2008-yilda iqtisodiy nochor korxonalarni tarkibiy o’zgartirish
dasturlarining bajarilishi
Hududlar
Sog’lomlashtirish
dasturidagi
korxonalar soni
Rekonstruksiya
ishlari
ketayotgan
korxonalar
Yangi
korxonalar
Ijobiy
natijaga
erishgan
korxonalar
Ishlab
chiqarish
xajmini 1,2
barobardan
oshirgan
korxonalar
Qoraqalpog’iston
respublikasi
37
4
2
27
24
Andijon
37
8
1
24
22
Buxoro
49
6
3
35
24
Jizzax
27
7
-
17
17
Qashqadaryo
31
1
4
23
23
Navoiy
27
3
-
21
19
Namangan
36
4
2
26
16
Samarqand
51
11
-
34
29
Sirdaryo
16
4
-
11
10
Surxodaryo
37
2
4
27
16
Toshkent
37
3
1
29
27
Farg’ona
52
9
1
36
20
Xorazm
61
1
3
50
24
Toshkent shahri
63
12
1
44
43
jami
561
75
22
404
314
Iqtisodiyotda nochor ahvolga tushib qolgan korxonalarning faoliyatlarini qayta
yo’lga qo’yib olishlari uchun ularda sog’lomlashtirish ishlari olib borilmoqda.
2008 yilda respublikada 561 ta korxona sog’lomlashtirish dasturiga kiritilgan
bo’lsa, hozirgi kunda 314 ta korxona qayta tiklanib oldingi holatiga nisbatan 1,2
barobarga samaraliroq ishlamoqda. Tashkil etilgan yangi korxonalar soni esa 22
taga yetdi. Inqirozga qarshi dastur doirasida sohani yanada takomillashtirish
borasida amalga oshirilgan yana bir muhim yo’nalish bu soliq yukini
yengillashtirish, soliqqa tortish mehanizimini soddalashtirish va unifikatsiya qilish
bo’yicha xo’jalik tuzilmalarini qo’llab - quvvatlash maqsadida qo’shimcha
choralar ko’rish hisoblanadi. 2009 –yilda mamalakatimiz xo’jalik subektlariga
keng ko’lamli qo’shimcha soliq va bojxona imtiyozlari berildi.
Rag’bat , imkoniyat va imtiyoz bor joyda taraqqiyot bo’ladi. Aynan shunday
imtiyozlar natijasida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subektlari ham ulkan
muvaffaqqiyatlarni qo’lga kiritmoqdalar, 2009 –yil davomida yengil va oziq –
ovqat sanoatinign iste’mol tovarlari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan korxonalari,
shuningdek, ishlab chiqarishni mahalliylashtirish dasturida ishtirok etayotgan
korxoanalar uchun daromad solig’i va yagona soliq to’lovi bo’yicha imtiyozlar
berildi. Kichik korxonalar va mikrofirmalar uchun soddalashtirilgan soliq tizimi
joriy etildi.
2-jadval
Soliq stavkalari
2008
2009
2010(rejada)
Foyda solig’inining asosiy
stavkasi(foizda)
10
10
9
Yagona soliq to’lovining asosiy
stavkasi(foizda)
8
8
7
2
Inqirozga qarshi ishlab chiqilgan dastur doirasida amalga oshirilgan yana bir
muhim tadbirimiz – soliq yukini yengillashtirish, soliqqa tortish tizimini
soddalashtirish va unifikatsiya qilish bo’yicha xo’jalik tuzilmalarini qo’llab –
quvvatlash maqsadida qo’shimcha choralar ko’rilganidir.
Joriy yilning 1 – yanvaridan sanoat sohasida faoliyat ko’rsatayotgan kichik
korxonalar va mikrofirmalar uchun yagona soliq to’lovi staavkasi 8 foizdan 7
foizga kamytirildi, moliyaviy, maishiy va boshqa xizmatlarni ko’rsatayotgan
____________________________________
2
I.A. Karimov ” Asosiy vazifamiz – vatanimiz tarqqiyoti va xalqimiz farovinligini yanada
yuksaltirishdir ” Toshkent - <> - 2010,
mikrofirmalar va kichik korxonalar yagona soliq to’lovidan 3 yil muddatga ozod
etildi. Bunda mikrofirmalar va kichik korxonalar , nodavlat xo’jalik yurituvchi
subektlarni oladigan dividentlarining investitsiyalarga , avval olingan kreditlar
uchun xisob – kitob qilishga yo’naltiriladigan qismi 5 yil muddatga soliqdan ozod
qilindi.
Shuningdek, yagona soliq to’lovi stavkasi borish qiyin bo’lgan va tog’li
xududlardagi chakan savdo, ulgurji va chakan savdo faoliyatini yurituvchi
dorixonalar uchun 1 foizga pasaytirildi. Borish qiyin bo’lgan va tog’li xududlarda
tadbirkorlik faoliyatini ro’yxatdan o’tkazish yig’imi belgilangan stavkaning 20
foizi miqdorida, savdo korxonalaridan esa minimal oylik ish haqi miqdorida
undirish belgilandi. Joriy etilishi soha subektlariga imtiyozlar bergan bo’lsa,
yagona soliq to’lovi stavkasinining pasayish tendensiyasi ularni yanada
rag’batlantiruvchi omillardan biri bo’lmoqda. 2008 – yilda yagona soliq to’lovi 8
foizni, tashkil etgan, 2009 – yilda 8 foizni, 2010 – yilga kelib uning stavkasi 7
foizga tushirildi. Inqirozga qarshi choralar dasturini amalga oshirish doirasida
soliq imtiyozlari va preferensiyalariberish hisobidan 500 milliard so’mdan ortiq
mablag’ xo’jalik subektlari tasarrufida qoldirildi. Bu mablag’ ularning aylanma
mablag’larini to’ldirish, ishlab chiqarishni texnik qayta jihozlash, yangi turdagi
mahsulotlarni o’zlashtirish, ishchilarni moddiy rag’batlantirish uchun
yo’naltirildi. Soliq yukalarining yegillashtirilayotganligi, banklar tomonidan
berilayotgan imtiyozli kreditlarning salmog’ini oshirilayotganligi yildan yilga
kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subektlarining sonini oshirmoqda.
5- diagramma
2000 –yilda bu soha subektlari soni 142,9 mingtani tashkil etgan bo’lsa, 2008 –
yilga kelib ularning soni 398,6 mingtaga yetib 2007 –yilga nisbatan 1,9 barobar
ko’paygan bo’lsa, 2009 –yilga kelib ularning soni kasanachilik subektlari soni
bilan hisoblanganda 429,5mingtagacha oshdi. Kichik biznes subektlari tomonidan
ishlab chiqarilayotgan sanoat mahsulotlari hajmi 2008 – yilda 2007-yilga nisbatan
22 foizga ko’paydi. Bugungi kunda respublikamiz iqtisodiyotida ish bilan band
bo’lgan jami aholining qariyb 76 foizidan ko’prog’i aynan shu sohada mehnat
qilmoqda. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subektlarining sonini oshishi
ishlabchiqaruvchi kichik korxonalarning sonini ortishiga u esa o’z navbatida aholi
uchun yangi ish o’rinlarini tashkil etilishiga olib keladi. Iqtisodiyotimizda har yilda
tashkil etilayotgan yangi ish joylari soni ham bu soha vakillarining sonini ortib
borishiga to’g’ri proporsional ravishda oshib bormoqda.
Masalan, 2008 – yil davomida , inqiroz bo’lishiga qaramasdan, jami 661
mingta yangi ish o’rinlari tashkil etilgan bo’lib, jumladan :
- Kichik biznes soxasida 374 mingtaga yaqin;
- Xizmat ko’rsatish va servis sohasida 220 mingta
- Kasanachilki hisobidan 97,8 mingta yangi ish o’rinlari yaratilgan bo’lsa,
2009 yil davomida esa jami 940 mingtaga yaqin yangi ish o’rinlalri yaratildi,
jumladan:
- Qishloq joylarida 500 mingtaga yaqin;
- Kchik biznes sohasida 390 mingta atrofida;
- Xizmat ko’rsatish va servis sohasida 270 mingta;
- Kasanchilik va uy mehnatida 130 mingga yaqin yangi ish joylari tashkil etilib
respublikamiz aholisi yangi ish o’rinlari bilan ta’minlandi.
3) Jahonning rivojlangan davlatlari iqtisodiyotida kichik biznes , xususiy
tadbirkorlik hamda xizmat ko’rsatish sohalari mamlakatda ishlab chiqarilayotgan
yalpi ichki mahsulotning asosiy qismlaridan biri hisoblanadi. Shuning uchun ham
bu soha vakillariga davlatlar hukumatlari tomonidan bir qancha imtiyozlar ,
rag’batlar berilib bu soha subektlarini qo’llab – quvvatlab keladi. Masalan,
Fransiyada hukumat tomonidan kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni
rivojlantirishni asosiy yo’nalishlari quyidagicha amalga oshiriladi:
- Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subektlarini zaruriy axborotlar bilan
ta’minlalsh;
- Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subektlariga ishlab chiqarilgan
mahsulotlarni raqobatbardoshliligini ta’minlash va sotishda ko’maklashish;
- Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subektlari eksport salohiyatini oshirish
va uni rag’batlantirish;
- Moliyaviy yordam ko’rsatish;
Yaponoya misolida qaraydigan bo’lsak, hozirgi kunda Yaponiyada mavjud
bo’lgan har 10 ta korxonalarning 9 tasi kichik biznes va xususiy tadbirkorlik
korxonalri hisoblanib, ular mamlakat iqtisodiyoti yuksalishida o’z o’rniga ega.
2009 –yil yakunlariga ko’ra Malayziya yalpi ichki mahsulot ishlab chiqarish xajmi
191,4 mlrd Amerika dollari ; aholi jonboshiga 7500 Aqsh dollar ini tashkil etdi.
Malayziya jahonda ishlab chiqarishva ekport qilish bo’yicha jahonda 48 –
o’rinda , Janubiy-Sharqiy osiyoda Singapurdan keyingi o’rinda turadi.
Iqtisodiyotining asosiy qismini sanoat ya’ni Malayziya yalpi ichki mahsulotining
qariyb 46 foizini, servis xizmat ko’rsatish sohasi yalpichki mahsulotning 41
foizini, 13 foizini qishloq xo’jaligi tashkil etmoqda (2009 – yilda.) Bunday
yutuqlarga erishishida albatta Malayziya bank tizimining o’ziga xos o’rni bor. Bu
tizim 48 ta mahalliy, 24 ta xorijiy banklardan tashkil topgan. Bugungi kunda
malakatda kichik va o’rta biznes subektlarining umumiy soni 548 mingta bo’lib,
shulardan 80 foizini mikrofirmalar, 100 mingdan ortig’ini kichik biznes subektlari
tashkil etadi. Kichik va o’rta biznes sohasida mamlakatning ishga yaroqli
aholinig 56 foizi mehnat qiladi. Bu sohani rivojlantirish maqsadida so’ngi uch yil
davomida ajratilgan kreditlarning 58 foizi chakan biznesga, 34 foizi xizmat
ko’rsatish va servis sohasini rivojlantirishga yo’naltirildi. Malayziyaning shu
sohaga yo’naltirlgan banklarning maqsadi:
- Mahalliy tub aholi, tadbirkorlik subektlarini mikromaliyalash;
- Tadbirkorlik subektlarini zarur axborotlar bilan ta’minlash;
- Mamlakat bo’yicha biznes tarmog’ini yaratish;
- Tadbirkorlikni yanada qo’llab –quvvatlash.
Respublikamizda ham kichik biznes va hususiy tadbirkorlik va servis sohalarini
rivojalntirishda o’ziga hos yo’li yaratildi. Rivojlangan davlatlardan samarali
yo’llarini olinib hozirgi kunda sohani rivojlantirishni hukumat tomindan
quyidagilar eng samarali yo’llardan hisoblanadi ular:
- Davlat budjeti mablag’lari evaziga qo’llab – quvvatlash;
- Xar hil fondlar va uyushmalar mablag’lari hisobiga ;
- Moliya – kredit tizimida turli imtiyozlar berish
- Axborotlar bilan ta’minlash.
Agar 2007 – yilda Aqsh ning Yalpi ichik mahsuloti o’sish 2 foizni, Yaponiyaning
yalpi ichki mahsuloti ham 2 foizni, Buyuk Britaniyaning yalpi ichi mahsuloti
o’sishi 3 foizni tashkil etgan bo’lsa 2007 – yilda mamlakatimiz yalpi ichki
mahsuloti 9,5 foizni tashkil etdi . 2008 - yilda Aqshda YAIM 1,57 foizga ,
Yaponiya YAIMi 0,6 foizni, Buyuk Britaniyan YAIMi 0,9 foizni respublikamiz
da esa YAIM o’sish surati 9 foizni tashkil etdi. 2009 – yilda mamlakatimiz yalpi
ichkimahsuloti o’sishi 8,1 foizga oshdi. Ko’rinib turibdiki jahonning rivojlangan
davlatlarida Yalpi ichki mahsulotlari o’sishi past bo’lib turgan bir paytda
respublikamiz barqaror iqtisodiy o’sishga erishmoqda. Bunday katta
muvaffaqqiyatlarga barcha sohalar rivojiga qaratilayotgan ulkan imkoniyat va
berilayotgan imtiyozlar natijasida erishmoqdamiz.
Mamlakatimizda
berilayotgan
turli
imtiyozlarni
samarasi
o’laroq
iqtisodiyotimizda 2007 – yilda bakro’t deb el’lon qilingan korxonalarning 67
tasi qayta tashkil etilib faoliyat yuritayotgan bo’lsa, 2008 – yilga kelib ularning
soni oshdi va 96 taga yetgan. Korxonalarning kengaytirilishi va modernizatsiya
qilinishi natijasida 2007- yilda 78 ta yangi turdagi mahsulot ishlab chiqarilgan
bo’lsa, 2008 – yilda esa 103 turga ko’paydi. Modernizatsiya ishlarini yanada
jadallashtirish samarasida 2009 – yilda 120 ga yaqin yangi turdagi mahsulotlar
ishlab chiqarila boshlandi.
Xulosa.
2010 – yilning 1 yarim yilligi natijalalariga ko’ra respublika yalpi ichki mahsuloti
108 foizni tashkil etib, sanoat hajmi 108 foizni, iste’mol tovarlarini ishlab
chiqarish 111,8 foizni, qishloq xo’jaligi mahsulotlari 106,9 foizni qurilish ishlari
111,5 foizni , chakana savdo ayalnmasi 110,3 foizni , pullik xizmatlar 112 foizni
tashkil etdi. Davlat budjeti yalpi ichki mahsulotga nisbatan 0,2 foiz bilan bilan
profitsititet bilan bajarildi, inflyatsiya darajasi 4 foizni tashkil etdi. 2010 – yilning
birinchi yarmida respublikamizda 509,4 mingta yangi ish o’rinlari yaratilgan
bo’lib buning asosiy qismini kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sohalari tashkil
qilayotgani ahamiyatga molikdir. 2000 –yilda kichik biznes va xususiy
tadbirkorlikning respublika YAIMi tarkibidagi ulushi 31 foizni tashkil qilgan
bo’lsa 2009 – yilga kelib uning ulushi 49,5 foizga yetdi bu esa iqtisodiyotda bu
soha yetakchi o’ringa chiqib olganini anglatadi.
Mikrofirma va kichik korxonalar uchun berilayotgan soliq imtiyozlari, tijorat
banklari tomonindan ularni modernizatsiyal qilish , texnik va texnalogik qayta
jihozlash uchun berilayotgan imtiyozli kreditlari natijasida respublika iqtisodiyoti
barqaroro o’sish suratlari ta’minlanib unda : aholining ish joylari bilan doimiy
ta’minlanishi masalasi, ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar va ko’rsatilayotgan
xizmatlarmiqdori va sifatini yanada oshirish, ularning narxlarini barqaror nazorat
qilib turish kabi masalalar hal etilmoqda. Jumladan mikrofirmalar va kichik
korxonalar faoliyatlariga solinadigan yagona soliq to’lovining stavkasini 8 foizdan
2010 – yilda 7 foizga tushirilishi, tijorat bamklari tomonidan tomonidan
beriladigan kreditlar hajminining 1,251 trln so’mdan 1,8 trln so’mga oshirilishi
natijasida katta imkoniyatlar yaratilib iqtisodiyotmizda yildan yilga xo’jalik
subektlari soni oshib bormoqda.
Xulosa qilib aytadigan bo’lsak, hozirgi inqiroz va va bozor munosabatlarining
chuqurlashuvi davrida kichik biznes subektlariga berilayotgan soliq , krdeit
imtiyozlari iqtisodiyotimizni barqaror va muttasil o’sib borishini ta’minlash, milliy
iqtisodiytimizni raqobatbardoshliligini oshirish hamda jadal taraqqiyotga
erishishning muhim omili hisoblanadi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. O’zbekiston respublikasi <> 1992-yil, 8- dekabr
2. O’zbekiston respublikasi Vazirlar Mahkamasi majlisining qarori. <<2008 –
yilda respublikani ijtimoiy – iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2009 –
yilda iqtisodiyotni barqaror rivojlantirishning eng muhim ustuvor vazifalari
to’g’risida>>. 2009 yil 13-fevral
3. O’zbekiston respublikasi Vazirlar Mahkamasi majlisining qarori.<<2006 –
yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari hamda 2007 – yilda iqtisodiy
islohotlarni chuqurlashtirishning eng muhim ustuvor yo’nalishlari
to’g’risida >> Xalq so’zi, 2007 yil 15-fevral
4. O’zbekiston respublikasi prezidentining qarori. <
bilan kasanachilikni rivojlantirish asosidagi ishlab chiqarish va xizmatlar
o’rtasida kooperatsiyani kengaytirishni rag’batlantirtish chora-tadbirlari
to’g’risida>>. 2006 yil 5-yanvar
5. Karimov I.A “Jahon moliyaviy – iqtisodiy inqirozi, O’zbekiston sharoitida
uni bartarf etishning yo’llari va choralari”. Toshkent - <> - 2009
6. Karimov I.A “Asosiy vazifamiz – vatanimiz taraqqiyoti va xalqimiz
farovonligini yanada yuksaltirishdir” . Toshkent - <> - 2010
7. Islom Karimovning “Jahon moliyaviy – iqtisodiy inqirozi, O’zbekiston
sharoitida uni bartaraf etishning yo’llari va choralari” nomli asarini o’rganish
bo’yicha o’quv qo’llanma, Toshkent - <> – 2009
8. “Bozor islohotlarini chuqurlashtirish va iqtisodiyotni yanada erkinlashtirish
borasidagi ustuvor yo’nalishlar amalgam oshirilishini jadallashtirish chora-
tadbirlari to’g’risida ” O’zbekiston respublikasining farmoni . 2005 –yil,14- iyun
9. “Mikrofirmalar va kichik korxonalarni rivojlantirishni rag’batlantirish
borasidagi qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida ” O’zbekiston respublikasi
prezidentining farmoni. 2005 –yil, 20- iyun
10.“Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik: tashkil etish, rejalashtirish,
boshqarish” Toshkent - <> -2005
Internet ma’lumotlari:
www.gov.uz
www.mf.uz
www.ziyonet.uz
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta-maxsus
ta’lim vazirlgi
Toshkent moliya instituti
Moliya-iqtisod fakulteti
“”Moliya” kafedrasi
Mavzu:
Iqtisodiyotda kichik biznes va xususiy
tadbirkorlik faoliyatlarini rivojlantirishda davlat
moliya-kredit tizimining ro’li.
Talaba:mm-66 guruh , Hamroqulov U.
Ilmiy rahbar: Yo’ldosheva R.
Toshkent - 2010
2006>2008>
Do'stlaringiz bilan baham: |