3. Ko‘rgazmali materiallardan foydalanish va ekskursiya marshrutini
aniqlash
Ko‘rgazmali materiallarni tanlashdagi mezonlar quyidagilar:
- ularni ishlatishning zaruriyligi va maqsadliligi;
- ommaboplik qiymati, yani ushbu ko‘rgazmali qurol hikoyani
qanchalik boyitishi, tushunarli qilishi mumkin;
-
g‘aroyibligi;
- ifodaliligi;
- saqlanganlik holati.
Rasmlar, harita-sxemalar, reproduksiyalar 18x24sm o‘lchamli karton
asosli, tiniq va aniq tasvirga ega bo‘lishi shart. Avtobusda ko‘rsatishga
mo‘ljallangan ko‘rgazmali qurollar 24x30sm o‘lchamli bo‘lishi zarur(orqa
qatorga o‘tirganlar ko‘rishlari uchun).
Ko‘rgazmali materiallar ro‘yxati, tarkibi ekskursiyaning butun hayotiy
davrida o‘zgartirilib, takomillashtirib borilishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |