Annotation. The people of the world from the beginning were different in race, language, religion
and social class. In the medieval times with the development of science attitude to the world and the
human thinking was very high. However, in the era of today's globalization, there was a sharp deterioration
in the attitude to the centuries-old traditions that are important for human evolution. Indeed, various
spiritual, psychological and social attacks have spoiled national traditions and values.
Key words: alienation, indifference, indecision, laziness, marginality, family, nationality, tradition,
social group, religion, peacefulness.
90
TDPU ILMIY AXBOROTLARI PEDAGOGIKA 2019/3(20)
О‘zbek xalqi qadim-qadimdan nafaqat о‘z yaqinlariga nisbatan, balki о‘zga millat, xalq va din
vakillariga nisbatan munosabatda ham tolerantlik, bag‘rikenglikka amal qilganidan tarix guvohlik berib
turibdi.
“Iskandar Zulqarnayn (Aleksandr Makedonskiy) о‘lkani zabt etdi, mahalliy aholi о‘z diniy e’tiqodiga
nisbatan sobit turdi. Xorazm, Buxoro va Sug‘diyona kabi kо‘hna shahar va kentlarida tub aholi
Otashparastlik (zardushtiy)ka e’tiqod qilgan bо‘lsa, janubda buddaviylik riqojlangan edi. Milodiy davrga
kelib, mahalliy aholining ayrimlari nasroniylik dinini qabul qildi, ammo, yahudiylik dini mahalliy aholi
о‘rtasida tarqalmagan bо‘lsa-da, uning tarqalishiga keskin qarshilik qilmadi. Chunki bu davrga kelib, Buyuk
ipak yо‘li tufayli hudud aholisi о‘rtasida g‘ayridinlarga nisbatan bag‘rikenglik (tolerantlik) tamoyili
shakllangan edi. Shu sababdan turli millat, xalq va din vakillari emin-erkin istiqomat qilgan. Hatto, hududda
Islom dini keng tarqalgan dastlabki yillarda ham bag‘rikenglik (tolerantlik) an’analari davom etgan.
Nafaqat о‘z millati, xalqining azaliy an’ana, urf-odat va qadriyatlariga nisbatan hurmat ruhida, balki
о‘zgalarga nisbatan munosabatda ham bu tamoyilga og‘ishmay amal qilgan, bu aholi vakillari о‘rtasida
qachondan va qay tarzda milliy о‘zlikka nisbatan befarqlik, loqaydlik va begonalashuv kabi salbiy illatlar
paydo bо‘ldi.
Shaxsda о‘z ajodlarining tarixi, madaniyati va ma’naviyatiga nisbatan befarq hamda loqayd
munosabat kuchayib, ma’naviy boylikdan moddiyat(boylikka ruju qо‘yganda)ni ustun qо‘yish kabi salbiy
illatlar avj olganda begonalashuv hissi yuzaga keladi.
Xususan, Sobiq Ittifoq davrida “temir qafas” kabi dunyodan uzilib qоlgan edi, u davrda yashagan
insonlarda tashqi dunyoni bilishga bо‘lgan qiziqish va intilish kuchli bо‘lib, о‘zga dunyo haqidagi muhim
ma’lumotlarni faqatgina ommaviy axborot vositalaridan bilish mumkin edi. Shu sababdan odamlarda
axborotga nisbatan “chanqoqlik” hissi mavjud edi.
Mustaqillikni dastlabki yillarda yuzaga kelgan iqtisodiy taqchillik va qiyinchiliklar odamlarni bir qadar
“sinov”dan о‘tkazdi. Bu kabi taqchillik, qiyinchilik va ishsizlik tufayli yuzaga kelgan tibbiy xizmat hamda
maishiy turmush darajasining pastligi kо‘pchilikni qattiq “sarosima”ga solib qо‘ydi. Nima bо‘lganda ham,
odamlar bu kabi qiyinchiliklarni yengib о‘tish yoki undan “qochib qutilishi” zarur edi. “Sobiq Ittifoqni barpo
etish davrida majburan о‘z ona yurtini tark etgan muhojirlar sonidan-da kо‘proq muhojirlar о‘z yashab
turgan hududidan kо‘chdi. Ittifoqda yashab qolgan va qiyinchilikdan muhojirlikni afzal bilganlarni har ikkisi
oldida ham “yangicha hayot”ga kо‘nikma hosil qilish mas’uliyati turardi.
Amerika sotsiologlari tomonidan 1920-yilda Yevropa va amerikaga kо‘chib keluvchi
muhojir(immigrant)larning о‘z millati, xalqi va jamiyatiga xos tafakkur tarzi hamda dunyoqarashini tubdan
isloh qiluvchi “amerikacha”, jamiyatga xos va mos millat tushunchasidan kо‘ra ustuvor turuvchi, “Amerika
fuqaro”ligiga sodiqlik sotsial konsepsiyasi ishlab chiqilgan bо‘lib, har bir muhojirdan ushbu konsepsiyaga
amal qilishni talab etilardi.
Ushbu sotsial konsepsiyaning asosiy maqsadi marginalizatsiya ya’ni, maqsadi noma’lum sotsial
guruhning “an’ana”lariga sodiqlik ruhiyatini singirishdan iborat bо‘lgan edi. Muhojirlardagi shaxsga xos
xususiyat о‘z millati, xalqi va jamiyatiga xos obyektiv bog‘liqlikdan mahrum qiluvchi, asriy va azaliy an’ana,
aloqalarni parchalashdan millatga xos, milliy g‘urur, estetik, axloqiy, huquqiy hamda fiziologik me’yor va
qadriyatlarning buzilishiga qaratilgan sotsial harakat edi.
Marginallik – (marginalis-lotincha) millat va xalqlarning asrlar davomida yuzaga kelib, shakllangan
milliy ijtimoiy normalarini “chegaralov”chi va undan chetlash, mahrum etishga qaratilgan ijtimoiy
konsepsiya sifatida individda interfaollikni belgilaydi. Individni demagog va adventistlarga hos oldindan
aytib bо‘lmaydigan va nazoratsiz harakatlariga tо‘liq bog‘liq holatda о‘zgartirishga mо‘ljallangan edi.
Muhojirlarga nisbatan tadbiq etilgan mazkur konsepsiya, avvalombor, jamiyatga nisbatan tadbiq
etilishi lozim edi. Biroq amerika dunyosida hali irqchilik tо‘liq barham topmagani sabab, ushbu konsepsiyani
jamiyatda tо‘laqonlik qaror topishiga halal berdi. Lekin, ikkinchi jahon urushi davrida va undan keyingi
yillarda “osuda hayot ilinjida” amerikaga kо‘chib kelgan muhojir(immigrant)larda ushbu konsepsiya kutilgan
samarani bera boshladi. Shuningdek, XX asrning 90-yillarida, xususan, Amerika va Yevropa jamiyatida millat,
xalq va milliy о‘zlikdan ustuvor ahamiyat kasb etgan, erkin dunyo fuqarosi degan tushuncha tо‘liq qaror
topdi.
91
TDPU ILMIY AXBOROTLARI PEDAGOGIKA 2019/3(20)
Sobiq ittifoqning parchalanishini uzoq kutgan Amerika va G‘arb matbuotchilari bu mavzuda uzoq
vaqt, xо‘p va kо‘p yozishdi. Sotsiologlar ham ushbu mavzudan chetlashmay, iqtisodiy qiyinchiliklar tufayli
“sobiq ittifoqchilar”ni yangidan-yangi inqirozlarga uchrab, “tug‘ilib ulgurmay halokatga uchrashi”ni
bashorat qilib, uning amaliy chora-tadbirlari ishlab chiqildi.
Jumladan, galdagi vazifa sotsiolog E.R. Rashkovskiy fikriga kо‘ra
1
: Sobiq Ittifoqdan “meros” bо‘lib
qolgan jamiyatni siyosiy, iqtisodiy, madaniy, ma’naviy va etnik birlik kabi barcha sohalarda qiyinchilik bilan
amalga oshirilayotgan islohotlarga putur yetkazishga qaratilgan “Xо‘rlangan ayol” va “Erkin dunyo insoni”
kabi sotsial loyihalar amalga oshirildi. Ushbu sotsial loyihani ommalashtirish uchun turli axborot xurujlari
(OAV va internet) qо‘llanildi. G‘arb sotsiologlari bashorat qilganidek, 2000-yildan Sobiq Ittifoq qatori
yurtimizda ham internet va mobil aloqa shiddat bilan quloch yozdi. Ushbu qulaylikdan, ayniqsa, yoshlar
qatlamining axborotga bо‘lgan “chanqog‘i qondi”. Hozirda ushbu qulaylikdan bahramand bо‘lganlar
jamiyatning о‘rta va katta yoshlilar qatlamini tashkil etib, internet va mobil aloqadan asosiy
foydalanuvchilar hisoblanadi. Ammo, bugungi sotsial tarmoqlarda ma’lumotlar oqimining keskin ortishi
yoki, bir xabarning turlicha talqin qilinishi axborot iste’molchilarida zerikish uyg‘ondi.
“It insonni qopib olishi hodisaviylik, ammo odam itni qopib olishi shovshuvli (sensatsiya) xabar
ekanligini e’tiborga olsak, endilikda axborot, ma’lumot oluvchilarga qisqa, sodda va ommani larzaga
keltiruvchi, vahimali hamda dahshatli xabarlarga qiziqish kuchaygan. Tezkor axborotlar davrida telegram,
facebook va youtube xizmatlarida tarqatilayotgan xabarlar shular jumlasiga kiradi.
Befarqlik, loqaydlik, dangasalik va begonalashuv kabi salbiy tushunchalar sof falsafiy tushuncha
bо‘lmay, uning mazmun va mohiyatini anglash uchun bir qator ijtimoiy fanlar va psixologiya fanlarining
о‘zaro uzviyligida о‘rganiladi. Demak, befarqlik va loqaydlik tufayli yuzaga keladigan dangasalik ham о‘zaro
uzviylikda begonalashuv kabi salbiy illatni barcha jihatlarini о‘zida “mujassam” qilgan holda, din, millat, xalq
va hudud kabi tushunchalarni “parchalash”da falsafiy mazmun hamda mohiyatga kо‘ra makon va zamon
tanlamaydi.
Psixologiya fanida begonalashuv jarayoni, avvalo, salbiy voqea va hodisalarga moyil, о‘zida ma’lum
bir millat, xalqqa xos ijtimoiy hayot tarzi, me’yorlariga ega bо‘lmagan yoki о‘zidan qoniqish hosil
qilmaydigan, ya’ni hayotda о‘z о‘rniga ega bо‘lmagan shaxslarda kechadigan psixofiziologik holatdir.
Bu kabi psixofiziologik holatdagi kimsa, qо‘rqitish, azoblash va tahqirlash singari jarayonlarni
kuzatishga moyil bо‘lib, voqea ta’sirida hayotga bо‘lgan alamzadalik hissini qondiradi. Ular hayotda,
yaqinlaridan mehr kо‘rmagan, ma’naviy va ruhiy dunyosi shikastlangan hamda о‘zlikdan begonalashgan
tarzda harakat qiladi.
Ruhiy tushkunlikning sabablari kо‘p, ammo undan chiqishning yagona va tо‘g‘ri yechimi, avvalo,
insonda hayotga bо‘lgan qiziqish hamda о‘ziga bо‘lgan ishonchini uyg‘otishdir. Har doim ham biror
muammo tufayli ruhiy tushkunlikka tushgan kimsada muammoga nisbatan tо‘g‘ri va xolis yechim
topilamasligi sabab bо‘ladi. Bunday vaziyatga tushganlarning aksariyati muammoni yaqinlaridan yashirib,
yolg‘iz yechim topishda vertual olamga murojaat etishdan yо‘lini yо‘qotib, yangi muammolarga yо‘liqadi.
Psixolog D.N.Smirnovaning fikriga kо‘ra
2
, XX asrning 90-yillarida Rossiya aholisining har jihatdan
ahvoli qanchalik og‘ir va qiyin bо‘lmasin, baxtsiz voqea sodir bо‘lganda о‘z ahvolini o‘ylab о‘tirmasdan
yordamga shoshilardi. Jumladan, avtohalokat chog‘ida chetda turib kuzatish holati kam bо‘lib, deyarli
kо‘pchilik yordamga oshiqardi, ammo 2000-yildan internet va mobil aloqa tizimi ommalashgach, voqeaga
guvoh bо‘lganlar qо‘l telefoniga bu hodisani tezroq tasvirga olib, tarmoqqa qо‘yishga oshiqishadi. Hatto,
ular bu xatti-harakatlaridan tez tibbiy yordam va huquq tartibot xodimlarining faoliyatiga xalal berib, yana
ulardan norozi ham bо‘lishadi. Sо‘nggi yillarda bu holat Rossiya jamiyatida odat tusiga kirishi jamoatchilikni
kо‘p ham tashvishlantirmay qо‘ydi. Yevropacha egoizm ta’siri kuchaydi. 2012-yilda О‘zbekistonda
istiqomat qiluvchi dо‘stim Toshkentga taklif etdi. Badiiy asarlardan bilganim og‘ir urush yillarida front
chizig‘idan ko‘chirib (evakuvatsiya) keltirilganlar bilan burda nonni baham ko‘rgan, uyi va qalbidan joy
bergan о‘zbek xalqining sharqona mehmon dо‘stligidan bahramand bо‘lish istagida taklifga rozilik bildirdim.
Toshkentga avgust oyida keldim, bir qarashda osuda shaharda Sharqona odob-axloq va zamonaviylik
1
Мангейм К. Идеология и утопия // Утопия и утопическое мышление: антология зарубежной литературы. -М.: “Прогресс”, 1991. – С. 369.
2
Смирнова Д.Н. Социальные проблемы и их решение // Философские науки. – М.:2013. № 8. – С. 19-30.
92
TDPU ILMIY AXBOROTLARI PEDAGOGIKA 2019/3(20)
uyg‘unligiga guvoh bо‘lasiz. Lekin, safarimning oltinchi kuni avtohalokatga kо‘zim tushdi, ne qismatki yana
o‘sha holat, jabrlanganlarga yordam kо‘rsatish о‘rniga kо‘pchilik “tasvirga olish” bilan band. Hayratdan dong
qotib, о‘zimni go‘yoki o‘sha onda Moskvada deya his etdim. Xо‘sh, diniy ta’limotlarda millatimizga yot
bо‘lgan befarqlik, loqaylik va begonalashuv tо‘g‘risida qanday fikr bildirilgan?
Imom Termeziy Xuzayfa roziyalloxu anxudan rivoyat qilgan hadisda Nabiy alayxissalom: ”Befarq va
loqayd bо‘lmanglar, uning oldini olish uchun inson ilm-ma’rifatli bо‘lishi lozim, bilimli insonlar, odamlar
yaxshilik qilsa, biz ham yaxshilik qilamiz, yomonlik qilsalar, yomonlik qilamiz demaydi. Ular yaxshilik qilsalar,
yaxshilik qilinglar, yomonlik qilsalar, zulm qilmanglar, bu ilmli insonning ishi emas, bu kabi xatoga yо‘l
qо‘ysangizlar, sizlar о‘zlikdan begonalashasiz dedilar. Loqaydlikning ikkinchi bir nomi befarqlik, begonalik va
dangasalik desak, tо‘g‘ri bо‘ladi. Amir ibn Shu’ay bobosi va otasidan eshitib rivoyat qiladi: Nabiy sallollohu
vasallam: Allohim! Sendan befarqlik, loqaydlik, begonalik, dangasalik va qarzdorlikdan panoh sо‘rayman.
Ma’lumki, musulmon kishining eng muhim xususiyatlardan biri xushyorlik va ogohlik bо‘lib, u о‘z
qо‘ni-qо‘shnisi, dо‘st-birodari va qarindoshlari holidan doimo boxabar bо‘lib turadi. Befarqlik, loqaydlik va
begonasirash hissi musulmon kishiga yot tushunchadir. Zero, Payg‘ambarimiz Muhammad (s.a.v.) bunday
marhamat qiladilar: “Musulmonlar bir jasad (forscha jism, tana) kabidir, agar, musulmon kishining bir tana
a’zosi xastalansa, qolganlarini isitma oladi
1
”.
Bu hadisda bir jamiyatda yashayotgan mо‘min-musulmonlar go‘yo bir tan-u bir jon ekani, shu
jamiyatning muammosi uning har bir a’zosiga aloqador ekanligi aytilgan. Shuningdek, boshqa bir hadisi
sharifda bunday deyiladi: “Musulmon kishi bir kun о‘zi tо‘q bо‘lsa, qо‘shnisini ham och holda qoldirmaydi”.
Qо‘shnidan boxabar bо‘lish deganda musulmon kishi qо‘ni-qо‘shni, qarindosh-urug‘ va mahalladoshlari
bilan yaqin bо‘lishadi degani emasmi? Musulmon kishi о‘z birodari( birodar, forcha dindosh) holidan xabar
olib, yon-atrofda sodir bо‘layotgan voqea va hodisalarga befarq yoki betaraf qarab, shunchaki kuzatuvchi
bо‘lmaydi. Kimdir yomon ish qilgani yoki axloqsizlik, ya’ni behayo va beparda gaplarni aytayotgani yoki
birovning boshqasiga zulm, adolatsizlik qilayotganini kо‘rib yoki eshitib, indamay ketmaydi. Balki, uni bu
notо‘g‘ri yо‘ldan qaytarib, tо‘g‘ri va xolislik bilan tushuntiradi.
Xulosa qilish mumkinki, befarq, loqayd va о‘zlikdan begonalashuv kabi salbiy illatlarning hayotimizdan
о‘rin olmasligi uchun oila va ta’lim muassasalari bilan о‘zaro hamkorlikka asoslangan ta’lim va tarbiya
konsepsiyasini ishlab chiqish lozim. Har doimo tarbiya borasida ustuvor bо‘lgan oila ushbu mas’uliyatli
vazifani ado etishda ham ta’lim sohasi bilan о‘zaro hamkorlikda tashabbuskorlikni о‘z qо‘liga olishi darkor.
Do'stlaringiz bilan baham: |