bo‗g‗imlari: Chanoq suyaklarining o‗zaro va dumg‗aza suyagi bilan qo‗shilishi.
Yonbosh dumg‗aza bo‗g‗imi, qov bitishmasi, Chanoq - son bo‗g‗imi. Ularning
shakli, bo‗g‗im Yuzalari, haltalari, boylamlari, harakati. Tizza bo‗g‗imi, oyoq
uchta suyak (ikki Yon va old tomondan Chanoq suyaklari, orqa tomondan dumg‗aza
va dum suyagi) qatnashadi. Bu suyaklar o‘zaro Bo‗g‗imlar hosil qilib qo‘shiladi va
260
1. Dumg‗aza va Chanoq suyaklaridagi quloqsimon Yuzalarning bir-biri bilan
qo‘shilishidan dumg‗aza-Yonbosh Bo‗g‗imi – articulatio sacroiliaca hosil bo‘ladi.
Quloqsimon yassi Yuzalar tolali tog‗ay bilan qoplangan bo‘lib, har jihatdan bir-biriga
moslangan, shu sababli bu Bo‗g‗im yassi Bo‗g‗imlar deb ataladi. Bo‗g‗im xaltasi
kalta va tarang tortilgan, Bo‗g‗im bo‘shlig‗i esa juda tor oraliqdan iborat. Shuning
uchun Bo‗g‗im amfiartroz (chala Bo‗g‗imlar) guruhiga kiradi va erkin harakat qila
olmaydi.
Articulatio sacroilica old tomondan lig. sacroiliaca ventralia, orqa tomondan lig.
sacroiliaca dorsalia dumg‗aza suyagining oldingi va tashqi qirrasidan boshlanib,
Yonbosh suyagining ustki va pastki o‘siqlariga yopishadi.
Bundan tashqari, dumg‗aza suyagi bilan Yonbosh suyak quloqsimon
Yuzalarining orqasidan g‗adir-budur qismlari oralig‗idagi masofani suyaklararo
boylam – lig. sacroiliaca interossea to‘ldiradi.
2. Old tomondan ham ikki qov suyaklari bir-biri bilan qo‘shilib, yarim (chala)
Bo‗g‗im hosil qiladi. Symphysis pubica deb ataladigan bu birlashma qov
suyaklarining Bo‗g‗im Yuzalari – facies symphysialis o‘rtasida hosil bo‘ladi. Bu
Yuzalar bir-biriga taqalmaganidan, o‘rtadagi oraliqni tog‗ay plastinka – discus
interpubicus to‘ldirib turadi. Demak, tog‗ay bu joyda ikkala suyakni birlashtiradigan
vosita hisoblanadi. Ayollarda qalinroq, erkaklarda Yupqaroq bo‘lgan bu tog‗ay
plastinka orasida torgina bo‘shliq bor. Bundan tashqari, ustki qov boylami – lig.
pubicum superius va pastki qov ravog‗ining boylami – lig. arcuatum pubicus
Bo‗g‗imni mustahkamlaydi.
Chanoqni hosil qiladigan suyaklar o‘rtasida Bo‗g‗im yoki birlashmalarga aloqasi
bo‘lmagan bir nechta boylam va pardalar bor.
Qov suyagi bilan quymich suyagining ustki va ostki shoxlari o‘rtasidagi
yopiluvchi teshik (foramen obturatum) ni fibroz to‘qimasidan tuzilgan parda –
membrana obturatoria berkitadi, bu parda yopiluvchi teshikning orqa va pastki
qirg‗oqlaridan boshlanadi va qov suyagining ustki shoxi qirg‗og‗iga kelganda ikki
varaqqa ajraladi va shu joyda yopiluvchi egat (sulcus obturatorius) ning ikki chetiga
yopishadi. Natijada shu nomdagi kanal (canalis obturatorius) hosil bo‘ladi.
Beshinchi bel umurtqasining ko‘ndalang o‘sig‗idan boshlangan lig. iliolumbale
Yonbosh suyagi qirrasining orqa qismiga yopishadi. Quyidagi ikkita katta va pishiq
boylamlar Bo‗g‗imlardan uzoqda, Chanoq suyagi bilan dumg‗aza suyagi o‘rtasida
tortilgan. Bulardan biri ligamentum sacrotuberale dumg‗aza suyagi tashqi chetidan
boshlanib, quymich do‘ngiga yopishadi. Natijada shu boylam bilan katta quymich
kemtigi o‘rtasida teshik – foramen ischiadicum majus hosil bo‘ladi. Ikkinchi boylam
dumg‗aza suyagidan boshlanib, Chanoq suyagidagi quymich qirrasiga yopishadi va
yo‘l-yo‘lakay lig. sacrotuberale bilan kesishib o‘tadi.
261
Dumg‗aza suyagi bilan dum suyagi lig. sacrococygeum ventrale va
sacrococcygeum
dorsale
boylamlar
vositasida
o‘zaro
birlashadi.
Chanoq suyakla-rining boylamlari va Bo‗g‗imlari (old tomoni, chap Yonbosh
suyagi bir oz kesilgan).
1–lig. longitudinale anterius; 2–ligg. sacroiliaca interossea; 3–articulatio
sacroiliaca (cavum articulare); 4–lig. sacrococcygeum ventrale; 5–discus inter-
pubicus; 6–symphysis pubica; 7–lig. sacrotuberale; 8–foramen ischiadicum minus; 9–
lig. sacrospinale; 10–foramen ischiadicum majus; 11–ligg. sacroiliaca ventralia; 12–
lig. iliolumbale.
Chanoq suyaklarining boylamlari, Chanoq-son Bo‗g‗imi (orqa tomoni).
1–lig. lumbocostale; 2–lig. ilio-lumbale; 3–lig. sacroiliacum dorsale; 4–lig.
iliofemorale; 5–lig. ischiofemorale; 6–capsula arti-cularis; 7–lig. sacrotuberale; 8–lig.
sacrococcygeum laterale; 9–lig. sacrococcygeum dorsale profunda; 10–lig.
sacrococcygeum laterale; 11–processus falciformis; 12–lig. sacrotuberale; 13–zona
orbicularis; 14–labrum acetabulare; 15–membrana obturatoria; 16–lig. sacrospinale;
17–spina iliaca posterior superior.