CHANOQ HAQIDA UMUMIY MA‟LUMOTLAR
Yuqorida aytib o‘tilgan uchta birlashishdan hosil bo‘lgan, katta va kichik
Chanoq deb Yuritiladigan (pelvis major et pelvis minor) ikki qismga bo‘linadi. Ularni
chegaralovchi linea terminalis chizig‗i ajratib turadi. Chegaralovchi chiziq ikki
tomondan Yonbosh suyagining ravoqsimon chizig‗i (linea arcuata), old tomondan esa
qov ustki qirg‗og‗ining bir-biri bilan birlashishidan hosil bo‘ladi.
Katta Chanoq ikki Yon tomondan Yonbosh suyaklarining qanotlari va orqa
tomondan pastki ikkita bel umurtqasining tanasi bilan o‘ralgan bo‘lib, old tomoni
suyakdan xoli, ochiq, faqat qorin devori muskullarining pastki qismidan iborat. Katta
Chanoq bo‘shlig‗i qorin bo‘shlig‗ining davomi hisoblanadi va u yerda bir qancha
a‘zolar joylashadi.
Katta va kichik Chanoqlarni ajratuvchi chiziq bilan chegaralangan teshik kichik
Chanoqning ustki teshigi – apertura pelvis superior yoki katta Chanoqning pastki
chegarasidan iborat bo‘ladi. Dum suyagi lig. sacrotuberale, quymich do‘mbog‗i,
quymich va qov suyaklarining pastki shoxlari hamda lig. arcuatum pubis lar bilan
chegaralangan teshik kichik Chanoqning pastki (chiqish) teshigi – apertura pelvis
inferior deyiladi. Ana shu ustki va ostki teshiklar o‘rtasi kichik Chanoq bo‘shlig‗i
(yoki Chanoq bo‘shlig‗i) – cavum pelvis bo‘lib, unda siydik va tanosil a‘zolari,
yo‘g‗on ichakning bir qismi va to‘g‗ri ichak joylashgan.
Kichik Chanoqning atrof devori bir xil kattalikda va tekislikda emas. Orqa
devorni dumg‗aza va dum suyaklari tashkil qilganidan uzun va keng bo‘ladi. Ikki
Yon devorini Yonbosh, qov va quymich suyaklarining tanalari o‘zaro qo‘shilgan
soha, ya‘ni quymich kosasi sohasi va shu atrofdagi boylamlar tashkil qiladi. Eng kalta
devor – old devor bo‘lib, u faqat qov suyaklari va simfizdan iborat.
Chanoq shakli va katta-kichikligi tegishli o‘lChovlar bilan aniqlanadi.
Katta Chanoqning old tomoni ochiq bo‘ladi, shu sababli uning faqat ko‘ndalang
masofalarini o‘lchash mumkin. Ko‘ndalang masofa uch joydan o‘lchanadi:
1) ikki Yonbosh suyagi oldining ustki o‘siqlari (spina iliaca anterior superior)
oralig‗i (distantia spinarum) –25–27 sm;
2) ikki Yonbosh suyagining ustki qirralari (crista iliaca) oralig‗i (distantia
cristarum) – 28–29 sm;
A
B
A - Erkaklar chanog‗i (pelvis masculinum). Old tomondan ko‘rinishi.
1–pelvis major; 2–articulatio sacroiliaca dextra; 3–os sacrum; 4–pelvis minor;
5–os coxae; 6–angulus subpubicus; 7–foramen obturatum; 8–acetabulum; 9–linea
terminalis.
B - Ayollar chanog‗i (pelvis femininum). Old tomondan ko‘rinishi.
263
1–pelvis major; 2–articulatio sacroiliaca; 3–os sacrum; 4–pelvis minor; 5–os
coxae; 6–arcus pubis; 7–foramen obturatorum; 8–acetabulum; 9–linea terminalis.
3) ikki son suyagining katta ko‘stlari (trochanter major) oralig‗i (distantia
trochanterica) – 30–32 sm.
Kichik Chanoqning kirish va chiqish teshiklari hamda bo‘shlig‗ining o‘lChovini
bilish uchun ular uch tomonlama, ya‘ni oldindan orqaga tomon (diametr recta),
ko‘ndalangiga (diametr transversa) va qiyig‗iga (diametr obliqua) o‘lchanadi.
Quyida shu o‘lChovlar ayollar va erkaklar chanog‗iga nisbatan keltiriladi.
Bu o‘lChovlardan tashqari, bir tomondagi Yonbosh suyagining oldingi va
orqadagi ustki o‘siqlari (spina iliaca anterior superior va spina iliaca posterior
superior) oralig‗i ham o‘lchanadi. Bu masofa 14,5–15 sm ga teng keladi.
1) Oxirgi bel umurtqasi bilan dumg‗aza suyagi oralig‗idan (promontorium)
simfizning ustki chetiga qadar bo‘lgan masofa anatomik konYugata – conjugata
anatomica deb atalib, 11 sm ga teng.
2) Promontorium dan simfizning ichki tomoniga ko‘proq bo‘rtib chiqqan joyga
qadar bo‘lgan masofa ginekologik konYugata (conjugata ginecologica) deb ataladi va
o‘rta hisobda 10,35 sm ga teng.
3) Promontorium dan simfizning pastki qirg‗og‗iga qadar bo‘lgan masofa qiyiq
(diagonal) konYugata – conjugata diagonalis deyiladi va 12–13 sm ga teng.
Chanoqning kirish qismidagi va chiqish qismidagi har bir to‘g‗ri diametr diametr
recta ning o‘rtasidan bir-biriga qo‘shiladigan chiziq, ya‘ni Chanoq bo‘shlig‗ining qoq
o‘rtasidan uzunasiga o‘tgan chiziq Chanoq o‘qi deb ataladi. Ayollarda Chanoq
bo‘shlig‗i tug‗ruq yo‘li (kanali) hisoblangani uchun bu o‘q tug‗ruq jaraYonida
yo‘naltiruvchi (yetakchi) rol o‘ynaydi.
Odamning chanog‗i hayvonlar chanog‗iga nisbatan kalta va keng bo‘ladi, chunki
odamlarning asta-sekin ikkita orqa oyoqqa ko‘tarilib tik holatni olishi natijasida qorin
bo‘shlig‗idagi a‘zolarning og‗irligi qisman Chanoqqa tushgan. To‘rt oyoqlab
Yuruvchilarda esa Chanoqqa hech qanday og‗irlik tushmaydi, shuning uchun ham
ularda Chanoq birmuncha tor va uzun bo‘ladi.
Shakl va o‘lChovi jihatidan ayollar Chanoqlari erkaklarnikidan ancha farq
qiladi. Bunday jinsiy tafovut ayniqsa balog‗atga yetgandan so‘ng yaqqol bilina
boshlaydi.
1. Ayollar chanog‗i erkaklarnikiga nisbatan kalta (silindr shaklida) va keng,
Chanoq suyaklari ancha Yupqa va tekis, erkaklarda esa voronka shaklida bo‘ladi.
2. Ikki Yonbosh suyak qanotlari ayollarda tashqariga yotiqroq, erkaklarda esa
tikka bo‘ladi.
3. Ayollar chanog‗ining kirish qismi ko‘ndalang oval shaklda, erkaklarda oval
shaklda bo‘ladi.
4. Chanoqning chiqish teshigi ayollarda erkaklarnikiga nisbatan keng. Chanoq
dum suyagi ich tomonining u qadar bukilmaganligi hamda quymich do‘nglarining
tashqariga qarab tarvaqaylashi hisobiga kengaygan.
5. Qov suyaklari qo‘shilgan joy (simfiz)ning ostida hosil bo‘lgan burchak
ayollarda keng, erkaklarda tor bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |