Toshkent davlat pedagogika universiteti ilmiy axborotlari ilmiy-nazariy jurnali



Download 4,91 Mb.
Pdf ko'rish
bet51/84
Sana22.02.2022
Hajmi4,91 Mb.
#113695
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   84
Bog'liq
2019-3-son

Key words: students, innovation, activity, approach, efficiency, necessity, need, demand, suggestion. 
Respublikamizda yuksak malakali va yangicha dunyoqarashga ega bo‘lgan milliy kadrlarni tayyorlash, 
hayotimizda muhim ahamiyatga ega bo‘lgan masalalar qatorida ta’lim-tarbiya tizimini tubdan isloh qilish, 
uni zamon talablari darajasiga ko‘tarish, barkamol avlodni tarbiyalab voyaga yetkazish dolzarb masala bo‘lib 
qoldi. Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyev 2019-yil 24-may kuni O‘zbekiston Milliy universitetida oliy ta’lim va 
ilmiy-tadqiqot muassasalari rahbarlari bilan bo‘lgan uchrashuvda ta’kidlaganidek: “Ilmni, tarbiyani to‘g‘ri 
qilsak, hamma sohalarni malakali mutaxassislar o‘zlari rivojlantiradi
1
”, ana shundan kelib chiqqan holda, 
ta’lim ustuvorligi, ta’lim mazmuni va tuzilishi o‘zgarmoqda, yangi standartlar joriy etilmoqda, ta’lim sifati 
rivojlanishning yangi, yanada yuqori bosqichiga ko‘tarilmoqda. Bugungi kunda ilm-fan, texnika va axborot-
kommunikatsion texnologiyalar, ishlab chiqarish sohalarining tez sur’atlarda jadallik bilan rivojlanishi ta’lim 
tizimi xodimlaridan ta’lim-tarbiya sifatini mazmun jihatidan yangi bosqichga ko‘tarish, bunda innovatsion 
texnologiyalardan samarali foydalanishni talab etib, har bir tizim xodimi, ayniqsa, o‘qituvchilar zimmasiga 
yanada yuksak mas’uliyat va vazifalarni yuklaydi. 
T.I.Shamovaning tadqiqotlarida oliy ta’lim muassasalarida o‘quv-bilish faoliyatini rivojlantirishga 
yo‘naltirilgan ta’limni tashkil etishga qo‘yiladigan talablar shakllantirilgan. Ular fanning nazariy (mazmunli) 
blokini talabalarning asosiy fikriy va amaliy harakatlaridan tarkib toptirishi zarur; faollashtirish vositalari 
bilimlarni o‘zlashtirish va faoliyat usullari algoritmining faolligiga yo‘naltirilishi kerak; faollashtirish 
vositalarini tanlash ta’limning tarkibiy qismlariga ta’sir etgani holda bilishning har bir bosqichi aniq maqsad 
asosida amalga oshirilishi uchun imkoniyat yaratishi lozim
2
.
Yuqorida bildirilgan fikrlarga tayangan holda “o‘quv-bilish faoliyatini rivojlantirish” tushunchasini ham 
ta’riflash mumkin. Bizning firimizga ko‘ra, o‘quv-bilish faoliyatini rivojlantirish – belgilangan mezonlarga 
muvofiq, talabalarning past darajadagi bilim, ko‘nikma va malakalarining o‘rta va yuqori darajalarga o‘sib 
o‘tishini ifodalovchi jarayon sanaladi. O‘quv-bilish faoliyatining o‘ziga xosligi uning o‘quvchilar tomonidan 
ular uchun yangi bo‘lgan bilim, ko‘nikma va malakalarni o‘zlashtirishga, obyektiv borliqni anglashga 
yo‘naltirilganligi bilan belgilanadi. Biroq bilimlarni o‘zlashtirishning xarakteri turlicha bo‘lishi mumkin. 
Bizning nazarimizda, aynan mana shu o‘quv-bilish faoliyatining turli ko‘rinishlari predmetini farqlab beradi. 
Har bir o‘quv predmetini o‘rganishda quyidagi jihatlar ko‘zga tashlanadi: 1) axborotli jihati – axborotni 
o‘zlashtirish; 2) shaxsiy jihati – faoliyat usullarini egallash. O‘quv mashg‘ulotlarida talabalarning o‘quv-bilish 
faoliyatining asosiy turlari quyidagilardir: kuzatish, tajriba, kitoblar, politexnik lug‘atlar, ma’lumotnomalar 
bilan ishlash, bilimlarni tizimlashtirish va boshqalar. Ular bir-biri bilan o‘zaro bog‘langan. Umumiy o‘rta 
ta’lim muassasalari ta’lim jarayoniga innovatsiyalarni tatbiq etish o‘qituvchilarning innovatsion faoliyatidan 
boshlanadi. Chunki o‘qituvchi ta’lim va tarbiya jarayonining yetakchisi, tashkilotchisi bo‘lib, uning 
innovatsion madaniyati, tashabbuskorligi, ijodiy faolligi, kreativ fikrlashi, novatorlikka bo‘lgan intilishi ta’lim 
tizimini rivojlantirishning asosiy omillaridan biri hisoblanadi. “Innovatsiya” so‘zi lotin tilidagi “inovatis” (in – 
ichiga, novus – yangi, yangilik) so‘zidan olingan bo‘lib, tarjima qilganda “yangilik kiritish, ijobiy o‘zgarish, 
yangilanish” degan ma’nolarni anglatadi. Innovatsiyalar ilmiy-amaliy jihatdan asoslangan, biron-bir sohada 
1
Sh.М.Мirziyoyev. 2019-yil 24-may kuni O‘zbekiston Мilliy universitetida oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalari rahbarlari bilan bo‘lgan 
uchrashuvidan. https://president.uz/uz/2592 
2
Шамова Т.И. Активизация учения школьников. – М.: Педагогика, 1982. С. 122 


94 
TDPU ILMIY AXBOROTLARI PEDAGOGIKA 2019/3(20)
aniq maqsadga qaratilgan hamda amaliy tatbiq etishga yo‘naltirilgan yuqori samaradorlikka ega yangilik 
hisoblanadi. Pedagogik innovatsiya deyilganda, samarali natijaga erishish maqsadida ta’lim-tarbiya 
jarayoniga yangiliklar, ijobiy o‘zgarishlar kiritish tushuniladi. Pedagogik innovatsiyalar ta’lim amaliyotida 
hamda olim va pedagoglarning ijodiy faoliyati natijasida vujudga keladi. 
O‘zbekiston sharoitida innovatsiyalarni o‘rganish, uni ta’lim jarayoniga tatbiq etish ta’lim tizimini isloh 
qilish masalalari bilan bog‘liq ravishda tayyor axborotlarni berishga asoslangan an’anaviy o‘qitish turidan, 
talabalarning izlanishga, ma’lumotlarni o‘zlari izlab topishga o‘rgatadigan ta’lim tizimiga o‘tish yo‘lidagi 
harakatlari bilan asoslanadi. Shunga ko‘ra, yangi bilimlarga: yangilik, innovatsiya, innovatsion jarayonlar 
kabi tushunchalar mohiyatini anglashga ehtiyoj kuchayadi. 
“Yangilik kiritish” (innovatsiya) tushunchasi yangiliklarda ham, ushbu yangilikni amaliyotga tatbiq 
etish jarayoni sifatida ham tushuniladi. 
O‘zbekistonlik olimlardan N.Saidahmedov, N.Azizxo‘jayeva, Sh.Shodmonov, G.Baubekova, G.Xalikova 
va boshqalar pedagogik yangilanishlarga ilg‘or tajribaning xususiy shakli tarzida qaraydi
1
. Ularni radikal 
yangiliklar bilan tenglashtirib, quyidagilar bilan bog‘lab tushuntiradi: dolzarb muammoning yangi yechimi, 
ulardan foydalanish yangi sifat o‘zgarishlariga olib keladi, ularni qo‘llash tizimdagi boshqa komponentlarni 
ham sifat jihatidan o‘zgartiradi. Bunda yangilanishlar tizimning bir sifatli holatdan ikkinchi holatga o‘tishi 
tarzida tushuniladi. Yangilik muayyan ta’lim tizimi ichida mavjud bo‘lib, yangilanish asosida yuzaga keladi. 
Shu tarzda yangilanishni yangilik yaratish, qo‘llash va o‘zlashtirish hisobiga ta’lim rivojlanishi jarayoni 
sifatida tushunish mumkin. Yangilanish ta’lim jarayonining qaysi bo‘lagiga o‘zgartirish kiritishni aniqlashdan 
boshlanadi. Pedagogik yangilanish predmeti yangilanish jarayoni samaradorligi va ularni aniqlovchi omillar 
orasidagi bog‘liqlik, shuningdek, o‘zgarishlar samaradorligini oshirish maqsadida shu omillarga ta’sir etish 
usullaridan iborat.
Innovatsion jarayonlar quyidagi bosqichlarga ajraladi: 
1. Yangi g‘oyalarning tug‘ilishi va yangilanish konsepsiyasining paydo bo‘lish bosqichi. Bu shartli 
ravishda fundamental va amaliy izlanishlar natijasi tarzida yangilik yaratish deyiladi. 
2. Yaratish bosqichi. Muayyan obyektda amalga oshirilgan yangilik – moddiy yoki ma’naviy narsa-
namuna. 
3. Yangilik kiritish bosqichi. Yaratilgan yangilik amaliyotga tatbiq etiladi, qayta ishlanadi. Bu bosqich 
kiritilgan yangilikdan yuqori samaraga erishish bilan yakunlanadi. So‘ng yangilikning mustaqil harakatlanishi 
boshlanadi. Yangiliklar qo‘llanilish jarayonida yanada boshqa bosqichlarga ajraladi. 
4. Yangiliklarni hayotga tatbiq etish bosqichi. Yangiliklarni boshqa sohalarga ham keng qo‘llashda 
namoyon bo‘ladi. 
5. Muayyan sohada yangilikning turg‘un xizmat qilish bosqichi. Yangilikni qo‘llash davomida u o‘zining 
yangilik xususiyatini yo‘qotib boradi. Mazkur bosqich yangilik o‘rniga undan ham samarali yangiliklarni 
tatbiq etish bilan yakunlanadi. Bir yangilik o‘rnini undan ham samaraliroq bo‘lgan boshqasi egallaydi. 
6. Yangiliklarni boshqa yangilik bilan almashtirish maqsadida yangiliklar ko‘lamini qisqartirish 
bosqichi.
Ta’lim sohasida innovatsion jarayonlar ikki turga bo‘linadi: 
1.Stixiyali ravishda amalga oshadigan innovatsiyalar. 
Innovatsion jarayonni amalga oshirish shartlari, vosita va yo‘llari tuzilishini to‘liq anglamagan yoki uni 
tug‘dirgan ehtiyojga bog‘lanmagan holda amalga oshiriladi. Bu tarzdagi innovatsiyalar ko‘pincha ilmiy 
asoslar bilan bog‘liq bo‘lmay, empirik asosda vaziyat talablaridan kelib chiqqan holda amalga oshiriladi. 
Bunday innovatsiyalarga novator o‘qituvchilar, tarbiyachilar, ota-onalar faoliyatlarini misol keltirish 
mumkin. 
2. Ta’lim tizimidagi innovatsiyalar ongli, maqsadga yo‘naltirilgan, ilmiy ishlab chiqilgan fanlararo 
faoliyat natijasi hisoblanadi. 
Ta’lim sohasidagi innovatsiya ta’lim-tarbiya maqsadi, mazmuni, usul va shakllari, pedagogik jarayonni 
tashkil etishda yangiliklar kiritishni nazarda tutadi. 
1
Farberman L. Ilg‘or pedagogic texnologiyalar. – Т.: 2000., Шодмонов Ш., Баубекова Г., Халикова Г. Инновационные методы обучения в 
экономическом образовании. – Т.: “Фан”, 2003 


95 
TDPU ILMIY AXBOROTLARI PEDAGOGIKA 2019/3(20)
Innovatsion jarayon bir necha bosqich va vositalar yig‘ini yordamida ilmiy yangilik yoki g‘oya, ijtimoiy 
yangilikka, shu qatorda ta’lim yangiligiga aylanadi. Bunda yangilik kiritishga innovatsiya natijasi sifatida 
qaraladi, innovatsion jarayon esa, umumiy tarzda quyidagi uch bosqichning rivojlanishi sifatida tushuniladi: 
g‘oyalarni berish (ilmiy yangilik ochish), g‘oyalarni amaliy jihatdan ishlab chiqish va uni amaliyotga tatbiq 
etish. 
Innovatsiyalarni quyidagicha tasniflash mumkin: 
1. Funksional imkoniyatlariga qarab, barcha pedagogik innovatsiyalar: yangiliklar samarali ta’lim 
jarayonini ta’minlaydigan shartlar (ta’limning yangi mazmuni, innovatsion ta’lim muhitlari, ijtimoiy-madaniy 
sharoitlar); yangilik – pedagogik vosita, texnologik ta’lim loyihalari va hokazo; tashkiliy boshqaruvga oid 
yangiliklar (ta’limning sifatli xizmat qilishini ta’minlaydigan yechimlar). 
2. Innovatsiyalarni amalga oshirish va tatbiq etish sohasiga qarab: ta’lim mazmunida; o‘qitish 
texnologiyalari, ta’lim tizimining tarbiyaviy sohasida; pedagogik jarayon qatnashchilari o‘zaro ta’siri tizimida, 
pedagogik vositalar tizimida. 
Tizimli innovatsiyalar – bu muayyan muammo doirasidan kelib chiqadigan, aniq maqsad, vazifalarga 
ega innovatsiyalardir. Bular o‘qituvchi va talabalar qiziqishlari asosida tuzilib, uzviylik xarakteriga ega 
bo‘ladi. Bunday innovatsiyalar puxta tayyorlanib, ekspertlardan o‘tadi va zarur vositalar bilan ta’minlanadi 
(kadrlar, moddiy, ilmiy-metodik ta’minot)
1

Ma’lumki, pedagogik innovatsiya faoliyatining subyekti o‘qituvchi va uning shaxsiy imkoniyati 
hisoblanadi. Bunda o‘qituvchi shaxsining ijtimoiy-madaniy, intellektual va axloqiy imkoniyatlari yuksak 
ahamiyatga ega bo‘ladi. Innovatsion jarayonning mohiyati o‘qituvchi va talabalarning birgalikdagi faoliyati 
mazmunida aks etadi, mazkur jarayonda pedagog talabalarga yuzaga kelgan qiyinchiliklarni yengishga 
yordam beradi. Pedagogik yordamning asosiy mohiyati innovatsion uslubning tavsifi, uning maqsadga 
yo‘naltirilganligi, shuningdek, shaxsni shakllantirish va tarbiyalash borasida hal etiladigan vazifalar bilan 
ifodalanadi. 
Talabalarning shaxsiy xislatlari pedagogik jarayonning subyekti sifatida quyidagilarni o‘z ichiga oladi: 
o‘qitishning hozirgi va kelgusi bosqichlari uchun qabul qilingan o‘quv-tarbiya jarayonining maqsadi, vazifasi 
va ko‘rsatmalarni anglay bilish; intellektual mehnatning yangi turlarini egallash; maqsadga muvofiq kasbiy 
o‘z-o‘zini tarbiyalash va mustaqil tahsil olish, qiyinchiliklarni a’lo darajada yenga bilish, o‘sish va mustahkam 
o‘rin egallashning kengayayotgan intellektual va kasbiy imkoniyatlari, istiqbollari bilan qoniqish, o‘zining 
ijtimoiy roli funksiyasini bajarishda faol munosabatda bo‘lish va hokazo. 
Innovatsion pedagogik jarayonning eng muhim yo‘nalishlaridan biri talabalarning bilish faoliyatini 
rivojlantirish. Bunday yo‘nalish talabalarning o‘quv jarayonini faollashtirishni, ularning kasbiy 
ixtisoslashishini aniqlab olish faolligini o‘z ichiga oladi. 
Talabalarning innovatsion faoliyatini yaratuvchilik jarayoni va ijodiy faoliyat sifatida baholash 
mumkin. Innovatsion faoliyatga aksiologik yondashuv insonning o‘zini yangilik yaratish jarayoniga baxshida 
qilishi, u tomonidan yaratilgan pedagogik qadriyatlar yig‘indisini anglatadi. Aksiologiya insonga oliy qadriyat 
va ijtimoiy taraqqiyotning birdan-bir maqsadi sifatida qaraydi. O‘qituvchining innovatsion faoliyati tuzilmasi 
kreativlik va refleksiya komponentlaridan iborat. O‘qituvchi innovatsion faoliyatining eng muhim tavsifi 
kreativlikdir. Kreativlik individning yangi tushuncha yaratishi va yangi ko‘nikmalar hosil qilish qobiliyati, 
xislatini bildiradi.
O‘qituvchi innovatsion faoliyatidagi kreativlikning bir necha bosqichlari mavjud: 
– birinchi bosqichda tayyor metodik tavsiyalar ko‘chiriladi; 
– ikkinchi bosqichda mavjud tizimga ayrim moslamalar (modifikatsiyalar), metodik usullar kiritiladi. 
– uchinchi bosqichda g‘oyani amalga oshirish mazmuni, metodlari, shakli to‘la ishlab chiqiladi; 
– to‘rtinchi bosqichda o‘qitish va tarbiyalanishning betakror konsepsiyasi va metodikasi yaratiladi. 
O‘qituvchining innovatsion faoliyati tuzilmasidagi eng muhim komponent bu refleksiyadir. Refleksiya 
o‘qituvchining o‘z ongi va faoliyatini belgilashi hamda tahlil qila olishidir. Refleksiya (lotincha “reflexio” – 
“ortga qaytish”) subyektning o‘z (ichki) psixik tuyg‘u va holatlarini bilish jarayonidir. Innovatsionlik 
pedagogik jarayonni ifodalab, nafaqat uning didaktik qurilmasiga, balki o‘qituvchining ijtimoiy mohiyatli 
1
Erkaboyeva N. Yangilangan fikrlarning mohiyati va uning ustuvor yo‘nalishlari. // Xalq ta’limi, 2005-yil, 6-son, 19-20-betlar.


96 
TDPU ILMIY AXBOROTLARI PEDAGOGIKA 2019/3(20)
natijalari va ruhiy qiyofasiga ham taalluqlidir. U ochiqlikni, boshqalar fikrining tan olinishini bildiradi. 
O‘qituvchining innovatsion faoliyati turli xildagi qarashlarning to‘qnashuvi va o‘zaro boyitilishi dinamikasida 
amalga oshishini ko‘zda tutadi. 
O‘qituvchining innovatsion faoliyatini samarali amalga oshirish bir qator shart-sharoitlarga bog‘liq. 
Unga o‘qituvchining tayinli muloqoti, aks fikrlarga nisbatan beg‘araz munosabat, turli holatlarda ratsional 
vaziyatning tan olinishini uqtirishga tayyorligi kiradi. Buning natijasida o‘qituvchi o‘z bilim va ilmiy faoliyatini 
ta’minlaydigan keng qamrovli mavzu (motiv)ga ega bo‘ladi. O‘qituvchi faoliyatida o‘z-o‘zini faollashtirish, o‘z 
ijodkorligi, o‘z-o‘zini bilish va yaratuvchilik kabi mavzu (motiv)lar muhim ahamiyat kasb etadi. Bu esa 
o‘qituvchi shaxsining kreativligini shakllantirish imkoniyatini beradi. Yangilik kiritishning muhim sharti 
muloqotning yangi vaziyatini tug‘dirishdir. Muloqotning yangi vaziyati – bu o‘qituvchining o‘z mustaqillik 
mavqeyini, o‘ziga bo‘lgan yangi munosabatni yarata olish qobiliyatidir. O‘qituvchi o‘z nuqtayi nazarlariga 
o‘ralashib qolmaydi, u pedagogik tajribalarning boy shakllari orqali ochilib, mukammallashib boradi. Bunday 
vaziyatlarda o‘qituvchining fikrlash usullari, aqliy madaniyati o‘zgarib boradi, hissiy tuyg‘ulari rivojlanadi. 
Keyingi sharti – bu o‘qituvchining madaniyat va muloqotga shayligi. O‘qituvchining innovatsion faoliyati 
voqelikni o‘zgartirishga, uning muammolari va usullarini yechishni aniqlashga qaratilgandir. O‘qituvchi va 
talaba o‘rtasidagi muloqot namunasining o‘zgarishi innovatsion faoliyat shartlaridan biridir. Yangi 
munosabatlar, an’analarda bo‘lganidek, qistovlar, hukmga bo‘ysunish kabi unsurlardan xoli bo‘lishi lozim. 
Ular tenglarning hamkorligi, o‘zaro boshqarilishi, o‘zaro yordam shaklida qurilgan bo‘lishi darkor. Ular 
munosabatlaridagi eng muhim xususiyat bu o‘qituvchi va talabaning ijoddagi hamkorligidir. 
O‘qituvchining innovatsion faoliyati quyidagi asosiy funksiyalar bilan izohlanadi: 
– kasbiy faoliyatning ongli tahlili; 
– me’yorlarga nisbatan tanqidiy yondashuv; 
– kasbiy yangiliklarga nisbatan shaylik; 
– dunyoga ijodiy yaratuvchilik munosabatida bo‘lish; 
– o‘z imkoniyatlarini ro‘yobga chiqarish, o‘z turmush tarzi va intilishlarini kasbiy faoliyatda mujassam 
qilish. Demak, o‘qituvchi yangi pedagogik texnologiyalar, nazariyalar, konsepsiyalarning muallifi, ishlab 
chiqaruvchisi, tadqiqotchisi, foydalanuvchisi va targ‘ibotchisi sifatida namoyon bo‘ladi. Hozirgi jamiyat, 
madaniyat va ta’lim taraqqiyoti sharoitida o‘qituvchining innovatsiya faoliyatiga bo‘lgan zaruriyati 
quyidagilar bilan o‘lchanadi: 
– ijtimoiy-iqtisodiy yangilanish ta’lim tizimi, metodologiya va o‘quv jarayoni texnologiyasining tubdan 
yangilanishini talab qiladi. Bunday sharoitda o‘qituvchining innovatsiya faoliyati pedagogik yangiliklarni 
yaratish, o‘zlashtirish va foydalanishdan iborat bo‘ladi; 
– ta’lim mazmunini insonparvarlashtirish, doimo o‘qitishning yangi tashkiliy shakllarini, zamonaviy 
texnologiyalarini qidirishni taqozo qiladi; 
– pedagogik yangilikni o‘zlashtirish va uni tatbiq etishga nisbatan o‘qituvchining munosabati, 
xarakteri o‘zgarishi. 
O‘qituvchining innovatsion faoliyati tahlili yangilik kiritishning samaradorligini belgilovchi muayyan 
me’yorlardan foydalanishni talab qiladi. Bunday me’yorlarga – yangilik, maqbullik, yuqori natijalilik, 
ommaviy tajribalarda innovatsiyani ijodiy qo‘llash imkoniyatlari kiradi. Yangilik me’yoriy pedagogik yangilik 
me’yori sifatida o‘zida taklif qilinadigan yangilikni, yangilik darajasi mohiyatini aks ettiradi. Maqbullik 
me’yori o‘qituvchi va talabaning natijaga erishish uchun sarflangan kuch va vositalarini bildiradi. Natijalilik 
o‘qituvchi faoliyatidagi muayyan me’yoriy muhim ijobiy natijalarni bildiradi. 
Pedagogik yangilik me’yori o‘z mohiyatiga ko‘ra ommaviy tajribalar mulki bo‘lib qolishi lozim. 
Pedagogika yangilikni dastlab ayrim o‘qituvchilarning faoliyatiga olib kiradi. Keyingi bosqichda – sinalgandan 
va obyektiv baho olgandan so‘ng, pedagogik yangilik ommaviy tatbiq etishga tavsiya etiladi.
O‘qituvchining innovatsion faoliyatga kasbiy tayyorgarligini aniqlash imkoniyatlari quyidagilardan 
iborat: 
– mo‘ljallangan yangilikni yalpi va alohida bosqichlari muvaffaqiyatini bashorat qilish; 
– kelgusida qayta ishlash maqsadida yangilikning afzalliklari va uni tatbiq qilishdagi kamchiliklarni 
aniqlash; 


97 
TDPU ILMIY AXBOROTLARI PEDAGOGIKA 2019/3(20)
– yangilikni boshqa innovatsiyalar bilan qiyoslash, ulardan samaradorlarini tanlab olish, eng 
ahamiyatli va pishiqlik darajasini aniqlash; 
– yangilikni tatbiq etishning muvaffaqiyatlilik darajasini tekshirish; 
– yangilikni tatbiq etadigan tashkilotning innovatsiya qobiliyatiga baho berish va h.k. 
O‘qituvchining innovatsion faoliyati o‘z ichiga yangilikni tahlil qilish va unga baho berish, kelgusidagi 
harakatlarning maqsadi va konsepsiyasini shakllantirish, ushbu rejani amalga oshirish va tahrir qilish, 
samaradorlikka baho berish kabilarni qamrab oladi. 
Innovatsion faoliyatning samaradorligida pedagog shaxsiyati va uning innovatsion faoliyatga xos 
bo‘lgan qobiliyatlarining quyidagi asosiy xususiyatlari belgilab berilgan: 
– shaxsning ijodiy-motivatsion yo‘nalganligi. Bu – qiziquvchanlik, ijodiy qiziqish; ijodiy yutuqlarga 
intilish; peshqadamlikka intilish; o‘z kamolotiga intilish va boshqalar; 
– kreativlik. Bu – xayolot (fantastika), faraz; qoliplardan xoli bo‘lish, tavakkal qilish, tanqidiy fikrlash, 
baho bera olish qobiliyati, o‘zicha mushohada yuritish, refleksiya; 
– kasbiy faoliyatni baholash. Bu – ijodiy faoliyat metodologiyasini egallash; pedagogik tadqiqot 
metodlarini egallash; mualliflik konsepsiyasi faoliyat texnologiyasini yaratish, ziddiyatni ijodiy bartaraf qilish; 
ijodiy faoliyatda hamkorlik va o‘zaro yordam berish qobiliyatlari va boshqalar; 
– o‘qituvchining individual qobiliyati. Bu – ijodiy faoliyat sur’ati; shaxsning ijodiy faoliyatdagi ish 
qobiliyati; qat’iyatlilik, o‘ziga ishonch; mas’uliyatlilik, halollik, haqiqatgo‘ylik, o‘zini tuta bilish va boshqalar. 
Innovatsion faoliyat tadqiqotlari o‘qituvchining quyidagi innovatsion faoliyatga hozirligi me’yorlarini 
belgilashga imkon beradi: 
– innovatsion faoliyatga bo‘lgan zaruriyatni anglash; 
– ijodiy faoliyatga jalb qilinishga shaylik; 
– shaxsiy maqsadlarni innovatsion faoliyat bilan moslashtirish; 
– ijodiy muvaffaqiyatsizliklarni yengishga shaylik; 
– innovatsion faoliyatni ijro etish uchun texnologik shaylik darajasi; 
– innovatsion faoliyatning kasbiy mustaqillikka ta’siri; 
– kasbiy refleksiyaga bo‘lgan qobiliyat. 
Innovatsiya jarayonlari, ularning funksiyalari, rivojlanish qonuniyatlari, mexanizmlari va uni amalga 
oshirish texnologiyalari, boshqarish tamoyillarining pedagogik asoslarini o‘rganish oliy ta’lim, kasb-hunar 
kollejlari, akademik litsey va maktablarda o‘quv jarayonini zamonaviy pedagogik texnologiyalar hamda 
psixologiya fanlari yutuqlari asosida jahon standartlari darajasida tashkil etish imkonini beradi
1

Xulosa o‘rnida shuni aytish joizki, oliy ta’lim, kasb-hunar kollejlari, akademik litsey va maktabdagi 
ta’lim innovatsiya jarayonlari xarakteri kiritilgan yangiliklar xususiyatlari, o‘qituvchilarning kasbiy 
imkoniyatlari, yangilik kiritish tashabbuskorlari va ishtirokchilarining innovatsion faoliyatlari xususiyatlari 
bilan belgilanadi.Innovatsion faoliyatda eng muhim masalalardan biri o‘qituvchi shaxsidir. O‘qituvchi 
novator, sermahsul ijodiy shaxs bo‘lishi, kreativlikni, keng qamrovli qiziqish va mashg‘ullikni sevuvchi, ichki 
dunyosi boy, pedagogik yangiliklarga o‘ch bo‘lishi lozim. 
O‘qituvchini innovatsion faoliyatga tayyorlash ikki yo‘nalishda amalga oshirilishi kerak: 
– yangilikni idrok qilishga innovatsion shaylikni shakllantirish; 
– yangicha harakat qila olishga o‘rgatish. 

Download 4,91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   84




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish