O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS
TA’LIM VAZIRLGI
TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI
MOLIYA-IQTISOD FAKULTETI
“”MOLIYA” KAFEDRASI
Mavzu:
Iqtisodiyotda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik
faoliyatlarini rivojlantirishda davlat moliya-kredit tizimining ro’li.
Talaba:mm-66 guruh , Hamroqulov U.
Ilmiy rahbar: Yo’ldosheva R.
Toshkent - 2010
Mavzu: Iqtisodiyotda kichik biznes va
xususiy
tadbirkorlik faoliyatlarini rivojlantirishda davlat
moliya-kredit tizimining ro’li.
Reja.
Kirish.
1. Bozor munosabatlarini chuqurlashtirish va
modernizatsiyalash sharoitida kichik
tadbirkorlik faoliyatining mohiyati va ahamiyati.
2. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni
rivojlantirish mehanizmlari.
3. Xususiy tadbirkorlik va kichik biznesni
rivojlantirishning xorij tajribasi va O’zbekiston
amaliyoti.
Xulosa.
Kirish.
Iqtisodiyotni boshqarishning jahon amaliyotida sinovdan o’tgan, o’z o’rnini va
ulkan tajribaga ega bo’lgan usullaridan biri bozor iqtisodiyoti hisoblanadi.
Bugungi kunda bir qator rivojlangan mamlakatlarning iqtisodiyotda erishgan
yutuqlarining asosi bozor iqtisodiyoti, mulk shakllarining takomillashuvi,
iqtisodiyotdagi keskin tuzilmaviy o’zgarishlar, kichik biznes va xususiy
tadbirkorlikning yalpi ichki mahsulotdagi ulushining ortib borishi kabilar bilan
baholanmoqda.
Respublikamiz bozor iqtisodiyotiga o’tishda inson manfaatlari talablariga javob
beradi. Buning asosiy maqsadi iqtisodiyotning ijtimoiy yo’nalishini kuchaytirish,
ishlab chiqarishni iste’molchilar talabi darajasida tashkil etish hamda fuqarolar
erkinligiga keng yo’l ochib berish, ularning mavjud imkoniyatlaridan to’la
foydalanishi, yuqori unm, tashabbuskorlik va tashkilotchilik asosida tadbirkorlik
faoliyatini olib borishini ta’minlashdir.
Respublika iqtisodiyotini rivojlanib iqtisodiy o’sishga erishishida hozirgi kunda
bozor iqtisodiyotidagi mamlakatlarda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik
faoliyatlari yetakchi o’rinda turadi. Sababi kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni
tashkil qilish va kengaytirish yirik ishlab chiqarish korxonalarini barpo etish va
shakllantirishdan kamroq iqtisodiy noqulayliklarni keltirib chiqaradi. Bu soha
jahonda rivojlangan davlatlar iqtisodiytining yalpi ichki mahsulotini ishlab
chiqarishning
asosiy
omillaridan
biridir.
Bozor
iqtisodiyoti
sharoitida
tadbirkorlikning ahamiyati quyidagi muhim belgilari bilan ta’riflanadi.
- Mulkiy munosabatlarning ishtirokchisi bo’lishi
- Foyda olishga intilish;
- Raqobat kurashida qatnashish;
- Iqtisodiy erkinlik;
- Tijorat siriga ega bo’lish;
- Imidjga ega bo’lish;
- Iqtisodiy hatti-haraktlarni o’z zimmasiga olish.
1) Mamlakatimizda kichik biznesni va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish va
rag’batlantirishning moliyaviy mehanizmi hamda kafolatlar tizimi yaratilib va bu
boradagi aniq, qonuniy chora – tadbirlar amalga oshirilmoqda. Iqtisodiyotni tubdan
o’zgartirish, isloh qilish va unda boshqa sohalar kabi kichik korxonalar
faoliyatlarini rivojlantirishda mamalakatimizda o’ziga xos va mos milliy
taraqqiyot yo’limizni shakllantirish jarayonida tub iqtisodiy islohotlarni amalga
oshirishning strategik maqsadlari aniq - ravshan belgilab olinganligi, barcha
insonlar uchun munosib hayot sharoiti yaratib berish, ijtimoiy bozor iqtisodiyotini
yaratishga yo’naltirilgan iqtisodiy islohotlarga e’tibor qaratilayotganligi demakdir.
Iqtisodiy islohotlarning jamiyatimizning siyosiy, ijtimoiy sohalaridagi tub
islohotlar bilan chambarchas , uzviy bog’liqlikda amalga oshirilib kelayotganligi
milliy manfaatlarni ta’minlaydigan , iqtisodiy o’sishga yo’l beradigan , aholi
farovonligini muttasil oshib borishiga olib keladigan yangicha ishlab chiqarish
tuzilmasini yaratish borasidagi ilk qadam bo’ldi.
O’zbekistonning industrial salohiyatini saqlab qolish va oshirish ,
iqtisodiyotning ixtisoslashuvi, uning milliy manfaatlariga bo’ysundirilishi
prezidentimiz tomonidan puxta ishlab chiqarilgan dastur hamda vazifalarning
izchil bajarilishi xal qiluvchi muhim ahamiyatga ega bo’ldi.
O’zbekiston sharoitida belgilangan kompleks chora – tadbirlar iqtisodiyot real
sektori korxonalarini qo’llab quvvatlashning asosiy yo’nalishlari, iqtisodiyotning
real sektori tarmoqlari va korxonalariga yordam ko’rsatishga qaratilgan chora –
tadbirlarning puxta ishlab chiqilgani o’zining amaliy samarasini bermoqda.
1
“Xizmat ko’rsatish va kichik biznes sohasini aholi bandligini ta’minlash va
hayot darajasini oshirishning eng muhim omili sifatida yanada jadal rivojlantirsh –
ustuvor vazifa bo’lib qoladi.”
____________________________________________________________________
1
Karimov I.A //jahon moliyaviy-iqtisodiyinqirozi , O’zbekiston sharoitida uni bartaraf etishning
yo’llari va choralari// Toshkent-<
>-2009
2) Bugungi kunda mamlakatimizning jadal isloh etish va modernizatsiya
qilishning yangi davri – milliy taraqqiyotimizning yuksalish bosqichi izchil
ravishda davom etayotganligi keng miqyosdagi ijtimoiy dasturlarning
muvaffaqqiyatli amalga oshirilishi , diversifikatsiyalash jarayonlarini amalga
oshirilishida kichik biznes bo’yicha ko’rilgan chora – tadbirlar natijasida aholining
yalpi va real daromadlari sezilarli ravishda oshganligi, turmush darajasining
shakllanishiga ta’sir ko’rsatuvchi omillardan samarali foydalanishga qaratilgan
tadbirlar natijasidadir.
1-diagramma