mavzu: investitsiya faoliyatida kapital qurilish – mavzu: Kapital qurilish va kapital qo‘yilmalar. Reja


QIMMATLI QOG‘OZLAR BOZORI ISHTIROKCHILARI



Download 3,81 Mb.
Pdf ko'rish
bet56/148
Sana09.07.2021
Hajmi3,81 Mb.
#113868
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   148
Bog'liq
9.1-мавзу

QIMMATLI QOG‘OZLAR BOZORI ISHTIROKCHILARI 
Xalqaro  
moliya  
tashkilotlari 
 
 Xalqaro  
moliya  
tashkilotlari 
 
Market  meykerlar 
 
Fond birjalari 
 
Jismoniy 
 shaxslar 
 
Yuridik shaxslar 


sanoatni  rivojlantirish,  inflyatsiyani  pasaytirish,  iqtisodiy  o‘sishning  yuqori 
sur’atlarini ta’minlash maqsadida investitsiyalar jalb qilishni ta’minlash hisoblanadi
2
. 
Ushbu  muammoni  hal  etishning  muhim  shart-sharoitlari  QQBdagi  investitsiyalar, 
jamg‘armalar,  iqtisodiy  o‘sish,  inflyatsiya,  davlat  institutlari  faoliyati  va 
monetizatsiya o‘rtasida chambarchas aloqalar mavjudligi hisoblanadi.  
Fond  bozori  mamlakat  ijtimoiy-iqtisodiy  rivojlanishida,  iqtisodiyotga 
moliyaviy  investitsiyalarni  jalb  etishda  muhim  o‘rinni  egallaydi.  Iqtisodiyotni 
erkinlashtirish,  investorlar  huquq  va  manfaatlarini  ta’minlash,  investitsion  muxitni 
sog‘lomlashtrish  qimmatli  qog‘ozlar  bozorini  samarali  rivojlanish  investitsiyalar 
hajmini oshirish imkoniyatini yaratadi.  
Qimmatli  qog‘ozlar  moliyaviy  investitsiyalarni  iqtisodiyotga  jalb  etishning 
muhim  vositalari  hisoblanib,  iqtisodiyotning  xavfsizligi  va  raqobatbardoshligini 
ta’minlaydi.Ulushga  egalik  qilishni  tasdiqlovchi  vositalar  Aksiyadorlik  kapitalini 
ko‘paytirish,samarali korporativ boshqaruvda ishtirok etish va belgilangan tartiblarga 
muvofiq dividendlar olish imkoniyatini yaratadi. 
Iqtisodiyotni  modernizatsiyalash  sharoitida  aksiyadorlik  jamiyatlari  barqaror 
taraqqiyotining  muhim  omillaridan  biri  ularda  asosiy  va  aylanma  aktivlarga 
investitsiya  qilinadigan  kapitallarning  optimal  tarkibini  shakllantirish  hisoblanadi. 
Ushbu  masalaning  hozirgi  sharoitda  keskinlashuvi,  birinchidan,  ishlab  chiqarishni 
modernizatsiyalash  va  innovatsion  texnologiyalarni  keng  joriy  etish  bilan  bog‘liq 
yirik  va  strategik  loyihalarni  moliyaviy  ta’minlash  zaruratidan  kelib  chiqadi. 
Qolaversa, jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi ta’sirida moliyaviy resurslar bozoridagi 
nobarqaror  kon’yunktura  yirik  investitsion  sig‘imga  ega  bo‘lgan  ushbu  loyihalarni 
moliyaviy  ta’minlashda  har  bir  aksiyadorlik  jamiyatlari  moliyaviy  xizmat  tizimi 
zimmasiga  mavjud  moliyaviy  resurslardan  oqilona  foydalanish  vazifasini 
yuklamoqda.  Kapitallarning  optimal  holatini  shakllantirish,  qarz  kapitalining  o‘z 
mablag‘lariga  nisbati  bo‘lib,  bunda  aksiyadorlik  jamiyatlari  uzoq  muddatli 
moliyalashtirishni  umumiy  kapitalning  harajatlari  yoki  kapitallarning  o‘rtacha 
 
2
  Mirkin  Ya.M.  Natsionalniy  doklad  «Riski  finansovogo  krizisa  v  Rossii:  faktori,  ssenarii  i  politika 
protivodeystviya»//Finansovaya akademiya pri pravitelstve RF, 2006. - ss. 47-51. 
(
www.mirkin.
ru).
 


tortilgan  qiymatini  (WACC  -  weighted  average  cost  of  capital)  minimallashtirishga 
erishni anlatadi. Kapitallar tarkibi muhim iqtisodiy ko‘rsatkichlardan biri hisoblanadi. 
Bir  tomondan,  qarz  kapitali  ulushi  kamligi,  amalda  o‘z  mablag‘lariga  nisbatan 
samaradorlik  jihatidan  arzonroq  bo‘lgan  moliyalashtirish  manbaidan  to‘liq 
foydalanilmaslikni  anglatadi.  O‘z  navbatida,  kapitallarning  optimal  tarkibi, 
aksiyadorlik  jamiyatlarida  kapital  harajatlari  yuqoriroq  shakllanishi  va  kelgusida 
unga jalb etiladigan investitsiyalar daromadliligiga nisbatan yuqori talablarni vujudga 
keltirishini anglatadi. 
Birinchidan,  jalb  qilingan  kapitalning  yuqori  daromadlilik  talablari  bilan 
hayotiylik  davrining  egri  chizig‘i  bo‘ylab  harakatlanishi  investitsiyalar  tanlashda 
yanada qat’iy va sinchkov bo‘lishini talab etadi. Chunki biznes g‘oyalarning hammasi 
ham jalb qilingan kapitalga qo‘yiladigan daromadlilik darajasiga mos kelavermaydi.  
Ikkinchidan, 
aksiyadorlik 
jamiyatlarining 
investitsion 
imkoniyatlariga 
qo‘shimcha cheklovlar belgilanishi sababli u raqobatda yetarli darajada harakatchan 
va moslashuvchan bo‘la olmaydi. Kapital harajatlar miqdori yuqoriligi savdo bozori 
rivojlanishining  o‘zgaruvchan  tendensiyalariga  tez  va  asosiysi,  samaraliroq  faoliyat 
olib borishga to‘sqinlik qiladi. 
Uchinchidan,  asosiy  muammo  qarz  kapitali  va  o‘z  mablag‘larining 
mutanosiblik qiymati optimal holatga kelmaydi, korxona va mulk egalari manfaatlari 
o‘rtasida  nizolar  chuqurlasha  baradi.  U  boshqaruv  motivatsiyasi  o‘zgarishida, 
samarasiz  moliyalashtirishni  amalga  oshirish,  investitsion  qarorlarni  qabul  qilishda 
to‘g‘ri  tanlanmagan  uslubni,  shuningdek,  yuqori  riskli  loyihalarni  shakllantirishda 
namoyon bo‘lishi mumkin. Nihoyat, jami kapitaldagi qarz mablag‘lari ulushi ortgani 
sari  uning  tarafdori  bo‘lgan  biznes  bo‘yicha  kontragentlar,  ya’ni  korxonaning 
aksiyadorlari va sarmoyadorlari tomonidan doimiy kuzatuvda bo‘ladi. 
Kapitallarni  o‘rtacha  tortilgan  qiymati  (bunda  faqat  qarz  mablag‘lari  ko‘zda 
tutiladi)  –  jami  kapitalning  daromadlilik  darajasini  belgilovchi  biznes  qiymatini 
baholashning asosiy omillaridan biridir. Tegishli ravishda, bunday o‘rtacha tortilgan 
qiymat stavkasi minimal darajaga yetkazish korxonaning samarali qarz olish tizimini 
amalga  oshirish  imkoniyatlarini  kengaytiradi  va  investitsiya  siyosatining  yanada 


moslashuvchanligini oshiradi. Natijada pul mablag‘lari oqimining samarasiz aylanish 
tezligini  pasaytiradi  va  mulk  egalari  foydasi  ortishiga  olib  keladi.  Olib  borilayotgan 
iqtisodiy islohotlar natijasida yangi tarmoq va bozorlar vujudga kelmoqda, katta pul 
oqimlari  va  yuqori  o‘sish  sur’atlari  bilan  tavsiflanadigan  aksiyadorlik  jamiyatlari 
shakllanmoqda.  Bunday  o‘sish  sur’atiga  ega  bo‘lgan  aksiyadorlik  jamiyatlari 
rivojlanishi  uchun  zaruriy  kapital  qo‘yilmalarni  tashqi  moliyalashtirish  manbalariga 
ehtiyojini  kamaytiradi.  Biroq,  keng  jamoatchilik  tomonidan  olib  borilgan  tahlillarga 
ko‘ra,  moliyalashtirish  manbalarini  to‘g‘ri  tanlash,  moliyaviy  vositalardan  to‘g‘ri 
foydalanish korxonalarning yanada barqaror faoliyat olib brishini ta’minlaydi. 
Kapitallarning optimal tarkibini aniqlashda miqdoriy baholash usullarining uch 
guruhi  mavjud.  Moliyaviy  natijalar  tahlili  bilan  bog‘liq  jarayon  birinchi  guruh  usuli 
bo‘lib  hisoblanadi.  Bunda  asosiy  e’tibor  foydaga  qaratiladi  va  taxminiy 
ma’lumotlarni beradi.  
Aksiyadorlik  jamiyatini  tahlil  qilishning  moliyaviy  modeli  ikkinchi  guruh 
usulida  asoslanadi.  Bu  usul  jamiyatning  investitsion  riski  bilan  bog‘liq 
ko‘rsatkichlardan foydalanishni taqozo etadi.  
Uchinchi  guruhdagi  usullar  ham  tahlil  qilishning  moliyaviy  modeliga 
asoslanadi,  ammo,  ikkinchi  guruh  usullaridan  farqli  ravishda,  modellashtirishni 
taqozo  etadi,  natijada  murakkabroq  jarayonni  o‘z  ichiga  oladi.  Birinchi  guruhdagi 
usullardan  biri,  operatsion  foyda  usuli  bo‘lib,  kapitallar  tarkibida  ehtimoliy  qarz 
ulushini 
aniqlashga 
yo‘naltiriladi. 
Mazkur 
usul 
korxona 
foydasining 
o‘zgaruvchanligini  tahlil  qilish  asosida  korxonani  bankrot  bo‘lish  ehtimolini 
aniqlashga yo‘naltiriladi.  
Mazkur  usul  kapitallar  tarkibi  muammolarini  aniqlashni  soddalashtiradigan 
taxminlardir. Birinchidan, kelgusidagi foydani taqsimlash va ikkinchidan, moliyaviy 
dastak  darajasidan  mustaqilligi  haqidagi  shart-sharoitlar  bilan  bog‘liqdir.  Har  ikki 
taxmin  ham  muhim,  chunki  moliyaviy  dastakning  yuqoriligi  aksiyadorlik 
jamiyatining  sof  foydasini  kamaytiradigan  vaziyatlarni  istisno  qilmaydi.  Demak, 
moliyalashtirish  manbalari  kapitallar  tarkibida  qarz  kapitalini  oshirish  mohiyatan 
mulkdorlarning  daromadlarini  oshirishga  yo‘naltirilgan  vazifani  hal  etish  nuqtai 


nazaridan teskari ma’noga ega bo‘lib qoladi. Operatsion foyda normal taqsimlangan 
va  kapitallar  tarkibiga  bog‘liq  emas,  ya’ni  korxonaning  biznes  rejasidan  kelib 
chiqadigan  tashqi  omillar:  texnologiya,  resurslardan  foydalanish  samaradorligi, 
marketing,  bozor  kon’yunkturasi  va  h.k.  bilan  belgilanadi.  Shunda  qarz  miqdoriga 
qarab,  bankrotlik  ro‘y  berish  ehtimolini  tavsiflash  imkonini  beruvchi  statistik 
ko‘rsatkich hosil qilish mumkin.  
 



Download 3,81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   148




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish