yana shu savollarga javob beradi. Bu bilan u sayyohlarga ikkilanish hissini
paydo qiladi, ularni aniqlab, tegishli xulosalarga keladi. Masalan: Nima
deb o‘ylaysiz, shu bino qanaqa memoriy uslubga tegishli? Mazkur voqea
ushbu tarixiy davrga qanday rol o‘ynaydi?
Tabiiyki, gid berilgan savollarga hamma vaqt ham javob kutmasligi
kerak. Uning o‘zi bu savollarga to‘liq javob beradi. Lekin savol sayyohlar
e’tiborini muammoga qaratadi, qiziqishni shakllantiradi, diqqatni jamlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: