18
Bolalar bog’chasidasog’lom turmush tarzini yuzaga keltirish bolani har tomonlama tarbiyalar
o`stirishning asosidir. Sog’lom, jismonan me`yorda o`sayotgan 3-4 yoshli bola odatda serharakat,
quvnoq, qiziquvchan bo`ladi. U ko`p o`ynaydi, harakatda bo`ladi, hamma ishlarda bajonidil ishtirok
etadi.
Sog’lom turmush tarzi barcha gigienik normalarga - mebel tanlash, jihozlash, yorug’lik - issiqlik
ta`minoti, bolalar kun tartibini to`g’ri tanlanishi to`liq bajarishni nazarda tutadi. Ovqatlantirish,
uxlatishni to`g’ri tashkil etish, har bir bolaning faoliyatini mazmunli qilish bilan unga yaxshi
kayfiyat, faollik baxsh etiladi, toliqishi, o`ta ko`zg’aluvchanligining oldi olinadi.
Bolaning bog’chadagi psixik holatiga alohida e`tibor beriladi. Ijobiy his – tuyg’ularini
rag’batlantirish, ishtirokini baholash zarur. Bir bola bog’chaga istamay kelsa, tarbiyachi unga to`g’ri
yo`l topa olmaydi. Bunday bolaga e`tiborni kuchaytirish lozim. Salbiy his – tuyg’ular somatik va
psixik kasalliklar rivojlanishiga olib keladi, bolaning mustaqilligi pasayadi.
Bolalarni sog’lom turmush tarziga o`rgatishadi gigienik va harakat madaniyati asoslarini egallashlari
muhim ahamiyatga ega.
Gigienik madaniyati bolalarda o`z badanini parvarish qilish, to`g’ri ovqatlana olish, shaxsiy
narsalarni asrab avaylash, tartib saqlashga o`rgatish orqali hosil qilinadi.
Xarakat madaniyati asoslarini egallash.
hayotining uchinchi yili.
Tarbiyachining vazifalari:
- harakatli o`yin va o`yin mashqlarda ishtirok etishga xohosh uyg’otish;
- Bolalarni tarbiyachi bilan birga mashqlarbajarishga o`rgatish;
harakat paytida signallarga rioya qilishga o`rgatish.
Bola nimani o`rganadi:
1.
saflanish, qayta saylanish.
2.
Umumrivojlantiruvchi mashqlar:
- asosiy holatlar (turib, o`tirib, yotib);
- o`tirib turish;
- qo`llarning sodda harakatlari (bir vaqtda, bir tomonga), narsalar bilan na narsasiz.
3.
Asosiy harakatlar:
- turli yo`nalishda yurish, yugirish;
- muvozanat saqlash mashqlari (balandligi 25 sm.gacha kengligi 20sm.gacha);
- sekin va jadal yugurish;
- turgan va ilgarilama harakat bilan sakrash, narsa ustidan sakrab turish;
- to`pni bir - biriga dumalatish; narsa ustidan oshirib irg’itish; gorizontal, vertikal nishonga,
uzoqqa otsh;
- to`rt oyoqlab emaklash.
4.
harakatli o`yinlar.
Jismoniy mashqlarning mazmuni.
Saflanish: Dira bo`lib, juft bo`lib, bir qator ketma - ket (tarbiyachi yordamida).
Dastlabki holatlar: turib, oyoqlarni engil qo`yib, o`tirib, yotib.
qo`l holatlari va harakatlari: yuqoriga, oldinga, yonga, bo`kish va yozish, ko`krak oldida chalishtirish,
yonga uzatish, orqaga uzatish oldinga orqaga siltash, oldinda va bosh tepasida qarsak chalish. Oyoq
holatlari va xarakatlari: oldinga, orqaga, yonga qadam tashlash, bukish, yozish (galma - gal) - turgan
va yotgan holda, tayanib o`tirib turish, oyoq uchi yoki tovonga tayanib, bir oyo?ni oldiga qo`yish.
Gavda xolatlari va xaraktlari: oldinga, yonga engashish, chap - o`nga burilishi, yonga burilishi, o`tirib
va yotib oldinga engashish, tizzalab o`tirgan holatdan va tovonda turish holatda turish, yotgan holdà
oyoqlarini bukib, yozish.
Yurish va muvozanat saqlash: tarbiyachi orqasidan aytilgan yo`nalishda to`p bo`lib, narsalar orasidan
o`tish, yo`lka bo`ylab yurish (tengligi 20 sm, uzunligi 2-3 m) xalqadan - xalqaga o`tish, doiradan -
doiraga o`tish, qutidan - qutiga o`tish (balandligi 10-15 sm, gacha).
Yugirish: tarbiyachi orqasidan unga tomon, turli yo`nalishda, chiziqlar orasidan (orasi 25-30sm.):
sekin (30-40 sek - 80 gacha) va tez (10m gacha).
19
Sakrash: turgan joyda oyoq uchida, predmetni olib ilgarilama harakat bilan, sakrash; chiziqlar, arqon
ustidan, 2 chiziq ustidan (orasi 10-30 sm) sakrash 2 oyoqlab sakrash (2m gacha) narsa ustidan sakrab
tushish.
Dumalatish, irg’itish, tutib olish: to`pni 1 va 2 qo`llab dumalatish bir-biriga dumalatish, pastdan,
ko`krakdan, bosh orqasidan oshirib otish (1-1,5 m), nishonga narsalarni (orasi 1m) 1va 2 qo`llab
otish, uzoqqa chap va o`ng qo`l bilan otish.
Emaklash, tirmashib chiqish: qorin bilan yotib, skameykada tortilish, 4 oyoqlab (3-4m), to`siqlar
ostidan, (balandligi 30-40sm), go’ula ustidan emaklab o`tish, narvonga, gimnastika devoriga
tirmashib chiqish.
Mashqlar uchun o`yin usullari: "qo`g’irchoqlarnikiga mehmonga", "Yo`lakdan yuramiz", "O`zi uchar
shar", "Bosib olma", "quyosh va yomg’ir", "Chumchuqlar", "Avtomobil'", "Bayroqchani ol",
"Maymunchalar", "qaerda chalindi?", "quyoncha", "Bayroqcha", "qushlar uchdi", "Irg’it va quvib
yot".
Do'stlaringiz bilan baham: