15
Individual matn –bu hikoya qilib berishga tayyor ekskursiya
mahsulotidir,yani ekskursiya hikoyasi uchun matndir.Individual matn
tarkibi 3 qismdan iborat: chiqish(vstupleniye), asosiy qism, xulosa.
Chiqish va xulosa qismi asosiy qismdan tubdan farq qiladi,ular
ekskursiya obektlari bilan o‘zaro bog‘liq emas.Bular ko‘proq maruza,
suhbatga yaqinroqdir.
Chiqish tashkiliy va axborot qismlariga bo‘linadi.Tashkiliy qismda gid
o‘zining ismi sharifini, ekskursiyani tashkil etgan muassasa nomini,
avtobus haydovchisini tanishtiradi, mavzu va marshrutni elon qiladi,
ekskursiya davomiyligini, uning yakun topish joyini(ushbu joyga
xoxlovchilar avtobusni tark etishi mumkin), avtobusda o‘zini tutish haqida
aytib o‘tadi.
Axborot qismida gid ekskursiya mazmunini qisqacha bayon qiladi,
sayyohlar
ko‘radigan
diqqatga
sazovor
obektlarni,
kichik
mavzularni(podtema)sanab o‘tadi.
Chiqish 5-7 daqiqadan oshmasligi va uni marshrutga harakatni
boshlamasdan avval o‘tkazish kerak.Chiqish eng masuliyatli bosqichdir va
u yorqin bo‘lishi shart.Shu bosqichda sayyohlar bilan aloqa o‘rnatiladi,
ular gid haqida ilk taasurotni oladilar. Yaxshi chiqish gid muvaffaqiyatini
taminlaydi. Malakali gid aynan chiqish paytida guruh bilan o‘zaro
tushunish nuqtasini topib, ularni o‘ziga jalb qilib, o‘z ishining ustasi
sifatida ekskursiyaning muvaffaqiyatini taminlaydi.
Asosiy qism namoyish etish va hikoya qilish uyg‘unligida shakllanadi
va bir-biri bilan mantiqiy o‘tishlar (logicheskiy perexod) bilan bog‘langan,
har xil obektlarga yoritiladigan mavzulardan tashkil topadi. Mantiqiy
o‘tishlar oldingi mavzular mazmunidan kelib chiqib, keyingi mavzuni
hikoya qilishga yordam berishlari kerak. Mantiqiy o‘tish umumlashtirish,
taqqoslash, to‘ldirish harakteriga ega bo‘lishi mumkin. Mazmunli, chiroyli
mantiqiy o‘tish gidning yaxshi uslubiy tayyorgarligi va yuqori
proffessionalligidan darak beradi.
Ko‘pgina hollarda birinchi mavzuni tugatib, ikkinchi obektga o‘tish
jarayonida gidlar ekskursiya mazmuniga to‘g‘ri kelmaydigan rasmiy
o‘tishlardan foydalanadilar.Masalan:”Hozir biz sizlar bilan u tomonga
borib, ... ni ko‘ramiz” yoki “ana endi biz boshqa yodgorlikka
o‘tamiz”.Bunday rasmiy o‘tishlar ekskursiyaning xom ishlanganligidan
dalolat beradi.ular ekskursiyaning alohida qismlarnini bir-biri bilan
bog‘lanishiga yo‘l qo‘ymaydi.
B.V.Yemelyanov fikricha, rasmiy o‘tishlarni gidlarning sistematik
xatosi deb hisoblash noto‘g‘ri.Ular obektlar orasidagi harakat bir necha
16
soniyani tashkil etganda, majbur ishlatiladi(obekt avtobusdan tomosha
qilinayotgan
bo‘lsa).Masalan:”endi
tezda
o‘ng
qo‘l
tarafga
qarang,nazdimizda... yodgorligi”.
Xulosa qismida gid ekskursiya mavzusi bo‘yicha xulosa va yakun
yasaydi, sayyohlar savollariga javob beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: