253
Tirsak Bo‗g‗imi (old tomoni).
1–capsula articularis; 2–lig. collaterale ulnare; 3–chorda obliqua; 4–ulna; 5–
radius; 6–tendo m. bicipitis brachii; 7–lig. anulare radii; 8–lig. collaterale radiale; 9–
humerus.
Tirsak Bo‗g‗imi tarkibida yelka-bilak, yelka-tirsak va bilak bilan tirsak suyaklari
Yuqori uchlarining Bo‗g‗imlari tafovut etiladi. Bu Bo‗g‗imlar bitta kapsulaga o‘ralib,
paylar bilan tutashib turganligidan tirsak Bo‗g‗imi deb ataladi. Ulardan biri – yelka-
tirsak Bo‗g‗imi (articulatio humeroulnaris) yelka suyagining pastki uchidagi
g‗altaksimon qismning Bo‗g‗im Yuzasi bilan tirsak suyagining tepa uchidagi g‗altak
kemtigi qo‘shilishidan hosil bo‘ladi. G‗altaksimon Yuzaning botig‗i bir tomonga sal
qiyshayganligidan Bo‗g‗im vintsimon harakatlanish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Yelka-bilak Bo‗g‗imi – articulatio humeroradialis yelka suyagining pastki
uchidagi sharsimon boshcha bilan bilak suyak boshchasi ustida fovea capitis radii
ning qo‘shilishidan hosil bo‘ladi. Bu Bo‗g‗im o‘zi alohida bo‘lmaganidan (bilak
254
suyagi bilan tirsak suyagi o‘rtasidagi Bo‗g‗im xalaqit beradi) harakat faqat bitta
(ko‘ndalang) o‘q atrofida bo‘ladi.
Articulatio radioulnaris proximalis – bilak suyagi boshchasi atrofidagi aylanma
Bo‗g‗im Yuzasi (circumferentia articularis radii), bilak-tirsak suyagidagi bilak
kemtigi (incisura radialis ulnae) ning qo‘shilishidan hosil bo‘lgani uchun silindr
shaklidagi Bo‗g‗imlar guruhiga kiradi.
Tirsak Bo‗g‗imi ikki Yon tomonidan xuddi yo‘g‗on kanop ip singari Yumaloq
va pishiq boylamlar vositasida mustahkamlanadi. Bu boylamlarning ichki (medial)
tomondagi Yonlama tirsak boylami ligamentum collaterale ulnare deb atalib, yelka
suyagi ichki do‘ng usti do‘mbog‗ining (epicondylus medialis) pastki chetidan
boshlanadi va tirsak suyagidagi katta kemtikning ichki qirg‗og‗iga yopishadi.
Ikkinchi boylam Yonlama bilak boylami – ligamentum collaterale radiale yelka
suyagi distal uchining tashqi do‘ngidan boshlanib, bilak suyagining boshini halqa
singari o‘ragan boylam – ligamentum anulare radii ga qo‘shilib ketadi. Bu so‘nggi
boylam tirsak suyagidagi kemtik (incisura radialis ulnae) chetidan boshlanib, bilak
suyagining boshchasini aylanib o‘tadi va kemtikning orqa (qarama-qarshi
tomonidagi) chetiga yopishadi. Bu aylanma boylam suyakning boshchasiga
birikmaganligi uchun bilak suyagi o‘zining vertikal o‘qi atrofida erkin aylana oladi.
Tirsak suyagining incisura radialis ulnae qirrasi bilan bilak suyagi bo‘yni oralig‗ida
ko‘ndalang tortilgan lig. quadratum joylashgan.
Tirsak Bo‗g‗imidagi harakat, asosan, bitta o‘q (ko‘ndalang o‘q) atrofida sodir
bo‘ladi (bukilish va yozilish). Shuning uchun u bir o‘qli Bo‗g‗imlar guruhiga kiradi.
Bunday harakat vaqtida ikki Bo‗g‗im, ya‘ni articulatio humeroradialis bilan
articulatio humeroulnaris qatnashadi. Bukilish chegaralangan bo`lib, tirsak
suyagidagi toj o‘sig‗i (processus coronoideus) yelka suyagidagi shu nomli
chuqurchaga kirib taqalgach, bukilish to‘xtaydi. Xuddi shuningdek, yozilish ham
ma‘lum chegaragacha davom etadi. Bunda tirsak suyagining katta o‘sig‗i (olecranon)
yelka suyagining orqa tomonidagi tirsak chuquri (fossa olecrani) ga kirib taqaladi va
yozilishga to‘sqinlik qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: